18:59 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
1161 0 0

"Qiyomat kuni samolyotlari" yadroviy urush boshlanishi arafasida havoga koʻtariladi va u yerdan turib barcha turdagi harbiy qoʻshinlarni boshqarib turadi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik, Andrey Kots. Keng, himoyalangan, yuqori texnologiyali – yaqin orada Rossiya Qurolli kuchlari Il-96-400M – uzoq masofaga uchuvchi qoʻmondonlik punktlariga ega boʻladi. Gʻarbda ushbu samolyotlarni “Qiymat kuni samolyoti” deb atashadi.

Uchinchi jahon urushi boshlangan taqdirda davlat rahbariyati va harbiy qoʻmondonlik yerdagi qoʻshinlar boshqaruvini ana shunday “uchar shtablar”  orqali amalga oshiradi. Bunday havo laynerlari nafaqat Rossiyada balkim AQShda ham bor. Bugungi maqolamiz ushbu samolyotlar haqida.

Qoʻmondonlikni saqlab qolish

Yadroviy davlatlar orasidagi munosabatlar juda keskinlashib ketdi, diplomatlar boshi berk koʻchaga kirib qolishdi, tomonlar hatto elchilarni ham chaqirib olishdi, harbiy kuchlar toʻliq jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Strategik bomdardimonchilar havoga koʻtarilib, atom suv osti kemalari  okeanga chiqib ketganidan, harakatlanuvchi yer usti raketa komplekslari ham jangovar pozitsiyalarini egallaganidan soʻng – dunyo uchinchi jahon urushi arafasida qoladi.

Chetыre Il-80 i dva Il-76SK v aeroportu Chkalovskiy

Xudoga shukur-ki bunday stsenariy hozir fantastika xolos. AQSH ham Rossiya ham toʻliq masshtabli urush juda tez yadroviy urushga aylanib ketishini juda yaxshi tushunishadi. Lekin harbiylar, har doimgidek, eng yomon stsenariyga  tayyorgarlik koʻrishadi. Ikkala tomon ham bunday vaziyatda – birinchi zarba raqibni harbiy kuchlar boshqaruvidan mahrum qilishi mumkinligini yaxshi tushunishadi. Axir raqib birinchi navbatda – harbiy va siyosiy markazlarga zarba beradi.

Xavf kuchayganidan soʻng Rossiya rahbariyati va harbiy kuchlar qoʻmondonlik tarkibi oʻta maxfiy tartibda harbiy aerodromga yoʻl olishadi va u yerdan  qanotli qoʻmondonlik punktlariga minishadi. “Qiyomat kuni samolyotlari” ularni xavfdan qutqarib, havodan turib yerdagi qoʻshinlarni boshqarib turish vazifani bajaradi. Qoʻmondonlik punktlari xavfsizligini esa – ularni doimiy kuzatib boradigan bir necha qiruvchi samolyotlar va zapravkachi-tankerlar amalga oshiradi. Sovuq urush yillarida ishlab chiqilgan xuddi shunday taktika AQShda ham bor.

Uzoq kutilgan yangilanish

Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibida 4ta “Qiyomat kuni samolyoti” bor. Ular Il-86 yoʻlovchi samolyotlar negizida qurilgan boʻlib rasmiy nomi Il-80. Kuchli energiya qurilmasi, zamonaviy aloqa vositalari hamda hayotni taʼminlash tizimi – bir necha kun davomida uzuluksiz ravishda havoda qolish imkonini beradi - albatta qoʻshimcha yonilgʻi quyish sharti bilan.

Il-80 fuqaro samolyotlaridan oʻzining baland “peshonasi” bilan farq qiladi. “Peshona” ichida turli radioelektron uskunalar joylashgan. Samolyotning yana bir xususiyati – uning illyuminatorlari yoʻqligidir. Bu yadroviy portlash yoʻlovchilarning koʻzini qamashtirmasligi uchun ataylab qilingan. Shuningdek – samolyot dum qismida suv osti kemalari bilan aloqada boʻlish uchun trosli antena ham bor.  

Lekin samolyot haqida batafsil maʼlumot – bu davlat siri. Shunisi aniq-ki uning bortida barcha tur qoʻshinlarni boshqarish uchun moʻl jallangan apparatura oʻrnatilgan, qoʻmondonlik ishlashi va dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Samolyot har qanday fuqaro va harbiy aerodromdan havoga koʻtarila oladi va yerdagi navigatsiya markazlari yoʻq qilingan vaziyatda ham yoʻlidan “adashib” qolmaydi.

Il-80 samolyotlari 15 yildan ortiq vaqt davomida ekspluatatsiya qilinmoqda va uning resursi yakuniga yetib qolgan. Ustiga ular ustak oʻrta masofaga uchuvchi (Il-86) samolyot negizida qurilgan boʻlgani tufayli ularning bir martalik parvoz uzoqligi 3800 kmni tashkil qiladi. Shu sababli ham yangi qoʻmondonlik punktlari asosi uchun Il-96-400M samolyotlari tanlab olingan. Ushbu samolyot maksimal yuklama bilan – 9000 km masofaga parvoz qila oladi.

"Uchar mehmonxonalar"

AQSH Qurolli kuchlarida ham toʻrtta Boeing-747 asosida qurilgan E-4B Nightwatch (Tungi qorovul) samolyotlari bor. Ularning har biri bortiga 100ga yaqin odamni olib havoda bir haftagacha uzuluksiz boʻlishi mumkin. Albatta yonilgʻi quyish sharti bilan. YE-4B yadroviy portlashdan himoya qilingan va eng zamonaviy radioelektron uskunalar bilan jihozlangan.

E-4B Nightwatch - "Samolyot Sudnogo dnya" SSHA

Bir soʻz bilan aytganda amerikaning “Qiyomat kuni” samolyoti – bu uchar otel. U yerda avtonom ishlash va dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan – oshxona, sanitariya qulayliklari, yotoq boʻlinmalari, majlislar zali va 29 kishiga moʻljallangan aloqa zali. Samolyot interyeri juda qulay. Balkim shu sabablai AQSH rahbariyati tez-tez uzoq masofalarga uchish uchun prezident samolyotlari Air Force One oʻrniga aynan ushbu samolyotlardan foydalanadi.    

E-4B samolyotlarining yoshi Rossiyaning Il-80 samolyotlaridan ancha katta. Ular harbiy kuchlar safiga 1970 yillarda qabul qilingan. Lekin ular doimiy ravishda modernizatsiya qilib kelnmoqda. Bugungi kunda ular keng polosali himoyalangan internet va keng polosali sputnik aloqalariga ega.  E-4B samolyotlari bir zapravkada — 11 ming km masofaga ucha oladi.

Ushbu uchar otellardan tashqari amerikaliklarda 16ta E-6 rusumli samolyotlar bor. Ular AQSH Birlashgan Harbiy qoʻmondonligi va atom suv osti kemalari orasida uzuluksiz aloqa taʼminlashga uchun xizmat qiladi. Kerak boʻlganda ushbu samolyotlar Atlantika va Tinch okeanlar hududlarini nazorat qilish bilan birga AQSH E-4B “Qiyomat kuni samolyotlari” va strategik atom suv osti kemalari orasida aloqa oʻrnatadi.

Asosiy mavzular