07:31 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
72601

AQSH Togʻli Qorabogʻda tinchlik oʻrnatishga naqadar qiziqadi, balkim bu oddiy saylovoldi kampaniyasidir - ekspertlar javobi.

TOSHKENT, 27 okt —Sputnik. Togʻli Qorabogʻda jangovar harakatlar bir oydan ortiq davom etmoqda. Shu vaqt davomida tinchlik oʻrnatishga qaratilgan uchta urinish samarasiz boʻldi. Amerikaliklar ham hududda tartib oʻrnatishga harakat qilishdi, lekin ularga ishonuvchi kam.  

Amerikacha  uygʻonish

“AQSH Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklarining hamda YEXHT Minsk guruhi rahbarlarining samarali muzokaralarida yordam berdi. Bizning harakatlarimiz Togʻli Qorabogʻ atrofidagi mojaroni hal qilishga qaratilgan”, - deb bayonot berdi Davlat Departamenti. Bu mojaroni toʻxtatishga qaratilgan uchinchi urinish edi.

Rossiya ishtirokida tuzilgan oldingi ikki kelishuv ham buzilganini hisobga olgan holda, Mayk Pompeo oʻz nomidan quyidagi kafolatlarni bergan edi: “Zograb Mnatsakanyan va Djaxun Bayramov (Armaniston va Ozarbaydjon TIV rahbarlari) tinchlik shartlarini bajarishga vaʼda berishdi”.

Donald Tramp ham Togʻli Qorabogʻ mojarosini boshqarishda qiziqishi borligini koʻrsatdi. Nyu-Gempshir shtatida soʻzga chiqqan AQSH prezidenti Kavkaz urushiga barham berishni vaʼda berdi. “Nega boʻlmasin? Menimcha, nima qilishni bilgan kishi uchun bu - oson ish”, - degan edi u.  

Nyu-Gempshir shtati kimga ozvoz berishi aniq hal qilinmagan shtatlardan hisoblanadi. Shu sababli oʻziga koʻproq ovoz olish uchun AQSH prezidenti saylovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qildi.

"Armanlarga qarang – ular juda yaxshi odamlar. Bu hudud uchun ular juda koʻp jang  qilishdi. Ular juda mehnatsevar xalq. Biz ularga yordam beramiz. Biz Serbiya va Kosovoga oʻz muammolarini hal qilishda yordam berdik. Togʻli Qorabogʻga ham yordam beramiz. Maqsadimiz – inson hayotlarini saqlab qolish”, - dedi AQSH prezidenti.

Armaniston va Ozarbayjon xalqlarini muzokara oʻtkazishga chaqirish harakatlari Rossiya prezidenti tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi. “Vashington, mojaroni hal qilishda biz bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qiladi deb umid qilaman”, -  dedi Vladimir Putin.

Muzokaralar buzilishi

Gumanitar tinchlik 26 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 8da kuchga kirgan boʻlsa, yarim soat oʻtib tomonlar kelishuvlar buzilgani haqida xabar berishdi.

Ozarbayjon tomon Armaniston Qurolli kuchlarini Terter va boshqa aholi punktlarini oʻqqa tutishda aybladi. Armaniston esa Ozarbayjonni “toʻqnashuv chizigʻinining shimoli-sharqiy yoʻnalishini” oʻqqa tutishda ayblashdi.

Tushga yaqin tan olinmagan Qorabogʻ respublikasi ham uchinchi tinchlik kelishuvlari buzilganini xabar qildi. Stepanakert Boku Martuninsk tumanidagi qishloqllardan biriga raketa zarbasi berishda aybladi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Togʻli Qorabogʻ rahbari Araik Arutyunyan tinchlikni saqlash tartibiga amal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev vaqtinchalik tinchlikka rozi boʻldi va tinchlik oʻrnatish jarayonida ishtirok etayotgan xalqaro tomonlarni betaraf boʻlishga chaqirdi.

“Agar ular oʻt ochish toʻxtatilishni istasa,  Armanistonga bizning hududlarni tark etishni aytishsin. Agar bu amalga oshmasa - biz oxirigacha boramiz”, - dedi Ozarbayjon rahbari.

Sergey Lavrov ham Togʻli  Qorabogʻ mojarosining “tashqi ishtirokchilariga” murojaat qildi. Jumladan u Turkiyani Kavkazdagi taʼsirini ishga solishga chaqirdi. “Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyud Chavushoglu bilan muzokaralar oʻtkazdik. Anqarani tinchlik muzokaralari yoʻlidan borishga undayapmiz”, - dedi TIV rahbari.

Turk oʻyinlari

YEXHTning Minsk guruhi ham tomonlarni yarashtirish harakatlarini toʻxtatmayapti. Payshanba 29 oktyabr kuni ular Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgan. RIA Novosti murojaat qilgan ekspertlar ushbu muzokaralar muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonqiramay qarashmoqda.

“Muzokaralarda mojaro tomonlarining qiziqishi boʻlishi kerak. Hozircha bu kuzatilmayapti. Ozarbayjon tomon Togʻli Qorabogʻni qayta-qayta oʻqqa tutishni yangidan boshlamoqda. Armaniston hududiga esa dronlar uchib kelishda davom etmoqda. Bu – Bokuning toʻxtash niyati yoʻqligini bildiradi”, - deydi Armaniston Hududiy izlanishlar ilmiy xodimi Djonni Melikyan.

Uning fikriga koʻra, Yerevan YEXHTning Minsk guruhi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi, lekin Ozarbayjon tomonida boʻlgan Turkiya jarayonga xalal bermoqda.

“Moskva, Vashington, Parij  - tinchlikka chaqirmoqda. Anqara esa qarshilik koʻrsatmoqda va Bokuni qurolli toʻqnashuvga yoʻnaltirmoqda. Shu bilan birga Turkiya Minsk guruhiga hamrais sifatida qoʻshilish niyati borligini maʼlum qilmoqda. Agar bu sodir boʻlsa – ushbu format yakson qilinadi”, - deb xulosa qilmoqda ekspert.

Amerika tashabbusi

Rossiyalik kavkazchi olim Nurlan Gasыmov xulosasiga koʻra, Togʻli Qorabogʻ mojarosiga AQSH aralashuvi eng boshidan – hech qanday natijaga olib kelmasligi aniq edi. Ikkala tomon ham vaqtinchalik tinchlikdan foydalanib qoʻshinlarni yaqinroqqa olib kelish va oʻz pozitsiyalarini mustahkamlab olish uchun foydalanib qolishdi.

“Lachin koridori uchun qaqshatqich janglar ketmoqda. Agar Ozarbayjon uni egallab olsa Armaniston va Togʻli Qorabogʻ orasida bevosita aloqa uziladi. Bu esa hududda vaziyatni mutlaq oʻzgartiradi. Boku Lachinga juda koʻp kuch tashlagan, hozir Ozarbayjon uchun tinchlik shartnomasi tuzish – foyda keltirmaydi”, - deydi Gasыmov.

Ekspert fikriga koʻra, tinchlik oʻrnatish jarayoniga Vashingtonning faol ishtiroki - hozir Amerikada davom etayotgan saylovoldi kamrpaniyasi bilan bogʻliq, lekin yangi maʼmuriyat saylanganidan soʻng ular Janubiy Kavkaz hududiga bir zumda qiziqishni yoʻqotadi.

“Vashington tomonidan qilingan yagona taklif 1999 yilda boʻlgan edi. Oʻshanda Ki-Uestda boʻlilb oʻtgan uchrashuvda AQShlik muzokarachi Pol Gobl tomonlarga hududlar bilan almashishni taklif qilgan edi. Unga koʻra Togʻli Qorabogʻ atrofidagi 7ta tuman Ozarbayjonga qaytarib berilishi, Togʻli Qorabogʻ va Lachin koridori esa – Armanistonga oʻtishi kerak edi. Oʻshanda bu taklifga na Boku na Yerevan rozi boʻlgan edi”, - deydi ekspert.

AQShning 90 yillardagi tinchlik tashabbuslarini koʻproq Kavkaz hududidagi neft sohasiga kiritilgan sarmoyalarini himoya qilishga qaratilgan harakat deb baholaydi ekspert.

“Oʻshanda Gʻarb Janubiy Kavkaz hududida gaz va neft quvurlari qurishga koʻp mablagʻ tikkan edi. Ozarbayjon neftiga Yevropada Rossiya neftining muqobili sifatida qaralayotgan edi. Urush ushbu rejalarga xalal berishi mumkin edi. Lekin Gobl rejasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan soʻng  Vashington tinchlik oʻrnatish missiyasini toʻliq Rossiyaga topshirdi", — deydi Gasыmov.

Moskva bilan konsensus

AQSH va Kanadani oʻrganish instituti katta ilmiy xodimi Pavel Koshkin ham amerikaning tinchlik oʻrnatish harakatlarini saylovoldi tashviqotlar bilan bogʻlaydi.

“Tramp uchun koʻp sonli arman diasporasi ovozlarini olish juda muhim. Shu sababli u mojaroni hal qilishda yordam berishni vaʼda qilmoqda. Saylovdan soʻng Vashington Kavkaz haqida yana unutadi”, - deydi ekspert.

AQShning Togʻli Qorabogʻ mojarosidan uzoq yillar davomida oʻzini chetda tutishiga sabab – ular ushbu mojaroni judda  oddiy deb qabul qilishida. AQSH ushbu muammoni hech qachon chigal deb qabul qilmagan. Ukraina yoki Gruziyadagi vaziyatdan farqli oʻlaroq ravishda, bu borada AQSH har doim Moskva bilan konsensusda boʻlgan”.  

Oq uy yangi rahbari kim boʻlishidan qatʼiy nazar, Togʻli Qorabogʻga boʻlgan qiziqish - marginal (kam) darajada qoladi, lekin muhimi shunda-ki, bu mavzuda Vashington Moskva xulosasiga ishonadi.

Asosiy mavzular