13:44 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
480 0 0

Amerika jamiyatining bugungi rivojlanish darajasiga ikki partiyali tizim mos kelmay qolgan boʻlsachi? Balkim ularga KPSSga oʻxshagan bir partiyali tizim kerakdir? Yoki Rossiyaga oʻxshash koʻp partiyali tizim koʻproq mos kelar?

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Bu allaqachon sodir boʻlishi kerak edi: amerikalik siyosatchi aytganiday – bugungi krizisdan Amerika ikkala partiyasini ham yoʻqotib chiqadi degan edi. Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan iborat tizim taʼmirlashni emas, toʻliq almashtirishni talab qiladi.

Foreign Policy jurnalining yozishiga koʻra, bugungi kunda AQSH jamiyatidagi boʻlinish shu darajaga yetgan-ki, har bir partiya birligini faqat boshqa partiyaga boʻlgan nafrat yordamida ushlab turibdi. Respublikachilar Tramp atrofida jamlangan, aks holra mamlakatla “Marks revolyutsiyasi"  boʻladi. Demokratlar ham qolishmaydi – ular faqatgina Tramp ikkinchi marotaba saylovda gʻolib chiqishi qoʻrquvga solgani uchun birga boʻlib turishibdi, aks holda mafkuraviy sabablarga koʻra bir birlarini gʻajib tashalagan boʻlardi.  

Maqola muallifi Li Dratman ushbu vaziyatdan chiqish uchun har bir saylov uchastkasida nomzodlarning uzun roʻyxati boʻyicha ovoz berishni taklif qilmoqda. Xuddi Irlandiya, Avstraliya va ... (nahotki?) Rossiyada boʻlganidek. Ushbu uslub koʻp partiyali tizim yaratishda va vaztyatdan chiqishda yordam berishi mumkin.

Koʻrib turibmizki, Amerikadagi inqiroz yana bir marta hamma uchun muhim boʻlgan savolni qoʻymoqda – qanday siyosiy tizim yaxshi? Bir, ikki yoki koʻp partiyalimi?

Bir partiyali tizim – nafaqat sobiq SSSRda boʻlgan. Koʻplab  davlatlar ushbu tizimdan oʻtgan. Unda yagona partiyaga oʻzining mustaqil fikriga ega boʻlgan har qanday fuqarolar qoʻshilgan. Bunga yaqqol misol – Singapur. U yerda ushbu tizim 60 yillardan buyon ishlab kelmoqda va endi endi oʻz “charchogʻini” koʻrsatmoqda. Shunday tizimlar Hindiston, Xitoy, Tayvanda va deyarli butun Afrikada ham  ishlamoqda. Bunday tizim nimasi bilan xavfliligini ham barcha yaxshi biladi – dastlabki muvaffaqiyatlardan soʻng u turib qolishi mumkin. Unda dastlabki gʻoyalar oʻrniga yuqoridan buyruqni kutadigan ijrochilarga aylanib qolishi mumkin. Shuningdek boshliqlar fikriga qoʻshilmaganlarni “tozalash” xavfi ham bor.

Ikki partiyali tizim – AQSH misolida koʻrganimizdek, jamiyat asta sekin har biri oʻz qadriyatlariga ega boʻlgan, lekin bir-biriga nafrat bilan qaraydigan 2ta teng guruhga boʻlinib qolishi mumkin. Bunda qarama qarshilik fuqaro urushi darajasigacha kuchayishi mumkin. Kimga kerak bunaqa tizim?

Koʻp partiyali tizimning ham oʻz muammolari bor: masalan, dastlab mustaqil boʻlgan partiyalarning bir-biriga qoʻshilishi, turli blok va alyanslar paydo boʻlishi xavfi. Oqibatda ikki partiyali yoki bir partiyali hukumat monopoliya tizim ham kelib chiqishi mumkin.  

Oʻsha maqolada AQSH ichki siyosiy tizimi toʻgʻrisida Li Dratman yana bir qimmatli fikrni bildirgan. Bugungi voqealar odatiy hol, chunki har 24-36 yilda AQSH siyosiy tizimida tsikl  almashadi, keyin hammasi iziga tushib ketadi, - dedi siyosatshunos.

Bugungi AQSH tizimi asosan 1980 yillarda paydo boʻlgan edi. AQSH 70 yillarda – Vyetnam urushida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng jamiyat shartli ikki guruhga boʻlingan edi. Biri – urushda ishtirok etganlar boʻlsa, ikkinchisi – unga qarshi boʻlganlar. Birinchi guruh faol tashqi siyosat tarafdori boʻlsa ikkinchisi koʻproq ijtimoiy muammolarga eʼtibor berish tarafdori boʻlganlar edi. Lekin aksariyat masalalar boʻyicha ularning ikkalasi ham hamfikr edi. Shu sababli ham tizim yashuncha yil yaxshi ishlab keldi.

Endi boʻlsa, balkim Amerika jamiyati uchun ikki partiyali tizim mos kelmay qolgandir? Balkim ularning bugungi rivojlanish darajasiga bir partiyali yoki koʻp partiyali tizim koʻproq mos kelar?

Asosiy mavzular