19:26 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
1079 0 0

Amerika saylovlari yakunlarining Rossiyaga nima daxli bor? Axir 3 noyabr kuni kim gʻolib boʻlsa ham ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy oʻzgarish roʻy bermaydi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Amerika saylovlari yakunlarining Rossiyaga nima daxli bor? Axir 3 noyabr kuni kim gʻolib boʻlsa ham ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy oʻzgarish roʻy bermaydi. AQShning oʻzidagi notinchlik Tramp gʻalabasi yoki magʻlubiyatidan qatʼi nazar kuchayadi. Shunday ekan keyingi toʻrt yilda AQSH prezidenti kim boʻlishining bizga nima farqi bor.

Bu Rossiya eng koʻp tarqalgan nutqai nazar – biroq ildizi notoʻgʻri.

AQSH tizimli inqiroz davriga qadam qoʻydi. Buning ustiga bu bir vaqtning oʻzida ularning ham ichki inqirozi, ham ular atrofida qurilgan tinchlik tartibi, globalizatsiyaning atlantik modeli inqirozi. Bu jarayonlarning muddati va tezligini oldindan aytish mushkuldir. Lekin shubhasiz, ular bir-biriga oʻzaro aloqador va bir-biriga quvvat berib turadi.  Shu bois Rossiyaga AQShdagi ishlar vaziyati befarq emas – axir bu ularning dunyo maydonidagi xulq-atrofi, muomalasiga bogʻliq.

Bizga parchalangan va notinchlikka choʻmgan AQSH foydariroq deb oʻylash juda soddalik boʻlgan boʻlardi. Chunki notinchlikning notinchlikdan farqi bor - XIX asrdagi qonli fuqarolar urushidan Amerika, aslida, mustahkam boʻlib chiqdi va yarim asr oʻtib dunyo hukmronligi sari yoʻl oldi.

Hozir, albatta, vaziyat boshqacha, lekin AQShda ichki muammolar oʻsishining deyarli muqarrarligi ularning geosiyosiy yuqorilikdan tezda ketishini anglatmaydi. Amerika chekinishda davom etadi – lekin bizga muhimi u tashkillashtirilgan, ongli xarakterga ega boʻlishidir. Chunki bu holatda “bugun Vashington magʻlub boʻldi, ertaga esa kontrhujumga oʻtadi va tasodifan yadro urushini uyushtiradi” seriyasidagi tartibsiz, telba-teskari xatti-harakatlar ehtimoli qamroq.

Rossiyaga, albatta, Shtatlar oʻzi bilan oʻzi koʻproq shugʻullanishi foydali. Lekin muammo shundaki, Trampning barcha raqiblarini qoʻrqitayotgan janjal, hoynahoy, aynan uning magʻlubiyatida roʻy beradi. Qolaversa, agar amaldagi prezident magʻlub boʻldi deb eʼlon qilishsa, qayta saylanishga qaraganda parchalanish yanada jiddiyroq boʻladi: uning tarafdorlari Baydenning adolatli gʻalabasiga ishonishmaydi. Amerika ikkiga boʻlinadi – lekin Trampning mutlaqo samimiy tarafdorlarini juda koʻp boʻlsa, Baydenda ular shunchaki yoʻq. Unga Tramp raqiblari ovoz beradi – Amerika elitasi va mediasi toʻrt yil bu “dahshatli gomofob, seksist va fashist” bilan qoʻrqitganlarning barchasi. Shuning uchun Tramp AQShdagi katta ichki xatarlarga ega, buning ustiga Bayden maʼmuriyatining tashqi siyosati Rossiyaga kam foydali boʻladi.

Bayden yangi urush boshlamaydi va yangi sanktsiyalar kiritmaydi. Gap hatto u Rossiyani allaqachon uning saylanishiga xalal berishda urinishda ayblaganida ham emas – oʻgʻlining kompyuteri qattiq diskidagi materiallarning chop etilishi bilan. U shunchaki avvalgi amerikacha siyosatni yuritishga qaytadi. Buni elitaning shaylangan bir qismi xohlamoqda: Amerika xalqlarni oʻtlatishi va global atlantik loyihani qurishda davom etishi kerak. Xoʻsh, u muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsa nima boʻlibdi, ular bunday deb hisoblamaydi, halichaga buni tuzatish mumkin deb ishonishadi.

Bu Amerika uchun halokatli yoʻl (ham milliy davlat, ham atlantik tinchlik tartibi nuqtai nazaridan). Biroq Bayden, yaʼni amerika isteblishmenti unga mamlakatni qaytarishga urinadi, u bilan esa qolgan butun dunyoni. Baydenning yoʻnalishni oʻzgartirishi mushkul boʻlishi ravshan, ustiga ustak uning maʼmuriyati asosan yanada ogʻirroq ichki siyosiy muammolarga koʻmiladi.

Shuning uchun Trampning qayta saylanishi dunyoga foydaliroq boʻlib tuyuladi. Buning ustiga har ikki variantda. Agar Trampning gʻalabasi AQShda mutassil va chuqur (parchalanishga qadar) inqirozga olib kelsa, Amerika zaiflashadi – u oʻzi bilan oʻzi qanchalik uzoq shugʻullansa, sayyora shunchalik hokimiyat taqsimlanishining yangi tizimi, yangi, postamerika muvozat kuchi sari siljiydi. AQShning toʻliq parchalanishi va yadroviy davlat boshqaruv tizimining vayron boʻlishi varianti eng xavfli boʻlishi mumkin, lekin bunday stsenariy oʻrta muddatli istiqbolda mutlaqo ehtimoldan uzoq.

Agarda gʻalabadan soʻng Tramp hujumlarni qaytarib, hukumatni saqlab qolsa, uning ikkinchi muddati birinchisiga qaraganda yanada kutilmagan boʻladi. Hatto kongress ustidagi nazoratni qoʻlga olmay, u yanada mustaqil siyosatni olib boradi – ham turli mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarda, ham umuman xalqaro maydonda. Avvalgidek u bosim oʻtkazadi, qatʼiylik bilan tortishadi. Lekin kelishish osonroq boʻladigan boʻladi.

Eng asosiysi – Trampning qayta saylanishi nafaqat atlantchilarning umidlarini puchga chiqaradi. Ular 2016 yil shunchaki tasodif boʻlgani va boy berilganlarni osonlik bilan ortga qaytarish mumkinligiga ishonishadi. U Amerika ittifoqdoshlari va butun dunyo boʻylab malaylari kayfiyatini oʻzgartiradi. Amerika hech qachon ilgariday boʻlmaydi, demakki, ham u bilan, ham umuman xalqaro maydonda munosabatlarning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish zarur.

Teglar:
saylovlar, Donald Tramp, Amerika

Asosiy mavzular