15:44 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
121800

NATO SCL kompaniyasini 2015 yilda yollagan, oʻshanda kompaniya Ukrainada “Oranjevaya revolyutsiya” uyushtirib Yuщenkoning “sirli zaharlanishi” yordamida gʻalaba qozongan edi.

Britaniya Rossiyaga qarshi axborot va kiber urush olib borayotganini rasman tan oldi. Albatta bu hech kim uchun yangilik yoki olamshumul voqea boʻlmadi – bugun dunyoda bunga ishonmaydigan kishining oʻzi kam qolgan. Lekin lord Mark Sedvillning ushbu faktni tan olishi – rasmiy Londonning Rossiyaga qarshi diversion harakatlarini tasdiqladi. Bugunga qadar ular buni ochiqchasiga boʻyin olishga biroz iymanib turishardi.

Sedvillning oʻzi bunday operatsiyalar bilan yaqindan tanish boʻlsa kerak, chunki u yaqin-yaqinga qadar Britaniya bosh vazirining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi edi. Bir vaqtning oʻzida u Uaytxollning barcha byurokratik apparatini ham boshqarib turardi. The Times nashri xulosasiga koʻra, Sedvill rasmiy diplomatik karyerasidan tashqari Britaniya razvedka xizmati - MI-6 ofitseri ham boʻlgan.

“Siz buni koʻrmayotgan boʻlsangiz, bu - biz hech narsa qilmayapmiz degani emas. Britaniya Rossiya rahbariyati va ularning manfaatlariga nisbatan qator yashirin hujumlar oʻtkazdi. Shuningdek London Rossiya oligarxlarining mulki va bank raqamlariga “ov” qilmoqda”, - dedi sobiq amaldor va boʻlajak lord.

Oligarxlar mulki borasida – bu gʻoya Rossiyaga ham maʼqul. Putin bir necha bor rossiyalik biznesmenlarni ogohlantirgan va “kapitalni u ishlab topilgan joyda saqlashga” chaqirgan edi. Gʻarbiy davlatlarning bundayo bayonotlari biznesmenlarga yana bir turtki boʻladi. Kapitalni Rossiyada saqlagan ishonchliroq – Britaniya maxsus xizmatlari ham buni tasdiqlamoqda.

Rossiyaga qarshi kiberhujamlar va qoʻporuvchilik kampaniyalari borasida esa – lord Sedvill biroz makkorlik qildi. Uning aytishicha London, goʻyoki, Rossiyaga qarshi zimdan hujumlarni Solsberidani Skripallar zaharlanishidan soʻng “javob” sifatida boshlagan. Ha, albatta, ishondik, unga qadar  MI-6 Rossiya tomoniga “umuman qaramagan”.

Eslatib oʻtamiz “Skripallar ishi”2018 yilning 4 mart kuni sodir boʻldi, Britaniya maxsus xizmatlarining Rossiyaga qarshi faoliyati esa bundan ancha oldin boshlangan.

Britaniyaning psixiologik va axborot hujumlari amalga oshiruvchi Strategic Communications Laboratory (SCL Group) firmasini esga olsak. Ular hech qachon Britaniya, AQSH va umuman NATOning maxsus xizmatlari buyurtmalarini bajarganini yashirmagan.

Xususan, oʻsha 2018 yilning mart oyida ushbu kompaniya shoʻʼbasi boʻlgan Cambridge Analytica shov-shuvli mojaro markazida boʻlgan edi. Kompaniyani AQSH prezident sayloviga aralashishda ayblashgan edi.

Oʻshanda kompaniya vakillari, boʻlajak buyurtmachi bilan suhbat qilayapmiz deb oʻylab, jurnalistlarga ijtimoiy tarmoqlarda qalbaki akkauntlar qayd etish, Internetda dezinformatsiya tarqatish, auditoriyani targetlash - xullas keng koʻlamli axborot urushi olib borayotganlarini tan olishgan edi.

2015 yilda NATO SCL kompaniyasini Rossiyaga qarshi “urush” uchun yollagan edi. Oʻshanda kompaniya Kiyevda 2004 yilda boʻlib oʻtgan “Oranjevaya revolyutsiya” namoyishlarini tashkil qilganini tan olgan edi. U revolyutsiyada “qoʻzgʻolonchilar” Yuщenkoning “sirli zaharlanishi” yordamida gʻalaba qozonishgan edi.

Keyinchalik Kiyev tan olishiga qaraganda aslida hech qanday zaharlanish boʻlmagan. Shu yerda oʻz oʻzidan savol tugʻiladi: balkim ushbu “mutaxassislar” Skripallarning va rossiyalik ayrim shaxslarning ham sirli zaharlanishlarga aloqador?

SCL ularni Britaniya mudofaa vazirligi va Donetsk xalq respublikasini Kiyev hukumati tomonidan Donetsk Xalq Respublikasining obroʻsini toʻkish va buzish uchun yollangan ekanini oʻzlari tan olishdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu voqealar Solsberidagi hodisadan ancha oldin sodir boʻlgan. Xavfsizlik boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan lord Sedvill ulardan albatta xabardor. U oʻzicha “jentlmenlar” soʻziga hali ham hamma ishonadi deb oʻylasa kerak.

Bizning davrimizda kiber-qurol va kiber-kuzatuvdan barcha foydalanishini hamma yaxshi tushunadi. Ushbu qurollar nafaqat raqiblarga nisbatan, hatto itifoqchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Amerika maxsus xizmatlari tomonidan Angela Merkelning telefoni yillar davomida eshitib kelinganining oʻzi qancha shov-shuv boʻlgandi. Ular Skripallarga qadar Rossiya ortidan kuzatishga harakat qilmayotganliklari haqida oʻylash ham kulguli.

Ayrim xorijiy maxsus xizmatlar ruslarni “tinglayotgani” haqida baralla aytishmoqda. Masalan Gollandiya OAVlati ularning AIVD maxsus xizmati xakerlari  2014 yilning yozida rossiya davlat muassasalari saytlarini buzish jarayonida bir Moskva OTMning saytini buzib uni doimiy kuzatib turgan va buning natijasida Cozy Bear xakerlar tarmogʻini fosh qilishgan. Eʼtibor bering, oʻsha vaqtlar “rus xakerlari” haqida hali hech qanday xabarlar yoʻq edi, Gollandiyaliklar esa rus serverlarni buzishni boshlagan va bu bilan faxrlanishmoqda ham.

Endi boʻlsa Britaniya lordlari, Kreml ichki serverini buzishga urinayotganini goʻyoki Porton-Daun yaqinida kimdir zaharlanganiga javob qilib koʻrsatishga urinmoqda. Bu haqida Sedvillning The Times nashriga bergan intervyusida aytilgan.

London maqtanishiga koʻra, “Skripallar ishi”ga javoban ular Rossiyaning Britaniyadagi barcha shpionlar tarmoqlarini yoʻq qilib tashlashgan. Qiziq, unda Britaniya nashrlarining birinchi polosalarida “Qirolichani kuzatishga urinayotgan Putin shpionlari” haqidagi maqolalar qayerdan paydo boʻlmoqda?

The Sunday Express yozishiga koʻra “GRU xakerlari” Yelizaveta II ning Porton-Daundagi xufiya laboratoriyaga tashrif buyurishi haqidagi xabarlarni olishga urinishgan. Afsuski nashrda “allaqaochon yoʻq qilingan shpionlar tarmogʻi”ga qirolicha tashrifining grafiki qanday naf keltirishi mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan. Ehtimol rus xakerlari qirolicha laboratoriyaga qaysi rangli libosda kelishi bilan qiziqqan? Balkim ularga harbiy laboratoriyada 94-yoshli qirolicha uchun ishlab chiqarilayotgan “abadiyat eliksiri”ning retsepti kerak boʻlib qolgandir? Nima boʻlganda ham, Britaniya nashriga masalaning bu tomoni qiziq emas, asosiysi - Rossiyaga qaratilgan qandaydir ayblov boʻlsa bas.  

Gʻarb maxsus xizmatlari Rossiyaga nisbatan qandaydir yashirin, jirkanch urush olib borayotganini, albatta, koʻpchillik biladi. Dezinformatsiya, doimiy kiberhujumlar, shpionaj, ochiqcha djiversiyalar – bularning barchasida Britaniyaning qoʻli bor.  

Lekin shu kunga qadar ushbu yashirin urushni olib borayotgan kompaniyalar oʻzlarining undagi ishtirokini inkor qilib kelishayotgan edi. Ularga nisbatan ayblovlar - Rossiya va Putin tomonidan oʻylab topilgan “uydirmalar” deb kelinayotgan edi.

Endi boʻlsa Moskva,  navbatdagi provokatsiya yoki “zaharlash” haqida soʻz ketganda, lord Sedvillning rostgoʻyligi tufayli, qaysi manbaaga havola berishni yaxshi biladi.

Asosiy mavzular