16:02 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Kolumnistlar
Havola olish
431 0 0

Gruziya 2003 yildan buyon Yevropa tomon intilayotganiga qaramasdan, oʻnlab yillardan soʻng ham oldinga siljish yoʻq - ular misli sport zalidagi yuugurish yoʻlagida yugurayotgandek.

Gruziya muxolifati 31 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlarini tan olmayapti va muddatsiz norozilik namoyishlari eʼlon qilgan. Politsiya bir necha bor urinishiga qaramasdan mitingchilarni tarqatishning iloji boʻlmayapti.

Gruziyaning Yevropa tomon yoʻli mana 17 yildan buyon hech ochilmayapti. Tarixni biroz esga olsak, 2003 yilda aynan parlament saylovidan soʻng ushbu Kavkaz respublikasida “atirgullar revolyutsiyasi” boshlangan edi. Mixail Saakashvili esa butun dunyoda rangli inqiloblar timsoliga  aylangan edi.

Shundan buyon Gruziya oʻz tanloviga sodiq qolgan holda Yevropa tomon intilmoqda, lekin oʻnlab yillar oʻtgan boʻlsa – oldingi siljish yoʻq. Ular misli sport zalidagi yuugurish yoʻlagida yugurayotgandek. Shunga qaramasdan – ular buni toʻxtatmoqchi emas.

Eʼlon qilingan natijalarga koʻra, ushbu parlament saylovida ayni damda yetakchi boʻlgan partiya “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” saylovchilarning 48% ovozi bilan gʻolib boʻlmoqda. Ikkinchi oʻrinda 27% ovoz bilan "Yagona milliy harakat”. Qolgan siyosiy kuchlar – deyarli hech narsa yuta olmagan. Jumladan "Yevropa Gruziyasi" ham – 4%ga ham yetmagan.

Yevroavtlantizm – yaʼni “gʻarbiy qadriyatlarni singdirish”, mamlakatni NATO va YEIga olib kirish, “Hududiiy yaxlitlikni tiklash”(okkupant davlatga qarshi kurash) – yuqorida keltirilgan barcha partiyalar dasturining muhim punktidir.

Partiyalar nimasi bilan farq qiladi

“Yagona milliy harakat” – bu Mixail Saakashvilining partiyasi boʻlib, mana 7 yildirki oʻz asosichisiz faoliyat yuritib kelmoqda. U Gruziyani 2013 yilda, prezidentlik muddati tugashidan bir hafta oldin tark etganicha qaytgani yoʻq. Shundan beri u Yevropa, AQSH va Ukrainada faoliyat koʻrsatmoqda.

Sobiq Odessa gubernatori, ayni damda Ukraina  Milliy reformalar kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotganiga qaramasdan oʻz yurtining siyosiy pulsida ham qoʻl tutib turibdi. U muxolifat kuchlari kurashiga qoʻshilishga tayyor ekanini bildirdi. Shu bilan birga u oʻz intilishida unga hech qanday yangi lavozimlar kerak emasiligini va faqat “Gruziyani qutqarishni” oʻylayotganini maʼlum qilgan.

“Gruziya orzusi” – bu Saakashvili ustidan 2010 yilda gʻalaba qozongan partiya boʻlib, oʻshandan beri mamlakatni boshqarib kelmoqda. Uning rahbari va asoschisi Bidzina Ivanishvili — boʻlib ham siyosatchi ham biznesmen va Gruziyaning eng boy odammi hisoblanadi. "Forbs" roʻyxatida 349 oʻrinda boʻlib deyarli 5 milliard mablagʻi bor. Uning biografiyasi 90-yillar oligarxlarinikiga juda oʻxshaydi.

Saakashvili yaratgan partiya esa – oʻzining aksilrossiya telba populizmi bilan tanilgan. Xozirgi yetakchi partiya esa bu borada ancha bosiq. Saakashvili esa bunda “okkupantlar bilan hamkorlik qilish” va “milliy manfaatlarni boy berishda” ayblashdan charchamaydi. Oʻtgan yili ham aynan shu sababli katta mojaro yuz bergan va ommaviy namoyishlar boʻlib oʻtgan edi.

Oqibatda Gruziya xalqi yana bir bor mutlaq kasodga uchragan gʻarbiy marionetkalar yoki sobiq Ittifoqdan kelib chiqqan oligarxlar orasidan kimnidir tanlashga majbur boʻlmoqda. Yana bularning barchasi yaltiroq va sharqiroq “yevroatlantika” qogʻoziga oʻralgan.

Haqiqatda esa, ushbu mamlakat oʻz vaqtida Eduard Shevarnadzega qarshi qoʻzgʻolonning sababi boʻlgan – ogʻir iqtisodiy vaziyat, aholi kambagʻalligi hamda korruptsiya sharoitida yashashga majbur boʻlmoqda.

2020 yilda esa ushbu muammolarga yana koronavirus epidemiyasi ham qoʻshildi. Bu oʻz navbatida mamlakat asosiy daromad manbaalaridan biri boʻlgan turizm sektori inqiroziga olib keldi. 2019 yilda Gruziya turizm sohasi 3 milliard doromad olgan boʻlsa bu yil 0,5 milliard xolos. Mamlkat YAIMi 15 milliard ekanini hisobga olganda – bu raqam qanchalik muhim ekanini tushunsa boʻladi.

Xulosa qilib bir narsani aytish mumkin – ayni damda Gruziya oʻzining “yevroatlantika”  yoʻlidan bir tiyinlik ham foyda koʻrmadi. Albatta Gʻarb ularni qoʻllab-quvvatlamoqda, birinchi navbatda maʼnaviy tomondan. Bu safar ham YEHXT kuzatuvchilari saylovlarni “barcha qoidalarga muvofiq” deb topishdi.

Lekin, kutilmagan joydan xavf paydo boʻldi.

Mixail Saakashvili faysbukda AQSH yangi prezidenti Jots Bayden uzoq vaqtdan beri uning doʻsti ekani haqida katta post yozib qoldirdi. Unda “ikkovlanning” koʻplab   fotosuratlari ham bor. Matnning soʻnggi iborasi quyidagicha yakunlangan:“Gruziya xalqi boʻlib oʻtgan saylovda oʻgʻirlangan gʻalabani qaytarishga urinayotgan bir vaqtda, Oq Uyda qadriyatlari bor kishilar bizga juda ham kerak”  

Sobiq gruziyalik avantyurist haqiqatdan ham Oq Uy bilan juda yaxshi munosabatda ekanini hisobga olgan holda, AQSH rahbariyati oʻtgan saylov natijalarini qayta koʻrib chiqish borasida YEHXTga oʻz tavsiyalarini beradi dey kutish mumkin. Yevropa tashkiloti ushbu tavsiyanomalarga “quloq tutishiga” hech ikkilanmasa ham boʻladi.

Gʻarb va Gruziyaning boshqacha yevroatlantizmi yoʻq.

 

Asosiy mavzular