07:06 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Kolumnistlar
Havola olish
638 0 0

Aleksey Navalniy komadan oʻziga kelganidan soʻng olingan birinchi suratini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi, u ijobiy dinamikaga qaramasdan sogʻligʻida hamon muammolar saqlanib turgani maʼlum qilgan.

Dushanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bloger “Novichok” bilan zaharlangani haqida xulosalar borasidagi tanqidlarni toʻxtatishni talab qildi, chunki Frantsiya va Shvetsiya ayrim mustaqil laboratoriyalari bundesver mutaxassislarining xulosalarini tasdiqlashdi.

“Ayrim” – laboratoriyalar, chunki ular haqida maʼlumot ham maxfiylashtirilgan. Idora rahbarining istagi ijobat boʻlishi ehtimoldan yiroq. Ammo teskari natija ehtimoli katta, chunki hozirda Aleksey Navalniy oʻzi Germaniya hukumatiga katta zarar yetkazdi.

New York Times nashri Germaniya xavfsizlik xizmati yuqori lavozimli vakiliga tayangan holda, u sogʻaygandan keyin “oʻz faoliyatini davom ettirish uchun” Rossiyaga qaytishni xohlayotganini maʼlum qildi.

Agar gazetaning insaydi haqiqatga yaqin boʻlsa, unda Navalniy uchun faqat xursand boʻlish mumkin, chunki bunday istak unda shubhasiz kognitiv funktsiyalar saqlanib qolganidan dalolat bermoqda – chunki shifokorlarning izohlariga koʻra, uning ogʻir ahvolda boʻlganida bunga kafolat yoʻq edi.

Soʻnggi bir necha oʻn yilliklar ichida avval taniqli boʻlgan koʻplab ijtimoiy va siyosiy arboblar Rossiyani tark etib, baland ovoz bilan eshikni yopdilar. Natija har doim bir xil edi: ular ijtimoiy qudratni tezda yoʻqotib, hech kim qiziqmaydigan umumiy emigrantlar massasiga qoʻshilishdi. Kremlga qarshi murosasiz kurashchilar pozitsiyasi bilan bir qatorda ular bu maqom bilan bogʻliq moliyaviy imkoniyatlarni ham yoʻqotishdi - rus muxolifatchilar orasida Mixail Xodorkovskiyga oʻxshagan chinakam boy odamlar kam.

Natijada, endi ular faqat Praga, Riga yoki Londondagi kamtarona kvartiralardan ijtimoiy tarmoqlarga zahrini sochish bilan shugʻullanish toʻgʻri keladi. Axir eng achinarli holatlarda esa, Pyotr Pavlenskiy bilan sodir boʻlganidek, yangi kelgan mamlakatda "qonli gebni" (rejim) va "jazolash psixiatriyasi" tosh tegirmoniga tushish mumkin.

Aytgancha, darsni oʻzlashtirishdi. Har yili "Men Rossiyani abadiy tark etaman, u mensiz nobud boʻlsin" mavzusi kamroq va sekinroq eshitilmoqda.

Aleksey Navalniy uchun esa bunday yondashuv ayniqsa achinarli boʻlardi. U nafaqat Rossiyadagi eng taniqli muxolifat yetakchisiga aylandi, balki oʻz tarafdorlaridan mablagʻ undirish uchun juda samarali tizimni ham yaratdi. Oʻtgan yillar davomida bu unga koʻplab yoqimli bonuslarni va umuman olganda juda yuqori turmush darajasini taʼminladi - qimmat xorijiy kurortlarda oilaviy taʼtildan tortib, qizining Stenford universitetida tahsil olishigacha.

Blogerda "ortiqcha mehnat bilan orttirilganlar"dan zarracha ham voz kechish va dunyoning chekkasida qadimgi Solsberida shinam hayot oʻrniga, goʻyoki Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan zaharlangan ikkinchi Skripalga aylanish istagi yoʻqligi ajablanarli emas - barchasi GRU qotillaridan moʻʼjizaviy ravishda qochish afsonasini qoʻllab-quvvatlash uchun.

Ammo bu yerda Aleksey Navalniyning shaxsiy manfaatlari bilan uning kasallik haqida Gʻarb tomonidan tasvirlangan surati oʻrtasida printsipial qarama-qarshilik paydo boʻladi. Xavfsizlik nuqtai-nazaridan nemislar tomonidan qoʻyilgan tashxis uni vatanga qaytishiga yoʻl qoʻymaydi. Ammo bloger oʻjarlik bilan ortga qaytmoqchi, toʻgʻri uni oʻldirishga oz qolgan ajdarning ogʻziga borib tushish, hech qanday “Novichok” bilan zaharlanish va Rossiya hukumati tomonidan hayotiga tahdid solinishiga ishonmasligini anglatadi.

Eng yomoni, Navalniy vatanga epikriz bilan qaytishi kerak boʻladi. Germaniya tomoni esa, Moskvaga uning tashxisini tasdiqlovchi har qanday maʼlumotni berishdan bosh tortmoqda. Rossiya Bosh prokuraturasi nemis hamkasblariga blogerning kasalligi haqidagi barcha voqealarni tekshirish uchun yana bir soʻrov yubordi, ammo Berlin yordamiga umid qilib boʻlmaydi. Bloger oʻzi bilan birga olib keladigan “Sharite” klinikasidan koʻchirma, Rossiyaning vakolatli organlariga juda koʻp qiziqarli maʼlumotlarni berishi mumkin.

Umuman olganda, Aleksey Navalniyning Rossiyaga qaytish istagi nemislarni nihoyatda yoqimsiz va qiyin ahvolga solib qoʻymoqda, chunki shu haftada qalashtirib tashlangan uydirmani nihoyat agʻdarish bilan tahdid qilmoqda.

Aytgancha, britaniyaliklarda bu holat yanada bejirimroq ishlangandi. Skripal zaharlanish shousi nafaqat uning koʻlami va tafsilotlari, shu jumladan uylarning buzilishi bilan hayratga soldi, "jabrlanuvchi"ni ham juda toʻgʻri tanladilar: kuratorlar aytganini toʻliq bajaradigan hech kimga qizigʻi yoʻq va keraksiz sobiq josus. Ammo shunisi ahamiyatliki, hatto London Skripalga hech boʻlmaganda minimal harakat erkinligini berishga jurʼat etmadi va unga jurnalist yoki diplomatlar bilan suhbatlashishga biror marta imkon bermadi.

Aleksey Navalniyni butun oilasi bilan asosiy rossiyalik muxolifachisining shirin hayotidan ixtiyoriy ravishda voz kechishga ishontirish nemislar uchun juda murakkab vazifa boʻlib chiqishi mumkin.

Bloger uchun yomon yangilik shundaki, uning Rossiyaga qaytishi bu “boʻtqani damlagan” Berlin uchun juda yoqimsiz oqibatlar bilan xavf solmoqda, chunki u yerda bu masalani hal qilish uchun ular "ishontirish" va "ixtiyoriy" soʻzlarini ishlatishni oʻz ichiga olmaydi uslublarga murojaat qilishlari mumkin.

Asosiy mavzular