Shotut sirkasi koronavirusni davolashda yordam beradimi?

© SputnikSpetsialist po ximii Shukriddin Ganiyev
Spetsialist po ximii Shukriddin Ganiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shotut sirkasi qonni suyultirish yordamida ko‘plab kasalliklarga shifo bo‘lishi mumkinmi? Biz ushbu shifobaxsh sharbatni qayta kashf qilgan mutaxassis bilan muloqotda bo‘ldik.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston OAVlarida shotut sirkasining shifobaxsh xususiyatlari, undan infarkt, insult va hatto koronavirusga chalingan bemorlar shifo topayotgani haqida ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, juda ko‘p odamlar shotut sirkasini sotib olib iste’mol qilishayotgani haqida ham eshitmoqdamiz.

Ushbu mavzuda batafsil va aniq ma’lumot olish uchun Sputnik O‘zbekiston muxbiri kimyo fani mutaxassisi — G‘aniyev Shukuriddin To‘xtayevich bilan muloqotda bo‘ldi.

- Shukuriddin To‘xtayevich, tabiiy shotut sirkasining foydali xususiyatlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz?

- Abu Ali Ibn Sino yozib qoldirgan risolalarga tayansak, shotut sirkasining foydali xususiyatlari haqida ko‘plab foydali ma’lumotlar keltiriladi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Botirbekov bemorlarni davolash, dori-darmon va karantin haqida

Ya’ni ushbu sharbat, bosh miya ichki bosimining normal holatda bo‘lishini ta’minlaydi, infarkt va insult xastaliklarining oldini oladi, qon tomirlarining quvvatini oshiradi, inson salomatligini tiklashda muhim o‘rin tutadi. Qonni suyultirib, qon tomirlaridagi "tromb", "izgib" va tugunlarni yechib yuboradi. Mayda tomirlarni kengaytirib organizmda qon aylanishini yaxshilaydi.

Qon tomirlaridagi xolestirin va qand moddasini normaga yaqin holatga keltiradi. Qon bosimini "ishchi" holatida ushlab turadi. Qondagi qand moddasini 7-8 dan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qolaversa, V1, V2, V6, S, RR vitaminlari, kalsiy, magniy, temir kabi mikroelementlarga ega bo‘lgan bu sirkaning oshqozon va ichaklarga ziyon yetkazmasligi uchun unga maxsus ishlov berilgan va uning xushta’m bo‘lishi ta’minlangan.

- Shotut sirkasi koronavirusni davolashda yordam beradimi?

- Shotut sirkasi koronavirusni yengishda vrach tavsiya etgan dorilarning o‘rnini bosmaydi, aksincha, qon suyuq holatga keltirilgandan keyin, vrach tavsiya etgan dorilarning yaxshi ta’sir etishiga xizmat qiladi.

Natijada siz sog‘ligingizni tezroq tiklab olasiz. Ishtahangiz ochilib, ovqatlarni yaxshi xazm qilasiz, uyqusizlikdan qiynalmaysiz, yaxshi uxlaysiz.

- Siz ushbu sharbatning foydali xususiyatlari haqida qanday bilib oldingiz?

- Shotut sirkasini pandemiya vaqtida emas, ilk marotaba 2006-yilda sog‘ligim yomonlashgani bois avval o‘zim tayyorlab ichib ko‘rganman.  O‘sha yili kutilmaganda insult bo‘lib qoldim, bolalarim ovqatlantirib, yetaklab yurdi. Muolajalar davrida menga qon suyultiruvchi barcha dorilarning kuchi yetmaganligi uchun, o‘zim mustaqil ravishda tabiiy dorivor vositalar  orqali tuzalish chorasini izladim. Abu Ali Ibn Sinoning kitoblarida sirkaning inson salomatligi uchun foydali ekanligi haqida o‘qidim va uni o‘zim mustaqil tayyorlashga urinib ko‘rdim.

Rujensova Tatyana Aleksandrovna, doktor meditsinskix nauk, vrach-infeksionist, vrach-kardiolog, professor obrazovatelnogo sentra, rukovoditel otdela klinicheskix issledovaniy sentralnogo nauchno-issledovatelskogo instituta epidemiologii Rospotrebnadzora. - Sputnik O‘zbekiston
Infeksionist: COVID-19 ga qarshi kurashda asosiy muammo davolash sxemasini tanlashdir

Xullas, ikki marotaba infarkt, bir marotaba insultni boshdan kechirgach, maxsus ko‘rsatmaga amal qilgan holda o‘zim tayyorlagan shotut sirkasini iste’mol qilib, tomirlarimdagi qonni suyultirib oldim va tez fursatda tuzaldim.  Qon bosimim esa 110 / 70 bo‘lib, normal holatga keldi. Bo‘yin va bosh tomirdagi tromblar tozalanib, quloq shang‘ilashi, bosh og‘rig‘idan xolos bo‘ldim. Havodagi o‘zgarishlar, "magnit bo‘ronlar"i ham qon bosimimga ta’sir qilmaydigan bo‘ldi. Butun tanadagi tomirlarim tozalangach, organizmimdagi qand moddasi ham normal holatga tushdi.

Qon bosimimning ishchi holati sakramaydigan bo‘ldi. Shifokorlar esa mendagi ijobiy natijalarni ko‘rib xayron qolishdi. Shundan kelib chiqib, men ushbu tabiiy shotut sirkasini yaqin qarindoshlarim, quda-andalarga tavsiya etdim. Bugungacha, turli kasallik bilan og‘rigan bemorlar ushbu shotut sirkasini iste’mol qilib, shaxsan uning davolash xosiyatlariga ixlos qilishmoqda. Bugungi kunda Afg‘oniston, Hindiston, Rossiya davlatlaridan shotut sirkasini so‘rab kelishapti.

- Shotut sirkasini iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan, tavsiya etilmagan  holatlar ham bormi?

- Yodda saqlash zarurki, bemorlar tezroq tuzalish ishtiyoqida shoshma-shosharlik qilishlari salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, shotut sirkasini och qoringa ichib ovqatlanmasdan yurish mumkin emas. Shuningdek, oshqozoni xasta kishilarning ichishi yoki iliq holda, qaynatib ichish mumkin emas.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Ichish tartibiga rioya qilmasdan shotut sirkasini iste’mol qilgan bemorning qoni haddan tashqari suyulib ketishi, biron jarohat olganda qonni to‘xtata olmay qiynalib qolishi mumkin. Shundan kelib chiqib ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida ushbu grafik tuzilgan. Bundan tashqari 1 osh qoshiqdan ko‘p ichish oshqozon shirasining ko‘payib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois bu bo‘yicha maxsus grafik va  foydalanish ko‘rsatmalariga rioya qilish nihoyatda shart! 

Yana bir bor takrorlab aytaman, shotut sirkasi vrach sizga tavsiya qilgan dori-darmon vazifasini bajarmaydi. Aksincha, qonni  suyultirib tozalagandan so‘ng dori ta’sir qilmayogan bo‘lsa, shotut sirkasidan ko‘rsatmaga amal qilgan holda iste’mol qilsa yaxshi foyda ko‘rsatadi va insonning o‘z sog‘ligini tezroq tiklab olishiga yordam beradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi nima deydi

Sputnik muxbiri O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘ng‘iroq qilib, shotut sirkasining keng jamoatchilik orasida iste’mol qilinayotgani borasida izoh oldi.

Oyoq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek olimlari tizza bo‘g‘imi osteoartrozini davolash uchun qurilma ixtiro qilishdi

Vazirlikning litsenziyalash boshqarmasi mutaxassisi Botir Omonovning aytishicha, vazirlik tarkibida hozircha tabiblar uyushmasi tashkil etilmagan, shu bois ishonch telefonlari ham ishga tushganicha yo‘q, ammo shotut sirkasining foydali jihatlari, uni iste’mol qilish inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida vazirlik xabardor.

"Shotut qancha ko‘p iste’mol qilinsa shuncha yaxshi. Modomiki, jamoatchilik ushbu shotut sirkasini iste’mol qilib, salomatligini tiklab olayotgan ekan, buni Sog‘liqni saqlash vazirligining bilishi yoki nazoratga olishining ahamiyati yo‘q", - dedi suhbatdosh.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi shotut sirkasining keng jamoatchilik tomonidan iste’mol qilinayotganligiga hech qanday mone’lik qilmaydi. Chunki shotutning zararli tomoni yo‘q, shotut sirkasi bozorlarda ham sotilyapti, deb qo‘shimcha qiladi Omonov.

Sputnik tahririyati shotut sirkasi yordamida davolanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga - har qanday vositadan shifokor maslahatidan so‘ng foydalanishni tavsiya etadi. O‘z-o‘zini davolash har doim ham yaxshi natijaga olib kelmasligi mumkinligi haqida yana bir bir eslatib o‘tadi. 

Yangiliklar lentasi
0