17:57 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Kolumnistlar
Havola olish
120521

Rajab Toyyib Erdogʻan nafaqat turklar, balki butun dunyo boʻylab vatanparvar-radikallar qahramoniga aylanmoqda, deb yozadi kolumnist Irina Alksnis.

Kanada Turkiyaga harbiy mahsulotlarga eksport ruxsatnomasini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. Bu Togʻli Qorabogʻdagi harbiy harakatlarda oʻz navbatida Kanada datchiklari va lazer tizimlari bilan jihozlangan turk dronlaridan foydalanilayotgani haqidagi xabarlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq.

Turkiya TIV javob bayonotida Ottavani ikki tomonlama standartlari va “hamkorlik ruhiga” mos emaslik uchun tanqid qildi. Shuningdek, uni bu pozitsiyani birinchi marta egallamayotganlikda aybladi – Turkiya oʻtgan yil oktyabr oyida Suriya shimoliy-sharqida boshlagan “Tinchlik bulogʻi” harbiy amaliyotidan boshlab.

Ushbu voqea Anqara tomonidan toʻplanayotgan tashqi siyosiy ziddiyat va janjallar kollektsiyasini toʻldirdi. Boʻlib oʻtayotgan voqealarni boshqacha taʼriflash qiyin, zero Turkiya prezidenti juda katta masalalar boʻyicha barcha xalqaro hamkorlar bilan birma-bir gʻijjillashga qaror qilgani haqida taassurot tugʻiladi.

Rajab Toyyib Erdogʻan nafaqat turklar, balki butun dunyo boʻylab vatanparvar-radikallar qahramoniga aylanmoqda. U oʻzida ularning toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilib, toʻgʻonoqlarga eʼtibor qaratmasdan va har qanday masalada eng qatʼiy rasmiy pozitsiyani egallab, qoʻyilgan maqsad sari borayotgan milliy yetakchi haqidagi orzularini mujassamlantirmoqda.

Ruptly, Sputnik, Ministerstvo oboronы Azerbaydjana

Bu, shubhasiz, zamonaviy dunyoda nodir holat, buning ustiga gap koʻzga koʻringan mintaqaviy davlat Turkiya haqida bormoqda.

Deyarli har bir davlat rahbari muntazam ravishda haddan ziyod ehtiyotkorlik, dudmollik va nooʻrin yon berishlik, mujmallik uchun tanqid ostiga qoladi. Shunga oʻxshash taʼnalar ham Putin, ham Tramp, ham Siga nisbatan yogʻdirilgan. Eng qizigʻi, muqobil ayblovlar tez-tez qarama-qarshi tomondan eshitiladi. Oʻsha Angela Merkelni bir vaqtning oʻzida ham okean tufayli koʻrsatmalarni bajarmaslikda, ham Kreml manfaatlariga koʻra siyosat yurgizishda fosh qilishadi.

Ushbu fenomenning sabablari ayon: davlat rahbari qiyin masala boʻyicha qaror qabul qilayotib, katta miqdordagi omil va cheklovlarni inobatga olishga majbur boʻladi. Bu esa yakunida koʻp hollarda turli xil, to milliy manfaatlarga xiyonat qilishgacha boʻlgan ayblovlarga zamin yaratuvchi natijaga olib keladi.

Bunday fonda Turkiya prezidenti, albatta, u bir vaqtning oʻzida olib borayotgan geosiyosiy oʻyinlari koʻlami, boshqa ishtirokchi davlatlar manfaatini inobatga olmaslik, janjalkash pozitsiyasi va har qanday holatda nafaqat harbiy usullarni qoʻllash bilan tahdid qilishga tayyorgarlik, balki uni haqiqatdan ham amalga oshirishi bilan hayron qoldiradi: Suriya, Liviya, yunonlar bilan keskinlik, NATO bilan “razborkalar” (S-400 sabab) va mana endi  - Togʻli Qorabogʻ.

Agar arman-ozarbayjon mojarosini barqarorlashtirga aralashgan boshqa davlatlar oʻzlarini sipo tutishayotgan boʻlsa, Turkiya Bokuni qoʻllab-quvvatlabgina qolmay, balki umuman olganda mojaroni harbiy yoʻl bilan hal qilishni aytmoqda – bu zamonaviy siyosat uchun yangilik.

Umuman olganda, Turkiya yetakchisi mamlakatining neousmonlilar buyukligini qayta tiklashdagi maqsadi sari jadal intilmoqda va bunda hatta qator muvaffaqiyatlarga ham erishdi. Tan olish kerakki, bunday xulq-atvorning haqiqatdan oʻziga yarasha jozibadorligi bor, ayniqsa, xalqaro maydon uchun xos boʻlgan yashirin oʻyinlar, pinhoniy kelishuvlar va diplomatik xushomadgoʻyliklar fonida.

Faqat Turkiyaning uzoq muddatli samarali tashqi siyosati haqida oshkoro mulohaza yuritishga erta. Qolaversa, Anqara aralashayotgan har bir yangi janjal bilan bu uning uchun unchalik yaxshi tugamasligi asosi ortmoqda.

Soʻnggi yillar mamlakat undan ustun boʻlgan tashqi bosimga qanday qilib dosh berishi mumkinligi borasida koʻplab misollarni keltirdi. Biroq bir omil hamisha bor: boshqa geosiyosiy kuchlardan u yoki bu koʻmakni olish (mayli bu hatto iqtisodiy hamkorlik saqlash boʻlsin). Aytgancha, bu nafaqat imkoniyatlari cheklangan mamlakatlar, xoh Venesuela, KXDR yoki Eron boʻlsa, muhimdir. Bu yetakchi jahon davlatlariga ham tegishli emas. Juda katta ichki zaxiraga ega boʻlgan hatto Rossiya uchun 2014-2015 yillarda Gʻarb bilan qarama-qarshilikning eng ogʻir davrida Xitoy bilan munosabatlar rivojlanishi oʻzining ijobiy rolini oʻynadi.

Turkiyaning oʻzining ham bu borada ayrim narsalarni yodga oladiganlari bor – yaqinda boʻlib oʻtgan hodisalardan. 2016 yil yozda harbiy toʻntarishga urinish ortidan yaqqol Qoʻshma Shtatlar koʻrinib turardi, Yevropa esa deyarli yashirmasdan, isyon muvaffaqiyati uchun muxlislik qildi. Hokimiyat va, katta ehtimol bilan, Turkiya yetakchisining hayotini oʻshanda Moskva oʻta muhim maʼlumotni taqdim etib, saqlab qoldi.

Gap Erdogʻan u uchun qilingan yaxshilikni tezda unutib yuborganida emas. Katta siyosatda his-hayajonga oʻrin yoʻq.

Boshqasi muhimroq: Turkiya prezidenti ushbu tarixning asosiy darsiga beparvolik bilan qaramoqda. U shunday iboratki, uning mamlakatining soʻnggi tashqi siyosiy yutuqlari boshqa davlatlar qarama-qarshiliklari vaziyatidagi oʻyinlarida amalga oshdi: Rosiya va AQSH oʻrtasidagi, AQSH va Yevropa oʻrtasidagi, Yevropaning oʻzining ichidagi. Aynan shu tufayli Anqara ham Suriya, ham Liviyada jiddiy erkin manyovrlarni oldi, zero agar qoʻllamasa foyda koʻradigan kuchlar hamisha topilib turdi.

Endi esa, koʻrinishidan, Rajab Toyyib Erdogʻan oʻz kuchi va omadiga shunchalik toʻla ishondiki, qisqa vaqt ichida oʻzining jangovar shiddatligi va printsipial oʻzgalar manfaatini mensimaslik bilan sayyoraning barcha asosiy davlatlari bilan munosabatlarni jiddiy buzishni uddaladi.

Bunday sharoitlarda tajribaning koʻrsatishicha, tole juda tez soʻnadi. Buning ustiga barbod boʻlishning sababi dushman oʻylab qoʻygan makkor reja emas, balki oʻz vaqtida uzatilmagan yordam qoʻli boʻladi.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular