20:42 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
481 0 0

Germaniya oʻzi qaror qabul qila olmasdan javobgarlikni Rossiyaga yuklamoqda - bu ularning ushbu masalada mustaqil emasligidan darak beradi.

TOSHKENT, 14 sen - Sputnik. Berlin aytishiga koʻra, Navalniy "zaharlanishiga" javob sanktsiyalari "Shimoliy oqim-2"ni bloklashgacha boʻlishi mumkin, lekin ularning qanday boʻlishi, koʻp jihatdan, goʻyoki, Rossiyaning ushbu surishtiruv jarayonida faol ishtirok etishiga bogʻliq:

"Biz kun tartibiga barcha variantlarni chiqaramiz va qulay vaqtda qaror qabul qilamiz. Bunday chora ("Shimoliy oqim-2"ni bloklash, tahr.) qoʻllanilmasligi uchun, Rossiya surishtiriuv jarayonida oʻz hissasini qoʻshishi mumkin", - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas. 

Demak, Rossiya-Germaniya munosabatlarining kelajagi Kremlga bogʻliqmi?  

Aslida esa, bu nemis hukumati tarixiy qaror oldidan turganidan darak beradi - chunki uning hozirgi qaroridan Germaniya kelajagi uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Rossiya-Germaniya munosabatlari uchun emas, aynan Germaniya, demak butun Yevropa kelajagi uchun. 

Hozirgi Navalniy voqeasi bu - Rossiya uchun emas Germaniya va Yevropa loyihasi uchun sinov. Navalniyning sirli "zaharlanishida", agar haqiqatdan ham shunday boʻlgan boʻlsa, haligacha koʻp narsa aniq emas. Lekin ushbu holatdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga boʻlayotgan urinishlar - kundek ravshan.    

Germaniyadan "Shimoliy oqim-2"ni toʻxtishni talab qilishmoqda. Deyarli qurib bitkazilgan loyihadan voz kechish juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi tayin. Bunda asosiy zarba Germaniya iqtisodiga emas - gaz quvuri qurilishi uchun sarflangan 10 milliard yevro FRG iqtisodi uchun arzimagan pul. Rossiya gazi esa baribir Ukraina orqali yetkazib berilishi mumkin. Asosiy zarba - Germaniyaning obroʻyiga tegadi.   

Ruslar nemislarning mustaqil boʻlishiga boʻlgan harakatiga ishonmay qoʻyadi, anglosakslar esa nemislardan oʻtgan asrlardagidek oʻz manfaati yoʻlida manipulyatsiya qilish, ularni misli koʻrilmagan nemis manfaatlariga javob bermaydigan ishlarda foydalanishda urinishlarini davom ettirishadi.

Yevropaliklarning aksariyati esa, jumladan Rossiya bilan gaz loyihalarida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlgan Italiya va Avstriya ham, Berlin umumevropa manffatlariga zid harakat qilishga moyil ekanini koʻrishadi. Eng asosiysi esa nemislarning oʻzi - ular haligacha oʻz suverenitetlarini qaytara olmaganliklariga  amin boʻlishadi. Shuning uchun ham nemislarning Navalniy "zaharlanishi" ishiga javobining narxi juda qimmat - birinchi navbatda Germaniyaning oʻzi uchun.

"Shimoliy oqim - 2" - bu shunchaki koʻrsatuvchi, timsol. Maas nima desa ham, Rossiya Berlinga hech qanday yordam bera olmaydi: bizning Navalniy "zaharlanishi" boʻycha oʻtkazgan barcha surishtiruvlarimiz natijasi, Germaniya hukumatining mustaqil qaror qabul qilish zaruratidan forigʻ qila olmaydi. Ushbu qaror natijasi - hatto Qrim tufayli Rossiya bilan boshlangan sanktsiyalar urushidan ham kattaroq boʻladi. 

Soʻnngi bir necha yil davomida Berlin anglosakslar va ularning Gʻarbiy Yevropalik yoʻldoshlarining "Shimoliy oqim-2" ni toʻxtatishga qarartilgan harakatlariga qarshi chiqib kelayotgan edi. Ularning asosiy vaji - Shimoliy oqim-2 ishga tushsa Ukraina gaz tranziti uchun olayotgan pullaridan mahrum boʻlishi (va unda qanday qilib biz uni Rossiyadan ajratib olamiz) kabi sabablardan iborat edi. 

Gazning bir qismini Ukraina orqali sotib olish haqidagi shartnoma imzolanganidan soʻng esa, ular oʻz fuqarolarini zaharlab oʻldiradigan "zulmkor davlatdan" gaz sotib olish yaxshi emas" deyishga oʻtishdi. Keyin esa - Germaniya uni Rossiya xavfidan himoya qilayotgan Amerikaga qoʻshimcha pul toʻlashi kerakligi haqidagi savol koʻtarildi.

Berlin bularning hammasini eshitib, gaz quvurini qurishda davom etdi. Shu orada Buyuk Britaniya YEIni tark etdi, AQSH bilan munosabatlar tobora taranglasha boshladi. Bunday vaziyatda Germaniya rahbariyati oʻz manfaatlarini himoya qilishi va oʻzining Yevropa yetakchisi nomini himoya qilishi kerak edi. Undan tashqari koʻplab nemislar Germaniyaning eng katta muammosi - Rossiya emas AQSH deb hisoblaydi. Buni germeniyalik siyosatchilar juda yaxshi tushunishadi. Shu sababli tashqi bosimga yon berish shart emas edi. 

Navalniy voqeasini "Shimoliy oqim-2" taqdiri bilan bogʻlash navbatdagi fitna boʻlishi boshidan maʼlum edi, lekin Berlin buni eʼtiborga olmaydi degan umid bor edi. Soʻnggi 3 hafta ichida nemis OAVlari va siyosiy davralarida shunchalik katta shovqin koʻtarilganki, atlantikachilar barcha kuchlarini ishga solgan koʻrinadi. 

Masalan, sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher axloqiy sabablarga koʻra SHO-2ni toʻxtatish taklifi bilan chiqqan. 

"YEI ichki noroziligiga qaramasdan, Federal hukumat Rossiyaga ushbu gaz quvurini qurishda yordam berishga qaror qilib, juda katta strategik xatoga yoʻl qoʻydi. Oqibatda biz bundan juda katta iqtisodiy va siyosiy zarar koʻrdik", - deb yozadi Fisher. 

Shundan soʻng Fisher Skripallar ishi, Tirgarten maydonidagi qotillik, Nemtsovning oʻldirilishi va boshqa hodisalarni esga oladi. - Rossiya kabi ishonchsiz hamkor bilan uzoq muddatli biznes olib borish qanchalik aqlli ish?, - deb savol qoʻyadi. "Menimcha mutlaq aqlsiz. Biz kim bilan ishlayotganimizni unutmasligimiz kerak" - deb xulosa qilgan sobiq siyosatchi.

Germaniya sobiq kantsleri Gerxarda Shrederni esa darhol kim tomonda ekanini aniqlashtirish va "Nord-Strim" hamda "Rosneft" kompaniyalaridagi lavozimlaridan voz kechishni talab qilishmoqda. 

"Kantsler inson huquqlarini tan oladimi yoki yoʻqmi - u hozir qaror qabul qilishi kerak", - deyilgan talabnomada. 

Yaʼni ular sobiq kantslerni "axloqsizlikda" ayblashmoqda. 

Germaniya parlamenti "Chap" fraktsiyasining sobiq rahbari Sara Vagenknext ushbu masalaga idrok va halollik bilan yondashishni talab qilmoqda. Navalniy tufayli SHO-2dan  voz kechishni talab qilayotganlar Germaniyaning boshqa xom- ashyo yetkazib beruvchilarini ham xuddi shunday printsipga asosan baholanishi va jazolanishi kerak.  

"Bu ish uchun hatto Kreml javobgar boʻlsa ham (hozircha bunga hech qanday dalil yoʻq) bu, biz neft sotib olayotgan,   Saudiya Arabistonidagidek muxolifatchilarning boshini kesib olish yoki oʻlgunicha kaltaklashdek - razil yoki bizga oʻzlarining slanets gazini sotayotgan AQShning  koʻp marotaba tinch aholini uchuvchisiz samolyotlar yordamida tilka-pora qilishidek - xunuk ish esmas", - dedi Sara Vagenknext. 

Bu hatto ikkiyoqlama standart ham emas - Navalniy "zaharlanishi"da eng hayratlanarlisi Rossiya hukumatining ushbu jinoyatda ayblanishi emas, zaharlanish boʻlganmi-yoʻqmi - mana shu ham isbotlanmaganida. 

Germaniya hukumati Rossiya TIV soʻroviga uzoq vaqtdan beri ataylab javob bermayapti. Sergey Lavrov esa Germaniyaning Navalniy "zaharlanishi" da Rossiya ishtirokidagi bayonotlariga "mutlaq qabul qilib boʻlmaydigan munosabat" deb javob qaytarishga majbur boʻlmoqda. 

Shuningdek Rossiya TIVi "hech narsa bilan tasdiqlanmagan ayblovga asoslanib ultimatum qoʻygani uchun Germaniya elchisi Gez fon Gayrga "qatʼiy norozilik" bildirdi va "agar Berlin Navalniy zaharlanishining tibbiy dalillarini keltirmasa, Moskva FRG hukumati haqiqatni aniqlash va obʼyektiv tergov oʻtkazishdan bosh tortishda ayblashi haqida" ogohlantirdi. 

"Bunday holda Germaniya harakatlari Rossiyaga qarshi uyushtirilgan qoʻpol va dushmanga xos fitna sifatida baholanadi. Bu esa nafaqat Rossiya-Germaniya munosabatlarini buzilishiga balkim xalqaro vaziyatning jiddiy yomonlashuviga olib keladi", - deyilgan TIV bayonotida. 

Ana shunday keskin ogohlantirishlar - Rossiya tomonidan nemis rahbariyatiga koʻrstiladigan yagona yordam turi boʻlishi mumkin. Berlin esa - nafaqat rossiya-germaniya munosabatlari, balkim Germaniya kelajagi, uning mustaqilligi va butun Yevropa uchun javobgarlini haqida ham oʻylab koʻrishi kerak. Javobgarlikdan qochish, oqibatida qoʻyilgan xato uchun judda qimmat narx toʻlashga toʻgʻri keladi - Rossiya emas balkim bizning buyuk gʻarbiy hamkorimizga. 

Asosiy mavzular