03:38 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Kolumnistlar
Havola olish
107010

Afgʻonistondagi mushkul harbiy va siyosiy vaziyatga, hukumat qoʻshinlarining toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari bilan uzluksiz toʻqnashuvlariga qaramasdan AQSH prezidenti mamlakatdan Amerika qoʻshinlari tezlashtirgan holda olib chiqilishini maʼlum qildi.

“Tolibon”* va Afgʻonistonning osuda hayoti bir-biriga toʻgʻri kelmaydi. Qonuniy afgʻon hukumati va terrorchilik guruhi – aslini olganda integratsiyaga qodir emas. Dohadagi afgʻonlararo muzokaralar Amerika qoʻshinlarini sharmandali olib chiqilishi uchun ishonib boʻlmaydigan asos boʻlib xizmat qiladi, xolos. U Islom Respublikasini harbiy harakatlar keskinlashishi, fuqarolar urushining yangi bosqichi, chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga terrorchilik tahdidi proyektsiyasiga duchor qiladi.

Afgʻonistondagi mushkul harbiy va siyosiy vaziyatga, Dohadagi afgʻonlararo muzokaralarining qiyin rivojlanishiga, hukumat qoʻshinlarining toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari bilan uzluksiz toʻqnashuvlariga qaramasdan AQSH prezidenti Donald Tramp 7 oktyabr kuni bu mamlakatdan Amerika qoʻshinlari tezlashtirgan holda olib chiqilishini maʼlum qildi.

Amerika yetakchisining soʻzlariga koʻra, AQSH armiyasi kontengenti Afgʻoniston hududini deyarli toʻliq tarkibda Rojdestvo bayramiga yaqin (Grigorian taqvimi boʻyicha – tarh.), yaʼni dekabr oxirida tark etadi. Afgʻon armiyasi uchun madad uchun “kam sonli” Amerika harbiylari qoladi. Bayonot yetarlicha kutilmagan holda yangradi, avvalroq Vashington 2021 yil boshi kelib Afgʻonistonda 2500 nafar harbiy xizmatchisini qoldirmoqchi edi.

NATO vazminlik bilan munosabat bildirdi. Bosh kotib Yens Stoltenberg alyans Afgʻonistondagi missiyasiga sodiqligi, mamlakat terrorizm uchun maydon boʻlmasligi zarurligi taʼkidladi. Barcha harbiy xizmatchilarni olib chiqilishi toʻgʻrisida (12 ming nafar atrofida) hech narsa demadi.

Rossiya TIV Donald Trampning tashabbusini avvalambor saylovoldi vaʼdalari bilan bogʻladi. Rossiya prezidentining maxsus vakili Zamir Kabulovning fikriga koʻra, Afgʻonistondagi vaziyat shunchalik yomonki, Amerika qoʻshinlarining boʻlishi yoki boʻlmasligi deyarli hech narsaga taʼsir koʻrsatmaydi.

AQSH va “Tolibon”* joriy yilning 29 fevral kuni Qatarda ilk bor jangovar harakatlarning 18 yili mobaynida tinchlik toʻgʻrisida bitim imzoladi. Bitim Afgʻonistondan chet el qoʻshinlarining olib chiqilishi (14 oy ichida) va asirlar bilan almashishdan keyin afgʻonlararo muloqotning boshlanishini nazarda tutadi. Bitim doirasida Pentagon iyul oyiga kelib oʻz kontengentini 13000 dan 8600 ming kishigacha qisqartirdi, amerikaliklar Afgʻonistondagi beshta bazani tark etishdi. Hilmand, Uruzgan, Paktika va Lagʻmon provintsiyalaridagi. Kobul va toliblar hibsdagilar (5000 kishi) va asirlar (1000 kishi) bilan oʻzaro almashdi. Ammo Dohadagi (Qatar) afgʻonlararo muzokaralar oʻngmadi, otishma va portlashlar tinchimadi.

Urushdan qochish

Amerikaliklar ketyapti, koʻplab afgʻon provintsiyalarida hukumat qoʻshinlari va toliblar oʻrtasidagi jangovar harakatlar esa davom etmoqda. Kobul soʻnggi olti oy ichida “Tolibon”* qariyb 7000 ta harbiy amaliyot oʻtkazgani, 3500 nafar tinch aholi halok boʻlgani va yarador boʻlganini maʼlum qildi. Toliblar birinchi marta bitimni buzishayotgani yoʻq, Amerika bazalari va Afgʻoniston obʼyektlari boʻylab raketa zarbalarini berishgan. Ustiga ustak “Tolibon”* va Kobul bir-birini mamlakatda zoʻravonlik keskinlashishi va yirik koʻlamli  jangovar amaliyotlarni oʻtkazishda ayblamoqda.

12 sentyabr kuni Dohada muzokaralar boshlanganidan keyin darhol “Tolibon”* jangarilari hujumni kuchaytirdi va Uruzgan provintsiyasidagi Gizab tumanini egallab oldi – 60 dan ziyod harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlari halok boʻldi. Yana 8 nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari Kapisa provintsiyasining shimoliy-sharqidagi Tagab tumanida toliblar bilan toʻqnashuvda oʻldirildi, besh nafar afgʻon askari toiblarning Balxdagi nazorat oʻtkazish punktiga hujumi oqibatida qurbon boʻldi.

Nangahor provintsiyasida toliblar xavfsizlik kuchlarining avanpostlariga hujum qildi va 20 nafar afgʻon harbiylarini oʻldirdi. Hilmand provintsiyasida xudkush jangari minalashtirilgan avtomobilda politsiya nazorat punktiga hujum uyushtirdi, 9 kishi qurbon boʻldi. Kuni kecha tinch hisoblangan Bamian provintsiyada toliblarning politsiya postiga hujumi qayt etildi – 9 nafar politsiya xodimi qurbon boʻldi.

Gor provintsiyasida hududida yoʻl yoqasidagi mina portlashidan 4 nafar tinch aholi, jumladan, yosh bola halok boʻldi. Avvalroq kunduzi Daykundi provintsiyasida yoʻl yoqasidagi minadan yoʻlovchi tashuvchi avtobus portlab ketdi – 14 nafar tinch aholi, jumladan, 5 nafar yosh bola halok boʻldi. Birgina sentyabr oyining ikki haftasi mobaynida Afgʻonistonda toliblar qoʻlidan 98 nafar tinch aholi oʻlim topdi. Bunday statistika “Tolibon”*ning oʻz mamlakatidagi osudalikka intilishini umuman koʻrsatmaydi, terrorchilar bilan tinchlik bitimi maqsadga muvofiqligiga katta shubha tugʻdiradi.

Shubhasiz, toliblarda ham yoʻqotishlar boʻladi. Badaxshon provintsiyasi Kohiston uyezdidagi qurolli toʻqnashuvlarda 9 nafar jangari oʻldirilgan va yarador boʻlgandi. Oʻsha provintsiyada avvalroq toʻrt nafar tolib, jumladan, yuqori lavozimli qoʻmondon halok boʻlgandi. Paktika provintsiyasidagi janglarda 65 nafar tolib yoʻq qilingan. Uch-toʻrt haftalik taqqoslash statistikasi harbiy xizmatchilar, tinchi aholiga qaraganda toliblar kamroq halok boʻlayotgani koʻrsatadi.

Ravshanki, AQSH va Amerika koalitsiyasi yordamida tashkil qilingan kuchlar Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari terrorchilarni yoʻq qilishda yetarlicha samarali emas. Yaqinda Afgʻoniston Mudofaa vazirligiga  berilgan A-29 Super Tucano yengil turbovintli hujumchi samolyotlar vaziyatni oʻzgartirmaydi (Afgʻoniston armiyasi shunga oʻxshashidan 20 tagacha ega).

“Tolibon”* hokimiyatga har qanday yoʻl, jumladan, tinch aholi oʻrtasidagi katta qurbonlar orqali intilmoqda. Afgʻonistnning mavjud qonuniy hukumati ustidan gʻalaba qozonib ham toʻxtamaydi (bunday holatda Kobul va mamlakatning boshqa aholi punktlari ogʻir va shafqatsiz Oʻrta asrga choʻmadi). Bugun toliblar amerikaliklarga bergan vaʼdalarini bajarishmayapti. Koʻrinib turibdiki, toliblar oʻzining koʻp millatli xalqi, mintaqadagi qoʻshnilar uchun ham shunchalik ishonchisiz (xavfli) hamkor boʻlib qolmoqda.

Yaqindagi “Tolibon”*ning harakat Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligi tahdid tugʻdirilishiga yoʻl qoʻymasligi borasidagi bayonoti sayoz va dalilsiz boʻlib koʻrinadi. Yetachilaridan biri, mulla Abdul Gʻani Barodar Amerika qoʻshinlari olib chiqilgandan soʻng toliblar Afgʻonistonda terrorchilik guruh sifatida faoliyatini toʻxtatishi, mamlakatni “osuda va farovon hududga” aylantirishini taʼkidladi. Otishmalarni toʻxtatishga va savob ishlarni bugundan, 30 milliondan ziyod aholiga ega katta mamlakatda deyarli amerikaliklar qolmagan paytda boshlashga nima xalaqit bermoqda?

AQSH buning ustiga afgʻonlararo muzokaralar jarayonini tezlashtirishga urinmoqda, bunda asosiy faollikni AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod koʻrsatmoqda. Ammo “Tolibon”* muzokaralar Hanafiy mazhabi sunniylar qoidalariga koʻra oʻtkazishga qattiq turib olgan. Kobul sunniylar normalari bilan cheklanib qolmaslik kerak deb hisoblaydi, zero Afgʻonistonda shialar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Dohadagi Kobul va “Tolibon”* oʻrtasidagi muzokaralar boshi berk koʻchaga kirib qoldi, aloqa guruhlari olti marta uchrashuv oʻtkazishdi, lekin kun tartibini muvofiqlashtira olishmadi.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani toliblar bilan uchrashishni rejalashtirmayapti, terrorchilarga qarshi qurolli kurashni davom ettirishga tayyorligini bayon qilmoqda. Donald Trampning esa “Tolibon”ga “Rojestvo hadyasi” (Amerika qoʻshinlarining tezlatirilgan holda olib chiqilishi) Afgʻonistonda tinch, siyosiy barqarorlik ehtimolini pasaytiradi, xolos. Ochigʻini aytganda, manyovr qilish uchun Amerika prezidentining kichik maydoni bor. AQSH tarixidagi eng uzoq muddatli afgʻon urushini Tramp boshlamagan, lekin u uni tugatishga vaʼda berdi. Eslataman, Amerika qoʻshinlari Afgʻonistonga 2001 yilda, 11 sentyabrdagi terrorchilik aktidan soʻng kiritildi. Bostirib kirishning masqadi “Al-qoida”* rahbarlarini yashirib kelayotgan toliblarga qarshi kurashishdan iborat edi. Pentagon kontingenti oʻzining eng faol davrida 110 ming harbiy xizmatchilarga yetgan edi. 19 yillik jangovar harakatlar mobaynida amerikaliklar 2300 mingdan ziyod harbiylarini qoʻldan boy berdi, yigirma mingga yaqini yarador boʻldi. Ketish vaqti keldi – sharmandali tinchlik bilan.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.

Asosiy mavzular