06:44 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
660 0 0

Soʻnggi paytlarda “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlanishi muammosi ortidan tez-tez ommaviy axborot vositalarida Rossiya yetkazib berishisiz Yevropa Amerikaning qimmat suyultirilgan tabiiy gazi uchun koʻp ortiqcha pul toʻlaydi degan fikrlar yangramoqda.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Soʻnggi paytlarda “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlanishi muammosi ortidan tez-tez ommaviy axborot vositalarida shunday fikrlar yangramoqda: “Rossiya yetkazib berishisiz Yevropa Amerikaning qimmat suyultirilgan tabiiy gazi (STG) uchun koʻp ortiqcha pul toʻlaydi”. Ushbu fikr tanqidchilari kulimsirab deyishmoqda: qarang, oʻsha Amerika STG Yevropa gaz birjasida qolgan boshqa gazlar singari oʻsha narxlarda (hozir esa umuman – juda arzon) sotilmoqda.

Kim haq? Hayot har doimgidek oddiy sxemalarga qaraganda mushkulroq: oʻrganib chiqishni taklif qilamiz.

Avvaliga eslatib oʻtamiz, “Shimoliy oqim-2”, asosan, Ukraina tranzitining katta qismi oʻrniga bunyod etilmoqda, chunki kelajakda Rossiya gazi eksportining sezilarli oʻsishini kutishga toʻgʻri kelmaydi (soʻnggi yillarda biz koʻrgan “standart” 200 millirad kubometr bilan taqqoslanganda). Buning ustiga Ukraina tranziti (har holda hozircha) hozirgi hajmlardan koʻproq tashishga imkon beradi. Shu bois, talab va taklif muvozanati tomonidan hech narsa oʻzgarmaydigandek.

Qolaversa: Ukraina tranziti toʻrt yilga toʻlangan (yiliga 40 milliard kubometr), “Shimoliy oqim-2” esa 55 milliard quvvatiga ega boʻladi. Yaʼni mulohaza yuritishning ushbu bosqichida “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishdan butkul faraziy voz kechish yoki nomuayyan muddatga “Gazprom”ning aniq moliyaviy yoʻqotishlariga olib keladi, xolos (axir qurilishdagi katta mablagʻlarni shunchaki hisobdan chiqarishga toʻgʻri keladi), lekin Yevropani Rossiya gazi oʻrniga Amerika SPGini xarid qilishga majburlashga yordam bermaydi.

Shuning uchun Amerika tomoni SHO-2 uchun qiyinchilik tugʻdirib, oʻzining STG uchun yangi joy olishni rejalashtirmoqda degan fikrdan kelib chiqsak, bu bir narsani anglatadi: bloklangan SHO-2 ortidan Ukraina tranziti (qaysi sabablarga koʻra ekanligi muhim emas) toʻxtatib qoʻyilishi kerak.

Fikr yuritishda davom etamiz. Bu Amerika STGga yordam bera oladimi?

Birinchidan, har qanday holda gaz (STG ham) qimmatlashadi, 50 milliard kubometrning bozordan ketishi – jahon savdosi uchun yetarlicha sezilarli hajm. Yuqoriroq birja narxlari esa muqarrar ravishda Amerika STG sotuvida ham rentabellik oshishiga olib keladi.

Ikkinchidan, asosiysi. Bu yerda eslatib zarurki, hozirgi suyultirilgan gazi eksporti doirasida AQSH har qanday holda suyultirish uchun kafolatlangan toʻlovni olmoqda. Past global kotirovkalarda savdogarlar aziyat chekmoqda. Yaʼni AQShning, umuman, allaqachon qurilgan zavodlardan STG sotuvini biror bir yoʻl bilan ragʻbatlantirishining hojati yoʻq.

Eng muhimi – STGning yangi loyihalardan shartnoma tuzishi. AQSH STG importchilari hozirda vaqtda yuz tutgan vaziyatdan soʻng, ular hatto yoqilgʻi sotib olishmaydi, biroq suyultirish tuchun majburiy yigʻim toʻlashadi (bu STGning deyarli yarim narxi), biror kishini bunday shartlar bilan yangi partiyaga shartnoma tuzishga undash qiyin boʻladi. Amalga oshirilmagan loyihalar esa hali bisyor. Bu yerda Yevropa bozori asqotgan boʻlar edi.

Bundan, aslini olganda, biz avval boshida fikr yuritishni boshlagan qarama-qarshilik paydo boʻladi. Ha, hozir Amerika STG boshqalari kabi haqiqatdan sotilmoqda, jumladan, Yevropada, past narxlarda. Bozoda inqiroq, mahsulotni esa baribir qayerdadir sotish kerak, zavodlar allaqachon qurilgan, savdogarlar emas “suyultir-yoki-toʻla” shartlari bilan xarid qilish shartnomasini tuzgan.

Boshqa tomondan, Yevropa ham tushunishi kerakki, arzon amerika gazi – bu boshqa hollarda tezda Osiyo, koʻproq foylariroq bozorlarga ketuvchi ortiqcha narsa. Kafolatgangan yetkazib berishni istaysizmi – uzoq muddatli shartnoma tuzing va koʻproq toʻlang.

Amerika STG boshqa yetkazib berishlarga qaraganda qanchalik qimmat boʻladi?

Bu yerda qayd etish joizki, hozirda gaz (STG) bahosini belgilashning uchta asosiy varianti mavjud: (1) stop-narx, (2) neftga bogʻlangan va (3) AQSH ichida gaz narxiga asoslangan plyus suyultirish uchun toʻlov Amerika STG uchun.

Bozorning normaga qaytishida gazning birja narxi ming kubometri uchun 200 dollar atrofida boʻladi. Barreli uchun 50 dollar neftda neftga bogʻlangan gaz narxi ham xuddi shunday boʻladi. Har qanday holda hozir “Gazprom” allaqachon gazning katta qismini YEIga birja narxlariga bogʻlangan holda sotmoqda, shuning uchun neftga bogʻlanishga emas, aynan bu kotirovkalarni hisobga olgan holda ish koʻrish yaxshiroq.

Amerika STG qaysi narxda yuklba joʻnatiladi? Uning narxi AQSH ichidagi gaz narxiga (u oʻzgarib turadi, va bu – noaniqlikning asosiy omili), suyultirish qiymati va Yevropaga yetkazib berish narxiga bogʻliq. Hisob-kitobga chuqur shoʻngʻimasdan, ming kubometri uchun 220 dollardan 270 dollargacha boʻlishi mumkinligi aytish mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, agar ilgari, 2013 yilda Amerika STG boshqalarga qaraganda arzonroq koʻringan boʻlsa, hozirgi sharoitlarda u qimmatroq boʻlmoqda.

Yana bir savol. Nima uchun Yevropa aynan Amerika STGini xarid qilishi lozim. Nega Rossiya va Qatar gazini emas? Ustiga ustak yaqin kunlarda Qator gazining qismi birja bozori narxlariga bogʻlangan holda sotilishi hayratlanarli boʻlmaydi.

Agar YEI va AQSH oʻrtasidagi alohida munosabatlarga bogʻliq tomonlarni bir chetga surib qoʻysa, bunday sabablar yoʻq. Umuman olganda YEI ehtimoliy tanqislikni har qanday gaz bilan toʻldirishi mumkin.

Ehtimol, shu tufayli hozir almashtirish haqida gap bormoqda: gaz quvurini qurib bitirishga ruxsatnoma evaziga Germaniyada bir necha yangi STG terminalini aynan Amerika STGga moʻljallash (deylik, 10-20 milliard gaz, yoki SHO-2 quvvatining 20-40 foizi).

Yakun yasaymiz.

Birinchidan. Rossiya gazini Amerika STG oʻrniga almashtirish faqat bir vaqtning oʻzida ikkita shartni bajarishda mumkin: SHO-2 loyihasini yopish va Ukraina tranzitini toʻxtatish. Bu holda Rossiya eksporti cheklovini butun gaz bozoridagi narxlar qoʻllab-quvvatlaydi.

Ikkinchidan. Har qanday holda Amerika STG bir necha barobarga emas, bozordagi boshqa gazlarga qaraganda 10-30 foizga qimmatroq boʻladi. Hammasi Amerika ichidagi gaz kotirovkaga bogʻliq. Lekin AQShdan STG yetkazib berish uchun uzoq muddatli shartnoma tuzayotib, Yevropa AQShda gazning ichki narxlariga bogʻliq butun xatarini oʻz zimmasiga oladi.

Oʻz navbatida, biz hozir Yevropada koʻrayotgan arzon Amerika STG (qolganlari ham) – bu bozordagi gazning haddan tashqari koʻpligi natijasi: savdogarlar Amerika STG shartnomalari boʻyicha hech boʻlmaganda zararni qisman qoplash uchun uni sotishmoqda. Agar Yevropa AQShdan kafolatlangan yetkazib berishni istab qolsa, Amerika STG baholash formulasi boʻyicha toʻlashiga toʻgʻri keladi, voz kechishning imkoni boʻlmaydi.

Soʻnggi soʻz oʻrnida. AQSH Yevropaga oʻzining STGini zoʻrlab oʻtkazib, birinchi navbatda hozirgi yetkazib berishlar haqida emas, balki istiqboldagilar haqida oʻylamoqda. Gap yangi suyultirish zavodlari va ularni STG yetkazib berishning kafolatlangan shartnomalari bilan taʼminlash haqida bormoqda. Zavodlarni bunyod etishga taxminan toʻrt yil vaqt kerak, aynan shu vaqtga kelib Ukraina bilan amaldagi tranzit shartnomasi tugaydi.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular