22:54 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
719 0 0

Bayden Putin bilan faqat bir marta 2011 yil 10 martda uchrashgandi, lekin uning davomida u suhbatdoshiga Rossiya prezidentligiga yana nomzodini qoʻymasligi zarurligi haqida shama qilishga ulgurgandi.

AQSH prezidenti saylovlarida oʻzini gʻolib deb eʼlon qilgan Jo Baydenni koʻplab mamlakatlar rahbari qutlab boʻlishdi. Bunda tabrik telegrammasini yoʻllashga oshiqmayotganlarning sukut saqlashi maʼnoliroq boʻlmoqda. Masalan, Lotin Amerikasining eng yirik mamlakatlari Braziliya va AQSH qoʻshnisi Meksika prezidentlarining. Agar Braziliya yetakchisi Bolsonaru hamisha ochiqchasiga Trampga tahsin oʻqigan boʻlsa, Meksika rahbari Lopes Obrador esa shaxsiy sabablarga koʻra “surbet boʻlishni xohlamaydi” va “barcha huquqiy jarayonlar yakunlanishini” kutib turishni afzal biladi. U asosli ravishda bunday deb hisoblaydi. 14 yil ilgari undan prezident saylovlaridagi gʻalabani oʻgʻirlashgan edi, oʻshanda xorijiy yetakchilar rasmiy natijalarni kutib turmasdan uning raqibini tabriklashni boshlagandi.

Baydenni Tramp bilan uch marotaba uchrashgan marshal Kim Chen In ham qutlamadi, Oq uyning amaldagi xoʻjayini bilan yaxshi munosabatlari yoʻlga qoʻyilgan Rajab Erdogʻan ham sukut saqlamoqda. Lekin Moskva va Pekinning sukut saqlashi eng maʼnoli sanaladi – Vladimir Putin va Si Tszinpin Baydenni muborakbod etishga shoshilishmayapti. Saylovlar arafasida deyarli barcha “xitoyliklar Bayden, ruslar esa Tramp uchun pul tikishmoqda” deyishgandi. Pekin Xitoy bilan savdo urushini boshlagan Trampning magʻlubiyatiga xursand boʻlar emish. Xitoyliklarga Bayden yaqinroq emish. Biroq Si Tszinpin jim, Pekin esa saylov natijalari amerika huquqiy jarayonlarini oʻtkazish yakunlariga koʻra aniqlanishidan kelib chiqishini aytmoqda. Sudlar uzoqqa choʻzilishini inobatga olib, Bayden 10 kundan keyin nishonlaydigan oʻzining 78 yosh yubileyiga tabriknoma olmasligi aniq.

Vladimir Putinning sukut saqlashini “The New York Times” gazetasi Rossiyada AQShning yangi prezidenti bilan “chuqur dushmanlik munosabatlariga” tayyorlanayotganlarining birinchi alomati deb atashdi, Tramp esa 2016 yilda Rossiya prezidentini gʻalabadan soʻng atigi bir necha soat oʻtib tabriklagandi. Endi esa jimjitlik – buning hammasi ikki mamlakat munosabatlarida keskinlikdan darak bermoqda, deya yozadi “The New York Times”.

Bu yerda hammasi kulguli – ikki mamlakat munosabatlari bundan ortiq yana qanday keskin boʻlsin? Ular bu holatga Tramp tomonidan emas, balki oʻsha global elitalar keltirgan. Ular hozirgi prezident huzurida ham kongress (tashqi siyosatda katta rol oʻynaydigan), ham Amerika davlatining oʻzini nazorat qilgandi. Yoʻq, Putin Bayden bilan jangga hozirlanayotgani uchun emas, balki Trampni hurmat qilgani uchun sukut saqlayapti deb oʻylash kerak. Insoniylik omilini hech kim bekor qilganicha yoʻq.

Albatta, birinchi oʻrinda pragmatik rejasi turibdi, Rossiyaga, tabiiyki, Amerikaning qanchalik oʻzining ichki ishlariga oʻralashishi foydaliroq. Bunday yondashuv AQShning ichki ishlariga aralashish bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu yerda shunchaki koʻrinib turgan narsalar tasdigʻi. Agar prezident saylovlari natijalari har qanday holatda ichki amerika qarama-qarshiligini kuchaytirsa, Rossiya tomonidan (Amerikaning raqibi boʻlgan har qanday boshqa davlat singari – AQShning oʻzining taʼrifi boʻyicha) bu vaziyatdan foydalanmaslik kulguli boʻlgan boʻlardi. Agar Baydenni inauguratsiyaga qadar tabriklamaslik foydali boʻlsa, demak, shunday boʻladi.

Bayden prezidentligi qonuniyligini tan olmaslik aniq boʻlmaydi. Bu variant nazariy jihatdan ehtimolli. Agar 20 yanvar kuni Baydenni prezident deb eʼlon qilishsa, Tramp esa (respublikachilar bilan yoki ularsiz) uning saylanishining qonuniyligini tan olmasa, Moskvaning saylovlari qonunbuzarliklar bilan oʻtgan ekan (unga qadar barcha sud muhokamalari yakunlanmasligi mumkin), demak, AQShning qonuniy davlat rahbari yoʻq ekan deb gapirishga vaji boʻladi. Toʻlaligicha amerikacha usul, lekin maʼlumki, Rossiya AQSH bilan bunday oʻyinlarni oʻynamaydi.

Hech qanday shaxsiy sabab yoʻq, shunchaki bu biz uchun foydali emas. Shaxsiy sabab keyin boshlanadi  - va bu yerda gap Putinning Trampga boʻlgan munosabati haqida boradi. Maʼlumki, bizga uning qayta saylanishi foydaliroq boʻlgan boʻlardi. Agar Tramp kuchaysa va “Vashington botqogʻini” quritishga kirishsa. Va agar Trampning qayta saylanishi Amerika parchalanishiga – qoʻshhokimiyatlikkacha olib kelsa. Hozir Trampning ikkinchi muddatiga umid qilishni toʻliq yoʻqqa chiqarib boʻlmaydi: sud muzokaralari uning tarafdorlarining mitingi va koʻchadagi faolliklari bilan mustahkamlanadi. Vaziyat esa “Vashington botqogʻi” nazorati ostidan chiqib ketishi mumkin.

Ammo Putin Tramp oʻgʻirlangan gʻalabasini himoya qilishiga pul tikishi dargumon. U oʻgʻirlanganiga shubha qilmasa ham boʻladi. Kreml toʻrt yil ichida ruslar aralashuvi va Trampning ruslar bilan aloqasi haqidagi qip-qizil yolgʻonni aylantirganlarning halol gʻalabasiga qanday ishonishi mumkin? Saylangan prezidentga qarshi fitna uyushtirganlarning (2016 yilda) uning keyingi saylovlarda magʻlubiyatga uchrashi uchun har qanday nayrangga bormasligiga qanday shubha boʻlishi mumkin? Tizim Trampdan kuchliroq, hozircha kuchliroq, u tuzatib boʻlmaydigan xatoga yoʻl qoʻyishni boshlamaganucha kuchliroq. Oʻsha xatolardan biri, aytgancha, Baydenning “gʻalabasi” boʻlishi mumkin. Kreml aynan shundan kelib chiqadi. Lekin Putinning Trampga boʻlgan shaxsiy munosabatiga faqat ijobiy taʼsir koʻrsatadi – ofarin, boʻsh kelmayapti, jangchi.

Ikki prezidentning oʻzaro simpatiyasi hech qanday insoniy munosabatlarga aylanmadi. Uch yarim yil davomida ular atigi bir necha marta uchrashishdi. Lekin shaxsan tanishgunga qadar Tramp Putin haqida simpatiya va hurmat bilan gapirgandi. Uning Putin bilan muzokaralar tajribasi uning fikrini tasdiqladi, xolos. Yaqinda Tramp Putinni “dunyo miqyosidagi shaxmatchi” deb atab, bu toifaga Si Tszinpin, Rajab Erdogʻan va Kim Chen Inni qoʻshish mumkinligini ilova qildi. Bu toʻrtlikni nima birlashtiradi? Ularning haqiqatdan ham kuchli geosiyosiy oʻyinchilar ekanliklaridan tashqari.

Ularni Baydenni gʻalaba bilan qutlashga oshiqmayotganliklari birlashtiradi. Tramp oʻzining shaxmatchilar haqidagi nutqida Bayden prezident boʻlsa, Putin, Si, Erdogʻan va Kim bilan baravar ishlay olmasligini aytgandi – bu mutlaq haqiqat.

Bayden Putin bilan faqat bir marta 2011 yil 10 martda uchrashgandi, lekin uning davomida u suhbatdoshiga Rossiya prezidentligiga yana nomzodini qoʻymasligi zarurligi haqida shama qilishga ulgurgandi. Si Tszinpiga (oʻshanda Xitoy raisi oʻrinbosari boʻlgan) vitse-prezident Bayden bundan oʻn yil ilgari G2 ni tashkil etishni muvaffaqiyatsizlik bilan taklif qilgandi. Bu Obama maʼmuriyatining oʻyini edi – Xitoyni yangilangan atlantik dunyoda kichik hamkor roliga oʻrgatish. Yaʼni oʻshanda Baydenning qoʻlidan hech narsa kelmagandi, oʻz “hamkorlarini” oʻziga va AQShga qarshi qayragandi, xolos. Agar u AQSH rahbari boʻlsa, ular, albatta, u bilan ishlashadi. Lekin oshkora raqiblar sifatida.

Geosiyosiy oʻyinchi Bayden uning ortidan dunyodagi eng kuchi mashina turganiga qaramasdan haqiqatdan ham zaif. Qolaversa, mashina allaqachon oʻchib qolgan – agar uning qoʻlidan mahmadona Tramp ustidan gʻalaba qozonish kelsa, bu “gʻalaba” uning uchun soʻnggisi boʻlishi mumkin. Shunday ekan tabriklash uchun hech narsa yoʻq.

Teglar:
Vladimir Putin, Jo Bayden, saylovlar, AQSH

Asosiy mavzular