Tog‘li Qorabog‘ uchun tinchlik – kim nimaga erishdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishOtpravka mirotvorsev v Nagorniy Karabax
Otpravka mirotvorsev v Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Kavkazga yana bir marotaba tinchlik olib keldi - Ozarbayjon va Armaniston bilan kelishuv asosida Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar to‘xtatildi.

Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq bo‘lgan 9-10 noyabrning voqealari hali uzoq vaqt davomida harbiy va siyosiy tahlilchilar tomonidan o‘rganiladi.

Qisqa qilib aytganda, ushbu notinch hududda bir sutka davomida urush tinchlikka aylandi, front chizig‘i esa Rossiya harbiy qo‘shinlari joylashgan joyga aylandi. Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin Rossiya ushbu hududdachi siqib chiqarilmoqda, degan vahimalar tarqatilayotgan edi.

Nagorniy Karabax vo vremya obostreniya konflikta - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon Qorabog‘ bo‘yicha nimalarga kelishib oldi

Dasttlab, tinchlik o‘rnatilishidan biroz oldin, Arman-Ozarbayjon chegarasida Rossiya vertoloti urib tushirilgani haqida xabar yetib keldi. Ushbu fojeada ikki uchuvchi qurbon bo‘ldi. Ehtimol tinchlik o‘rnatishga shu hodisa so‘nggi turtki bo‘lgan.  

Boku darhol o‘z aybini tan oldi va ushbu hodisa baxtsiz tasodif ekanini xabar qildi. Ilhom Aliyev Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib vaziyat borasida uzr so‘radi.

Bundan so‘ng Rossiya prezidenti maxsus  bayonot bilan chiqdi. Unda Vladimir Putin Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon orasida uch tomonlama bitimi tuzilgani va unga ko‘ra Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlar to‘liq to‘xtatilishini va u yerga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilishini ma’lum qildi.  

Shundan so‘ng 10-noyabr kuni erta tongdan Ulyanovsk-Sharqiy aerodromidan Rossiya harbiylari va harbiy texnikasi ortilgan 10ta Il-76 samolyotlari jo‘nab ketdi.

Shartnoma shartlari

Yerevanda esa bir zumda norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishchilar hukumat binosi, parlament ni talon taroj qilishdi, parlament spikerini do‘pposlashdi. Bosh vazir Nikol Pashinyanni – millat manfaatlarini sotishda ayblashdi.

Yerevanlik muxolifatchilar noroziligi va ularning imzolangan shartnomadan chiqishga bo‘lgan urinishlarini tushunsa bo‘ladi. Chunki uch tomonli tinchlik shartnomasi – bu Armaniston uchun mag‘lubiyat degani. Ular tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududining katta qismini yo‘qotishdi.

Kolonna voyennoy texniki rossiyskix mirotvorsev gotovitsya k otpravke v Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ga yetib keldi - video

Lekin Armanistonning boshqa yo‘li ham yo‘q edi. Biroz kechikkandan Armaniston to‘liq harbiy falokatga uchragan bo‘lardi. Buni Qorabog‘ prezidenti ham tan oldi.

“Harbiy harakatlar ana shu tarzda davom etganida, biz butun Arsaxni bir necha kuchda qo‘ldan bergan bo‘lardik”, - dedi Araik Arutunyan.

Armanlar buni o‘z vaqtida tan olmagan bo‘lsa-da, strategik muhim hisoblangan Shushi shahri ustidan Ozarbayjon 7-noyabrda nazorat o‘rnatgan edi.

G‘alabaga bir bahya qolganda nega Boku bunday shartnomaga rozi bo‘ldi degan savol o‘z o‘zidan tug‘iladi.

Ozarbayjon prezidenti o‘z xalqi uchun milliy qahramonga aylangan bo‘lsa-da u yerda ham tinchlik shartnomasiga qarshi bo‘lganlar bor. Ularning ovozi Yerevandagidek baland chiqayotgani yo‘q.  

Albatta ushbu shartnomani imzolashda Ilhom Aliyevning ham o‘ziga yarasha motivlari bo‘lgan.

Masalan bir necha hafta oldin, u Qorabog‘da yashayotgan armanlarning xavfsizligini kafolatlagan bo‘lsa-da, Ozarbayjonda armanlarga qarshi keskin kayfiyatda bo‘lganlar ham ko‘p. Qorabog‘ Armaniston nazorati ostiga o‘tganida yangi armanlar qirg‘ini boshlanmasligini hech kim kafotlatlay olmaydi. Ikki xalq tarixi bunga misol bo‘lishi mumkin. Balkim Aliyev buni ham hisobini olgandir.

Samolet voyenno-transportnoy aviatsii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ga jo‘nab ketdi - video

Moskva ham Bokuni ko‘ndirish uchun yetarlicha sabalar topa olgan.

O‘z navbatida Turkiya ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bo‘lib o‘tgan janglarda Ozarbayjon uchun Turkiya yordami juda asqotdi, lekin barchasining o‘z qiymati bor, barchasi uchun to‘lash kerak.

Aliyev ham hududdagi asosiy kuch markazlari (Rossiya, Turkiya Eron) orasida muvozanat saqlashi kerak. Faqat shundagina u o‘z suverenitetini saqlab qola oladi. Ozarbayjon Anqaraning marionetkasiga aylanib qolmaydi.

Ustiga-ustak Qorabog‘da jang qilish uchun Yaqin Sharqdan olib kelingan “Jabhat-an-Nusra” jangarilari kelajakda Ozarbayjonning o‘zi uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin. Musulmon davlatlari shuning uchun ham radikallarga qarshi keskin kurash olib bormoqda.

Miting oppozitsii v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Yerevan markazida muxolifatchilarning politsiya bilan to‘qnashuvi boshlandi

Qorabog‘da jangovar harakatlar to‘xtatilishi, Ozarbayjon uchun yuqoridagi muammolarning barchasini hal qilinishini anglatadi. Ilhom Aliyev Turkiya tomon nomini tilga olgan bo‘lsa-da imzolangan shartnomada ular yo‘q.

Ozarbayjon chegarasi yaqinida urib tushirilgan Rossiya vertoloti voqeasi esa xozir sinchiklab tekshirilmoqda. Alabatta, Ozarbayjon ichida ham Turkiyani qo‘llab quvvatlovchi, shartnomani buzmoqchi bo‘lgan kuchlar bor. Ushbu voqea, Qorabog‘da urushni davom ettirish maqsadida uyushtirilgan ularning provokatsiyasi bo‘lishi ham mumkin.

Lekin Moskva ham Boku ham o‘zlarini to‘g‘ri tutishdi: Ozarbayjon bo‘lgan fojeani darhol bo‘yin oldi,  Rossiya esa vaziyatni to‘g‘ri tushundi.

Afsuski, Armaniston borasida esa bunday deyishning iloji yo‘q.

2018 yilda namoyishga chiqqan minglab kishilar Nikol Pashinyanni hukumat tepasiga olib kelishgan edi. Bugun tunda esa usha odamlarning o‘zlari uni tilka-pora qilib tashlashga tayyor edi, chunki mamlakatni Yevropaga boshlashi kerak bo‘lgan rahbar. Uni allaqanday boshqa joyga olib kelgani ma’lum bo‘ldi. uning harbiy sohadagi islohotlari esa Armaniston uchun ayanchli yakunlandi.

Armanskiy voyenniy strelyayet iz artilleriyskogo orudiya vo vremya boya s azerbaydjanskimi voyskami v Nagornom Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Qorabog‘ qopqoni – Armaniston va Ozabayjon unga qanday tushib qolishdi

Voqeaning yana bir qiziq tomoni – yosh va kuchga to‘lgan yigitlar og‘ir damda armiya safida xizmat qilish o‘rnida hukumat binolarini vayron qilishni xush ko‘rishi – bu ham eng ilg‘or g‘arbiy tendensiyalar qatoridan o‘rin olgan desak xato bo‘lmaydi. Birovlardan o‘rnak olishni istamagan Armaniston endi o‘zi boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Hududdagi vaziyat uchun umuman aytganda bir muhim fakt bor. Armaniston va Ozarbayjon qo‘shinlari orasiga kiritlayotgi Rossiya kuchlari kam sonli. Lekin bu ham ko‘rsatgich – uchinchi davlat obro‘yi qancha baland bo‘lsa, urush olib borayotgan ikki tomonni ajaratish uchun shuncha kam kuch kerak bo‘ladi.

Mana shuning o‘zi ham Rossiyani Kavkazdagi “tinchlik ta’minlovchi” degan maqomini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0