03:53 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Kolumnistlar
Havola olish
119340

Farmatsevtika kompaniyalar boshi ustidan zar sochsa ham, AQSH vaktsina poygasida ortda qoldi. Rossiya va Xitoyda bir necha vaktsinalar savdoga chiqarish darajasiga yetib kelgan.

Yaqinda AQSH prezidenti Donal Tramp Amerikada koronavirusga qarshi vaktsina prezident saylovlaridan soʻng paydo boʻlishini xabar qildi.

“Men vaktsina saylovdan oldin paydo boʻlishi kerak deb oʻylagandim, lekin bu jarayonga siyosat aralashdi. Ular oʻz oʻyinlarini oʻynashmoqda. Vaktsina saylovdan soʻng darhol paydo boʻladi”, - dedi Tramp

Shu bilan birga AQSH prezidenti barcha amerikaliklarga bepul vaktsina bilan birgalikda – oʻzi davolangan preparatlarni berishni vaʼda berdi. Tramp davolangan dorilar arzon emasligini va AQSH tibbiyot tizimi dunyoda yetakchi oʻrinda turmasligini hisobga olganda – bunday vaʼda juda yaxshi natija beradi deyish mumkin. Ayniqsa PR mazmunida.

Oq uy vaktsina ishlab chiqarish uchun 12 milliard dollarga yaqin pul sarfladi. Ushbu mablagʻlar Amerikaning va Yevropaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari orasida taqsimlandi. Masalan amerikaning Novavax biotexnologiyalar kompaniyasi 1,6 milliar dollar olgan.

Lekin AQSH maʼmuriyatining asosiy umidi Britaniya-shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi hamda Oksford universiteti yaratayotgan vaktsina bilan bogʻliq edi. Lekin dastlabki sinovlardayoq ushbu vaktsinalar kiritilgan kishilar sogʻligʻida muammolar paydo boʻldi. Vaktsina sinovlari toʻxtatildi.

Maʼlumki, yoz oylarida esa AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiyani kiberhujumlarda ayblab vaktsina ishlab chiqarishga doir maʼlumotlarni oʻgʻirlashga urinishda ayblashgan edi.

Endi boʻlsa strategiya oʻzgargan shekilli. Amerika Qoʻshma shtatlari Kontrrazvedka va xavfsizlik markazi (NCSC) direktori Uilyam Evanin Rossiya, Xitoy va Eronni Amerikaga COVID-19ga qarshi vaktsina ishlab chiqarishda xalal berishda ayblamoqda.

NCSC direktorining soʻzlariga koʻra, -  "umumman olganda,  ruslarda hech qanday vaktsina yoʻq". Ha mayli, amerikaliklar oʻz rahbariyati nervlarini himoya qilmoqchi shekilli. Ularga yaqinda Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan ishlab chiqilgan ikkinchi vaktsina ham roʻyxatdan oʻtkazilishini aytishga qoʻrqqan shekilli.

Ushbu vaziyatga global nuqtai nazardan qaraganda – bir narsa koʻrinadi. Vashington oʻzining har qanday muvaffaqiyatsizliklarida – Moskvani aybdor qilishga odatlangan.

Dunyoning vaktsina uchun poygasida gʻalaba qozonish Vashington uchun juda muhim edi. Bunda nafaqat Trampning saylovoldi ustunligi balkim Amerikaning dunyoda eng yetakchi, ilmiy jihatdan eng rivojlangan va cheksiz imkoniyatlarga ega davlat ekani dunyo hamjamiyati oldida yana bir bor tasdiqlangan boʻlardi.

Lekin, dunyoning bir necha yetakchi farmatsevtika kompaniyalari ustidan saxiylik bilan pul sochgan boʻlsada – Amerika maqsadiga erisha olmadi. Ha,  AQSH ushbu jarayonni moliyalashtirish uchun nafaqat 12 milliard, balkim 50 va hatto 100 milliard xarajat qilishi ham mumkin edi. Lekin bu dunyoda faqat pul bilan hal qilib boʻlmaydigan ishlar hali ham bor.

Umuman soʻnggi yillarda AQShga anʼanaviy ustuvorlik berib turgan “ustunlar” birin ketin pand berayotganini kuzatish mumkin. Sobiq hamkorlar va xalqaro tashkilotlar AQSH siyosiy taʼsiri doirasidan chiqmoqda, maʼqul kelmagan davlatlarda “rangli inqiloblar” uyushtirish texnologiyasi ham pand bermoqda.

Vaktsina ishlab chiqarish poygasida orqada qolish esa - AQSH qudratining asosiy ustuni boʻlgan dollar ham hamma narsaga qodir emasligini yaqqol koʻrsatdi. 

Asosiy mavzular