18:21 02 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Kolumnistlar
Havola olish
727 0 0

COVID-19 vaktsinasini yaratish farmatsevtika korporatsiyalari va barcha mamlakatlar jalb qilingan poygaga aylandi.

Rossiyada va jahonda birinchi koronavirusga qarshi vaktsina roʻyxatga olindi. U N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqildi va unga “Sputnik V” nomi berildi.

Vaktsina roʻyxatga olinganini Vladimir Putin maʼlum qildi qildi va uning qizlaridan biri vaktsinani olib ikkala bosqichni ham muvaffaqiyatli oʻtganini qoʻshimcha qildi.

Bu yangilik, shubhasiz, Rossiya tarixidagi yana bir mashhur voqeani eslatdi, unga muvofiq 1768 yil kuzida Yekaterina II va taxtning 14 yoshli vorisiga chechakka qarshi emlash amalga oshirilgan edi. Ammo, Rossiya prezidentining ushbu maʼlumotni oshkor qilishi sabablari uning buyuk ajdodi sabablaridan farq qiladi.

Ikki yarim asr oldin, imperatritsa Rossiya jamiyatidagi yangi tibbiy muolajalar haqidagi notoʻgʻri tushuncha va qoʻrquvni yengishga harakat qildi. 2020 yilda, doim bundan chetlanishga harakat qilgan prezident, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qilishga majbur boʻldi, chunki mamlakat axborot urushining navbatdagi va juda iflos bosqichiga jalb qilindi.

Yuzaga kelgan jirkanchlik darajasiga baxo berishingiz uchun bittagina sarlavha kifoya: "Filippin Dutertesi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaktsinasi sinovi uchun Putinning (sinov) svinkasi boʻlishiga rozi boʻldi". Aynan shunday sarlavha bilan “Nemis toʻlqini” Filippin prezidenti mamlakatda birinchi boʻlib oʻzida Rossiya vaktsinasini sinab koʻrishga tayyorligini bildirgani haqidagi xabarni chiqardi.

COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqish poygasiga nafaqat farmatsevtika korporatsiyalari, balki butun boshli mamlakatlar ham kirishib ketdi. Ushbu jarayon bilan shugʻullanishni Xitoy, AQSH va Buyuk Britaniyadan biroz keyinroq boshlagan Rossiyaning toʻsatdan oʻzib ketishi endi Gʻarbdagi hamkorlarimiz uchun ogʻir azoblarni keltirib chiqarmoqda. Buning sabablari juda koʻp va xilma-xildir.

Birinchidan, eng ilgʻor gʻoyalarga qarama-qarshiligi. Avtoritar, qoloq Rossiya ilmiy va texnologik jihatdan ilgʻor sohada gʻoyat katta natijalarga erishishda Gʻarbdan ustun kelishiga aql bovar qilib boʻlmaydi. Bizning mamlakatimiz aktivlari qatorida eski epidemiologik maktab, toʻplangan tajriba va vaktsinalarni ishlab chiqish sohasida katta yutuqlar boʻlishi esa muhim emas.

Ikkinchidan, Gʻarbning geosiyosiy taʼsiriga tahdid. Axir, agar Rossiya boshqa mamlakatlar bilan ularning aholisini COVID-19 ga qarshi emlash boʻyicha faol hamkorlik qilsa, u yerda oʻz obroʻsini mustahkamlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻladi. Bunga esa, albatta, yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Uchinchidan esa - pul. Bunga juda katta mablagʻlar tikilgan, va albatta bunga dunyoning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari koʻz tikishmoqda. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyevning maʼlum qilishicha, uning tashkilotiga 20 dan ortiq mamlakatdan bir milliard doza vaktsina sotib olish uchun buyurtmalar tushgan. Bu farmatsevtik kompaniyalar uchun qanchalik astronomik foydani keltirishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa narxni bir necha bor koʻtarib yuborsa.

Kecha Klinik tadqiqot tashkilotlari uyushmasi (AOKI) Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligini sinovlarning uchinchi bosqichi yakunlanmaguncha koronavirus vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazmaslikka chaqirgani bejiz emas, bu uyushmaga dunyodagi eng yirik farmatsevtika gigantlari kiradi: Pfizer, Bayer, Novartis va boshqa shu kabi taniqli brendlar. Ularning his-tuygʻularini va ogʻriqlarini tushunsa boʻladi, axir ular ulkan foydani boy berishmoqda, va ularda buning borasida oʻz hisob-kitoblari va rejalari bor edi.

Ularning vajlari Rossiya rasmiy tuzilmalari va epidemiolog-olimlari tomonidan rad etilgani muhim emas. Farmlobbistlar bu jarayonni sekinlashtirishga jiddiy umid qilishgani dargumon.

Ularning asosiy maqsadi Rossiya ishlanmasini mamlakat ichida emas, balki chetda obroʻsizlantirishdir. Axir, AOKI-ning ushbu murojaati Gʻarb ommaviy axborot vositalariga oʻzining xavfli ekanligi haqida baland ovoz bilan jar solish imkoniyatini beradi.

Ammo endi ular "putin sinov choʻchqachalari" roʻyxatiga Rossiya prezidentining qizi kiritilganini ham yozishga majbur boʻladi. Bu esa "Kremlning yangi jinoyati" fosh etilishining taʼsirini sezilarli darajada pasaytiradi.

Manba: RIA Novosti

Asosiy mavzular