06:38 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
899 0 0

Gʻarb mamlakatlari badavlat hayotni davom ettiraveradi, qolgan dunyo esa – “iqlim himoyasi” bahonasida bir umr qashshoqlikka mahkum qilinadi.

Dunyoning eng yirik moliyaviy boshqaruvchisi - XVJ oʻzining soʻnggi bayonotida “dunyo iqtisodini sogʻlomlashtirish” dasturini taklif qildi.

XVJ Covid-19 pandemiyasi oqibatlari, ijtimoiy  va iqtisodiy inqirozni yengib oʻtish kabi oliy maqsadlar bahonasida,  dunyo mamlakatlarini qarzdor qilishning yangcha tartibini “Bretton –Vuds 2.0” global shartnoma loyihasini taklif qildi.

Bretton–Vuds 2.0 

Bugun koʻpchillik XVJning ushbu “oliy maqsadlari” zaminida aslida nimalar yotganini  yaxshi tushunadi. Bunga  qarzini toʻlash uchun ijtimoiy dasturlarini qisqartirgan va qimmatbaho resurslarini arzimagan pulga sotishga majbur boʻlgan rivojlanayotgan davlatlar juda yaxshi misol boʻladi.

XVJ bosh direktori Kristalina Georgiyeva aytishiga qaraganda,  koronavirus pandemiyasi dunyo iqtisodiyotiga shunchalik kuchli zarba berganki - 1944 yilda tashkil qilingan Bretton-Vuds konventsiyasi mutlaq “murdaga aylangan” va yangi shartnoma tuzish vaqti kelgan.

“Biz Andorrani oʻzimizning 190-aʼzo sifatida qabul qilayotgan bir vaqtda, XVJ doirasidagi hamkorlik - insoniyat aka-ukachilik munosabatlarining yaqqol misoli boʻlib qolmoqda. Bugun biz yangi “Bretton-Vuds lahzasi” oldida turibmiz.

Bir milliondan ortiq insonlar hayotini olib ketgan pandemiya dunyo iqtisodiyotini 2020 yilda 4,4 %ga qisqartirishi va 2021 yilda 11 trillion dollarga qisqarishiga olib kelishi  kutilmoqda. Insoniyat soʻnggi vaqtlarning eng ulkan inqirozi oldida turibdi. Biz unga qarshi kurashishimiz va “yaxshiroq erta” qurishimiz  kerak”, - dedi XVJ direktori.    

Dunyoning bosh “Sheyloki” (Sudxoʻr-yahudiy – Shekspir qahramoni) bu safar ham oʻziga sodiq qoldi va faqatgina eski qarzlar shaffofligi taʼminlangan hamda davlat suveren qarzlarini boshqarishni yangi tizimi yordamida “porloq kelajak” qurish mumkinligini taʼkidladi.

Bosh Sheylokning soʻzlarini Vashington amaldorlari tilidan oddiy odam tiliga tarjima qilganda quyidagi maʼno kelib chiqadi:

“Biz qarzlarning yanada shaffofligi hamda kreditorlarni yanada yaqinroq muvofiqlashtirish tomon harakat qilishimiz kerak. Bizni ayni damda “Katta yigirmatalikda” muhokama qilinayotgan “Suveren qarzlarni boshqarishning umumiy asoslari” mavzusi ham juda ilhomlantirmoqda.  Shuningdek, biz suveren qarzlarni xususiy mablagʻlar yordamida qoplash masalasini ham qoʻllab-quvvatlaymiz.”  

Aytish joizki, XVJ soʻnggi yillarda faqat G7 –guruhiga kiruvchi davlatlar tomonidan boshqarib kelinmoqda. Ushbu “neo-kolonial” davlatlar klubiga kirmaydigan birorta ham davlat, moliyaviy jihatdan qanchalik kuchli boʻlmasin, XVJ boshqaruviga yaqin yoʻlatilmadi. Masalan Xitoy yoki Rossiya.

Yaʼni, planetaning “bosh Sheyloki” hali hanuz faqat maʼlum guruhlar manfaati uchun xizmat qiladigan “globalizatsiya modeli”ni qoʻllab-quvvatlamoqda. “Breton-Vuds 2.0” shartnomasi 1944 yilda 44ta davlat tomonidan imzolangan birinchi shartnomadan deyarli farq qilmaydi.

Oʻshanda Sovet Ittifoqi delegatsiyasi Bretton-Vuds shartnomasi bilan tanishib chiqqanidan soʻng, nafaqat unga imzo chekish, balkim uni muhokama qilishdan bosh tortib darhol konferentsiyani tark etgan edi. Ularning fikriga koʻra bu shartnoma dunyoni “Uoll-Strit filialiga” aylantiradi. Aslida – undan ham badtar boʻldi.

Ivan Danilovaning fikriga koʻra, Kristaliga Georgiyevaning “qoidalarga asoslangan dunyo tartibini saqlab qolish” degan soʻzlarini Rossiya Qrimni qaytarishi kerak deb, “qarzlar shaffofligi” degan soʻzlarini esa – Xitoy rivojlanayotgan davlatlarga oʻzi xoxlagandek qarz beravermasligi kerak deb tushunish kerak.

Xitoyni “jilovlash” kerak

Xususan soʻnggi vaqtlarda XVJ va Jahon Banki Xitoyning Afrida davlatlarida tasiri keskin oshib borayotganidan jiddiy xavotirda ekani va bunga qarshi choralar koʻrayotgani haqida xabarlar paydo boʻlmoqda. Xususan, Xitoy ushbu mamlakatlarga qulay va arzon kreditlar berib, muhim infratuzilma loyihalari qurmoqda. Bu esa albatta Afrikada Xitoy rolini misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga olib kelmoqda.

Jahon banki direktori Devid Malpass ushbu vaziyatni shunday izohlagan edi:

“Xitoy ushbu davlatlarda moliyalashtirishni koʻpaytirmoqda. Bu yaxshi, lekin shartnomalarda kelishuv shartlarini tarqatmaslik haqidagi punkt bor. Shu sababli Jahon banki ularni koʻra olmaydi”, degan edi.

Xulosa qilib aytganda, XVJ va Jahon banki Xitoy oʻzi qarz bergan davlatlarida, qarz muammolarini bir oʻzi emas “bosh Sheyloklar” bilan maslahatlashgan holda hal qilishini istaydi.

Bu esa dunyoda yangi “moliyaviy aka-ukachilik” tashkil qilishni emas, koʻproq nima qilib boʻlsa ham eski – rivojlanayotgan davlatlarni kreditlashning neokolonial tizimni saqlab qolishga urinishni eslatadi. Pekin oʻzining arzon va qulay kreditlari bilan bunga juda xalal bermoqda.

Rossiya - “albatta aybdor”

Shu oʻrinda, XVJ Rossiyani ham turli “qoidabuzarliklarda” ayblab oʻz qarashlarini bajarishga bosim oʻtkazishga harakat qilmoqchi boʻldi. Masalan, Ukrainaning yevrobondlar boʻyicha 3 milliard qarzini. Agar bajarmasa yangi ayblovlar tayyor: Moskva shaffof emas, rivojlanayotgan davlatlarga yordam berishni istamaydi va ho kazolar.

XVJ insoniyat “porloq kelajagi” uchun eʼlon qilgan uchinchi global tashabbusi – Rossiya iqtisodiy xavfsizligi uchun jiddiy tahdid solmoqda.  

“Pandemiya shuni koʻrsatdiki, bundan buyon biz sogʻliqni saqlash va iqlim oʻzgarishi borasidagi chaqiriqlarni inkor eta olmaymiz – Bu bizning uchinchi tashabbusimiz”, - dedi XVJ direktori.  

Biz iqlim oʻzgarishi haqidagi xabarlarga alohida eʼtibor bermoqdamiz. Bu insoniyat gullab-yashnashiga toʻsiq boʻlayotgan jiddiy tahdidlar yaratmoqda.

Bizning izlanishlar shuni koʻrsatdiki, yashil investitsiyalar va uglevodorodlar narxini oshirish bilan biz 2050 yilda millionlab yangi ish oʻrinlarini yaratishimiz mumkin. Biz yanada ekologik toza, yanada gullab-yashnayotgan va yanada ish oʻrinlariga boy dunyo qurishimiz mumkin.

Bugungi past foiz stavkalari va toʻgʻri investitsiyalar  ertaga 4 karrali dividendlar, barcha uchun iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy yutuqlar olib kelishi mumkin va ho kazo...”  

Amalda esa, buning maʼnosi shunday: Uglevodorodlarlar ommaviy foydalanish natijasida  150 yildan ortiq vaqt davomida texnologik progressdan bahramand boʻlgan Gʻarb mamlakatlari badavlat hayotni davom ettiraveradi, qolgan dunyo esa – “iqlim himoyasi” bahonasida bir umr qashshoqlikka mahkum qilinadi. Yangi tashabbus  rivojlanayotgan davlatlarni arzon yonilgʻi va hatto arzon va uzuluksiz elektr energiyasidan mahrum qiladi.

Yashil energetika esa faqat xalqaro amaldorlar, eko-faollar hamda Yevropa va Amerika “yashil” kompaniyalarida ish oʻrinlari yaratadi.

XVJ rahbari aytgan “Uglerodlar uchun qimmat narxlar” – bu Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bir necha bor poʻpisa qilgan - “Uglevodorod soliqlari”dan boshqa narsa emas. Rossiya, “albatta aybdor”, chunki unda arzon gaz va arzon neft bor.

Aga ana shunday soliqlar joriy etilsa, Rossiya davlat byudjeti milliardlab daromadini yoʻqotadi. Greta Tunberg tarafdorlari  esa – baxtli boʻlishadi. XVJ tomonidan taklif qilinayotgan “Porloq kelajak” – bu aslida antiutopiya. Chiroyli “Ekologiya uchun” shiori ostida – kambagʻallikni tan olish, XVJ va Vashingtonga yangidan boʻy soʻnishni boshlash taklif qilinmoqda.

Lekin XVJ bir narsa borasida haq – biz hozir darhaqiqat, tarixiy lahza oldida turibmiz – faqat "Bretton-Vuds 2.0"ni qabul qilish uchun emas, balkim 1944 yilda AQShda yaratilgan globalizatsiya monstrini butunlay yoʻq qilish uchun. 

Asosiy mavzular