02:26 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
2020 0 0

AQShda ommaviy media yordamida real hayotni oʻzgartirishga qilinayotgan urinishlar aksil natija bermoqda: saylovchilar demokratlardan tobora bezib, Tramp tomoniga oʻtmoqda.

Ayni damda AQShda oldin hech qachon boʻlmagan eksperiment amalga oshirilmoqda. Unda AQSH saylovchilari tajriba quyonchalari sifatida ishtirok etmoqda.

Tajriba shundan iborat-ki: saylovchilarga ayni damda mamlakatda sodir boʻlayotgan voqealarning 2xil siyosiy tavsifi berilmoqda. Birinchi, meynstrim jurnalistlari, Gollivud hamda NBA yulduzlari va Demokratik partiya siyosatchilariga koʻra – AQShda politsiya zoʻravonligiga, irqchilik va teng huquqlilikni talab qiluvchi tinch namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

Haqiqatda esa, OAV va millioner-basketbolchilarga ishonmaydigan amerikaliklar koʻz oldida – AQShda hozir barchaning koʻz oldidan ommaviy tartibsizliklar yuz bermoqda. Unda “haqiqat va teng huquqlilikni talab qilayotganlar” magazinlarni yoqib yubormoqda, koʻchada yurgan fuqarolarni doʻpposlamoqda. Demokratik partiya vakillari boʻlgan mer va gubernatorlar politsiyadan aralashishni soʻrashmoqda.

Boʻlayotgan voqealar va ular haqidagi xabarlarni CNN telekanalining syujetlaridan birida shunday koʻrsatildi: yonayotgan bino  aks etgan video ostida “Qaynoq, lekin umuman olganda tinch namoyish” degan yozuv bilan izoh berilgan edi.

Ushbu vaziyatda demokratik partiyasi mantiqi shundan iborat-ki, politsiyadan ushbu namoyishchilarni toʻxtatishda aralashishni talab qilish notoʻgʻri, chunki “tinch namoyishchilar” – Dempartiyaning siyosiy aktivlaridan biridir. Ikkinchidan, norzilik namoyishlari, kelajakda qoʻrquv ostida saylovchilarni Tramp uchun ovoz berishdan voz kechishiga olib kelishi kerak.

Uchinchidan, Demokratik partiyaning OAVda juda faol boʻlgan radikal qanoti Tramp va politsiyachilarni doimiy irqchilikda ayblashmoqda. Shu sababli ham politsiyani qoʻllab quvvatlash mumkin emas, aks holda mahalliy politsiya byudjetini qisqartirgan mer va gubernatorlar noqulay vaziyatda qoladi.

Qolaversa Bayden shtabi nazorati ostida Yer sharining eng kuchli media mashinasi ishlamoqda. Aynan ana shular bir necha yil oldin Kiyevdagi qurollangan neonatsistlarni “tinch namoyishchilar”  deb atagan edi. Ushbu media mashina shu vaqtga qadar dunyoning turli burchaklarida yaxshi ishlashini koʻrsatgan edi. Endi esa oʻz ona yerida ishlamoqda.

Kichik magazinlar, pitstsaxona va AYOQShlar hamda ularning oddiy ishchilariga nisbatan amalga oshirilayotgan zoʻravonliklar mahalliy hukumat va eng yuqori doiralarda  “tinch namoyishlar” deb atalishini faqat shunday tushunish mumkin. Nomzod Baydenning tarafdorlari televizor va ijtimoiy tarmoqlarni kim nazorat qilsa – real hayot va sogʻlom fikrni oʻzlari istagandek talqin qilishlari mumkin deb oʻylashmoqda.

Mening ushbu fikrlarim surbetlikdek tuyulishi mumkin, ayniqsa “Rossiya propagandasi” tomonidan aytilayotganini hisobga olganda, lekin ayrim amerikalik jurnalistlar ham xuddi shunday fikrda.

Ayni damda demokratik liderlar Kenoshi shahri (tartibsizliklar dastlab boshlangan) meridan boshlab prezident nomzodiga qadar, yuz berayotgan zoʻravonliklar miqyosini kamaytiribroq koʻrstishga, yoki uni sezmay qolishga harakat qilishmoqda.Ular, shuningdek, tartibsizliklar oʻz-oʻzidan toʻxtashiga ishonch bildirmoqdalar.

Demokratik partiya va Amerikaning boshqa ayrim yuqori doiralari Trampga ovoz bermoqchi boʻlgan saylovchilarni oʻzlarining Ukrainada sinovdan oʻtgan “Oʻng qanot”* (Rossiyada taʼqiqilangan ekstremistik tashkilot) va boshqa ayrim metodlari bilan qoʻrqitib olishga umid qilishgandi. Lekin hozir ularda muammo paydo boʻldi. Media reallikni hayotiy haqiqatdan ustun koʻrsatish tajribasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Djo Baydenga yaqin boʻlgan Axios portali xabariga koʻra, hozir Amerika shaharlarida sodir boʻlayotgan talonchilik va zoʻravonliklar Trampga yordam berishi mumkin. Turli shtatlarda oʻtkazilgan soʻrovlar uning tarafdorlari koʻpayayotganini yaqqol namoyish qilmoqda.

2016 yilda Xillari Gʻalabasini bashorat qilgan meynstrim prognozlar va matematik modellar, hozir bir ovozdan Djo Bayden gʻalabasini bashorat qilishmoqda. Jamiyatni kuch bilan qoʻrqitish hamda media yordamida manipulyatsiya qilish demokraratik partiya uchun navbatdagi yoqimsiz syurpriz boʻlishin.

Balkim oyogʻi yerdan uzilgan jurnalistlar va ekrspertlar uchun yoqib yuborilgan oilaviy kafe – bu Tramp uchun qilingan kuchli reklama ekanligini tushunish shunchalik qiyindir. Yoki namoyishchilar ataylab etnik kamchilikka tegishli boʻlgan bizneslarni yoʻq qilayotganida esa, ularning irqchilikka qarshi va teng huquqlar uchun kurashayotganiga ishontirish juda qiyin,buning uchun CNN va NBA birgalikda harakat qilsa ham.

Minneapolisda yoʻq qilingan Vʼyetnam taomlari restorani  egasi Yum Nguyen jurnalistlarga shunday dedi:

“Maroderlar bizning oilaviy restoranni vayron qilayotganini koʻrib turish – juda ham yurakni ezib yuboradi. Yana ular buni kulib va istehzo bilan qilishmoqda. Rostini aytsam, bugun men bir odamni otib tashlashimga sal qoldi. U bizning oilaviy fotosuratga mana bu toshni otib mening yuzimga tikilib qaradi. Mening koʻzimdan yosh oqib chiqdi. Men bunga ortiq chiday olmayman...”

Demokratik siyosatchilar boshqaradigan Minneapolisda bosqinchini otib tashlash – bu hech qanday odil sudsiz oʻzini qamoqqa tiqish degani. Buni yoʻq qilingan Vʼyetnam restorani egasi ham yaxshi tushunadi.

Lekin bir narsa shubhasiz-ki, har safar ana shunday voqea sodir boʻlganda, amerkia jamiyatining bir burchagida, hech boʻlmasa Tramp uchun ovoz berish istagi paydo boʻladi. Agar bu yetarli boʻlmasa – qoʻlda qurol bilan Vashington koʻchalarida oʻz huquqlarini himoya qilish istagi paydo boʻladi.

Bularning barchasi ikkita muhim xulosa chiqarish kerak.

Birinchisi: ommaviy medianing qoʻllidan hamma ish kelmaydi va media propagandasini hayot globusiga hadeb “kiydiraverish”  oxir oqibat hayotning oʻzgarishiga emas, balkim media boʻlgan ishonchning tilka pora boʻlishiga olib keladi.

Ikkinchisi va muhimrogʻi: agar amerika elitasi oʻzaro munosabatlarni qoʻlda qurol, talonchilik va oddiy fuqarolarni terror qilish bilan hal qilayotgan boʻlsa, oldimizda dunyo gegemoni emas, balkim oddiy “bantustan”. (Bantustan – Afrika qitʼasida tashkil etilgan nomiga mustaqil lekin aslida JARga qaram boʻlgan davlatlari). Afsuski bugun ushbu davlat qoʻlida yadroviy qurol hamda dunyo moliya tizimining muhim elementlari nazorati bor.

Ushbu nuqta nazardan qarganda AQSH qolgan dunyo uchun qanchalik katta xavf solayotganini koʻrish mumkin.

Asosiy mavzular