15:30 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
92810

Amerika OAVlari Jo Bayden yaqinda ABC telekanaliga bergan intervyusida koʻrsatgan qatʼiyatliligi va shafqatsizligidan mamnun.

Amerika OAVlari Jo Bayden yaqinda ABC telekanaliga bergan intervyusida koʻrsatgan qatʼiyatliligi va shafqatsizligidan mamnun. Bayden epidemiya davom etgan taqdirda, iqtisodiy faollikni toʻliq cheklash bilan yana bir bor mamlakat miqyosida qatʼiy karantin joriy etish niyatida boʻlganligi va shu bilan prezident Trampning pozitsiyasiga mutlaqo qarshi boʻlgan yondashuvni namoyish qilishi katta zavq vujudga keltirdi. Ushbu pozitsiyaning oqibatlarini tushunish uchun Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Bangladesh yoki Xitoydagi koronavirus birinchi navbatda epidemiologik masala boʻlganligini, faqatgina AQShda koronavirus faqat siyosiy masala ekanligini hisobga olish kerak.

Politico nashri xabar beradi:

"Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden koronavirus mamlakat ichida tarqalishiga qarshi kurashish uchun" "hech narsadan qaytmasligini" aytdi, shu jumladan, agar kerak boʻlsa, AQSH (iqtisodiyotini) blokirovka qilishgacha". "Men uni (iqtisodiyotni-tahr.) oʻchirib qoʻygan boʻlardim. Men olimlarga quloq solgan boʻlardim, - dedi Bayden AVS muxbiri Devid Myuirga oʻzining sherigi (vitse-prezidentlikka nomzod) senator Kamala Xarris bilan qoʻshma intervyusida. - Biz hayotlarni saqlab qolish uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz". Baydenning izohlari, Demokratik partiya nomzodi boʻlgan har qanday odam AQShda kamida 175 ming kishining oʻlimiga sabab boʻlgan virus tarqalishini toʻxtatish uchun qachonlardir taklif qilgan eng qatʼiy ehtimoliy choralarga ishora qilmoqda".

Umuman Demokratik partiya va xususan Bayden saylovchilarga oʻzlarini AQShda epidemiyani toʻxtatish uchun eng keskin choralarni koʻrishga tayyor, koronavirusga qarshi murosasiz kurashchilar sifatida "sotishga" harakat qilmoqda. Maqsad shundaki, ularning fonida prezident Tramp, amaldagi maʼmuriyat iqtisodiy cheklovlarni uzaytirishni istamasligi, amerikaliklarning kuch ishlatish tahdidi ostida uylarini tark etishini taqiqlashni, odamlarga niqob taqishni majburlashni istamasligi sababli vafot etganlarning qoniga qoʻllari burkangan, "chollar va kampirlarning qotili"ga oʻxshatishdir.

AQShning Demokratik partiya tomonidan boshqariladigan mintaqalarida xukumatlarning talvasasi baʼzan kulgili tusga kirmoqda. Masalan, Los-Anjelesda mahalliy hokimiyat nafaqat uy-joy ziyofatlarini taqiqlab qoʻydi (yaʼni fuqarolarning yigʻilish va erkin harakatlanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlarini cheklab qoʻydi), balki bunday cheklovlar buzuvchilarini elektr, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlaridan uzib qoʻymoqda.

Sayyoraning Amerika axborot maydonidan tashqarida boʻlgan fuqarolari uchun bu psixozning darajasini tushunish qiyin, biroq Amerika ommaviy axborot vositalari (Trampga qarshi ish olib boruvchi va sanoat miqyosidagi "maʼlumot choʻkindilari" yordamida oddiy odamlarning ongiga dahshat yetkazish orqali) ajoyib natijalarga erishdilar. Masalan, Franklin Templeton  moliyaviy kompaniyasi epidemiya boʻyicha maxsus jamoatchilik fikrini oʻrganish soʻroviga buyurtma berdi va quyidagi xulosalarga keldi: "Biz COVID-19 bilan kasallanishning sogʻlik uchun jiddiy oqibatlaridan juda tashvishlanayotgan yoki xavotirda boʻlganlarning ulushi 25 yoshdan 64 yoshgacha boʻlganlarning barcha yosh qatlamlari uchun deyarli bir xil ekanligini aniqladik, va u 65 yoshdan oshganlarning ulushidan kam emas. Bu koʻrsatkichlarning oʻlimning haqiqiy koʻrsatkichiga mos kelmasligi juda hayratga soladi: 18-24 yoshdagi odamlar orasida sogʻligʻidan jiddiy tashvishlanayotganlarning ulushi COVID'dan oʻlimlar umumiy sonidan 400 baravar yuqori; 25-34 yoshlilar uchun - 90 baravar yuqori".

Buni oddiy ogohlik deb hisoblasa boʻlar edi, ammo bu borada nyuans bor: xuddi shu havotirdagi fuqarolar gigiyena va niqob kiyishni emas, balki maktablar, korxonalar, davlat idoralari yopilishining va umuman xavfsizlik toʻliq taʼminlanmaguncha barcha normal hayotni cheklash tarafdorlaridir.

Franklin Templeton soʻrovining buyurtmachilari alohida aniqlagan, aynan ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari va asosiy ommaviy axborot vositalarining (yaʼni aksil-Tramp) isteʼmolchilari orasida tarqaladigan ushbu psixozga murojaat qilish orqali Bayden saylovda gʻalaba qozonganidan keyin iqtisodiyotni oʻchirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Muammo shundaki, Bayden gapirayotgan iqtisodiyotni oʻchirib turish, aslida, uni oʻldiradi.

"Butun boshli mamlakatni blokirovka qilish <...> sizga oyiga YAIMning uch foizigacha tushadi, shuning uchun sayyoraning hatto eng badavlat davlatlari ham qoʻshimcha ikki yoki uch oylik toʻliq blokirovkani amalga oshirishga qodir emas", - deydi Shveytsariyaning UBS banki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi aktsiyalar boʻlimi rahbari Xartmut Issel CNBC'ga.

Epidemiyaga qarshi kurash mavzusini shu qadar koʻp siyosiylashtirib tashlamagan va uni saylovoldi tashviqoti mavzusiga aylantirmagan mamlakatlarda vaziyat toʻgʻri qabul qilinmoqda: endi iqtisodiyotni toʻliq muzlatib qoʻyishning iloji yoʻq. Buni turli xil siyosatchilar va ishbilarmonlik vakillari, shu jumladan Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Toni Bler, Siemens bosh direktori Djo Kezer va Frantsiya Bosh vaziri Jan Kasteks ham gapirib oʻtgan.

Bu maʼnoda AQShning hech qanday farqi yoʻq va u hattoki undan ham yomonroq holatda, vaholanki AQSH iqtisodiyotni birinchi marta toʻxtatganidan keyin tiklanishiga ishora ham yoʻq. The New York Post gazetasining maʼlum qilishicha, "Nyu-Yorkning och qolgan aholisi Kvinsda bepul oziq-ovqat uchun chorak mil masofalik navbatlarda turishmoqda".

Taniqli iqtisodchi va Allianz  sugʻurta gigantining yetakchi iqtisodiy maslahatchisi Muhammad El-Erianning fikriga koʻra, "kichik biznesning koronavirus tomonidan yakson qilinishi AQShdagi kapitalizmga tahdid solmoqda".

CNBC moliyaviy telekanali tayanayotgan hukumatning rasmiy maʼlumotlarga koʻra, "AQSH (ishga layoqatli) aholisining deyarli yarmi ishsizdir".

Shu fonda Jo Bayden, aniqrogʻi, uning siyosiy texnologlari - saylovchilarni koʻproq koronavirus bilan qoʻrqitish va ularga yanada jiddiyroq iqtisodiy cheklovlar (qonunbuzarlarni elektr va suv taʼminotidan uzish bilan) orqali ularni oʻz tomoniga jalb qilishlari kerakligiga tayanmoqdalar. Eurasia Group yirik xalqaro konsalting kompaniyasining egasi Yan Bremer toʻgʻri taʼkidlaganidek, umuman elektorat Baydendan koʻra Trampga koʻproq ishonadigan yagona masala bu iqtisodiyotdir va Baydenning bunday bayonoti amaldagi prezidentning saylovoldi kampaniyasiga qoʻshimcha imkoniyatlar berishi mumkin.

Agar bu imkoniyatlar amalga oshirilsa, bu biroz qaygʻuli ham boʻlar edi. Amerika iqtisodiyoti yana bir (qanchalik qisqa boʻlishidan qatʼiy nazar) ommaviy karantindan qanday omon qolishini kuzatish juda qiziq boʻlar edi.

Asosiy mavzular