13:25 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
235 0 0

Rossotrudnichestvo MDHdan kelgan talabalarning noqonuniy ishlashi bilan kurashishga yordam beradigan yangi onlayn-xizmat haqida gapirib berdi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik, Danara Kurmanova. Rossiyadagi chet ellik talabalar endi mutaxassisliklari boʻyicha biron bir hujjatisiz ishga joylashishlari mumkin. Bundan buyon ularga hech qanday ruxsatnoma yoki patentlar kerak boʻlmaydi. "RFda chet el fuqarolarining huquqiy holati toʻgʻrisida" gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar tufayli chet ellik talaba suhbatga faqat taʼlim muassasasining maʼlumotnomasi bilan bilan kelsa kifoya.

Ushbu yangiliklar 5 avgust kunidan kuchga kirdi. Va roppa-rosa bir hafta oʻtgach, Rossotrudnichestvo agentligida yangilangan qonun chet ellik talabalar uchun qanday qoʻshimcha loyihalar olib kelganini aytib berishdi. Sputnik agentlik talabalarga oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ish topishda qanday yordam berishni rejalashtirayotganini oʻrgandi.

Taʼlim olishga zarar yetkazmay

Yangi oʻzgarishlar nimasi bilan yaxshi? Bundan buyon Rossiyada tahsil olayotgan chet ellik talaba karyerasini birinchi kursdan boshlab qurishni boshlashi mumkin. "Rossiyadagi chet ellik talabalar uchun mehnat bozori bundan buyon endi ochiq. Birgina savol - bu ularning muvaffaqiyatliligi", - deya tushuntirdi "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov.

Primakovning soʻzlariga koʻra, mutaxassisligi boʻyicha ishlash imkoniyati talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga aloqasi boʻlmagan tasodifiy ishlardan chetlaydi. Agar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish yoshlarga amaliy tajriba va ilmiy izlanishlar uchun asos yaratadigan boʻlsa, talabalar shu vaqtgacha koʻpincha ishlab kelgan xizmat koʻrsatish sohasi, aksincha, sifatli oʻqishga xalaqit beradi.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich

"Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: buning barchasi nima uchun? Talaba oʻqigani keladi-da, olti oydan keyin u taksida qoʻshimcha pul ishlashni boshlaydi", - deydi Primakov va taʼkidlaydi: bunday sharoitda darslarga tayyorgarlik koʻrishga vaqt boʻlmaydi.

Xatarlar hamon mavjud

Oʻqish paytida qoʻimcha daromad topish talabalar uchun odatiy amaliyotdir, ayniqsa bu ularga kelajakdagi kasbini yaxshiroq bilib olishga imkon bersa. Amaliy koʻnikmalar yoshlarga universitetni tugatgandan keyin ishga joylashishda muammolarga duch kelmaslikka yordam beradi, chunki quyidagini unutmaslik kerak: koʻplab kompaniyalar xech boʻlmasa minimal tajribaga ega mutaxassislarni izlaydi. Biroq, yangi oʻzgartirishlarham maʼlum bir xavfga ham olib keladi – ishga noqonuniy joylashishga, deydi Yevrosiyo tahlil klubining rahbari Nikita Mendkovich.

"Talabalarni ishga qabul qilishda qonuniy rasmiylashtirilishi, mehnat va xavfsizlik texnikasi toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etilishi, shuningdek ijtimoiy ushlanmalar amalga oshirilishi juda muhimdir. Bunga biznes va fakultetlar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish bilan markazlashtirilgan yollash va ish qidirish jarayonlarini tashkil qilish orqali erishish mumkin", - deydi Mendkovich.

Shu paytning oʻzida “Rossotrudnichestvo” shuni taʼkidlamoqda: agentlik yirik universitetlar bilan talabalarga ish topishda yordam berish variantlarini muhokama qilmoqda. "Bir necha kun oldin biz Oryolda boʻldik va tibbiyot OTMlari bitiruvchilarga tibbiy muassasalarda ish topishda yordam berishlari mumkinligi haqida gaplashdik. Oʻzlari bu yerda ish topishlari oson boʻlmaydi", - deydi Yevgeniy Primakov.

Ortiqcha hujjatlar endi kerak emas

Primakovning pozitsiyasiga Oʻzbekistonlik jarroh-ordinator Behbudiy Rafiqov qoʻshiladi. Oʻz vatanida, Samarqandda Behbudiy eng istiqbolli talabalardan biri hisoblangan - u talabalar ilmiy jamiyatining yetakchisi boʻlgan va uning tadqiqotlariga xalqaro tibbiy jurnallar qiziqish bildirgan. Behbudiy ordinaturani chet elda oʻtashga qaror qildi va uning tanlovi Nikiforov nomidagi Butunrossiya shoshilinch va radiatsion tibbiyot Markaziga tushdi.

"Rossiya taʼlimining afzalliklari yaqqol: bu past narx evaziga yuqori sifat va umumiy tarix, - deb oʻz tanlovini asoslaydi yosh mutaxassis. - Ammo men ishlashni ham xohlagandim. Pandemiya paytida koʻplab kasalxonalar yoʻnalishi oʻzgartirilishi natijasida bizning markazimizga ish yuklamasi oshdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi ordinatorlarga katta jarrohlar nazorati ostida stajer boʻlib ishlashga ruxsat berdi va biz katta tajribaga ega boʻldik. Shifokor uchun bu amaliyot bebahodir".

Shu tariqa, Behbudiy Rafiqov ish qidirish haqida oʻylay boshladi, lekin uni faqat bitta jihat toʻxtatib turardi – hujjatlarning juda katta toʻplamini yigʻish zaruriyati. "Men ushbu hujjatlarni rasmiylashtirayotganda oʻqishga vaqtim yetmay qolishini tushundim, - deydi u. - Endi esa yangi qonun haqida eshitib juda hursand boʻldim. Menda ishlash imkoniyati paydo boʻldi. Aminmanki Rossiyaga chet ellik talabalar oqimi kutilmoqda.

Superxizmat hammaga yordam beradi

“Rossotrudnichestvo” chet ellik talabalarga ish topishga yordam berish uchun Davlat xizmatlari portalida yana bir taʼlim superxizmatni ishga tushiradi. Bu haqda Sputnik-ga agentlik boshligʻi oʻrinbosari Pavel Shevtsov xabar berdi.

Taʼlim sohasidagi xizmatlardan biri 2020 yil 20 iyundan boshlab ishlamoqda. U "OTMga onlayn kirish" deb nomlanadi. Ushbu xizmat tufayli abituriyent oʻz uyidan chiqmasdan Rossiyaning istalgan universitetiga hujjat topshirishi mumkin. Yangi superxizmat esa Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalarga moʻljallangan.

"U kelgusi yilning oxirigacha toʻlaqonli ishga tushadi. Ushbu xizmat tufayli biz barcha talabalarni - nafaqat kvota boʻyicha Rossiyada oʻqiyotganlarni, balki shartnoma boʻyicha oʻqishga kirganlarni ham koʻra olamiz, - deydi Pavel Shevtsov. - Xizmat shuningdek oʻqish joyini hamda uning oʻzlashtirishini koʻrsatadi".

Shevtsovning taʼkidlashicha, xizmat orqali talabalarni hech kim kuzatish niyati yoʻqligini tushunishlari juda muhim. Oʻzlashtirishi haqida maʼlumot Mehnat vazirligi va iqtidorli talabalarni ishga tanlab olishida kompaniyalar uchun foydalidir. Bundan tashqari, xizmat maʼlumotlari “Rossotrudnichestvo”ga qaysi shahar va universitetlar chet elliklar orasida eng mashhurligini tahlil qilishga yordam beradi.

"Biz xizmatga shuningdek mintaqalar haqida ham maʼlumotlarni joylashtiramiz. Chunki odatda abituriyentlar Moskva yoki Sankt-Peterburg universitetlari haqida koʻpini biladi, ammo sifatli taʼlim bilan taʼminlashi mumkin boʻlgan kichik shaharlar haqida deyarli hech narsa bilmaydi. Shuning uchun bu boʻshliqni toʻldirish kerak", - dedi Pavel Shevtsov.

Stipendiyalarga oʻtish

Biroq, hamma ham qoʻshimcha pul topishi mumkin emas. Kimdir ilmga haddan tashqari kirishib ketgan va bu holatda talaba oʻzini oʻzi taʼminlash uchun ishlashi zaruriyati paydo boʻladi. Bunday qoʻshimcha ishning tajriba orttirish istagi bilan hech qanday bogʻliqligi yoʻq, deydi Pavel Shevtsov.

"Biz “Rossotrudnichestvo”ga nafaqat kvotalar, balki abituriyentga ham aviaparvoz narxini, ham yashash uchun harajatlarni qoplaydigan taʼlim stipendiyasini yutib olishi mumkin boʻlgan format kerakligini muhokama qilyapmiz", - deydi u.

Hozirda Rossiyaning koʻplab universitetlarida bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash boʻlimlari mavjud. Boʻlajak xalqaro diplomat, Armanistonlik talabasi Edita Stepanyan, universitetning yordami bilan dastlab Davlat dumasining Energetika qoʻmitasida malaka oshirdi, keyin esa unga assistent lavozimi taklif qilindi.

"Albatta, vaziyatlar ish va oʻqishni qisman uygʻunlashtirishga yordam beradi. Mart oyida epidemiologik vaziyat sababli barcha tashkilotlar karantinga yopildi. Natijada biz hamon masofaviy formatda oʻqib, ishlab kelmoqdamiz. Ammo bunday sharoitlar boʻlmaganida ham, men hamma narsaga ulgiyotgan edim, chunki bu muassasada ishlash mening orzuim edi”, deydi talaba qiz. Uning fikricha, qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar chet ellik talabalarga oʻqishga yanada koʻproq motivatsiya bilan munosabatda boʻlishga majbur qiladi.

Asosiy mavzular