14:29 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
1574 0 0

Amerika qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilari yoki “yashirin hukumati”  bu safar saylovchilar oldida oldingi "AQShda ikkita partiya bor va ular bir-biri bilan ashaddiy raqobat qilmoqda" degan eski spektaklni ham istab-istamay ijro etmoqda.

Garchi Demokratik partiya nomzodi tashqi siyosatga Donald Trampdan koʻra muvozanatliroq va konstruktiv yondashuvni namoyish qilishi va oʻzini avvalgi qonli geosiyosiy sarguzashtlarning salbiy tajribasidan uzoqlashtirishi kerak boʻlsa-da, amalda voqealar umuman boshqa tomonga ketmoqda.

"Qirol rolini aslida uning atrofdagilar oʻynaydi" degan mashhur gap biroz bemaʼniroq koʻrinishi mumkin, ammo Djo Bayden borasida - bu mutlaqo haqiqatdir. Chunki ayni damda jamoatchilik soʻrovlarida peshqadamlik qilayotgan prezident nomzodi mutlaq intellektual tanazzulga yuz tutish  bosqichidadir. U nafaqat geosiyosiy strategiyalarni qatʼiy ifoda qilishni, balkim vaqt va makonda toʻgʻri yoʻnalish olishni namoyish qila olmayapti.

Ushbu yaqqol dementsiya, ehtimol, Amerika qoʻgʻirchoq oʻynatuvchilari yoki davlatning haqiqiy egalari - “yashirin hukumat”  Demokratik partiya nomzodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligining sababidir. Bunda ular hatto minimal odob standartlaridan va oldingi "maskarad" qoldiqlaridan ham voz kechmoqda.  

“Maskarad” deganda – “yashirin hukumat” tomonidan saylovchilar oldida AQShda haligacha ikkita partiya bor va ular bir-biri bilan ashaddiy raqobat qilmoqda degan oʻsha-oʻsha eski spektaklni tushunish kerak.

Bulmasa, ashaddiy respublikachi boʻlgan Bush maʼmuriyatining oʻnlab (!) davlat xavfsizlik xizmati hodimlari demokratlar Djo Bayden va Kamala Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan jamoaviy xatini qanday tushnish kerak?

Donald Tramp, oʻzining koʻplab kamchiliklariga qaramay, AQShning soʻnggi  prezidentlari orasida noyob xislatga ega - u "yashirin hukumat ", OAV va hattoki oʻz safdoshlarining ulkan bosimiga qaramay, AQSH nomidan birorta ham urush boshlamadi.

U faqat Obama maʼmuriyatidan meros qolgan urushlarni davom ettirdi va ularda ham, ayniqsa Suriya va Venesuelaga nisbatan (Amerika siyosati meʼyorlari boʻyicha) qahramona qatʼiyatlilik va vazminlikni namoyish qildi.

Shundan soʻng qoʻllari yuz minglab iroqliklar va serblarning qoniga burkangan Bushlar sulolasi vakillari AQSH yetakchiligida yanada agressiv prezidentni koʻrishni istaganligi ajablanarli emas. Bugun ularda oʻzlarining xohish-istaklarini bajarish uchun imkoniyat bor. Bayden ayni damda Trampdan meros boʻlib qoladigan Xitoy iqtisodiy urushni kuch yordamida davom ettirishga, yo harbiy kuch tahdidi bilan Xitoyni ommaviy ravishda sharmanda qilishga urinib koʻrishini namoyish qilmoqda.

AQSH ommaviy axborot vositalarida aynan “Vashington-Pekin” chizigʻida qarama-qarshilikni davom ettirish faol muhokama qilinmoqda. Ehtimoliy demokrat-prezidentning boʻlgʻusi jamoasi takliflaridan aynan shunday xulosaga kelish mumkin.

Masalan, Amerikaning "Bayden davri" siyosatining Xitoy yoʻnalishida olib borilishi istiqbollarini tahlil qila turib, Huffington Post (yaʼni Demokratik partiyaga qarshilikda umuman ayblab boʻlmaydigan nashr) alohida tashvish bilan shunday deydi:

"Bayden atrofidagilarning tashqi siyosiy segmenti ham XXRga nisbatan yanada agressiv yondashuvga ishora qilmoqda. Koʻpchilik Bayden davrida boʻlajak mudofaa vaziri deb hisoblaydigan Mishel Flurnua yaqinda, garchi mojaro AQSH va Xitoy manfaatlariga mos kelmasa ham, AQSH harbiy kuchlari va ularning hamkorlari, misol uchun, Pekinni bosib turish maqsadida 72 soat ichida butun Xitoy harbiy-dengiz flotini choʻktirishga qodir kuch ishlab chiqish kerakligini aytdi. Flurnuaning fikricha, Xitoy Vashingtonni zaif deb hisoblagani uchun, oʻziga koʻproq ishonib ketmoqda.

Baydenning milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha yana bir maslahatchisi Djeyk Sallivan ham AQSH boshchiligida Xitoyga yaqin suv havzalarida harbiy dengiz qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazishga chaqirdi".

Agar Bayden saylanib, uning oʻzi hech qanday alohida rol oʻynamasligini va Kamala Xarrisning shaxsidagi "de-fakto prezident" jahon sahnasida zoʻravonlikning mutlaqo aqldan ozgan tarafdori sifatida obroʻga ega ekanligini hisobga olsak, "Vashington burgutlari" bu kabi tajovuzlarni amalga oshirishga mutlaqo nazoratsiz va harbiy kuchni maksimal darajada oshirish va namoyish etish uchun imkoniyatlarga ega boʻladi.

Amerikalik jurnalistlarning taʼkidlashicha, garchi Demokratik partiya nomzodi tashqi siyosatga Donald Trampdan farqli oʻlaroq, yanada muvozanatli va konstruktiv yondashuvni namoyish qilishi va oʻzini avvalgi qonli geosiyosiy sarguzashtlarning salbiy tajribasidan uzoqlashtirishi kerak boʻlsa-da, amalda umuman boshqa narsa boʻladi.

Bunda obroʻ masalasi (tashqi harbiy aralashuvlar saylovchilarga unchalik yoqmaydi) yoki Demokratik partiyaning barcha boʻgʻinlarini oʻz atrofida birlashtirish zarurligi (baʼzi aʼzolar kichik Bush davri siysatidan chin dildan nafratlanadi) Amerika yashirin elitasining eng tajovuzkor boʻgʻinlari manfaatlarini ilgari surish istagi kabi muhim emas:

"Demokratlar qurultoyida respublikachilarning koʻmagini jalb qilish va Baydenning Iroq urushi meʼmori Kolin Pauell va marhum senator Djon Makkeyn  singari harbiy aralashuvga aloqador shaxslar bilan aloqalarini namoyish etish uchun qilingan takroriy eslatmalar ham demokratlar nomzodi, uning koalitsiyasidagi baʼzi aʼzolari xohlashayotgan oʻtmishdagi xatolarga olib keladigan fikrlash tarzidan qoʻrqmaydi", - deya shikoyat qiladi huddi oʻsha Huffington Post.

Ushbu fonda Xitoy rasmiy OAVlarining pozitsiyasini kuzatish qiziq. Masalan, tashqi siyosiy segmenti bilan bogʻlik Global Times tabloidi, "Djo Bayden bilan, Donald Trampdan farqli oʻlaroq, muammolarni hal qilish osonroq. Bu dunyoning aksariyat davlatlari, shu jumladan Xitoyning ham yakdil fikri, bunday fikrga ekspertlar Bayden rasman Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilganidan keyin kelishdi", mazmunida maqola chiqardi.

Ehtimol, bu shunday juda nozik istehzo, chunki Xitoyning oʻta rasmiy OAV orqali bildirgan bu pozitsiya Djo Baydenning oʻziga zarar yetkazishi mumkin.

Boshqa tomondan, Vashington "yashirin hukumati" nomzodi gʻolib boʻlgan taqdirda,  haqiqatda oʻz oldiga oʻzining asosiy geosiyosiy raqibini nafaqat iqtisodiy boʻgʻish, balki kuch orqali bosim oʻtkazish maqsad qilgani va bunga rasmiy Pekinning munosabatini koʻrish qiziq boʻladi.

Eslatib oʻtish kerak, yaqinda "Gonkong uchun" iqtisodiy sanksiyalar AQShda bir ovozdan, ikkala partiya tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlashi ostida qabul qilingan.

Agar Bayden gʻalaba qozonsa, unda Xitoy nafaqat oʻziga qarshi sanktsiyalar, balki harbiy-dengiz blokadasi yoki shunga oʻxshash narsalar xavfiga duch kelishi mumkin: tarix shuni koʻrsatadiki, "Vashington burgutlari" (ular respublikachi Bush yoki  demokrat OBama maʼmuriyatidami, buning ahamiyati yoʻq) yutqazishni bilishmaydi. Agar Xitoy iqtisodiy rivojlanishda AQShni ortda qoldirsa (koronavirusdan soʻng, Xitoyda shubhasiz kuzr bor), unda Vashingtonda oʻyin stolini agʻdarib, YAIM sohasidagi raqobatdan toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy-dengiz floti sohasidagi raqobatga va uni XXR sohillarida amalda qoʻllashga qaytarib boʻlmas vasvasaga duch keladi.

Asosiy mavzular