Rossiya Havo-kosmik kuchlari 2021-yilda "aqlli" zarba dronlarini qabul qiladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishPerviy polet bespilotnika "Altius-U"
Perviy polet bespilotnika Altius-U - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Havo-kosmik kuchlarining qisqa masofali va o‘rta masofaga uchadigan pilotsiz uchuvchi apparatlari hozircha "ikkinchi rollarda" xizmat qilmoqda.

Rossiya Havo-kosmik kuchlarining qisqa masofali va o‘rta masofaga uchadigan pilotsiz uchuvchi apparatlari hozircha "ikkinchi rollarda" xizmat qilmoqda. Dronlarning harbiy uchuvchilar bilan yagona axborot makonida integratsiyasi o‘sib bormoqda va istiqbolda "aqlli" dronlar yanada ko‘proq narsalarga erishadilar.

Perviy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rinmas" qotil: Rossiyaning "ovchi" droni AQSh va NATOni nega tashvishga solyapti?

Rossiya Havo-kosmik kuchlari (VKS) 2021-yildan boshlab ko‘p maqsadli zarba dronlarini xizmatga qabul qila boshlaydi, deydi VKS bosh qo‘mondonining o‘rinbosari Sergey Dronov "Krasnaya zvezda" gazetasiga bergan intervyusida. Harbiy rahbar aytishicha: "Pilotsiz aviatsiyadan foydalanish samaradorligi Suriya Arab Respublikasida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida tasdiqlandi. Pilotsiz uchuvchi apparatlardan foydalanish noqonuniy qurolli guruhlarning mo‘ljallarini yuqori aniqlikda yo‘q qilinishini ta’minladi".

 2021 yildan boshlab Rossiyaning ko‘p maqsadli dronlari mustaqil ravishda havo razvedkasini o‘tkazishi va "strategik ichkarilikdagi dushman nishonlarini yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar bilan zarba berishi" mumkin.

General Sergey Dronov yaqin orada VKSning jangovar tarkibiga kiritiladigan dronlarning "nomlarini" oshkor qilmadi. Biroq, og‘ir “Oxotnik” operativ tayyorgarlikka 2024-yilga kelib erishishi ma’lum, Rossiyaning yana ikkita katta quvvatga ega dronlari - RF Mudofaa vazirligi tomonidan 2019-yilda shartnomasi tuzilgan va Suriyada muvaffaqiyatli sinovlardan keyin RF VKSda jangovar-sinov foydalanish bosqichida bo‘lgan “Altius” va “Orion”.

Yetakchi “Orion”

Pilotsiz “Orion” 8000 metrgacha balandlikda ishlaydi, havoda kamida 24 soat davomida qo‘shimcha yoqilg‘i quymasdan qolishga qodir, yuk ko‘tarish qobiliyati 250 kg gacha (qurilmaning og‘irligi 1100 kg). Uning uzunligi 8 metr, qanotlari kengligi 16 metrga teng. U APD-110/120 porshenli dvigatel, diametri 1,9 metr bo‘lgan ikki parrakli AV-115 vinti bilan jihozlangan.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

Jangovar foydalanish radiusi boshqaruv prinsipiga bog‘liq (yerdagi operator yoki o‘zining dasturi). Qurilma yuqori aniqlikdagi raketalarni tashiy oladi va dushman hududi ichkarisidagi nishonlarga zarba beradi. Dron Suriyada konstruktorlar tomonidan rejalashtirilgan zarba potensialini aniq bajardi, Xitoyning "Xuansyu shibao" nashriga ko‘ra, bu yerda Rossiyaning har xil rusumdagi 80 ga yaqin dronlari doimiy ravishda joylashtirilgan. Videolardan birida hujumchi “Orion” Xama viloyatining shimolidagi Zaka shahrida jangarilarning tayanch nuqtasiga zarba berdi.

“Orion”ning raketa-bomba qurollari (va Rossiyaning boshqa og‘ir dronlarini ham) ochiq manbalarda minimal darajada aks etgan. Biroq, fevral oyida "Takticheskoe raketnoe voorujenie" korporatsiyasining bosh direktori Boris Obnosov jurnalistlarga dronlar uchun yengillashtirilgan qurol-yarog‘lar - og‘irligi 50 kg dan 100 kg gacha bo‘lgan, turli maqsadlarga mo‘ljallangan maxsus kichik o‘lchamli o‘q-dorilar ishlab chiqarilishi haqida gapirib berdi. Hisoblash uskunalari quvvatining o‘sishi va sun’iy intellektning murakkab algoritmlarining rivojlanishi bilan, yaqin yillar ichida yengil yuqori aniqlikdagi qurollarning samaradorligi sezilarli darajada oshishi mumkin.

"Orion" droni katta tadqiqotlar va ishlanmalar yo‘lini bosib o‘tdi va muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. "Orion" loyihasi Rossiya Mudofaa vazirligining buyurtmasi bilan 2011-yilda ishga tushdi, parvoz sinovlari 2016-yilda boshlandi, bomba qurollari bilan esa sinovlar 2018-yilda boshlandi.

O‘rta balandlikda uchadigan "Orion" dronining seriyali ishlab chiqarilishi 2019-yil avgust oyida boshlandi. Har yili 30 tagacha shunday mashinani ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda (qo‘yiladigan vazifalarga qarab - qidiruv yoki zarba berish, har bir majmua uchtadan oltigacha drondan iborat).

Ishlab chiqaruvchi kompaniya (“Kronshtadt” guruhi) avvalroq “Orion” dronining eksport varianti xujumchi bo‘ladi deb ma’lum qilgan edi. Ushbu ma’lumot harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi rossiyalik hamkorlarni qiziqtirib qoldi. Albatta, “Orion”ning muvaffaqiyatli uchirilishini Rossiyaning raqiblari ham sezishdi.

Avtonom "Altius"

Uzoq masofaga mo‘ljallangan og‘ir turbovintli pilotsiz “Altius” o‘zining birinchi avtomatik parvozini 2019-yil avgustida amalga oshirdi. Qanotlari 28,5 m va korpus uzunligi 11,6 m bo‘lgan ushbu mashina ikki kun davomida 250 km/s tezlikda 2 tonnagacha bo‘lgan jangovar yukni, 12 ming metrgacha balandlikda va 10 ming kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir. Kompozit materiallar yordamida qurilgan dronning o‘z og‘irligi, turli manbalarga ko‘ra, beshdan olti tonnagacha.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

SP-2 inersion navigatsiya tizimi apparatni havoda aniqlash imkoniyatini kamaytiradi, dushmanning radioelektron qarshilikka qo‘shimcha bardosh ko‘rsatadi. Sun’iy intellektga ega bo‘lgan (barcha "miyalari" 2020-yil oxirigacha o‘rnatilishi va’da qilinmoqda) pilotsiz "Altius" operator ishtirokisiz avtonom ravishda boshqariladigan samolyotlar bilan birgalikda harakat qilishi mumkin. Misol uchun, Su-57 qiruvchi samolyotining yanada kuchli radiolokatsion stansiyasidan nishon belgilarini olish mumkin. Bugungi kunda jangovar dron shtabdan mustaqil ravishda havo holati to‘g‘risida ma’lumot olishini, potensial dushmanning havo mudofaasi hududlarini chetlab o‘tib, mo‘ljalga yo‘nalishni o‘rnatishni, muhim yer usti va suv usti nishonlarini (shtablar, aloqa markazlari, raketa uchiruvchi uskunalari, kemalar) aniqlab, ularga zarba berishni va harbiy xizmatning boshqa ikir-chikirlarini o‘rganmoqda. Og‘ir va juda aqlli "Altius" Rossiya Havo-kosmik kuchlari va harbiy-dengiz kuchlariga xizmatga qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Harbiy-dengiz kuchlari bosh shtabidagi va Havo-kosmik kuchlardagi manbalar avvalroq “Altius” razvedkachi modifikatsiyasi o‘ta uzoq masofaga mo‘ljallangan radiolokator va eng so‘nggi optoelektron uskunalarini olishini, hujumchi esa kemalarga qarshi raketalarni tashiy olishini ma’lum qilgan edi. Taxmin qilinishicha, gap past balandlikda uchadigan, uchish masofasi 260 km gacha va massasi taxminan 500 kg bo‘lgan, sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi va aktiv-passiv radiolokatsion o‘zi nishonga oluvchi kallachasi bo‘lgan X-35 raketasi haqida ketmoqda (bu holda, “Altius”ga to‘rttagacha shunday kemalarga qarshi raketa o‘rnatsa bo‘ladi).

So‘nggi dronning seriyali ishlab chiqarilishi Ural fuqaro aviatsiyasi zavodida (“UZGA” AJ) yo‘lga qo‘yilmoqda, u bilan Rossiya Mudofaa vazirligi 2019-yil dekabr oyida “Altius-RU” pilotsiz uchish apparatining sinov-konstruktorlik ishlarini olib borishga shartnoma imzolagan (bu dronning so‘nggi versiyasining nomi, unga ilgari chiqarilgan barcha “Altius” turidagi prototiplarini sinovlari natijasida kelindi). Ish davomida, istiqbolli aviatsion majmualarni joylashtirish tizimi takomillashtirilmoqda, bu esa yuzdan ortiq aerodromlardir.

Uzoq masofali va uzoq muddatli baland uchadigan dronlarning tobora kuchayib borayotgan hukmronligi, hujum-razvedka dronlaridan faol foydalanish va ularni "aqllilashishi", harbiy mutaxassislar va jangovar robotlarning birgalikdagi amaliyotlari qaytarib bo‘lmas tendensiyaga aylanmoqda. RF Qurolli kuchlarini dronlar bilan ommaviy jihozlash, ulardan jangovar foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, potensial tajovuzkor yo‘lida - havoda, quruqlikda va dengizda o‘tib bo‘lmas to‘siqlar yaratadi.

Bundan tashqari, Rossiya 2022-yilda yana bir og‘ir dronni uchirishni rejalashtirmoqda. Bu "Sirius", u 40 soatgacha havoda qolib, 10 ming kilometrgacha (soatiga 295 km tezlikda), 12 ming metrgacha balandlikda, bir tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega.

Iskander vipustil raketu - Sputnik O‘zbekiston
Dushman o‘tib ketmaydi: "Iskander" majmuasi raketa uchirdi

RF Havo-kosmik kuchlarining "aqlli" hujum-razvedka aviatsiyasini ustuvor rivojlanishi mavjud va istiqboldagi aviatsion zarba berish vositalarining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi va shahsiy tarkib halok bo‘lishini kamaytiradi.

Yaqin kelajakdagi urushlarning o‘tishi va natijasi bugungi kunda barcha sohalarda jadal shakllanib va ​​takomillashtirilayotgan sun’iy intellektga ega bo‘lgan jangovar robotlarning samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Hissiyotlarsiz va "buzilmas" robotlashgan dronlar tabiiy ravishda pilot tomonidan boshqariladigan samolyotlarning tobora ko‘proq funksiyalarini bajarishni o‘z zimmalariga olmoqda.

Yangiliklar lentasi
0