23:35 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
128530

Rossiyaning yuqori texnologiyali qurollari dunyo va xalqaro bozorni zabt etishda davom etmoqda. Rossiya Federatsiyasining harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi eng yirik sheriklaridan biri boʻlgan - Jazoir 5-chi avlod Su-57 qiruvchisining birinchi xaridori boʻlishga intilmoqda.

Amerikaning The Military Watch Magazine harbiy-tahliliy nashri xabar qildi: eskirgan “Mig”lar flotini almashtirish maqsadida Jazoir Rossiyada Su-57 qiruvchi samolyotlari va boshqa aviatexnikasiga buyurtma berdi. Bundan tashqari, yaqinda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati (FSVTC) direktori Dmitriy Shugayev Jazoirdagi hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazdi, tomonlar 14 ta Su-57E samolyotlarini yetkazib berish tafsilotlarini muhokama qildilar.

Avvalroq Jazoir Oʻrta dengizning janubiy qirgʻogʻida 5-chi avlod qiruvchilarining birinchi egasi boʻlish niyatini bildirgandi. Jazoirning Menadefence harbiy yangiliklar sayti oʻtgan yilning dekabrida Jazoir tomoni Rossiyada ishlab chiqarilgan soʻnggi qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarining bir nechta partiyalarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolaganligi haqida xabar bergandi.

Printsipial qaror 2019 yil yozida, Jazoir delegatsiyasining Rossiyaning MAKS aviakompaniyasiga tashrifidan soʻng qabul qilindi. Yetkazib berishni 2025 yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan va bu Jazoir havo kuchlariga bitta eskadrilya - Su-57, Su-35, MiG-29M2 (har biri 14 ta samolyotdan), shuningdek 2ta Su-30MKA qanoti va 14 ta Su-34 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishga imkon beradi.

Mintaqadagi qoʻshnilarining havo kuchlarini rejalashtirilgan mustahkamlash fonida (Marokash 25 ta F-16 qiruvchisini, Italiya esa F-35 “koʻrinmas” samolyotlarini olishni rejalashtirmoqda), Jazoirning 5-chi avlod “koʻrinmas” samolyotlarini sotib olishni istashi tushunarli holat. Rossiyada ishlab chiqarilgan boshqa ilgʻor qiruvchilar bilan birgalikda Su-57 ishonchli havo ustunligini taʼminlaydi.

Harbiy aviatsiya sohasidagi Jazoir-Rossiya shartnomalari miqdori, turli xil maʼlumotlarga koʻra, 2 milliarddan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Rossiyaning FSVTC kompaniyasi Su-57 samolyotining Jazoirga yetkazib berilishi haqidagi maʼlumotni rasman tasdiqlamadi yoki rad etmadi. Ammo olovsiz tutun boʻlmaydi. Shunday qilib, VI Xalqaro “ARMIYA-2020” harbiy-texnik forumi doirasida FSVTC matbuot kotibi Mariya Vorobyeva Rossiyaning Su-57 qiruvchisini sotib olish uchun bir nechta mamlakatlarning rasmiy arizalarini eʼlon qildi.

Zenitnыy kompleks Pantsir-S1, arxivnoye foto
© Foto : press-slujba Zapadnogo voyennogo okruga Minoboronы RF

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyotlar va samolyot qurollari tufayli Jazoir havo kuchlari Afrika qitʼasida eng rivojlangan, muvozanatli va qudratli hisoblanadi. Harbiy-havo kuchlarining dastagini 45 ta ogʻir Su-30MKA qiruvchisidan iborat (4+ avlod), ular uzoq masofali raketalar bilan havo va quruqlikdagi nishonlarga zarba  berishga qodir. X -31 qanotli raketalarini (tezligi Max 3 dan yuqori) foydalanishga qodir Su-30 qiruvchilarining, 4ta MiG-29 qiruvchisi eskadrilyasi va 36 ta Su-24M front-bombardimonchilarining jangovar qobiliyatlari katta ahamiyatga ega.

Ishonchli kafolatlar

Jazoirning Rossiya qurollarini tanlovi (osmon, quruqlik, dengiz) tasodifiy emas. Rossiyaning Su-57 qiruvchisi, har jihatdan xorijiy samolyotlardan ustun boʻlib, reklamaga muhtoj emas. Jangovar vaziyatda oʻta kichik taʼsirchan Su-57ni raqib RLTiga koʻrinmas holga keltiradi (tarkibidagi kompozitsion materiallar yuzaning 70% va ogʻirlikning 25% ni tashkil qiladi).

Su-57 "aqlli qoplama"si va asosiy radiolokatsion stantsiya osmondagi hukmronlikni uch oʻlchovli tortish vektoriga ega  - noyob optik-elektron nishonni aniqlash tizimi va elektron shovqinlar xosil qilish tizimi taʼminlaydi.

Rossiya qiruvchisi 400 kilometrgacha boʻlgan masofadagi havo va yerdagi nishonlarni aniqlay oladi, 62 ta obʼyektga kuzatuvga oladi va 14 turdagi qurolni olib yuradi (10 tonnalik arsenal 2ta ichki boʻlinmada joylashgan).

Su-57 oʻz vazniga nisbatan jangovar yukni koʻrish rekord darajasiga ega, bu koʻrsatkich boʻyicha boshqa beshinchi avlod samolyotlari orasida uning tengi yoʻq. Jangovar radiusi - 5500 km, Suriyada vazifalarni bajarayotganda raketa qurollari muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Shartli bellashuvda Su-57 "koʻrinmas" F-22   va F-35ni oldinroq aniqlash va yoʻq qilishga qodir. Bunga qoʻshimcha qilanadigan narsa yoʻq.

Shunga qaramay The Military Watch Magazine jurnali "inqilobiy texnologiyalar pioneri" - Su-57 qiruvchisi uchun maxsus ishlab chiqarilgan Rossiyaning yangi K-77 “havo-havo” raketasining imkoniyatlari haqida yozdi.

Nashr yozishicha, juda ixcham va xavfli K-77 raketasining nishonga olish masofasi 193 km. Bu Amerikaning eng yaxshi AIM-120D raketasidan (180 km) koʻproq. Eng muhimi, yangi raketa uzoq masofani manevrlik va aniqlikni oʻzida mujassamlashtiradi.

K-77 texnologiyasi uzoq masofadagi kichik va harakatlanuvchi obʼyektlarni nishonlarga olishi mumkin. Raketa tumshugʻidagi murakkab radiolokatsion tizimi "koʻrish maydoni" muammosini hal qilib, atrofini 360 darajada nishonga olishi mumkin. Hech bir raqim qiruvchisi qochib qutula olmaydi, K-77 "koʻrish maydonidan" chiqib keta olmaydi. Su-57 ushbu raketalarning kamida 8tasini olib yurishga qodir, bu samolyotning boshqa ajoyib qobiliyatlariga sezilarli qoʻshimcha boʻladi. Goʻzallik va kuchning ajoyib kombinatsiyasi - bunday qurol egasiga tinchlik va xavfsizlikni kafolatlaydi.

Yaqinda FSVTC rahbari Dmitriy Shugayev harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasida Rossiya qatʼiy qonun va xalqaro majburiyatlari doirasida ishonchli sherik sifatida harakat qilishini taʼkidladi. 2020 yilda Rossiyaning buyurtma portfelini 55 milliard dollarga baholangani (MDH davlatlarining ulushi 2 milliard dollarni tashkil etadi) va bu "vazn" ni bir necha yillar davomida saqlab kelayotgani bejiz emas. Buyurtmalarning 45 foizga yaqini aviatsiya, uchdan bir qismi havo hujumidan mudofaa vositalari, 15 foizga yaqini quruqlikdagi texnika. Ehtimol, kelgusi yillarda harbiy havo kuchlari sektori yangicha Su-57 qiruvchisiga buyurtmalarni sezilarli darajada qoʻshishi mumkin.

Asosiy mavzular