20:41 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
62711

Su-57 - beshinchi avlod koʻp qirrali qiruvchi samolyoti boʻlib, uzoq va yaqin masofadagi havo hujumida barcha turdagi havo nishonlarini yoʻq qilishga moʻljallangan.

Su-57 qiruvchisiga AQSH mutaxassislarining doimiy eʼtibori ularning “Suxoy”ning barcha sirlarini ochishga intilishlarini anglatadi. Amerikaning harbiy mavzularga ixtisoslashgan nashrlari Su-57 qiruvchisiga bir qator daʼvolari boʻlib, ularning asosiysi jangovar ustunligidir.

Albatta, AQSH Rossiya mashinasining radiolokatsion koʻrinmasligi borasida (goʻyo "F-22 Raptor"ga nisbatan "koʻrinmaslik" darajasi past) va yangi avlod dvigatellari haqida maʼlumot yoʻqligi bilan bogʻliq baʼzi shubhalari bor, ammo oydan-oyga chiqib kelayotgan nashrlar asosan "hamkorlar"ni haqiqatda tashvishga solayotgan narsalarga bogʻliq.

Amerikaning The Drive nashri maʼlum qilishicha Su-57ning tayyorlanish sifati yaxshilanyapti, shu jumladan "qoplamasining panellari bardoshliligi". Va “Suxoy” korporatsiyasi tomonidan nashr etilgan seriyali qiruvchi suratlarining har bir kvadrat millimetrini tahlil qilmoqda. Alohida eʼtibor burun qismi ichidagi infraqizil nishonga olish tizimiga (101KS-V), ikkilangan vertikal stabilizatorlarning old tomonidagi qirralari asosidagi takomillashtirilgan assimetrik havo yigʻuvchilariga va kompozitlardan tayyorlangan havoda yoqilgʻi quyish moslamasiga qaratilgan. Amerikaliklarning eng dahshatli qoʻrquvlari tasdigʻini topdi: Su-57 doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, garchi, The Drive mualliflari fikriga koʻra, u shundoq ham anchadan beri "havo hujumining yanada jiddiyroq va tarmoqqa kamroq bogʻliq boʻlgan doktrinasiga moslashtirilgan imkoniyatlarning uygʻun mujassamligidir". U "eng yuqori texnologiyali dushmanni zararsizlantirishga" qodir.

Su-57 bu uzoq va yaqin janglarda barcha turdagi havo nishonlarini yoʻq qilish, dushmanning havo mudofaasi tizimlarini yengish bilan dushmanning yer va suv sirtidagi nishonlarini yoʻq qilish, joylashtirilish bazasidan uzoq masofadagi havo maydonlarini kuzatish, dushmanning aviatsiyasini boshqarish tizimini yoʻq qilishga moʻljallangan beshinchi avlod koʻp qirrali qiruvchisidir. U oʻn beshga yaqin “havo-havo” va “havo-yer sirti” eng soʻngi aviatsion zarba berish vositalarini, shu jumladan 250 km gacha masofada zarba beradigan kemalarga qarshi raketalari va gipertovush “Kinjal” raketalarini oʻz ichiga olgan qudratli jangovar kompleksdir. Shu bilan birga, Su-57 jangovar yukining massasiga nisbati toʻrtinchi avlod mashinalariga qaraganda ancha yuqori.

Eng soʻngi qiruvchi yuqori texnologik ustunlikka erishdi, Suriyada jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtdi va RF Mudofaa vazirligi birinchi partiyada ikkita yoki uchta emas, balki birdaniga 76ta seriyali Su-57ga buyurtma bergani bejiz emas.

Mukammallikning cheki yoʻq

Avvalroq, The Drive Su-57 ning bir nechta texnologik xususiyatlarini, shu jumladan Amerikaning beshinchi avlod F-22 qiruvchi samolyotlari uchun dahlsiz boʻlgan xususiyatlarni tahlil qildi.

Avvalambor, bu samolyot qanoti va korpusiga mujassamlashtirilgan X-diapazondagi N036 "Belka" faol fazali antenna panjarasi, u yanada kengroq kuzatish maydonini taʼminlaydi, uchuvchining vaziyatni anglashini oshiradi va unga taktik usullarni boshqa qiruvchi samolyotlarga qaraganda yaxshiroq bajarishga imkon beradi.

"Doppler effekti" tafsilotlarini koʻrib oʻtirmasdan, taʼkidlab oʻtishimiz kerakki "yonbosh radiolokatsion stantsiyalari" bortdagi oʻz (shuningdek oʻz ergashuvidagi samolyotlar yoki dronlar arsenalidagi) raketalari uchun maqsadli belgilash samaradorligini yoʻqotmasdan, Su-57ga nishonlarni izlashda yuqori avtonomiyaga erishishni taʼminlaydi.

Su-57 qiruvchisi uch oʻlchovli tortish vektoriga ega, u havoda aql bovar qilmaydigan manevralarni amalga oshirish imkonini beradi va bu hususiyat boshqa hech qaysi beshinchi avlod samolyotlarida yoʻq. Agar uzoq yoki yaqin janglarda qurol aslaha toʻliq tugab qolsa, “Suxoy”ning tezligi va manevrliligi jangda omon qolishning ishonchli kafolati boʻlib qoladi.

Su-57 ning mustahkamlangan shassisi, katta shinalari va loy toʻsiqlariga ega boʻlgan "yoʻl tanlamaslik" xususiyatlari ham hurmatga sazovor. Beshinchi avloddagi bunday qiruvchi "supuruvchilar armiyasi"ni talab qilmasdan keng operativ (qoplamasiz) aerodrom tarmogʻidan foydalanishga qodir. Su-57ning yordamchi kuchlanish uskunasi joylashuvning yuqori avtonomligini, yer sirtidagi ishlov berish paytida yoqilgʻining kam sarflanishini, asosiy dvigatellarning resursini tejalishini taʼminlaydi.

Amerikaning yanada zaifroq va injiqroq F-22 va F-35 samolyotlaridan foydalanish uchun Ruminiya, Polsha va Boltiqboʻyi davlatlarida (juda qimmat) “zamonaviy” aerodromlar qurilishi kerak (qoplamasiz sirt ular uchun oʻlim kabi).

Qoyilmaqom “Gimalai” radioelektron kurash majmuasi ham "hamkorlar" uchun texnologik tahqirlashdir, u ehtimoliy dushmanning beshinchi avlod qiruvchilarini toʻrtinchi avlod samolyotlariga aylantirish mumkin, yaʼni F-35 va F-22larni koʻrinadigan qilib, soʻngra ularni "qurolsizlantirish" qobiliyatiga ega.

Mujassamlashtirilgan radioelektron kurash tizimi Su-57 fyuzelyaji va qanotlariga shunday taqsimlanganki, u har qanday burchak va proyektsiyadan elektron toʻsiqlar qoʻyib samolyotni kallachasi oʻzi nishonga oluvchi raketalardan himoya qilish imkonini beradi.

"Gimalai" amal qilishi masofasi ehtimoliy dushmanning “havo-havo” raketalarini ishlatish radiusidan oshadi. Ehtimol, xuddi shu radioelektron kurash tizimi, Rossiyaning Su-57 samolyoti boshqaruvchi sifatida tayinlangan eng soʻngi rusumdagi "Oxotnik" pilotsiz uchuvchi apparatga ham oʻrnatiladi.

Evolyutsiya va revolyutsiya

Amerikaning Military Watch Magazinenashri 18 avgust kuni: "Rossiya Su-57ning yangi texnologiyalaridan Tu-22M3M taktik bombardimonchilarini takomillashtirish uchun foydalanmoqda".

Taʼkidlanishicha, Su-57 platformasi "turli xil datchiklar toʻplamidan tortib, radioelektron kurash va lazer himoyasi tizimlarigacha koʻplab yangi texnologiyalarni birlashtiradi", ular boshqa jangovar samolyotlarning sinflariga mujassamlashtirilishi mumkin va, hususan Tu-22M3M raketa tashuvchi-bombardimonchisini imkoniyatlarning yangi darajasiga olib chiqadi. Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida ushbu turdagi 70ga yaqin mashina mavjud boʻlib, ularning modernizatsiyasi va 1000 kmgacha masofaga uchadigan yangi X-32 qanotli raketalari bilan jihozlash ishlari davom etmoqda.

Integratsiya nutqning shakli emas. Tu-22M3M modernizatsiyasida allaqachon Su-57ning maʼlumotlarni uzatishning tezligi va energiya samaradorligi yuqori boʻlgan aloqa platformasidan foydalanilmoqda. Tizimning ochiq konfiguratsiyasi texnik funktsionalni, shu jumladan dasturiy taʼminotni yangilash orqali tezkor ravishda kengaytirishga imkon beradi. Parvoz sinovlari yuqori ekspluatatsion xususiyatlarni namoyish etdi va endi yangi tizim T-160M2 strategik bombardimonchiga ham integratsiyalanadi.

Shunday qilib, boshqaruvning yuqori darajadagi avtomatizatsiyasiga va ekipajni intellektual qoʻllab-quvvatlashiga ega, chuqur integratsiyalashgan avionikaning yangi majmuasi bilan jihozlangan Su-57 oʻzining katta "aka"larining texnologik oʻsishiga zamin yaratadi.

Avvalroq, Military Watch  saytida 2020 yil iyun oyida Su-57ni 4++ avlodidagi Su-35 qiruvchilarining (Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida 2014 yildan xizmatda) boshqaruv markazi sifatida sinovlari haqida maʼlumot paydo boʻldi.

Tajriba "haqiqiy jangovar sharoitda" amalga oshirildi va Su-57 Su-35 bilan sinergetik jangovar samaradorlikni sezilarli darajada oshirib, yaxlit axborot makonida ishlashga qodirligini isbotladi. Taʼkidlash joizki, Pentagon va NATOning "tarmoqlarida" bunday aloqa mavjud emas.

Havoda ustunlik xalqaro qurol bozorida ham dividendlar berishi juda yaxshi. Military Watch qayd etishicha: "Su-57 va Su-35 ning birgalikda harakat qilish imkoniyatlarining kengayishi nafaqat ularning jangovar salohiyatini oshiradi, balki yangi qiruvchini Su-35 va Su-30SM eksportchilari uchun yanada jozibador qiladi".

Amerikaliklar hozircha beshinchi avlod Su-57 qiruvchisining asosiy va strategik ustunligini muhokama qilishmayapti, ammo xitoylik mutaxassislar allaqachon jangovar boshqaruv tizimiga mujassamlashtirilgan istiqbolli sunʼiy intellektni payqashdi. Oʻylashimcha, bu harbiy jabhada haqiqiy inqilobdir: Rossiyaning Su-57si vazifalarning 90 foizini avtomatik rejimda bajarishga qodir va hatto oldindan tayyorlangan dastur boʻyicha toʻliq avtomatik ravishda ishlashga ham. Agar uchuvchi jangda yaralansa yoki halok boʻlsa, boshqaruv tizimi mustaqil ravishda asosiy va ikkilamchi maqsadlarni aniqlab, yoʻnalishni belgilab, zarbani beradi va samolyotni bazaga qaytaradi.

Biz Su-35 qiruvchilari bilan birgalikda harakat qilish imkoniyatini yuqorida aytib oʻtgan edik, ammo Su-57ning sunʼiy intellekti, oʻz "aqli" va olti tonnadan ortiq bomba va raketalarni 5000 kilometrgacha masofaga tashish qobiliyatiga ega boʻlgan S-70 "Oxotnik" ogʻir hujum droni bilan birgalikda ishlashi ham mumkin. Gipotetik jang maydonida bunday qudratli va dushman uchun texnologik jihatdan oldindan aytib boʻlmaydigan mashinalar, F-22 Raptor kabi "qariya"larga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

Ayni paytda, Rossiyaning “MiG” va “Suxoy” firmalari (integratsiyada) oltinchi avlod qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqmoqdalar.

Asosiy mavzular