13:27 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
114310

Navalniy MRB bilan emas, MRB Navalniy bilan ishlamoqda, unga turli yoʻriqnomalar bermoqda va bu birinchisi emas - Peskov.

Aleksey Navalniy va “Novichok” voqeasi sekin-asta yakuniga yetmoqda – aniqrogʻi, uning birinchi qismi tugamoqda. Pessimistlarning, Berlin “Navalniy ishi”dan sharqiy frontda foydalanadi deyishiga qaramasdan, “Shimoliy oqim-2” - toʻxtatilmasligi aniq boʻldi.

Lekin Navalniy atrofidagi shovqin hali ham tingani yoʻq. Hozirgina tugagan Yevroittifoq sammitida – “kimyoviy quroldan foydalanish” muammosi muhokama qilindi va Rossiyani ushbu ishni yaxshilab tekshirishga chaqirishdi. Shuningdek ushbu “misli koʻrilmagan hujum” masalasiga 2 haftadan keyin qaytishga qaror qilindi. Navalniyning oʻzi boʻlsa Spiegel jurnaliga birinchi intervyusini berdi.

Intervyuda Navalniy oʻz zaharlanishida Vladimir Putinni aybladi. Bunda muxoliftchining “mantiqiga” qoyil qolish kerak – agar “novichok” bilan zaharlashgan boʻlsa, demak bu haqida buyruqni faqat prezident berishi mumkin, axir ushbu modda faqat maxsus xizmatlarda bor...

Ajablanarlisi, Rossiyada oʻtkazilgan tashhislarda topilmagan zaharli modda, gʻayritabiy uslubda Germaniyada topilgan. Rossiya tomon bir necha bor yuborgan soʻrovlariga qaramasdan nemislar oʻzlari topgan dalillarni hali ham taqdim etishmadi, lekin Rossiyadan “ushbu vaziyatni” tekshirishni talab qilishda davom etishmoqda.

Shu oʻrinda “Novichok oʻzi boʻlganmi?” – degan savol paydo boʻlishi aniq. Yevropada javob aniq – albatta boʻlgan! Sizning vazifangiz buni tan olish va aybdorlarni topish.

Aygancha, qidirishning ham keragi yoʻq. Navalniy buyurtmachini allaqachon topgan. Gʻarb OAVlari esa oʻz oʻquvchilarini “Kreml oʻziga yoqmagan kishilarni zaharlashi – bu odatiy hol” degan haqiqatni qulogʻiga quydirmoqda. Agar biror kimda bu ishni Putin qilganiga qarshi gumon paydo boʻlsa – ular darhol bundan ham qoʻrqinchliroq manzaralar chiza boshlaydi.

Xususan, Navalniy intervyusida “Agar “Novichok” Putin nazorati ostida boʻlmay, boshqa bir guruh kishilar qoʻlida boʻlsa – bu holat undan ham dahshatli. Axir zaharli moddaning bir krujkasi Berlin metrosining butun boshli bir bekati yoʻlovchilarini zaharlashi mumkin. Bu global xavf juda dahshatli”, - degan edi.

Eng qizigʻi, oʻz intervyusida Navalniy “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatishni talab qilmagan, lekin Rossiyaning muayyan davlat arboblariga nisbatan ogʻriqli sanktsiyalar kiritishni, ularga Yevropaga kirishni taʼqiqlash, ularning mulkini konfiskatsiya qilishni” maslahat bergan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada 2012 yildan buyon mahalliy elitani “milliylashtirish” boshlangan edi. Oʻshanda Putin davlat xizmatchilariga ikki fuqarolik va xorijda mol-mulkka ega boʻlishni taʼqiqlab qoʻygan edi. Keyinchalik, 2014 yilda, Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanktsiyalar bunga yordam berdi xolos.

Lekin odam oʻz davlatiga va oʻz vatandoshlariga nisbatan sanktsiyalar kiritishga jalb qilish uchun qanchalik “vatanparvar” boʻlish kerak? Navalniy uchun ular “oʻz odamlari” emas, ular - “qotillar” va “har qanday dahshatli jinoyatlarga qodir” boʻlgan kishilardir.

Ustiga-ustak, “biz” deb Navalniy nafaqat oʻzi yoki safdoshlari nomidan, balkim “butun rus xalqi” nomidan gapiradi. Uning soʻzlariga koʻra, “Yevropa tomonidan rossiyalik amaldorlarga nisbatan qabul qilinayotgan sanktsiyalarni Rossiya aholsining 95 % maʼqullaydi”.

Xullas, Navalniy Rossiya muxolifatchilari Gʻarbga bir necha yillardan beri tasvirlayotgan manzarani chizishga harakat qilmoqda - “Yana ozgina harakat qilsak - Putin hukumati qulaydi. Ayniqsa xorij bizga ozgina yordam bersa”.

Navalniyning – Bu ish ortida Putin turganiga ishonaman, menda boshqa versiya yoʻq, - degan soʻzlari Rossiyada keskin tanqidga sabab boʻldi. Duma spikeri Vyacheslav Volodin Navalniyni “uyatsiz va ablah”, Rossiyada shifokordan tortib prezidentgacha hamma uni qutqarishga harakat qilgan edi dedi.

Shuningdek Volodin, Navalniy atrofida sodir boʻlayotgan hamma narsa Gʻarb maxsus kuchlari tomonidan “Rossiyani Belarus ishlaridan uzoqlashtirish uchun sahnalashtirilgan. Navalniyning oʻzi esa Gʻarb mamlakatlari maxsus xizmatlari va hukumat organlari bilan birga ishlamoqda”, - degan edi.

Kreml esa bunga aniqlik kiritdi – Navalniy MRB bilan emas MRB Navalniy bilan ishlamoqda, unga turli yoʻriqnomalar bermoqda. Bu birinchisi emas - dedi Peskov. Bundan Navalniyning jahli chiqib, Peskovdan sudga ham bermoqchi boʻlib, isbot talab qildi.

Qanaqa dalil, isbot? Bizning shimoliy atlantikalik raqiblarimiz Navalniy Yel universitetida oʻqigan vaqtidan boshlab unga katta qiziqish uygʻotmoqda va unga maʼlum maʼnoda umid bogʻlashmoqda.

Navalniy faqatgina MRB “loyihasi” emas, u dastlab mahalliy oligarxlar va liberal elita loyihasi boʻlgan, keyinchalik esa uning “ustav kapitali”ga gʻarblik “hamkorlar” ham kirgan. Hozir “Navalniy” qoʻshma korxonasining nazorat paketi kimda ekanini bashorat qilish foydasiz –germaniyada aktsiyalar “paketi” qayta taqsimlangan boʻlishi mumkin.

Navalniy Rossiyaga qaytadimi? – Ha, chunki u qoʻyilgan maqsadlar uchun kurashishi kerak. Qanday maqsad? - Rossiya davlat tuzilishini va rivojlanish yoʻnalishini oʻzgartirish. Navalniy aytishiga koʻra hozir Rossiyada “Ozodlik uchun kurashayotganlar va jamiyatni orqaga, kapitalizm va oligarxlar bilan bezatilgan Sovet Ittifoqining pravoslav imitatsiyasi tomon tortayotganlar orasida kurash ketmoqda”.

Jamiyatning bir qismi Putinning “Rossiya oʻzining alohida yoʻlidan borishi kerakligi” haqidagi gaplarini takrorlamoqda. Gap maʼanaviy qadriyatlarga asoslangan, oʻziga xos monarxiya haqida ketmoqda. Biz esa buni yolgʻon deb hisoblaymiz va Rossiya faqat Yevropa uslubida rivojlanishi mumkin deb hisoblaymiz”, - deydi Navalniy.

Navalniy xulosasiga koʻra,  hammasi ancha oddiy – Rossiyada uning oʻziga xos rivojlanish yoʻli borligiga ishonadigan, kuchli davlatga va allaqanday (yoki Navalniy tushunmaydigan) maʼnaviy qadriyatlarga ishonadigan, Putin tomonidan zombilangan, odamlar bor. Ushbu “rus varvarlari” uchun yevpropaga xos rivojlanish uslubi bor va Navalniy ularni ushbu yoʻldan borishini istaydi.

Xullas hammasi avvalgidek – yana oʻsha gʻarbchilar va slavyanofillar kurashi. Lekin Navalniy oʻzini uluarning ikkalasidan ham ustun qoʻymoqda. U oʻzini “avtoritar rejimlar” va “hukumdorlar almashuvi” tarafdori qilib koʻrsatmoqda. Buning uchun u bir vaqtlar hatto liberal va millatchi muxolifatchilarni birlashtirmoqchi ham boʻlgan edi. 2011 yil Bolotna maydonida sodir boʻlgan voqealar. Navalniyning yulduzi aynan oʻshanda chiqqan edi. Oʻshanda ushbu “loyiha” gʻarbda jiddiy kuchlarning eʼtiborini oʻziga qaratgan edi.

Hozir boʻlsa Navalniy Rossiyada “allaqanday maʼnaviy qadriyatlar asosida” mustaqil davlat qurilishiga qarshi chiqmoqda va oʻz yoʻlidan borish oʻrniga Yevropa va Gʻarb yoʻlidan borishga chaqirmoqda.

Yaxshi dastur, dolzarb,  asosiysi - ommaviy. Poytaxtlik ommaning bir qismi 30 yildan beri ana shunday qadriyatlar uchun kurashmoqda va ular hamm milliy narsalarga qrashi. Hozir ular “moʻjizaviy omon qolgan” Navalniyning qaytishini kutishmoqda. U albatta qaytadi ham, lekin bu yerda “Novichok” qanday paydo boʻlganini tushuntirib berishga toʻgʻri keladi. Tuhmat soʻzlari uchun ham javob berish kerak boʻladi – Xudo sudida boʻlmasa ham bandalar sudi oldida.

Asosiy mavzular