Amerika yangi prezidentini Google va Facebook tayinladi

© Sputnik / Mitchel Kyuring / Mediabankka o‘tishNochnaya podsvetka na ratushe v San-Fransisko v den golosovaniya na viborax prezidenta SShA
Nochnaya podsvetka na ratushe v San-Fransisko v den golosovaniya na viborax prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu safar Amerika saylovlarida “rus xakerlari” chetda qoldi, AQShda hukumatni axborot texnologiyalari sohasidagi yirik transmilliy korporatsiyalar egallab oldi.

Bu safar Amerika prezident saylovlari mashhur “rus xakerlarisiz” bo‘lib o‘tdi. Hammasi yirik transmilliy kompaniyalar qo‘li ostida bo‘ldi. Amerikaning yangi prezidentini Google va Facebook tayinladi. Bill Geytsning Amazon direktori Jeff Bezosga tegishldi bo‘lgan Washington Post nashridagi maqolalari esa saylovchilar uchun  haqiqiy “yo‘riqnomaga” aylandi.

“Menga yaqinda - seni yirik texnologik gigantlar qo‘llab quvvatlamasa saylovda g‘alaba qozonishning imkoni yo‘q deb aytishdi. Keling buni iloji borligini birgalashib ularga  ko‘rsatib qo‘yaylik”, - degan edi Donald Tramp saylovdan biroz oldin.

Lekin u adashgan edi.  Shundan bir kun o‘tib ulkan ma’muriy quvvatga  ega bo‘lgan axborot texnologiya kompaniyalari unga qarshi ishlay boshladi.

Kukla, izobrajayushaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na viborax prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Taslim bo‘l yoki o‘lasan: Tramp tarafdorlarini rus taqdiri kutmoqda

Bugungi kunda yirk OAV va internet-platformalari birlashgan holda Jo Baydenni AQSh prezidenti deb e’lon qilishdi. Hali saylov natijalari rasman e’lon qilinmasdan turib, saylovda yo‘l qo‘yilgan ko‘plab  qonunbuzarliklar va qalbakilashtirishlarga qaramasdan.

So‘nggi oylarda IT-korporatsiyalar rahbarlarini  doimiy ravishda AQSh Senati va Kongressiga chaqirib turli masalalar bo‘yicha hisobot berishlari talab qilinmoqda. Mantiqiy nuqtayi nazardan qaraganda ijtimoiy tarmoq egalari - Sukerberg (Facebook), Dorsi (Twitter), Pichai (Google)ga  - asosan respublikachilar hujum qilishlari kerak. Axir ushbu tarmoqlar aynan Trampni yomonlashgan edi.   

Lekin aslida boshqacha bo‘lib chiqdi. Ikkala partiya vakillari ham IT gigantlarga qarshi chiqishdi. Respublikachilar ushbu kompaniyalarni senzurada ayblashgan bo‘lsa, demokrat kongressmenlar BigTech kompaniyalarini monopoliyada ayblashdi. 

Respublikachilar Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunning 230-bo‘limini bekor qilish bilan po‘pisa qilishdi. Bu opratorlarni o‘z platformasida chop etilgan har qanday kontent uchun javob berishga majbur qiladi. Ya’ni o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblaydigan har qanday shaxs yoki kompaniya ularni sudga berish huquqiga ega bo‘ladi. Bu ularning bankrot bo‘lishiga olib kelishi aniq.

AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Stop the Steal norozilik namoyishida, Feniks, AQSh.
 - Sputnik O‘zbekiston
"O‘g‘rilikni to‘xtating" - Tramp tarafdorlari saylov natijalariga qarshi

Demokratlar esa IT kompaniyalarga qarshi monopoliyaga qarshi qonunni qo‘llashmoqchi. Bu qonun bozorning ulkan ulushini egallab olgan korporatsiyalarni bo‘lak bo‘lak qilib tashlash imkonini beradi. O‘z vaqtida ushbu qonun Rokfellerning neft biznesini va IBM korporatsiyasini bo‘lak-bo‘lak qilgan edi.

Vaziyatdan xulosa qilganda qiziq manzara paydo bo‘ladi. Bir biriga qarshi qaqshatqich kurash olib borayotgan ikki partiya IT-korporatsiyalarga qarshi kurashda go‘yoki birlashgandek. Nega bunday bo‘ldi?

O‘tgan yil AQShda hukumat tizimi qanday o‘zgarib kelayotganini yaqqol namoyish qildi desak xato bo‘lmaydi. Prezident Tramp butun dunyo ko‘z oldida hukumatni qo‘lidan boy berib keldi. Shu bilan bir vaqtda butun amerika va butun dunyo yangiliklar trendini ham IT gigantlari yaratishdi, desak xato bo‘lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar Trampni yovuzlashtirishdi, uning tarafdorlariga hujum qilishdt, Black Lives Matter harakatini dunyo miqyosiga ko‘tarishdi.

Geyts, Bezos va Sukerberg “ko‘rsatmalari” joylarda Demokratik partiyaga mansub mahalliy mer va gubernatorlar tomonidan aniq bajarildi. Prezident boshqaruv jarayonidan deyarli chiqarib tashlandi, desak ham bo‘ladi.

Znamya Pobedi nad Reyxstagom: podrobnosti glavnogo shturma Berlinskoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Facebook tasodifiy bo‘lmagan xatosi

Masalan Nyu York meri Trampning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqlarini bajarishdan bosh tortib o‘z shahrida tartibsizliklarga yo‘l ochib berdi.

Sietl shahri meri esa, Twitterda prezidentga javoban surbetlarcha “O‘z bunkeringda o‘tiraver!”, deb yozdi.

Noyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari ham hech narsa o‘zgartira olmadi. Jo Bayden – o‘zining qo‘lidan hech narsa kelmaydigan, hukumat boshqaruv dastaklaridan uzoq bo‘lgan marionetka prezident roliga ko‘proq mos kelishini ko‘rsatdi.   

Joylarda o‘z kuch imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda— mer va gubernatorlar boshqaruvni olib boradi. Ularning ustidan esa – transmilliy kompaniya egalari, multimilliarderlar boshqaruvni  olib boradi. Yoki ularaning ortida turgan, keng ommaga yanada notanish bo‘lgan qandaydir mavhum shaxslar.  

Ushbu ikki qavatli boshqaruv tizimida AQSh prezidenti yoki bir qator siyosatchilariga umuman o‘rin yo‘q. Amerika kongressmenlarini, qaysi partiyadan bo‘lishidan qat’iy nazar – aynan mana shu narsa qo‘rqitmoqda. Ular o‘zlarini bir zumda keraksiz bo‘g‘indek his qilib qolishdi.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Facebook amerika maxsus xizmatlari quroliga aylanmoqda, dedi Zaxarova

Amerikaliklar bir zumda “rus xakeralarini” unutganlari ham bejiz emas. Dastur kodini kiril alifbosida yozadigan (xa-xa) o‘sha yolg‘ondakam yovuzlar – juda oddiy va tushunarli xavf edi. Turli millat maxsus xizmatlari bir-birining tomorqasiga ana shunday toshlar otib turishini odatiy hol desa ham bo‘ladi.  Lekin IT-korporatsiyalarning ta’sir darajasining keskin o‘sishi  — bu har qanday davlat hukumatini, ularning maxsus xizmatlari, siyosatchilari va hatto charchamas Nensi Pelosi bilan bilan birga qo‘shib bir zumda chetga surib qo‘yishi mumkin ekan.

Bir necha yil oldin Rossiyada ham mahalliy liberallar erkin Internet haqida orzu qilishar edi. Bugun esa biz Amerika misolida mutlaq erkin internet qanday bo‘lishini ko‘rib turibmiz. Ular o‘zlari ovoz bergan emas mutlaq boshqa prezidentga ega bo‘lishdi. Bundan xulosa shuki , Internet nazoratisiz davlat suvereniteti ham yo‘q ekan.

Xususiy biznesda ideologiya bo‘lishi mumkin emas, degan gaplarga qaramasdan, Internet-korporatsiyalar butun dunyoga aniq va ravshan siyosiy dasturni singlirmoqda. Bugungi kunda uning ma’nosi quyidagilardan iborat: oq tanlilar huquqlarini cheklash, radikal “yashil” dasturni qo‘llab quvvatlash, deindustrializatsiya, denatsionalizatsiya va butun dunyo bo‘ylab “madaniy” urushlar qo‘zg‘ash.

Ushbu unchalik murakkab bo‘lmagan dasturdan dunyoning barcha davlatlarida osongina nusxa ko‘chirilmoqda. Maslan Black Lives Matter harakatlari hatto Yaponiyagacha yetib bordi.  

Logotip Facebook - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa aholisi Google va Facebook siyosiylashganiga ishonadi

Bundan dunyoning har qanday joyida Amerikada bugun o‘rnatilgan, tepada aytib o‘tilgan “ikki qavatli hukumat” tizimini o‘rnatish mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

Milliy internet ustidan nazorat o‘rnatishga qarshi bo‘lganlar, aksariyat hollarda IT-imperiyalar xususyi korxona ekaniga va ijtimoiy tarmoq egalari o‘z “do‘kochalarida” istalgan qoidalarni o‘rnatishlari mumkinligini aytishmoqda. Lekin ushbu kompaniyalarning monopoliyaga xos xarakteri, millionlar kishilar fikrini senzura ostiga olish imkonini beradi va shu bilan birga milliardlab kishilar orasida har qanday hatto odamxo‘rlikkacha bo‘lgan yovvoyi g‘oyalarni  ham tarqatish imkonini beradi. Gitler partiyasining asosiy targ‘ibot nashri bo‘lgan "Folkisher Beobaxter" ham bir vaqtlar xususiy nashriyot bo‘lganini unutmaymiz.

Yangiliklar lentasi
0