16:08 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
65420

Rossiya tinchlikparvar kuchlarining arman-ozarbayjon mojarosi hududidagi operatsiyasi, bu miqyosi, vazifalari va murakkabligi boʻyicha misli koʻrilmagan operatsiyadir. Bu yerda noldan boshlab harbiy qoʻshnlar infratuzilmasi, xavfsizlik, transport va kommunikatsiya tizimi yaratilmoqda.

Rossiya Ozarbayjon va Armaniston orasida imzolangan 3 tomonlama shartnomaga muvofiq 13 noyabrdan boshlab Togʻli Qorabogʻdagi mojaro hududiga Rossiya tinchlikparvar qoʻshinlari kiritildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Markaziy harbiy qoʻmondonlik ixtiyoridagi 15-alohida moto-oʻqchi brigadasidan iborat boʻlib, ular BTR-82A bronetranporterlari, “Tigr” va “Tayfun” broneavtomobillari hamda Mi-24 va Mi-8 vertolyotlari bilan jihozlangan.

Tinchlikparvarlik operatsiyasi boshlangan kunidan buyon Erebuni aviabazasiga 56ta parvoz amalga oshirildi. Il-76 samolyotlari 800 dan ortiq harbiylar, 119 ta qurol aslaha va harbiy texnika olib borildi.

Bu Janubiy Kavkaz tarixida eng keng koʻlamli va eng uzoq davom etuvchi harbiy operatsiya boʻlishi kutilmoqda.

Tinchlikparvar qoʻshinlarga 2018 yildan buyon Janubiy harbiy okrug qoʻmondoni oʻrinbosari, Rossiya Qahramoni, oliy malakali va tajribali (jumladan Suriyada xizmat qilgan) qoʻmondon,  Rustam Muradov boshchilik qilayotgani ham bejiz emas.

Harbiylar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Ozarbayjon va Armaniston bosh shtablari bilan oʻzaro uzuluksiz aloqa yoʻlga qoʻyilgan.

Stepanakert shahrida joylashgan Rossiya qoʻshinlari shtabi Armaniston va Ozarbayjon tomonlari bilan birgalikda Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvar operatsiyaning parametrlarini belgilamoqda.

Rossiya MDH hududida tinchlikni saqlab turish uchun alohida javobgarlik burchiga ega. 15-alohida moto-oʻqchi brigada esa oldinroq Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, BMT, YEXHT va kerak boʻlsa Shanxay Hamkorligi tashkiloti hududida tinchlikni saqlab turish uchun maxsus tashkil qilingan edi.

Yuqori samaradorlikni namoyish etgan holda Rossiya tinchlikparvar kuchlari 11 noyabr kuni Lachin koridori ustidan, undan soʻng esa Togʻli Qorabogʻ hududidagi butun toʻqnashuv chizigʻi boʻylab nazorat oʻrnatishdi.

Sobiq urush chizigʻi boʻylab 10ta kuzatuv postlari oʻrnatildi. Ularning maqsadi tranzit transportlari oʻtish xavfsizligini taʼminlash va tinch aholiga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslikdir. Tinchlikparvar kuchlari javobgar boʻlgan “Shimol” va “Janub” hududlari boʻylab jami 16ta kuzatuv postlari oʻrnatish rejalashtirilgan. Yaqinda toʻqnashuv chizigʻi boʻylab harbiy politsiya boʻlinmalari ham patrullik qilishni boshlaydi.

Ayovsiz ish kunlari

Mojaro hududiga qoʻshinlarni olib kirish - bu hali boshlanishi. Kelayotgan 5 yil (kamida) tinchlikparvar operatsiyasi bir talay kuch va mablagʻ talab qiladi.

Deyarli boʻsh joyda kuzatuv va nazorat va optimal darajadagi fortifikatsiya tizimlarini qurish, 16ta postlarining har biri va qoʻmondonlik orasida ishonchli aloqa tizimini joriy etish kerak boʻladi. Shuningdek himoyalangan qurol-yarogʻ ombori, yonilgʻi ombori, barcha infratuzilmaga ega boʻlgan dala lagerlari barpo etish kerak boʻladi.

Shu bilan birga mahalliy aholining iqtisodiy manfaatlariga va anʼanaviy turmush tarzigi xalal bermaslik kerak boʻladi.

Qishda palatakalarda yashash oson boʻlmaydi, lekin 15-brigada tarkibida kontrakt asosida xizmat qiluvchi tajribali askarlar bor. Ular jangovar tajribadan tashqari turli mojarolarda ishtirok etgan gumanitar huquqning xalqaro normalarini ham yaxshi bilishadi. Professionallik va maxsus tayyorgarlik Rossiya tinchlikparvar kuchlariga Togʻli Qorabogʻning ayovsiz sharoitlarida yuqori sifatda xizmat oʻtishini taʼminlaydi.

Hududda Yaqin Sharqdan kelgan yollanma jangarilar borligi xavfi saqlanib qolishini hisobga olgan holda, urush qayta boshlanishi yoki alohida diversion-terrorchi harakatlar boʻlishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu sababli ham askarlarda jangovar tajriba boʻlishi juda muhim.

“Muzlatib qoʻyilgan mojaro”ning yangi konfiguratsiyasida ehtimol kimdir oʻziga tegishli boʻlgan hududni kengaytirib olishni va Rossiya tinchlikparvar kuchlarini “sinab koʻrishni” istab qolar.

Janubiy Kavkazda boʻlib oʻtgan tinchlikparvar operatsiyalari tajribasidan shu aniq-ki: patrul va harbiy kolonnalar yoʻlini minalashtirish, radioboshqaruvga ega boʻlgan fugas bombalari oʻrnatish, transport blokadasi uyushtirish va boshqa provokatsiyalar ehtimoli mavjud.

Tinchlikparvar kuchlar ixtiyorida ogʻir artilleriya va taktik raketa majmualarining yoʻqligi javobgarlik hududia toʻqnashuvlar boʻlishi va yoʻqotishlar ehtimolini oshiradi

Bundan 14 yil oldin Gruziya-Abxaziya mojarosi davomida turli vaziyatlarda 100 dan ortiq rossiyalik harbiylar qurbon boʻlgan edi. Har bir tinchlikparvar operatsiya birinchi kunidan boshlab oxirgi kuniga qadar porox hidi bor.

Togʻli Qorabog boʻyicha kelishuv: Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya rahbarlari nimani kelishib oldilar
Ria.ru / AZTV / RT Arabic / Minoboronы Rossii / Press-slujba pravitelstva Respubliki Armenii / Ruptly

15-brigadaning yiliga 2 marotaba oʻtkaziladigan rotatsiyasi (oʻrin almashuvi) alohida harbiy operatsiya sifatida oʻtkaziladi. Unda har bir boʻlinma oʻz vaqti va yoʻnalishini yaxshi biladi.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda Rossiya va Turkiya birgalikda markaz yaratishga kelishib olishdi. Ushbu markaz Ozarbayjonda joylashgan boʻlib masofadan turib Togʻli Qorabogʻdagi tinchlik oʻrnatish jarayonini kuzatib turadi.

Turkiyalik hamkorlik buni qanchalik istamasin, ularning ishtiroki uch tomonlama shartnomada bilan nazarda tutilmagan. Rossiya TIVi buni bir necha marotaba taʼkidlagan edi.

Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatni tinlikparvar kuchlari tomonidan nazorat ostiga olinishi keyinchalik bu yerda muzokaralar boʻlishini kafolatlashi kerak. Chet el qoʻshinlari (yoki noqonuniy jangovar guruhlar) toʻplanishini va yana bir bor jangovar harakatlar boshlanishini emas.  

Qorabogʻda amalga oshirilishi kerak boʻladigan keng koʻlamli ishlarni, Janubiy Kavkazda tinchlik oʻrnatish maqsadida - Rossiya yana bir bor oʻz zimmasiga oldi. Bu ogʻir yuk va jiddiy javobgarlikdir.

Asosiy mavzular