06:14 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
837 0 0

Zyuganov SSSR tarqalishi, Yeltsin siyosati, hozirgi Rossiya partiyalari, Yer sharining kelajagi va oʻz hayotiy printsiplari haqida nima dedi.

Rossiyaning eng yosh va istiqbolli jurnalisti Ivan Survillo, Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganovdan intervyu oldi. Quyida ushbu intervyuni qisqartirilgan shaklda keltiramiz.

Ota ona vasiyati

Menga ota-onamdan juda yaxshi vasiyatlar qolgan. Men rayon komsomoliga yetakchi etib saylanganimda otam shunday degan edi.

“Oʻgʻlim shuni esingdan chiqarma, bu dunyoda sovet hukumatidan koʻra yorugʻroq, vijdonliroq va mehribonroq hech narsa boʻlmagan. Nega? – Chunki sovet hukumati oddiy odam taqdiri haqida qaygʻurgan.  Toʻgʻri xatolar boʻlgan, muammolar boʻlgan, lekin umumiy hisobda sovet hukumati oddiy odamlar haqida oʻylagan”

Otam menga hamma narsaga oʻz boshing, oʻz mehnating va oʻz irodang bilan erishgin deganlar. Men har doim u kishining vasiyatiga amal qilganman.

Oʻzim ham oʻgʻlimni 12 yoshidan zavodga ishlashga yuborganman. Ogʻir ish boʻlmasa ham, mehnat nimaligini bilish uchun. Bu unga juda yaxshi taʼsir qilgan edi, darrov xarakteri oʻzgargan edi. Mening tushunishimcha, chin inson faqat mehnat va sinovlarni yengib oʻtishda shakllanadi. Boshqa yoʻlini bilmayman.

Onam esa menga odamlarni yaxshi koʻrishni oʻrgatgan. Onam mengi “Mening vazifam, senga odamlarga mehribon boʻlishni va sitqidildan mehnat qilishni oʻrgatish”, - derdi.

Hayotim davomida har doim bunga amal qilib kelganman. Hozir ham soat 5da oʻrnimdan turaman va soat 12gacha ishlayman. Har qanday ishga sitqidildan kirishaman.

Masalan, Ittifoq davrida partiya safida ishlaganimda, Orel shahri bilan shugʻullanishga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda bizga Orel shahrida uy va ijtimoiy obʼyektlar qurish vazifasi topshirilgan edi. Biz mutaxassislar bilan maslahatlashib “Orlov uzuluksiz qurilishi” (Orlovskaya neprerыvka) uslubini oʻylab topgan edik.

Ushbu uslub 2-3 yil davomida uzuluksiz ravishda butun boshli mikrorayonlar qurishni nazarda tutadi. Uning ichiga hamma narsa kiritiladi, maktablar bogʻchalar, infrastruktura va kommunikatsiyalar. Oʻshanda bu tajriba butun Ittifoq doirasa samarali uslub deb topilgan edi va shundan soʻng Ittifoqning boshqa respublikalarda ham qoʻllanila boshlagan edi.

Hozir boʻlsachi – koʻp xonadonli uy qurib qoʻyishadi, lekin atrofida maktab yoʻq, bogʻcha yoʻq, parkovka yoʻq. Aholi bolalarini qayerga yuborishi kerak ? Ixtiyor menda boʻlganida edi mikrorayon umumiy rejasi aniq tuzilmaguncha birorta ham uy qurilishiga ruxsat bermagan boʻlardim.

Ukraina va Belarus

Ukrainada bandera va MRB hukumatni egallab oldi. Ogʻa belarus xalqiga yordam qoʻlini choʻzmasak uni ham yoʻqotamiz. Keyin avlodlarimiz oldida nima bilan oʻzimizni oqlaymiz? Lekin Rossiya davlat telekanallari men bu mavzuga katta qiziqish koʻrmayapman...

Menga koʻp aytishadi, siz oʻz tajribangiz va bilimlaringiz bilan Davlat Kengashida Primakov rolini oʻynashingiz mumkin edi, lekin nega bu haligacha sodir boʻlmayapti, - deb?  Men - bunga oʻzim ham hayronman deb javob beraman.

Biz bir narsani yaxshi tushunishimiz kerak – hozir davlatimiz tarixida eng murakkab zamonlardan biri. Dunyo adashib qolgan, amerika globalizmi boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Ular yangi yechim taklif qila olmayapti – faqat yana dollar chop etmoqchi xolos. Yana 7 trillion chop etishga qaror qilishibdi. 

Hukumat va siyosat

Har qanday ijroiy hukumat - nazoratsiz boshini yoʻqotib qoʻyadi. YO oʻgʻirlik, yo maishatbozlik boshlanadi. Oxiri esa xaos bilan tugaydi. Bu Qadimgi Rim davridan beri maʼlum-ku!

Men hozxirgi hukumatga bu haqida koʻp marotaba aytdim. Bizlarda ham erta-indin (norozilik namoyishlari) boshlansa nima qilamiz deb.  Kelinglar, rasmiy hukumatdan tashqari yana kuchli obroʻyga ega boʻlgan siyosiy rahbarlarni, diniy yetakchilarni  yetishtiraylik,  deb. Ular meni eshitishadi-yu, lekin gapimga quloq solishmaydi.

Shoygu va Mishustin – ularning ikkalasi ham noldan boshlab kuchli muassasalar tashkil qila olishdi. Shoygu – dastlab FVVni, hozir esa armiyani tartibga soldi. Mishustin esa – Soliq xizmatini.

Men eng afsuslanadigan holat bu –  biz buyuk sovet davlatimizni saqlab qola olmaganimiz. Bu rus tsivilizatsiyasining eng choʻqqisi edi. Biz uni asrab avvaylab saqlashimiz kerak edi.

KPSS – bu partiya emas, davlat boshqaruv tizimi edi. Uni sindrib boʻlaklab tashlash kerak emas edi. Uni isloh qilish, eng munosib odamlarni tepaga koʻtarish kerak edi.

Hozirgi partiyalarga qarang. Axir bizning partiyadan boshqa yirik partiya yoʻqku. Yedinaya Rossiya – bu shunchaki amaldorlar toʻplami, LDPR esa – Putin aytganiday “Jirinovskiy  bor – partiya bor, Jirinovskiy yoʻq – partiya yoʻq”. Qolganlar esa – xukumat tomonidan oʻylab topilgan vinegret...

Men oxirgi vaqtlarda umidimni yoʻqotmoqdaman, lekin shuncha balolarni yengib oʻtgan Rossiya xalqi bu sinovni ham yengib oʻtishga kuchi yetadi deb umid qilaman. Rossiya boʻlmasa Yer sharimizni saqlab qolishning iloji yoʻq. 

Yer shari va odamlar 

Bilasizmi siz kosmonavt? Siz Yer deb nomlanuvchi kosmik kemada 25 km/soni tezlikda uchib ketayapsiz. Lekin qayerga ketayotganingizni oʻzingiz ham bilmaysiz. Yer sharida ana shunday kosmonavtlar soni 8 mlrd. Koʻpchillik yoʻlidan adashgan, va kosmik kemaga nisbatan nooʻrin munosabatda boʻlmoqda. Yer shari esa oʻziga munosib muomala talab qiladi. U bizdan toʻfonlar, yongʻinlar va boshqa tabiiy ofatlar bilan qasos olmoqda.

Biz Xudoning bandalarimiz, lekin hayotning yoki Yerning xoʻjayni emasimiz. Hayot va tabiatga hurmat bilan asrab-avaylab munosabatda boʻlish kerak. Ana shu mening nabiralarimga asosiy vasiyatlarimdan biridir.

Bu dunyoda barchamiz mehmonmiz. Bizga koʻp narsa kerak emas. Qornimizga siqqanicha ovqat, jigarimiz oʻtkazganicha ichimlik ichishimiz mumkin. Kiyim-kechak esa estetik koʻrinish uchun kerak xolos. Qolgani esa esa – ortiqcha.

Hayotni sevimli ishing paydo boʻlganidan soʻng tushuna boshlaysan. Ish, vijdon, doʻstlar, bolalar va mehr – mana shu asosiysi.

Men hayotimning asosiy maqsadi – Gʻalabaning Qizil bayrogʻini saqlab qolganim, deb hisoblayman. Doʻstlarim bilan partiya tuzdik. Mening ilmiy ishlarim bir necha tillarga tarjima qilingan. Otamning suyukli mashgʻuloti – asalchilikni davom ettirdim.

Eks-prezident SSSR Mixail Gorbachev
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

Ittifoq buzilayotgan vaqtda men olimlar va rahbarlar oldida soʻzga chiqib Yeltsin uchun ovoz bermasliklarini soʻragan edim. Agar u hukumat boshiga kelsa siz zavod va institularingizni yoʻqotasiz dedim, lekin barcha zombiga oʻxshab unga ovoz berdi.

Hozir esa vaziyat yanada yomonroq. Oldin odamlarda Ittifoqda jamlangan mustahkamlik va vijdon bor edi. Hozir bular yoʻq.

Men oʻylashimcha biz bu girdobdan chiqib keta olamiz. Lekin buning uchun barcha bir boʻlib harakat qilishi kerak. Koʻp narsa davlat rahbariga bogʻliq.

Rossiya dohiylar mamlakati. Bizga kuchli yoʻlboshchi, birinchi kotib, yetakchi, qahramon kerak. Tarix davomida shunday boʻlgan. Dohiylarsiz biz tirik qolmasdik.

Asosiy mavzular