13:50 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
865 0 0

Tramp maʼmuriyati davrida AQSH xalqaro xavfsizlik tizimidagi bir necha shartnomalardan chiqdi. Bayden jamoasi ularga qaytmoqchi boʻlsa - bu juda mushkul boʻladi.

TOSHKENT, 24 noya —Sputnik, Sofya Melnichuk. AQShning Ochiq osmon shartnomasidan (OOSH) chiqish haqidagi ogohlantiruv xatining muddati tugadi. Ustiga ustak Vashington Moskvani “yillar davomida OOShni buzib kelishda” aybladi.

Tramp maʼmuriyati mamlakatni eskirib ketgan va “raqiblarga ustunlik berayotgan hamda milliy xavfsizlikka tahdid qilayotgan” shartnomalardan chiqardik deb hisoblaydi. Lekin Bayden jamoasi AQSH osmonini yana ochadi degan umid paydo boʻlmoqda.

Ishonch boʻlmasa OOShga oʻrin yoʻq

Oq uyning Moskvaga eng katta daʼvolaridan biri, bu – ayrim hududlar ustidan uchib oʻtishga qoʻyilgan taʼqiqlar edi. Xususan, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Checheniston va Kaliningrad. Bunga javoban AQSH Alyaska va Tinch okeanidagi bir necha orollar ustidan parvoz qilishni taʼqiqlab qoʻyishdi.

2002 yilda 35 davlat  tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra,  ushbu davlatlar bir-birlarining hududlari ustidan razvedka parvozlari amalga oshirishlari mumkin. Bunda jamlangan maʼlumotlar barcha uchun ochiq boʻladi. Parvozlarni amalga oshirayotgan samolyotlarda qurol boʻlmasligi hamda uning bortida nazorat qilinayotgan davlat vakili boʻlishi kerak.

2019 yilda OOSH doirasida 1,5 mingta parvozlar amalga oshirildi. Ulardan maqsad – nafaqat nazoratni kuchaytirish, balkim bir-biriga  muayyan siyosiy signallar berishni ham nazarda tutadi. Xususan 2014 yilda Donbassda qurolli mojaro boshlanganidan soʻng, AQSH Ukraina sharqida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash ramzi sifatida doimiy parvozlar amalga oshirishni yoʻlga qoʻygan edi.

Nopok oʻyinlar

Kreml ushbu shartnomani oʻzaro ishonch va qurol-yarogʻ ustidan nazorat qilish uchun muhim faktor deb hisoblaydi. AQShning undan chiqishi shartnomaning ahamiyatini yoʻqqa chiqaradi. Lekin Moskva, maʼlum shartlar asosida unga amal qilishda davom etadi.

Birinchi shart – Yevropa davlatlari razvedka parvozi davomida oʻzlari jamlagan maʼlumotlarni AQShga bermaslikni kafolatlashlari kerak. Ikkinchisi – Rossiya samolyotlari Yevropada joylashgan amerika obʼyektlarini inspektsiya qilishi mumkin.

Lekin hozircha ushbu davlatlardan hech qanday kafolat olinmadi va Moskvani bunday vaziyat mutlaq qoniqtirmaydi.

“AQSH oʻz ittifoqdoshlaridan Moskva shartlariga rozi boʻlish va Vashington shartnomadan chiqqanidan soʻng ham, maʼlumotlarni ularga yuborib turishni talab qilayotgani sir emas, - deydi Venadagi Rossiya harbiy xavfsizlik delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.   — Bu nafaqat OOShni buzish, balkim ushbu shartnoma asosida qandaydir nopok oʻyinlar olib borishdir. OOSH Vashingtonning xalqaro qurol-aslahani nazorat qilish tizimini buzish yoʻlida qoʻyshag navbatdagi qadami boʻldi”.

“Bu aqlsizlik”

AQShning OOShdan chiqishi birinchi navbatda uning Yevropadagi ittifoqchilariga taʼsir qiladi. Ular uchun Amerika samolyotlari jamlagan maʼlumotlar juda kerak. Bir qator yevropa davlatlari bu borada oʻz afsuslarini aytishdi. “Biz Rossiya tomonidan ushbu shartnomani bajarishda ayrim qiyinchiliklar boʻlganini tushunamiz, lekin bizningcha bu shartnomadan chiqishga yetarli asos boʻlmaydi”, - dedi Germaniya TIV rahbari Xayko Maas.

Frantsiya TIVi AQSH Moskva tomonidan shartnoma buzilgani haqida hech qanday dalillar taqdim etmaganini qayd etdi. Ispaniya, Belgiya, Finlyandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderland, Chexiya va Shvetsiya birgalikda eʼlon qilgan bayonotida OOSH “foydali va amal qilayotgan” shartnoma boʻlib qolishini bildirishgan.

AQShning oʻzida ham bu borada yakdillik yoʻq. Masalan Senatning xalqaro munosabatlar boʻyicha vakili Robert Mendes Oq uy harakatlarini shunday baholaydi: "Prezident Tramp, saylovda yutqizganidan soʻng, surbetlarcha qonunlarni mensimagasdan, bir tomonlama siyosiylashgan tartibda shartnomadan chiqdi”, - dedi.  

“Bu aqlsizlik”, - dedi Milliy xavfsizlik agentligi sobiq direktori AQSH Harbiy havo kuchlari generali Maykl Xayden. Ronald Reygen davrida Davlat deparatamenti rahbari boʻlgan Jordj Shults va barak Obamaning norasmiy maslahatchisi Semyuel Nann Oq Uyga Ochiq osmon shartnomasini saqlab qolish haqida xab yuborishdi.

Shartnomalar yakuni

Donald Trampning 4 yillik prezidentlik davrida butun dunyo uning qurol-aslaha sohasida nazoratni saqlab qolishdan manfaatdor emasligini tushundi. 2018 yilda u Tehron 2015 yilda imzolangan shartnomaga amal qilmayotganini roʻkach qilib “Eron yadroy dasturi harakatlari” shartnomasidan chiqishini eʼlon qilgan edi.

Oradan bir yil oʻtib u Reygan va Gorbachev tomonidan imzolangan Oʻrta va yaqin masofa raketalari shartnomasidan ham chiqdi.

2020 yilda Oq Uyda 1992 yildan buyon ilk bor yadroviy sinovlar muhokama qilingani maʼlum boʻldi. Agar ushbu holat oldinroq  yuz berganida bu AQSH, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Frantsiya orasida imzolangan shartnomani buzishni anglatgan boʻlar edi.

2010 yilda imzolangan Strategik hujum qurollari haqidagi shartnoma (SNV-3) taqdiri ham hozircha nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan muzokaralarda AQSH Rossiyaga qoʻshimcha shartlar qoʻydi. Ular orasida bajarib boʻlmaydiganlari ham bor. Masalan Xitoyni ushbu shartnomaga qoʻshish. SNV-3 muddati kelgusi yil fevralida tugaydi. Ekspertlar uning uzaytirilishi dargumon deb hisoblashadi.

Nima boʻlganda ham Ochiq Osmon shartnomasi Donald Tramp maʼmuriyatining soʻnggi qurboni boʻladi deb umid qilamiz. Hozircha Jo Baydenni rasmiy gʻalaba bilan tabriklashga hali erta, lekin uning hukumat boshiga kelishi ehtimoli kun sayin ortib bormoqda.

Yangidan kirish

Ayrim ekspertlar xulosaiga koʻra, Bayden OOShga qaytadan kirish masalasini oʻylab koʻrishi kerak, lekin buning amalga oshishi amri mahol, deb hisoblaydi NIU VSHEning Yevropa va Xalqaro izlanishlar markazi direktori Dmitriy Suslov.

“AQShda bir necha 10 yillar davomida jamlangan aniq tajriba bor: ular qurollarni nazorat qilish borasida biror shartnomadan chiqsa, unga boshqa qaytib kirmaydi”, - deydi mutaxassis. Ustiga- ustak  OOSH boʻyicha Rossiyaga Oq uy va Pentagon tomonidan Obama davrilaridan buyon turzi daʼvolar bildirib kelinayotgan edi.  

Undan tashqari yangi shartnoma Kongressning yuqori palatasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. U yerda aksariyat respublikachilar boʻlgani uchun, bu yangi muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

“Bayden sobiq prezident qarorini bekor qilmoqchi boʻlsa ham - bu bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Ustiga ustak Tramp maʼmuriyati hozir ushbu yoʻnalishda yangi muammolar yaratmoqda: Oq uy Havo kuchlarini kuzatuv parvozlarida foydalanilayotgan samolyotlardan voz kechishni talab qilmoqda”, - deydi PIR markazi konsultanti, Boshqaruv qarorlari qabul qilish markazi katta eksperti Oleg Shakirov.

Uzoq yillar davomida, respublikachilar bosimi ostida Kongress ushbu samolyotlarni zamonaviylashtirishga mablagʻ ajratmay kelayotgan edi. Ushbu samolyotlarsiz OOShga qaytish ham murakkab boʻladi, deb hisoblaydi ekspert.

Ochiq osmon shartnomasiga qarshi boʻlganlar Bayden jamoasida ham bor. Masalan Maykl Karpenter — tashqi siyosat boʻyicha sobiq maslahatchi, u ham AQShning ushbu shartnomada ishtirok etishiga qarshi boʻlgan. Uning fikricha Rossiya OOSH parvozlari orqali amerikaning infratuzilmaviy obʼyektlariga zarar yetkazish uchun maʼlumot jamlamoqda.  

Umumiy xulosa shundan iboratki, Baydenning asosiy gʻoyasi – Yevropa bilan ishonchli munosabatlar oʻrnatish, deydi Shakirov. Yevropa uchun OOShning muhimligini hisobga olgan holda, AQSH vaqti kelib ushbu shartnomaga qaytishi ham mumkin, - ittifoqdoshlari uchun.

Asosiy mavzular