“Belarus ssenariysi” Polsha uchun: qaytar dunyo

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii protesta, poluchivshey nazvanie "chernaya subbota", protiv ujestocheniya zakonodatelstva ob abortax v Polshe
Uchastniki aksii protesta, poluchivshey nazvanie chernaya subbota, protiv ujestocheniya zakonodatelstva ob abortax v Polshe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varshava tomonidan Belarus uchun o‘ylab chiqarilgan ssenariy bunchalik tez o‘ziga qaytishini hech kim kutmagan edi.

Polshada mamlakatda abortni deyarli to‘liq taqiqlashga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Bir necha marotaba isbotlangan: siyosatda ko‘pincha bumerang effekti ish beradi. Natijada davlat qo‘shnisiga nisbatan nimani eksa, o‘shani o‘radi. Lekin rasmiy Varshava tomonidan Belarus uchun o‘ylab chiqarilgan ssenariy bunchalik tez o‘ziga qaytishini hech kim kutmagan edi.

Belarusdagi YeI davlatlari elchilarining bir qismi maslahatlashuv uchun chaqirib olinmoqda

Belarus saylovlaridan keyin ikki oy mobaynida Polshaning barcha darajadagi rahbarlari qo‘shni mamlakatdagi “tinch namoyishlarni” barcha imkoniyatlarni ishga solib qo‘llab-quvvatlash, “erkinlik uchun qahramonlarcha kurashayotgan Belarus ayollarini himoya qilish”, ularga ma’nan va moliyaviy yordam berish zarurligi haqida jo‘shib nutq so‘zlardi. Polshaning o‘zida “beloruscha ssenariyni” amalga oshirayotgan vaqtda esa o‘sha milliy yetakchilar o‘zlarining “tinch namoyishchilarini” g‘azab bilan qoralashni boshladi, ularga nisbatan politsiya zo‘ravonliklarini qo‘llashni ma’qullab, qamash bilan tahdid qilishdi.

Qarshilik bildirish mumkin edi: Minsk va Varshavadagi norozilik namoyishlari o‘rtasidagi o‘xshashlik ishtirokchilarning motivatsiyasidagi tafovut sabab unchalik to‘g‘ri emas deya. Ammo e’tibor bering, Poshadagi ayollar mitingi tashkilotchilari beloruslik hamkasblari tomonidan qo‘llanilayotgan texnologiya va mahalliy OAVlarda faol aylanayotgan texnologiyalardan nusxa olayotganlarini yashirishmayapti.  Masalan, o‘tgan yakshanba “strayka kobet”ning (mamlakatni larzaga solgan ayollarning ish tashlashi) norasmiy yetakchilari o‘zlarini shakillantirib, Belarus muxolifatchisi Svetlana Tixanovskayaning Muvofiqlashtiruvchi kengashiga o‘xshash o‘zlarining Maslahatlashuv kengashini taqdim etishdi. Polsha norozilik namoyishlari yetakchisi Marta Lempart ochiqchasiga aytmoqdaki, Minsk voqealari modelini asos qilib olgan: “Belarusga qarab aksiyalarni muvofiqlashtirish naqadar muhimligini ko‘rapmiz”.

Uchastnitsa nesanksionirovannogo jenskogo marsha Podruga za podrugu v Minske - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi pishirgan oshni o‘zi yesin - YeI va AQSh Polshaga Lukashenkoni yengishda yordam bermaydi

Bu mitinglarning yakuniy maqsadi ham bir-biriga muvofiq keladi: hukumatning shubhasiz iste’foga chiqishi. Tixanovskaya va Lempart tomonidan tashkil etilgan rasmiyatchilikka asoslangan organlar esa, ularning so‘zlariga ko‘ra, “hukumatni tinch topshirishga” ko‘maklashishi zarur, xolos. Bundan ortig‘i emas.

Shunday qilib, Polsha matbuotida Belarus voqealarini rasmiy Varshavaning faol ishtirokida madh etish ulardan polyaklarning o‘zi nusxa olishiga olib keldi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan “strayka” aksiyalarida bunday plakatlar tasodifan paydo bo‘lmadi: “Bizni ko‘klarga ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar bilan tarbiyalashdi, endi esa norozilik bildirishimizga hayron bo‘lishmoqda”.

Biroq polshalik amaldorlarning ular Minsk va Varshavadagi o‘xshash jarayonlar haqidagi gapirayotgan paytda notiqlik san’atlari to‘satdan o‘zgaradi! Bir necha hafta avval mamlakat bosh vaziri Mateush Moraveskiy Belarusga revolyutsiya eksport qilish zarurligi haqida ochiqchasiga yozgandi va hattoki “Belarus ayollarining jasorat va qahramonliklarini aks ettiruvchi” surat tanlovini e’lon qilgandi. Varshava ko‘chalaridagi ommaviy norozilik namoyishlariga o‘sha suratlar olib chiqilgan bo‘lsa ajab emas.

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

Bosh vazirning ushbu tashabbusidan atigi bir necha kun o‘tib, uning o‘zi Polsha namoyishlarining “nomaqbul” usullari haqida g‘azab bilan yozadi, ularni “johillik va qonunga xilof” deb ataydi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni qonunni qo‘llashga undaydi.

Bir necha hafta davomida Polsha hukumati “Lukashenko rejimini” beloruslik muxolifatchilarni jazolaganlik uchun qoralashni talab qildi. Endi esa adliya vazirining o‘rinbosari Mixal Vos prokuraturani o‘z namoyishchilarini qattiq jazolashga chaqirmoqda. “Polshaning barcha prokurorlari noqonuniy to‘planishlar tashkilotchilariga jinoyatchilarga kabi munosabatda bo‘lishlari lozim. Ular hayot va salomatlik tahdidi tufayli sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishlari mumkin”, - dedi u “Maryja” radiosiga bergan intervyusida. Belarus huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘zlariga savol berishayotgan bo‘lsa kerak: “Shunday qilsa bo‘lardimi?”

Polsha hukumati namoyishchilarga qarshi choralarni og‘ir epidemiologik vaziyat bilan tushuntirishmoqda. Davlat telekanallari odamlarning birga to‘planishi pandemiya avj olgan pallada atrofdagilarning salomatligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi haqidagi xabarlarni tez-tez efirga uzatib turibdi. Qiziq, Belarusdagi ommaviy norozilik namoyishlarini qo‘llagan o‘sha OAVlar bu aksiya ishtirokchilarining sog‘lig‘i haqida zarracha ham qayg‘urishmagandi.  

Kandidat v prezidenti Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvibornogo mitinga v parke Drujbi Narodov v Minske - Sputnik O‘zbekiston
YeI mamlakatlari Belarus muxolifatini qo‘llashdan nima manfaat ko‘radi - ekspert fikri

Qayd etish joizki, Varshavada Polsha pullariga ishlayotgan (o‘zlarining tan olishlaricha) Minsk namoyishlari dirijorlari derazalari ortida bo‘layotgan ommaviy mitinglarni hech ko‘rishmayapti. Qarshilik bildirish mumkin edi, Varshava tomonidan rasman moliyalashtiriluvchi Nexta telegram kanali va saytlar, faqat Belarusdagi voqealarni yoritishga qaratilgan. Ammo unutmaslik kerakki, Nexta yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan voqealarni faol yoritdi. Bundan tashqari Belarusga hech qanday aloqasi bo‘lmagan Rossiyadagi kam odamlar ishtirokidagi turli aksiyalarni yoritib boradi. Lekin Varshavaning o‘zida ko‘p mingli norozilik namoyishlari boshlanganda birdan Nexta᾽ning ularni yoritish uchun birorta ham bo‘sh strimeri yo‘q ekan.

Aytgancha, Belarus norozilik namoyishlari ma’budasi Svetlana Tixanovskaya polshalik ayollarga nisbatan ko‘rnamaklik qildi. Ularni uni bir necha marta qo‘llab-quvvatlashgandi, u esa na so‘zi, na harakati bilan birdamlik izhor etdi. Sizu biz sabablarini yaxshigina bilamiz: Nexta ham, Belarus muxolifati ham Varshava tanqid qilinsa, ular asosiy moliyaviy oqimdan bebahra qolishlaridan qo‘rqishadi.

“Belarus ssenariysi” asoschilaridan biri Litva ham bu voqealarga xuddi shunday munosabat bildirmoqda. Tixanovskaya hozir u yerda ekanini yodga olish zarur. Masalan, bu mamlakat tashqi ishlar vaziri Linas Linkavichus muntazam ravishda Minsk namoyishchilarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan bayonotlarni e’lon qilishdan charchamaydi. Buning ustiga u “Belarus ayollarining misli ko‘rilmagan jasurligidan” hayratlanishi hamisha ta’kidlaydi. Biroq vazirning varshavalik ayollar va ularning aksiyalariga nisbatan biror bir tasalli so‘zi topilmadi. Yoki qo‘shnisi Polshaning taqdiri Litvani unchalik tashvishga solmaydimi?

Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vistupayet na mitinge v yego podderjku - Sputnik O‘zbekiston
Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak bo‘lib qoldi - Lukashenko

Belarus ishlariga oshkora aralashinini yashirmayotgan Polsha qanday qilib zudlik bilan o‘zidagi voqealarda “tashqi ta’sirni” izlashni boshlagani va bundan vahimaga tushganini kuzatish ta’sirli.

Muxolifatchilar “diktator” deb ataydigan sobiq Polsha bosh vaziri Yaroslav Kachinskiy ularni allaqachon “Rossiya agentlari” deb atadi. Siyosatshunos Mateusha Piskorskining so‘zlariga ko‘ra esa, o‘tgan hafta ayollar namoyishi bilan to‘g‘ri kelgan Polsha fermerlari xatti-harakatlarida “Moskvaning qo‘li” topilgan. Fermerlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirishgan ekan, demak, ular ham “Kreml agentlari”. Bu bilan faqat yangi “rus jodugarlarini ovlash”ning boshlanishi xayol qilinadi. Shunga qaramay na Moskva, na Minsk Varshavadagi voqealarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatish uchun Nexta᾽ga o‘xshash internet resurslarini yaratdi. Axir ulardan nusxa olishlari mumkin ediku – polyaklarga mumkin ekanku.

Lekin biz shu bilan ulardan farq qilamiz. Rossiya chirigan qayiqni "tinchlik" nomi bilan tebratish birinchi navbatda uni tebratayotganlar uchun yomon oqibatlarga olib kelishini juda yaxshi anglagan. Maydan, ison, zo‘ravonlik virusi koronavirus tezligidan kam bo‘lmagan sur’atda yuqadi. U birinchi navbatda qo‘shnisini zararlash uchun probirkada uni yaratgan kishini zararlaydi. Polshaning yangi misoli buning tasdig‘idir. U Belarusdagi ssenariysi o‘zida takrorlanishi kutmagandi...

Yangiliklar lentasi
0