Taslim bo‘l yoki o‘lasan: Tramp tarafdorlarini rus taqdiri kutmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishKukla, izobrajayushaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na viborax prezidenta SShA
Kukla, izobrajayushaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na viborax prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘alati demokratiya: Bayden tarafdorlariga hamma narsa mumkin, Tramp uchun ovoz berganlar esa "monstr"ga aylantirilmoqda.

AQShda saylov natijasini xuddi qoloq “banan respublikalarida” (yoki banan imperiyasida) bo‘lganidek, sud yoki ko‘cha janglari hal qilishi ma’lum bo‘lganiga qaramasdan, Amerika kelajagi qanday bo‘lishini hozirdan bilsa bo‘ladi.

Buning uchun siyosatchilar va “jamoat fikri yetakchilari” bir-biriga nima deyotganini tinglash kifoya. Eslatib o‘tamiz hozirgi kunda AQSh hamjamiyati deyarli teng ikkiga bo‘lingan.   

“Hamma: Tramp tarafdorlariga oddiy narsalarni tushunadigan aqlli odamga bo‘lgandek munosabat qilishdan voz keching. Ular monstrlar”, - deydi Monet Ikscheyndj (Monét X Change) ismli teleyulduz, jamoat fikri yetakchisi va LGBT faoli.   

Afsuski AQShda bunday pozitsiya normal holatga aylanmoqda. O‘z vaqtida Xillari Klinton ham Tramp saylovchilarini “bir guruh nochor odamlar” degan edi.

Monet Ikscheyndjning o‘ziga kelsak, uning ikkita muhim xususiyati bor: birinchidan u qora tanli, ikkinchidan – biologik erkak (asli ismi Kevin Bertin). Faqat u ayollardek kiyinadi va o‘ziga ayollardek munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Agar biror kishi uni haqorat qilgudk bo‘lsa, bir zumda ishsiz qolishi mumkin. Chunki barcha uni “gomofob yoki irqchiga” chiqaradi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezident saylovida Bayden g‘alaba qozonmoqda 

Tramp tarafdorlariga (asosan - nasroniylar, konservatorlar, oddiy ishchilar va yirik shaharlardan uzoqda yashayotgan aholi) nisbatan yomon fikr bildirganlarga esa – hech narsa bo‘lmaydi.

Mana shuning o‘zidan AQShda haqiqiy hukumat kimning qo‘lida ekanini juda yaxshi tushunib olsa bo‘ladi. Bu yerda Kongressdagi deputatlar soni yoki siyosiy hukumat ham hech narsa qila olmaydi.

Umumiy qilib aytganda, AQSh aholisining yarmiga – hamma narsa mumki, qolgan qismi esa – kechirim so‘rashi, pushaymon qilishi va saylov uchastkalariga Demokratlar tomon qo‘shimcha ovozlar yozilayotanini kuzatib turishga majbur.

Tramp tarafdorlari bo‘lgan kuzatuvchilar oldidagi shaffof oyna fanera bilan yopilsa ham hech narsa qila olmay kuzatib turishga majbur bo‘lmoqdalar.

Saylov qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotganlar esa – mutlaq xotirjam. Chunki asosiy “Meynstrim OAV”lar ular tomonda, hatto Amerika sud tizimi ham ular tomonda bo‘lishi mumkin.

Tramp vs Bayden: sravnivayem glavnix pretendentov na ovalniy kabinet  - Sputnik O‘zbekiston
Tramp vs Bayden: Oq uyga da’vogarlar haqida ma’lumotlar

Haligi “teleyulduz” ham ularni bekorga “monstr” demayapti. Chunki monstrlarni aldash mumkin, ularning ovozlarini ham o‘g‘irlash mumkin, ularga haqiqat va qonunlar ham kerak emas. Axir bular odamlar uchun yozilgan. Agar Tramp va uning jamoasi Amerika sudlarida kichik g‘alabaga erisha olmasa – AQSh aholisining yarmisi ana shunday rejimda noma’lum vaqt yashashga majbur bo‘ladi.

Bir tomondan ularga rahming keladi, lekin ikkinchi tomondan millionlar respublikachilar o‘z tanida etnik ruslar sobiq SSSRning ayrim respublikalarida (Ukraina, Moldova, Boltiqbo‘yi) his qilgan tuyg‘ularni his qilishlari mumkin. Siyosiy huquqlardan mahrum qilish, iqtisodiy hayotdan siqib chiqarish, doimiy kamsitishlar va boshqa xo‘rliklar. CNN jurnalistlari bo‘lsa bularni doimo “bu yaxshi, shunday qilish kerak” qabilida yoritib kelgan.

Sobiq Ittifoqning ruslarga qarshi siyosatchilaridan Ukraina prezidenti Zelenskiyni yoki Moldovada prezident nomzodi Mayya Sanduni esga olsak bo‘ladi. Ularda shunday odat bor: saylov oldidan kamsitilgan va xo‘rlangan ruslarga milliy yagonalik va muhabbat haqida murojaat qilishadi. Ba’zan hatto rus tilida.

Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden mag‘lubiyatini ruslarga ag‘darish qo‘ldan kelmaydi

Amerikadagi Bayden tarafdorlari va sobiq SSSR hududidagi marionetkalar chiqishlarining o‘xshashligi tasodif emas. Chunki Amerikadagi “rangli inqilob”ni ham Ukraina, Gruziya va boshqa “yosh istiqbolli demokratiya” g‘alaba qozongan davlatlardagi inqiloblarni ham o‘sha o‘sha qo‘llari biroz qonga botgan, mahalliy natsist sotiqinlarini yaxshi ko‘ruvchi odamlar uyushtirgan.

Lekin hammasi unchalik yomon emas. Oxir oqibat Tramp yutqazib qo‘ysa ham, uning tarafdorlarida Oregon shtatiga ko‘chib o‘tish imkoni bor. U yerda og‘ir narkotilarni qonuniy ravishda xarid qilish mumkin. Buni ham Amerika kelajagining bir ko‘rinish desa bo‘ladi. Qachonlardir buyuk davlat bo‘lgan hukumat o‘z fuqarolarining teng yarmini yomon ko‘rsa, o‘zining sivilizatsion institutlarini barbod qilsa, odamlar bunday sharoitda yashashi qiyinlashib qolsa – ularga “nina orqali” vaziyatdan chiqish taklif qilinadi. Amerikaning kelajagi albata bor, lekin u qanday bo‘ladi, hozircha jiddiy ikkilantirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0