O‘zi pishirgan oshni o‘zi yesin - YeI va AQSh Polshaga Lukashenkoni yengishda yordam bermaydi

© Sputnik / Alexey Maishev / Mediabankka o‘tishUchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha "Podruga za podrugu" v Minske
Uchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa va AQSh yana bitta mag‘lubiyatga uchrashi boshidan ma’lum bo‘lgan siyosiy o‘yinga aralashishni istamaydi. Bunday o‘yinlar oxirgi yillarda shundoq ham ko‘p bo‘ldi.

Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident inaguratsiyasiga G‘arbning munosabati kutilganidek salbiy bo‘lib chiqdi.

Dastlab Davlat deparatamenti vakili Aleksandr Lukashenkoni qonuniy saylangan prezident deb tan olmasliklarini xabar qildi. Ularning aytishiga ko‘ra Belarusdagi “saylov natijalari qalbaki bo‘lgan” va “qonuniylikni aks ettirmaydi”.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo‘lladi

Undan so‘ng es YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning bayonoti e’lon qilindi. Unda Lukashenkoning yangi mandati «har qanday demokratik qonuniylikdan yiroq” deb ataldi. Hujjatda aytilishiga ko‘ra bo‘lib o‘tgan inaguratsiya «mamlakat aholisining aksariyatining ixtiyoriga qarshi bo‘lgan” va ular hozir o‘zlarining istaklarini ko‘p sonli tinchlik namoyishlarida aks ettirmoqda”

Borrel baynoti ko‘plab zaharxandalarga sabab bo‘lishi mumkin desak xato bo‘lmaydi. Masalan, AQShda bo‘lib o‘tadigan saylov– qonundan tashqarida, chunki amerikaliklarning yarmi unga qarshi bo‘ladi. U yerdagi norozilik namoyishlari ham bir necha oydan beri to‘xtamayapti. Demak AQShdagi saylov natijasi qanday bo‘lmasin – uni ham «aholi ixtiyoriga qarshi” va ho kazo deb atash mumkin.

«Demokoratik qonuniylik” degan ibora ham savollarga sabab bo‘lmoqda. Demak demokratik bo‘lmagan boshqa qonuniyliu uslublari ham bor va ularga ko‘ra Lukashenko – qonuniy prezident.

G‘arbning so‘nggi harakatlarini aynan shunday ifodalash mumkin. Ular go‘yoki 2ta stulda o‘tirishga harakat qilayotganday. Bir tarafdan ochiqcha keskin shiorlar bilan po‘pisa qilinmoqda, ikkinchi tomondan esa Minskka nisbatan o‘ta zaif va yumshoq choralar ko‘rilmoqda.

Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Belorussii A. Lukashenko v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Lukashenko bugun Sochida uchrashadi

Amalda Minskka qarshi qattiqqo‘l sanksiyalar kiritilgani yo‘q. Ushbu maslala yuzasidan YeI ichida o‘zaro qarama-qarshiliklar paydo bo‘ldi: Kipr ushbu sanksiyalarni bloklab, Turkiyaga ham ana shunday choralar ko‘rilishini talab qila boshladi.

G‘arbiy elchilar Belarusdan chaqirib olinmagan. Amerika bo‘lsa 2008-yildagi mojarodan so‘ng Belarus bilan dipomatik munosabatlarni tiklashga hararkat qilmoqda. Bir necha kun oldin AQSh xalqaro qo‘mitasi Minskdagi elchi nomzodini e’lon qildi. 2008-yildagi Vashingtonning Belaruus kompaniyalariga sanksiyalaridan keyin boshlangan diplomatik mojarodan so‘ng ushbu mamlakatlarda elchi tayinlanmagan edi, ishlar «vaqtinchalik ishonilgan vakil” olib borayotgan edi.

Bu borada har qanday baland ovozda aytilgan gap – zaiflik va bo‘layotgan vaziyatga ta’sir qiladigan kuch yo‘qligini angladati. Aytish joizki, so‘nggi vaqtlarda G‘arb o‘z ta’sir kuchi qayergacha yetishini va qayerga yetmasligini yaxshigina tushunib olgan.

Belarus saylovlariga ana shunday reaksiya Venusuelaning achchiq darsi natijasi bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. G‘arbning 50dan ortiq mamlakatlari Xuan Guaydoni Venesuela qoununiy prezidenti deb tan olganiga 1,5 yildan ko‘proq bo‘ldi. Lekin ushbu qaror mamlakatdagi vaziyatga hech qanday ta’sir  qilmadi – Nikolas Maduro haligacha Venesuela rahbari bo‘lib qolmoqda.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

AQSh va Yevropa Lotin Amerikasida joylashgan kichik mamlakatni nazariga olmasdan, «qovun tushurganlarini” unutgandek va o‘zlarini go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek tutishlari mumkin. Lekin Yevropa markazida joylashgan davlat bilan bunday fokus o‘tmaydi. Belarusning Donbass mojarosini hal qilish kabi muhim xalqaro jarayonlarda ishtirok etayotganini hisobga olganda – bunday qarorlar yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada G‘arb tashabbuskorligini cheklab turgan yana bir omil – Bu Belarusdagi jarayonlarning aksariyati - Polsha loyihasi ekanidir. Axir Belarusdagi namoyishlar ortida aynan Varshava turibdi, aynan ular Belarus inqilobchilarining  siyosiy va media yordam bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Lekin natija salbiy ma’noda «zo‘r” chiqdi desa ham bo‘ladi. Buning uchun «Prezident Sveta”ning siyosiy-texnologik kurash uslublariga nazar solish kifoya. Ana shunday nom bilan yuritiluvchi Svetlana Tixanovskayaning instagrami - bu ishni qanday qilmaslik kerakligiga yaxshi misol bo‘la oladi.

Polsha ushbu jangga bel bog‘lab kirishgan bo‘lsa-da, lekin vaziyatni o‘zgartirishga uning kuchi yetmaydi. Ustiga-ustak Minsk ham ularga javob qaytara boshladi. OAVda Polsha mahsulotlarini Belarusga olib kirishda muammolar bo‘layotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Xullas, Polsha yana bir mrotaba o‘z do‘mini o‘zi bosib oldi, desak xato bo‘lmaydi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na seremonii inauguratsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Belarus prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi

Endi bo‘lsa, jannatga birovning tobutida kirib borishni istagan polyaklar, AQSh va Yevropa Belarusga qarshi bor siyosiy kuchini ishlatib, Lukashenkoni taxtdan ag‘darishini xohlamoqda, Varshava bo‘lsa ushbu vaziyatdan o‘z geosiyosiy manfaatlari yo‘lida foydalanib qolgan bo‘lardi.

Lekin na Berlin na Parij va na Brussel yoki Vashington bunday maqsadlardan manfaatdor emas. Polshaning siyosiy o‘yinida yordam berish esa – ularga mutlaqo kerak emas.

Demak, G‘arb kelajakda ham Minskka qarshi qattiq og‘izaki sanksiyalar kiritadi, lekin har qanday real mojarodan qochadi. Chunki G‘arb, yana bitta mag‘lubiyatga uchrashi boshidan ma’lum bo‘lgan siyosiy o‘yinga aralashishni istamaydi. Bunday o‘yinlar oxirgi yillarda shundoq ham ko‘p bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0