03:17 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
55201

AQSH va Buyuk Britaniyaning Rossiyaga nisbatan Janubiy Koreya va Yaponiyadagi Olimpiada oʻyinlariga kiberhujum uyushtirganlik toʻgʻrisidagi ayblovlari zamirida boshqa maqsad yotibdi.

TOSHKENT, 21 okt — Sputnik. AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan ilgari surilgan Rossiyaning Janubiy Koreya va Yaponiyadagi Olimpiada oʻyinlariga kiberhujum uyushtirganlik toʻgʻrisidagi ayblovlari mamlakatimizda bir muncha hayratda qolish bilan qarshi olindi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Taajjublanish sababi oddiy: Moskvaning dunyo va sportga qarshi absurd jinoyati haqidagi navbatdagi asossiz igʻvolar maʼnosiz boʻlib koʻrinadi.

Bir tomondan, Gʻarbning rusofob mediakampaniyasi shundoq ham yaxshi ishlab kelmoqda. Aleksey Navalniy bilan bogʻliq hodisa oxirigacha yetkazilmagan. Yangi uydirmani tarqatishga hech qanday zaruriyat yoʻqdek goʻyo, ayniqsa, shunday yuqorida darajada – tashqi siyosiy idoralari va asosiy maxsus xizmatlar rahbarlari. Boshqa tomondan esa, ilgarigi tajriba, jumladan, rossiyalik bloger bilan bogʻliq hodisa, Moskvaga qarshi har qanday holda jiddiy va ogʻriqli biror bir choralar qabul qilinishiga umid qilmaslikni koʻrsatadi.

Vashington va Londonning bir paytning oʻzidagi bayonoti ikki poytaxtning koʻzlagan umumiy maqsadi borligidan dalolat beradi.

Lekin gap aniq nima haqida borishi mumkin?

Jumboqning yechimini, hoynahoy, Tokio va Seul tahririyatidan izlash lozim. Yaponiya hukumati “tegishli maʼlumotlarni” yigʻish uchun tanaffus olib, munosabat bildirishdan bosh tortdi. Janubiy Koreya hukumati ham indamaslikni afzal bildi.

Xaker
© Sputnik / Vladimir Trefilov

Koʻrinishidan, har ikki mamlakat rasmiylari va maxsus xizmatlari (aytgancha, Gʻarbning mintaqadagi asosiy ittifoqdoshlari) amerika-britaniya operatsiyasidan oldindan voqif qilinmagan va endi bezovtalanib aldanib qolmaslik va oʻta ehtiyotkor pozitsiyani egallash uchun voqealar rivojiga qarab ish tutishga majburlar. Masalan, Yaponiya Olimpiya qoʻmitasi shunday qildi. Qoʻmita oʻz ishiga kiberhujum taʼsirini sezmaganligiga ishontirdi.

Shunday ekan yuqori ehtimollik bilan yangi Rossiyaga qarshi kampaniyaning asosiy maqsadi, gʻalati boʻlishiga qaramasdan, umuman bizning mamlakat emas, balki qolgan dunyo. Birinchi navbatda Gʻarbning oʻzi. Rusofob mavzusi bu yerda shunchaki odatdagi qulay vosita boʻladi.
Axborot propaganda ustunligi AQSH gegemoniyasining eng muhim qismidir. Buyuk Britaniya esa anʼanaviy ravishda bu masalada unga juftlik, zero aynan Atlantikaning har ikki tomonidagi eng nufuzli ingliz OAVlari majmuasini global mediamaydoni deb atashadi. Ikki mamlakatning siyosat, maxsus xizmat sohasidagi yaqinligi shundoq ham avvaldan maʼlum.

Qoʻshma Shtatlarning ulugʻvor qudratining bosqichma-bosqich tanazzuli va Britaniya Birlashgan Qirolligining xalqaro maydondagi yashirin taʼsirining yaqqol susayishi soʻnggi yillarda odatdagi voqelikka aylandi. Ammo ushbu jarayonlar asosan iqtisodiy, byurokratik va ayrim siyosiy mexanizmlarga borib taqaladi.

Shu bilan birga ikki davlat hukmronligi hozirgacha shubhasiz boʻlgan sohalara ham bor. Amerika armiyasining NATOdagi ustunligiga, kontinental Yevropaning hech bir OAV Britaniyaning “Times” yoki Amerikaning “CNN” bilan nufuz boʻyicha bellashishga qodir emasligiga shubha qilmasa boʻladi. Aynan Okean ortida jamoat fikrini nazorat qiluvchi Twitter va Facebook kabi kuchli vosita borligini aytmasa ham boʻladi.

Vashingtonning RT yoki Xitoyning TikTok᾽ga qarshi qatʼiy siyosati u yerda bunday tuzilmalarning ahamiyatini juda yaxshi bilishlarini tasdiqlaydi. Lekin geosiyosiy raqiblarning shaxsiy juda jiddiy mediaresurslari bor, Shtatlar allaqachon odat qilgan va shunchaki oʻzlarida ularning ishlarini boʻgʻish uchun chora koʻrishadi.

Amerika-Britaniya va propaganda tandemi uchun Gʻarbning oʻzida raqiblarning paydo boʻlishi yanada ogʻirroq boʻlardi. Aynan shu roʻy bermoqda. Navalniy ishi ular uchun yoqimsiz va istalmagan jarayon boʻlganining dalili boʻldi.

Rossiyadan bloger atrofidagi janjal bundan bezor boʻlingandek boʻlib koʻrinishi mumkin, lekin u aslida oʻziga xos nodir, chunki bu butunligicha va toʻliq Berlinning ijodidir.

Ha, Germaniya standart rusofob mavzudan foydalandi, lekin u uni “katta hamkorlaridan” yulqib oldi va mustaqil oʻyinida ishlatdi.

Nemislar Navalniyni nazorat qilishmoqda. U ularga kerak boʻlgan narsani gapiradi: “Shimoliy oqim-2” himoyasidan tortib uni qoʻllab-quvvatlamagan amerikalarga nisbatan. Dunyo uchun bir necha kunga asosiy yangiliklar manbai nemis nashrlari boʻldi, ingliz OAVlari esa ulardan iqtibos keltirib, chop qilishga majbur boʻlishdi.

Bunda Olimpiadaga hujum qilgan rus xakerlari haqidagi voqea mutlaqo alohida maʼnoga ega boʻladi. Amalda uning yordamida amerikaliklar va britaniyaliklar yangiliklar tartibidan Navalniy mavzusini uzil-kesil olib tashlashga harakat qilishmoqda – zero bu, aslida, raqiblarining loyihasi. Qolaversa, Vashington va Londonning umuman global mediasiyosiy maydonda bir necha muddat nemislar boshchiligida Yevropani oʻziga boʻysundirgan nazoratni oʻziga qaytarib olishi muhim.

Eng yaxshi usul esa yana bitta Rossiyaga qarshi mavzuni oʻylab topish.

Har ikki tomon ham mamlakatimizga nisbatan oʻta nodoʻstona ritorikadan foydalanishiga qaramasdan, ularning kelishmovchiliklari Rossiyaga qoʻl keladi (koʻplab mamlakatlarga ham), zero Gʻarb ichida nizoni kuchaytiradi va uning qulashini tezlashtiradi.

Qisqa muddat boʻlsa Germaniyaning birinchi marta dunyo siyosiy-axborot maydonida nazoratni egallashga muvaffaq boʻlganini qoidadan istisno emas, balki birinchi qaldirgʻoch deb qabul qilish lozim. AQSH va Buyuk Britaniya asta-sekinlik bilan mediaustunlikni yoʻqotishga tayyorlansa ham boʻladi, zeroki ularga nafaqat raqiblar, balki yaqin ittifoqdoshlar ham qarshi chiqmoqda.

Asosiy mavzular