09:56 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
135540

S-500 jangovar navbatchilikka qabul qilinganidan soʻng u S-400 va S-300 tizimlari bilan birgalikda yagona, bir-biriga integratsiya qilingan havo-kosmik mudofaa qalqoniga aylanadi.

Rossiya mudofaa vazirligi poligonlarida S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimining sinovlari yakuniga yetmoqda. Test raketalar belgilangan texnik xususiyatlariga toʻliq ega ekanliklarnini namoyish etgan. Rossiya sanoati esa yangi tizimni  ishlab chiqarishga tayyor. 

S-500 dastlab Rossiya Qurolli kuchlari safida sinov-ekspluatatsiyadan oʻtadi va undan soʻng xorijiy buyurtmachilarga yetkazib berila boshlanadi. Ayni damda xorijiy xaridorlar orasida S-300 va S-400 tizimlariga boʻlgan talabning kattaligi yangi tizim ham oʻz xaridorlarini topishiga ishonch bildiradi.

Amerikaning Military Watch tahliliy nashri Prometeyning birinchi xaridorlar roʻyxatini tuzib boʻldi. Bular Aljir, Belarus, Xitoy, Hindiston va Eran. Nimaga aynan ushbu mamlakatlar – NATO ning sobiq operatsiyalari, AQSH va boshqa Gʻarb mamlakatlarining harbiylashuvi.

Bunday istiqbollar nafaqat Rossiya va Xitoyni, balkim boshqa qator mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda va ularni oʻz milliy havo mudofaa tizimlarini mustahkamlashga majbur qilmoqda. Rossiyada ishlab chiqilgan S-300, S-400 va S-500 zenit raketa tizimlariga talab oshmoqda.

Mutlaq mustaqillik namunasi

Aljir sovuq urush davridan buyon Rossiya qurollarini sotib oladi. Bugungi kunda ushbu mamlakat eng zamonaviy havo mudofaa tizimlariga ega: “Pantsir” va baʼzi maʼlumotlarga koʻra S-400. Military Watch xulosasiga koʻra, qoʻshni Liviya tajribasidan kelib chiqqan holda, Rossiya havo mudofaa tizimlari imkoniyatlarini yuqori baholaydi. 2011 yilda Liviya mudofaa kuchlari NATOning havo hujumlariga qarshi mutlaq himoyasiz qolgan edi. Hozir esa NATO gipertovush tezligida harakatlanadigan 5-avlod qiruvchilariga oʻtmoqda. Ulardan himoyalanish maqsadida Aljir Rossiyaning S-500 tizimlari va Su-57 samolyotlarini xarid qilishdan manfaatdor.

Belarus tejamkor mudofaa byudjetiga ega – 2020 yilda $623 mln, lekin oʻz chegaralari yaqinida NATO faollashuvi tufayli Minsk S-500 tizimlarini “doʻstona narxlarda” birinchilardan boʻlib xarid qilishi mumkin. Shuningdek, Belarusning NATO ichkarisiga zarba berish imkoniyati Rossiya uchun strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega.

Xitoy Rossiyaning S-300PMU-2, ZRS S-400 hamda R-77 “havo-havo” turkumidagi raketalarini birinchilardan boʻlib xarid qilgan edi. Keyinchalik ular oʻzlarining raketalarini ham ishlab chiqishga muvaffaq boʻlishdi, lekin Rossiya ZRTlari havo-kosmik mudofaa borasida hozircha dunyoda birinchilikni egallab turibdi.

“Prometey” tizimi 100 km balandlikda, yaqin kosmos chegarasidagi nishonlarga ham zarba berishi mumkin va bunday xarid Xitoy uchun Amerikaning yangi avlod qurollariga qarshi kurashda kerakli boʻlishi mumkin.

Hindiston soʻnggi bir necha oʻn yillardan beri Rossiyaning eng yirik harbiy buyurtmachilaridan biri boʻlib qolmoqda. 2018 yilda bir necha S-400 divizionlarini xarid qilish borasida qiymati 5 milliard dollardan ortiq boʻlgan shartnoma imzolangan edi.

Hindistonga bir necha bor AQSH sanktsiyalari bilan poʻpisa qilishgan boʻlishsa-da, bu hech qachon Nyu-Delini Rossiya qurollarini sotib olishda toʻxtata olmagan va bu safar ham toʻxtata olmaydi.

Eron ham 1988 yildan boshlab sovet va Rossiya qurollariga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni damda Eron armiyasi zamonaviylashtirilgan S-200 va S-300 tizimlariga ega. Shuningdek Tehron S-400 “Triumf” tizimining ham potentsial xaridori hisoblanadi. Ushbu tizim Islom Respublikasiga AQShning “koʻrinmas” samolyotlariga qarshi kurash uchun kerak. Eron S-500 “Prometey” tizimini istiqbolli xaridori boʻlishi mumkin. Eron ham Rossiyadan qurol sotib olishda AQSH sanktsiyalaridan qoʻrqmaydi .  

Kosmik imkoniyatlar

Harbiy ekspertlar xulosasiga koʻra, bugungi kunda xorijda ham Rossiyada ham S-500 tizimining muqobili yoʻq. Kelajakda “Prometey” 5-60 km balandlikda ishlaydigan “Triumf”ning oʻrinbosari boʻladi. Yangi tizim past orbitada uchuvchi sputniklarga, giteprtovushli raketalarga, ham zarba berishi mumkin.

S-500 “Prometey”  – oʻta kuchli texnik va taktik xususiyatlarga ega boʻlgan birinchi avlod kosmik himoya tizimidir. “Prometey” 600 km radiusda bir vaqtning oʻzida 10ta tovush tezligidan tez harakatlanayotgan nishonni yoʻq qilishi mumkin. Yaʼni tezligi 25 ming km/soat va balandligi 200 km boʻlgan nishonlarni. Bu amerikaliklarni juda tashvishga solmoqda. Chunki ular oʻzlarining F-22 va F-35 samolyotlari S-500 radarlarida koʻrinmasligiga shubha qilishmoqda.

Amerika Qoʻshma Shatatlari kosmik hujum vositalari ishlab chiqishmoqda va kelajakda ularda Rossiyaga preventiv zarba berish uchun foydalanishlari mumkin. Lekin S-500 Amerika texnologiyalaridan ancha oldinda. Eslatib oʻtamiz, 600 km bu zarba berish masofasidir, lekin S-500 undan ham ancha uzoqni “koʻra” oladi.  Masalan, u Qrim yarim orolidan turib butun Qora dengiz, Bolgariya, Ruminiya osmonlarini naorat qilishi mumkin. Kaliningraddan turib esa Skagerrak boʻgʻozigacha zarba berishi mumkin. kerak boʻlsa Berlin va Drezden va buun Polsha osmoni ham uning “ixtiyorida” boʻladi. Litva, Latviya va Estoniyani aytmasa ham boʻladi.

Yana bir marta aytish joizki, S-500 – bu birinchi navbatda himoya qalqonidir. U qoʻshinlar va raketalarni samarali himoya qilishi mumkin.

Rossiya Qurolli kuchlari 2021 yildan boshlab S-500 “Prometey” zenit-raketa tizimlarini  jangovor navbatchilikka qabul qiladi. Shundan soʻng S-500, S-400 va S-300 Havo-kosmik mudofaasining yagona, bir-biriga integratsiya qilingan tizimiga aylanadi.  U Rossiyani har qanday tahdiddan himoya qilish hamda qoʻshni mamlakatlarga ham barqarorlik olib kelish qobiliyatiga ega boʻladi.

Shundan soʻng Moskva ittifoqchilari va hamkorlari bilan yangi himoya imkoniyatlari bilan baham koʻrishadi. Tepada keltirilgan S-500 roʻyxati ancha uzun boʻlishi aniq. Yangi mudofaa tizimining alohida xususiyatlaridan tashqari mamlakat ixtiyorida ushbu tizimning mavjud boʻlishi har qanday agressoni tinchlantira oladi.  

Asosiy mavzular