01:34 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Kolumnistlar
Havola olish
155620

Oʻnlab yillardan buyon tinimsiz qaynab turgan “afgʻon voqealar qozoni” qoʻshni mamlakatlar siyosati, iqtisodi va milliardlab kishilarning hayoti va xavfsizligiga taʼsir oʻtkazib kelmoqda.

Amerika qoʻshinlari Afgʻonistonni tark yetishga tayyorlanayotgan bir vaqtda, respublikaning shimoliy va janubiy provintsiyalarid hukumat qoʻshinlari va tolibon jangarilari orasida shafqatsiz janglar boʻli oʻtmoqda. Boʻlib oʻtgan janglar shuni koʻrsatmoqdagi - terrorchi guruhlar tobora zamonaviy va yuqori texnologiyali qurollarga ega boʻlmoqda. Maslan ular qayerdandir eng zamonaviy dronlarga, tungi koʻrish uskunasi bilan jihozlangan snayper miltiqlariga ega boʻlmoqda.

Tolibon bilan 2020 yilning 29 fevralida erishilgan kelishuvga koʻra, AQSH oʻz qoʻshinlarini Afgʻonistondan bosqichma-bosqich olib chiqmoqda. AQSH mudofaa vaziri v.b. Kristofer Miller 17 noyabr kuni bergan bayonotiga koʻra, 15 yanvarga qadar Islom Respublikasida 2500 nafar harbiylar qoladi. Bugun ularning soni 4500 nafar. Tolibon esa shu vaqtning oʻzida oʻz jangovar faolligini tobora oshirib kelmoqda. Ular, goʻyoki, AQSH 2001 yildan buyon Afgʻonistonda amalga shirga ishlarining barchasi bekor boʻlganini aytmoqchidek...

Afgʻoniston shimolidagi Faryob provintsiyasi gubernatoriNakibulla Fayk dushanba kuni Tolibon tungi koʻrish moslamalari bilan jihozlangan eng yangi snayper vintovkalari va razvedkasi dronlar bilan taʼminlanganini xabar qildi. Terrorchi guruhining bunday “apgreyd” qilinishi – hukumat qoʻshinlariga jiddiy xavfs solishi aniq va afgʻon xalqiga hech qanday tinchlikni vaʼda bermaydi, hamda qoʻshni davlatlarga ham xavf solishi mumkin.

Fuqaro urushi

Afgʻonistonda har kuni boʻlib oʻtayotgan jangovar toʻqnashuvlarda oʻnlab politsiyachilar   va askarlan qurbon boʻlishmoqda. U yerda bu shunchalik oddiy ishga aylanganki, aholi bunga hayron boʻlmay qolgan.

Ushbu voqealar tizimi bu yerda yaqin orada tinchlik oʻrnatilishiga umid qoldirmaydi.

18 noyabr kuni Tolibon Baglan provintsiyasida xavfsizlik kuchlarishga hujum qilishdi. Unda ikki nafar afgʻon harbiylari qurbon boʻldi. Shu kunning oʻzida Faryob provintsiyasida yoʻl chetiga oʻrnatilgan mina portlashi oqibatid yana 5 nafar xavfsizlik kuchlari askari, jumladan uyezd politsiya boshligʻi  Safar Moxammad Bidar qurbon boʻldi. Chegaraga yaqin boʻlgan Kaysar uyezdida esa hukumat qoʻshinlari 39 nafar tolibon jangarilari yoʻq qilishdi.

Bundan bir kun oldin tolibon shimoli-sharqiy Badaxshon provintsiyasida uyushtirgan hujumda 12 nafar politsiyachi qurbon boʻlgan 10 nafari jarohat olgan edi. Soʻnggi bir necha oy davomida janglar koʻplab viloyatlarda boʻlib oʻtdi. Afgʻoniston  Mudofaa vazirligi Qunduz provintsiyasida aviazarba yordamida 37 nafar jangari yoʻq qilinganini maʼlum qilishdi. Undan tashqari Hirotda yana 6 nafar va Zabul provintsiyasida – 10 nafar jangari yoʻq qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonsiton xavfsizlik kuchlari 96 % operatsiyalarni xorijiy harbiylar yordamisiz, mustaqil ravishda oʻtkazishadi. Umuman harbiy maslahatchilarning Afgʻonistondagi faoliyati shunchaki ramziy va mutlaq foydasiz boʻlib qolmoqda.

Avstraliyalik harbiylar 2009 - 2013 yillarda 39 nafar asirga tushgan Afgʻoniston fuqarolarini nohaq oʻldirib yuborganlarini tan olishi – vaziyatni yanada murkkablashtirmoqda. Avstraliya qurolli kuchlari qoʻmondoni general Angus Kempbell Afgʻoniston xalqidan kechirim soʻradi va 25 nafar gumondorlar javobgarlikka tortilishini vaʼda berdi.  

Avstraliya Afgʻonistondagi NATO operatsiyalarida 2001 yildan boshlab ishtirok etib kelmoqda. Bugun ular 300 nafar avstraliyalik instruktorlar mahalliy harbiylarga dars oʻtmoqda. Agar ushbu estafetani Amerikaning Afgʻonistondagi operatsiyasida ishtirok etayotgan boshqa xorijiy harbiylar ham davom ettirsa, dunyo titrab ketsa kerak. BMT maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 10 yil davomida jangovar harakatlar oqibatida 100 mingdan ortiq tinch afgʻonlar qurbon boʻlgan yoki yaralangan. Ushbu jinoyatlarni tekshirish uchun bir necha yil vaqt kerak boʻladi.

Stoltenberg Vashingtonga qarshi

Tajovuzkorlikning kuchayishi va Afgʻonistonning xalqaro terrorchilarni tayyorlash  uchun qulay platformaga aylanib borishi - NATO bosh kotibi Yensa Stoltenbergni AQSH qoʻshinlarini olib chiqishiga qarshi fikr bildirishga majburladi. Vashingtonga nisbatan bunday “betgachoparlik” siyosatini faqat bir narsa bilan tushuntirish mumkin – ular AQSH qoʻshinlari olib chiqilganidan soʻng, Afgʻonistonda katta urush boshlanib ketishini istamaydi.  Tolibon esa aynan shuni rejalashtirmoqda. Shu sababli kecha, Stoltenberg Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan NATOning kelajak missiyasini muhokama qildi va xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga yordam berishni vaʼda berdi, Alyans Afgʻon harbiylarini tayyorlashda davom etishi  bildirdi.

Oʻz navbatida Markaziy Osiyo davlatlari i yevropa Ittifoqi afgʻonlardan darhol janglarni toʻxtatishni soʻrashmoqda. Islom respublikasini mahalliy iqtisodiy jarayonlarga jalb qilish, invetitsion va infratuzilmaviy loyihalarni boshlash uchun kerak boʻladigan yagona shart ham mana shudir.  Rossiya Afgʻoniston

Rossiya Afgʻonistonning SHHTning toʻla huquqli aʼzosi boʻlish istagini qoʻllab-quvvatlaydi. Ayni damda Qobul Dushanbe, Minsk, Toshkent va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni muvaffaqiyatlari rivojlantirib kelmoqda.

Bugung Qobulda Pokiston bosh vaziri  Imran Xan prezident Ashraf Gani bilan ikki tomonlama munosabatlarni va Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini muhokama qildi. ushbu hrayonda Nyu-Deli ham juda faol ishtirok etmoqda.

Oʻzaro raqobat qilayotgan Hindiston va Pokiston ulardan biri Afgʻoniston ustida kuchli nazoratni qoʻlga kiritishidan xavotirga tushmoqda va amerikaliklar ketganidan soʻng paydo boʻladigan boʻliqni egallab olishga harakat qilishmoqda. Ushbu munosabatlar uchburchagida baʼzan uchqunlar ham chiqmoqda.

Masalan yaqinda Pokiston Babar Iftixar “Hindiston diplomatlari Afgʻonistonda doimiy ravishda turli terrorchi harakatlarni nazorat qilmoqda” va Pokistonga hujum uyushtirish uchun “terrorchilarga moliyaviy yordam bermoqda” degan edi. Afgʻoniston tashqi ishlar vazirligi ushbu maʼlumotlarni rad etgan edi.

Respublikaga boʻlgan ana shunday kuchli “eʼtibor” oqibatida Ashraf Gʻani maʼmuriyati har zamonda Afgʻonistonda fuqaro urushi boshlanib ketishi mumkinligini muhokama qilshga majbur etadi. (hozirgi holat rasman fuqaro urushi hisoblanmaydi)

Nima boʻlganda ham, oʻnlab yillardan buyon reallikdan uzoq va toʻxtovsiz qaynab kelayotgan “afgʻon voqealar qozoni” - qoʻshni mamlakatlar siyosati va iqtisodi, u yerdagi milliardlab kishilarning hayoti va xavfsizligiga taʼsir oʻtkazib kelmoqda. 

Asosiy mavzular