22:53 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
74710

Isroil Rossiya bilan COVID-19’ga qarshi vaktsina sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Vladimir Putin va Binyamin Netanyaxuning telefon muloqotidan soʻng maʼlum boʻldi.

Isroil davlatining Rossiya ixtirosiga qiziqishi haqidagi yangilik juda katta shov-shuvga aylanmadi. Bu bir necha hafta oldin, Quddus “Xadassa” tibbiyot markazi “Sputnik V”ning bir yarim million dozaga buyurtma bergani haqida xabar paydo boʻldi.

Isroil faqat Rossiya preparatini sotib olishni koʻrib chiqmayapti. Aksincha, Netanyaxu Putin bilan suhbatdan keyin aytganidek, maqsad "iloji boricha koʻproq mamlakat fuqarolari uchun koʻproq manbalardan vaktsinalarni sotib olish".

Bosh vazirning soʻzlari amaldagi ish bilan farq qilmayapti. Bir necha oy avval Isroil Amerikaning Moderna kompaniyasi bilan vaktsinani sotib olish toʻgʻrisida shartnoma imzolagandi, u yaqinda oʻzining preparatini III bosqich oraliq sinov taʼsirchan natijalari - 94,5 foiz samaradorligi toʻgʻrisida xabar berdi. Oʻtgan hafta Tel-Aviv va Pfizer oʻrtasidagi analogik shartnomalar haqida eʼlon qilindi.

Umuman olganda, Isroil kasallik tarqalish xavfi va sogʻliqni saqlash tizimidagi ulkan yuk va milliy iqtisodiyotga yetkazilgan zarba nuqtai nazaridan toʻla asoslanib, chuqur pragmatik pozitsiyani egalladi. U tuxumni bir nechta savatga joylashtirdi, oʻz tanlovida ilmiy fikrlarga tayanib, gʻoyaviy-siyosiy fikrlarni eʼtiborga olmadi.

Biroq, hozirgi paytda, gʻarb dunyosi uchun bunday yondashuv noyob va noodatiy deb hisoblanish mumkin.

Yevropa Ittifoqi oʻz aʼzolarini sinchiklab chiziqqa saflaydi va tekislaydi, "partiya chizigʻi"dan chetga chiqqanlarga jazo bilan tahdid qiladi. Bu safar bundaylardan Vengriya boʻldi.

YEIning koronavirusga qarshi vaktsinatsiya strategiyasi uning hududida ishlab chiqarilgan preparatlardan foydalanishni nazarda tutadi. Aytgancha, bu aynan "vaktsina millatchiligi", unda bir necha oy oldin Rossiya ayblangandi. Ayni paytda Yevroittifoqi 3ta farmatsevtika kompaniya - AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson bilan shartnomalar imzoladi.

Bu masalada Moskva bilan hamkorlikni boshlagan Budapesht, qoidabuzarlarga maʼmuriy choralar koʻrishga vaʼda bergan Bryusselning koʻrsatmalariga zid ish qilmoqda. Biroq, vengerlar bunday tahdidlarga oʻrganib qolishgan - ularni eʼtiborsiz qoldirish mahoratiga ega. Ushbu hafta “Sputnik V”ning birinchi namunalari sinov uchun Vengriyaga yetkazib beriladi va u yerda hatto Rossiya vaktsinasini ishlab chiqarish uchun maydon hozirlanmoqda.

Vengriya hukumatining motivatsiyasini tushunish oson.

Koronavirusning birinchi - bahorgi toʻlqini Yevropa Ittifoqida har bir davlatning oʻzi mustaqil epidemiyaga qarshi kurashish majbur ekanligini koʻrsatdi, ayniqsa odamlarning sogʻligʻi va milliy sogʻliqni saqlash tizimlariga kelganda. Kasallikka chalinganlar va qurbonlar boʻyicha kunlik antirekordlari optimizmga sabab boʻlmayapti.

Bunday vaziyatda, aslida javobgarlikni oʻzidan soqit qilgan - Yevropa Ittifoqi COVID-19 bilan qanday va nima bilan kurash kerakligi toʻgʻrisidagi qoidalariga rioya qilishni talab qilmoqda. Bryussel uchun juda qulay pozitsiya.

Eng yomoni: Rossiya vaktsinasi tayyorligi jihatidan nafaqat Yevropadan oldinda, balki bu uning ommaviy qoʻllanilishini avvalroq boshlashga imkon beradi. Preparatlar boʻyicha ham savollar mavjud.

“Oksford” vaktsinasi (AstraZeneca) sinov paytida koʻplab nohush hodisalar bilan bogʻliq boʻlib, uning xavfsizligi borasida koʻplab shubhalarni paydo qildi. Shu oʻrinda Yevropa Ittifoqi uni nisbatan arzon narxda sotib olmoqda (dozasi uchun 2,5 yevro), kompaniya esa tuzilgan shartnomaga asosan inson salomatligiga zarar yetkazilgan taqdirda, javobgarlikdan immunitet oldi. Oʻz navbatida, Frantsiyaning Sanofi preparati boʻyia koʻngilni xira qiladigan hech qanday yangiliklar boʻlmagan, ammo uning narxi toʻrt baravar qimmat.

Savol bermaslikning iloji yoʻq: aslida bu vaktsinalar Yevropa Ittifoqi ichida qanday taqsimlanadi? Sharqiy Yevropa aʼzolari birinchi navbatda AstraZeneca preparati bilan taʼminlanishiga shubha qilishdan xalos boʻlish qiyin. Agar toʻsatdan, uni qoʻllash paytida, inson salomatligi uchun jiddiy oqibatlar paydo boʻlsa, milliy hukumatlar yana muammolarni tozalashga majbur boʻladi.

Bunday vaziyatda Vengriya hukumatining harakatlari sogʻlom fikrning namunasi va yondashuvning milliy manfaatlariga qaratilgan kabi koʻrinadi: yaxshisi ixtiyoringizda "gʻoyaviy jihatdan toʻgʻri" emas, balki xavfsizligiga shaxsan oʻzingiz ishonch xosil qilgan samarali vaktsina bor.

Aytgancha, “Xadassa” tibbiyot markazining bosh direktori, professor Zeyev Rotshteyn Rossiya vaktsinasini sotib olish masalasi boʻyicha aynan shu narsani aytdi: "Men siyosiy yoki tijorat kelishmovchiliklariga quloq solmaslik boʻyicha qaror qabul qilganim uchun juda xotirjamman. Biz betarafmiz. Bizda siyosiy tarafkashlik yoʻq. Biz vaktsinaga – bemorlarimizga birinchi navbatda kerak boʻlgan muhim element sifatida qaraymiz".

Koʻrinib turibdiki, bunday yondashuv zamonaviy Gʻarb uchun qabul qilinishi mumkin emas, shuning uchun koʻplab oʻz fikridan qaytish holatlarini (renegat) keltirib chiqarmoqda. Ular mafkurani oʻz millatining sogʻligʻidan ham ustun qoʻymoqda.

Ammo, Eski Yevropa oʻzini xafa qilib qoʻyishiga va oʻz aholisi uchun uchta tuzilgan shartnomadan eng yaxshi vaktsinani sotib olishiga shubha yoʻq.

Agar mintaqadagi koʻpchilik davlatlar avvalgidek yuqoridan berilgan buyruqlarni soʻzsiz bajarishga tayyor boʻlsa, demak, bu ularning tanlovi va oqibatlari uchun javobgarligini anglatadi. Garchi qanchalik uzoq boʻlsa, shunchalik koʻp ular tsivilizatsiyalashgan orzuga daxldorlik tuygʻusi uchun suverenitetdan voz kechish nimaga olib kelish borasida, dunyoga aniq namuna boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular