20:02 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
772 0 0

Jang maydonini toʻliq nazoratga olish, raqibning rejalarini oldindan bilib olish va uni Yer atrofdagi orbitadan butunlay siqib chiqarish - oʻtgan yilning dekabr oyida tashkil etilgan AQSH Fazoviy kuchlari qoʻmondonligi birinchi harbiy doktrinani chop etdi.

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik, Andrey Kots. Jang maydonini toʻliq nazoratga olish, raqibning rejalarini oldindan bilib olish va uni Yer atrofdagi orbitadan butunlay siqib chiqarish - oʻtgan yilning dekabr oyida tashkil etilgan AQSH Fazoviy kuchlari qoʻmondonligi birinchi harbiy doktrinani chop etdi. 64 sahifada - yangi qoʻshinlarning maqsad va vazifalari, shuningdek, ularning boshqa qurolli kuchlarga nisbatan ustunliklari batafsil bayon qilingan. Hujjatning asosiy tezislari haqida - RIA Novosti materialida.

Balandlikni ishgʻol etish

Asosiy mohiyat: kosmos AQSH Qurolli kuchlariga harbiy operatsiyalarni rejalashtirish va oʻtkazish uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi. Hujjat mualliflari eslatishicha, qadimgi zamonlardan qoʻmondonlar jang oldidan tepalikni egallab, shu bilan strategik ustunlikka ega boʻlishga harakat qilganlar: raqibning harakatlarini kuzatish, jang maydonini hech qanday toʻsiqlarsiz koʻrib turish, kutilmagan hujum ehtimolini istisno qilish uchun. XXI asrda eng samarali pozitsiya - bu Yer orbitasi. Pentagonning fikriga koʻra, uni aynan AQSH Fazoviy kuchlari nazorat qilishi kerak.

Kosmosdagi harbiy harakatlar qurolli kuchlarning boshqa sohalari vakolati sohasi sifatida emas, balki urush harakatlarining alohida sohasi sifatida qaraladi. Orbitada "ustunlikka erishish" uchun oʻta tajovuzkor harakat qilish kerak. Eʼlon qilingan doktrinaga koʻra, kosmosda faqat hujum qilish kerak.

"Hujum operatsiyalari dushmanning kosmik imkoniyatlari va kosmik mudofaa tizimlariga, raqib kuchlarining samaradorligi va halokatliligini pasaytirishga qaratilgan, - deyiladi hujjatda. - Doʻst boʻlmagan davlatlarning kosmik missiyalarini muddatidan oldin zararsizlantirish imkoniyatiga va ustunlikka erishish kerak."

Bu yerda gap nafaqat raketalarga qarshi mudofaa tizimlari haqida ketmoqda – gap "raqibning barcha sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi potentsiali" haqidadir. Amerikaliklar, shuningdek, "raqibning hujum qilish vositalarini zararsizlantirish va tahdidlar darajasini pasaytirish" uchun mudofaa operatsiyalarini, shu jumladan faol operatsiyalarni oʻtkazish huquqini saqlab qolishadi.

Guruhlarni koʻpaytirish

Kosmik kuchlar Yer orbitasi xavfsizligi "taʼminotiga", unga AQSH va uning ittifoqchilari kirishini taʼminlashga va raqiblarni qoʻrqitish va oʻzlarini xatti-harakatlarini oʻzgartirishga majbur qilish uchun jangovor kuchni namoyishiga javobgardir. Yuklar va xodimlar koʻp marotaba ishladilagina kemalarda yetkaziladi, taktik, operativ va strategik darajada maʼlumotlarni tezkor uzatish uchun kuchli sunʼiy yoʻldosh turkumi yaratilishi talab qilinadi. Atmosfera orti razvedka, kuzatuv va aloqa qurilmalariga alohida oʻrin ajratiladi - ular Amerika harbiylarining kosmosda boʻlishlari uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.

AQSH va uning NATO boʻyicha ittifoqchilari armiyalari sunʼiy yoʻldoshlardan faol foydalanishayotgani sir emas. Aynan kosmosda qoʻshinlar va qurollar, razvedka, aloqa va navigatsiyani boshqarishning asosiy vositalari yigʻilgan. Orbitada Gʻarbning mingga yaqin harbiy va ikki tomonlama maqsadli apparatlari navbatchilik qilmoqda.

Rossiya kosmik kuchlari Gʻarbiy mamlakatlarning sunʼiy yoʻldoshlarining harakatlarini, ularning suv va quruqlikning ustida maʼlum hududlarida joylashishi, har qanday yerdan uchib oʻtish davriyligini kuzatishga qodir texnik vositalar va mutaxassislarga ega.

Orbital guruhning xatti-harakatlari boʻyicha potentsial dushmanning niyatlari haqida koʻp narsalarni bilsa boʻladi. Xususan, havo hujumi operatsiyasi doirasida yirik raketa va havo zarbasi paytini aniqlik bilan taxmin qilish mumkin.

Doktrina mualliflari AQShning barcha raqiblarini Amerika orbital guruhi toʻgʻrisida biron bir maʼlumot olish imkoniyatidan mahrum qilish zarurligini taʼkidlamoqda. Shu maqsadda DARPA ilgʻor mudofaa ishlanmalarini rivojlantirish agentligi bir necha yillardan beri bitta tarmoqqa ulangan 200 tagacha kichik yoʻldoshlarni past orbitaga uchirishni taʼminlaydigan Blackjack dasturini amalga oshirib kelmoqda. Ishonilishicha, ushbu qurilmalarning kichik oʻlchamlari kosmik razvedka orqali ularni aniqlashni murakkablashtiradi va ularning koʻpligi ularni yoʻq qilishni qiyinlashtiradi. Bu guruh, Pentagonning rejalariga koʻra, 2022 yilda joylashtirila boshlaydi.

Yulduzlar jangi

Koʻpchilik mutaxassislar, holat faqat yoʻldoshlar bilan cheklanib qolmasligiga ishonishadi. Chop etilgan hujjatda bu haqda toʻgʻridan-toʻgʻri aytilmagan, ammo amerikaliklar ertami-kechmi yaqin orbitaga harbiy qurolni joylashtirishi aniq. Bu haqda Sputnik radiosi efirida MGIMO Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Aleksey Podberezkin maʼlum qildi.

"Gap zarba berish qurollari haqida ketmoqda: kinetik, lazer, elektromagnit va boshqalar, - deydi mutaxassis. - Bu har narsa boʻlishi mumkin. Tasavvur qiling, ustimizdan yuk boʻlinmasiga besh-olti kubometr zaharlovchi modda joylashtirilgan sunʼiy yoʻldosh uchib bormoqda. Maʼlum bir daqiqada konteyner ochilib, undagi barcha narsala boshimizga tushadi. Bu taxminiy variantlardan biri va unaqalar juda koʻp. Agar yoʻldoshlarga kosmik zarba berish qurollari oʻrnatilgan boʻlsa, unda oʻq-dorilarning moʻljalga uchish vaqti davomiyligi keskin qisqarishini tushunishimiz kerak. Hozirda butun mudofaa tizimi raketalarning uchirilishini oʻz vaqtida aniqlash va ularni tezlashish bosqichida yoʻq qilishga asoslangan. Agar ushbu sunʼiy yoʻldosh bizning boshimiz uzra uchsa, u eng qisqa trayektoriya boʻylab uchadi. Shuning uchun bularning barchasi Rossiyaning xavfsizligiga haqiqiy tahdiddir".

Podberezkin taʼkidlashicha, bizda orbitadan hujum xavfini zaiflashtiradigan, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi tizimlar ishlab chiqilmoqda. Ammo mutaxassis bu safar kosmosda qurollarning yangi, juda qimmat poygasidan xavfsiraydi.

Asosiy mavzular