Kim AQShda yetishtirilgan go‘sht bilan o‘zini-o‘zi zaharlamoqda?

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKurinaya okorochka
Kurinaya okorochka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya 8-yil oldin AQSh go‘sht mahsulotlaridan mutlaq voz kechgan edi, sabab – uning tarkibida inson uchun zaharli modda borligida, lekin Kanada, Meksika, Yaponiya va Janubiy Koreya uni sotib olishga majbur.

O‘tgan hafta oxirida tayvanlik deputatlar qiziq tomosha uyushtirishdi: parlamentchilar bir-birlariga ichak chavoqlarni uloqtish yo‘li bilan Amerikadan cho‘chqa go‘shti import qilishga qarshi chiqishdi.

Gap shundaki, Tayvan bosh vaziri Su Chjenchanya mamlakatga AQShda yetishtirilgan cho‘chqa go‘shtini olib kirishga ruxsat bergan. Aksariyat deputatlar va aholi bunga qarshi.

Maso na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston go‘sht bozorida inqirozni kutish kerakmi? Ekspert fikri

Qarshilikka sabab o‘ta jiddiy – Amerika qoramol va cho‘chqa yetishtirishda raktopomin moddadasi yem-xashak tarkibiga qo‘shiladi. Ushbu modda qoramol vazni oshishiga xizmat qiladi.

Lekin,  raktopomin – dunyoning o‘nlab mamlakatlarida ta’qiqlangan. Ular orasida Rossiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy bor. Ushbu mamlkatlarda raktopomin inson sog‘ligi uchun xavfli deb topilgan. Farmokologiyada ushbu modda - beta-adrenergitik agonist deyiladi va odamla tremor, bosh og‘rig‘i, muslkullsar qiqsarishi taxikardiya, qon bosimining oshishi va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Lekin AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya va Janubis Koreyada raktopomin – inson uchun zararsiz deb hisoblanadi va qoramolchilikda muntazam foydalanib kelinadi.

Rossiya ham aynan shu sababli 8-yil oldin amerika go‘shtini olib kirishga ta’qiq qo‘ygan edi. Buning oqibatida katta janjal kelib chiqqan va Vashington Moskvani turli gunohlarda ayblagan edi. Moskva o‘z qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi chorakda aholining go‘sht iste’moli kamaydi – MB

Raktopomin ruxsat berilgan mamlakatlar esa, aksariyati AQShning yaqin yo‘ldoshlaridir. Endi Tayvan ham bosim ostida ruxsat berishga majbur bo‘lmoqda. Tayvan hukumati 2021-yilning 1-yanvaridan amerika go‘shti importiga ruxsat berdi. Endi vazifa Orol aholisini bu to‘g‘ri qaror ekaniga ishontirishdor.

Lekin bu oson bo‘lmaydi, chunki ayni damda jamiyatning aksariyati bunga qarshi – 70%. Muxoliftchi "Gomindan" partiyasi bu ishni oxirigacha yetkazishga bel bog‘lagan. Kerak bo‘lsa hatto referendum tashkil qilish bilan ham po‘pisa qilmoqda. Tayvan hukumati hozircha hech qanday dalillar keltira olgani yo‘q.

Mayli boshqa davlatlarni qadriga bormas ekan, nechga AQSh o‘z aholisiga ham raktopomin bilan boqilgan go‘sht beradi?

Buni tushunish uchun, AQSh asos topgan kunidan boshlab u yerda hukum surayotgan asosiy qoidalar bilan tanishishga to‘g‘ri keladi. Birinchidan, AQShda har bir kishi o‘z xavfsizligi uchun o‘zi javobgar. Jumladan qanday mahsulot iste’mol qilishi ham. Shu sababli ham qurol sotish ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Uchinchidan - tibbiy xizmat. AQShda yuqori sifatli tibbiyot aksariyat hollarda faqat boylarga xizmat qiladi. Kambag‘allar esa o‘z kunini o‘z ko‘rishi kerak. Pandemiya ham buni yaqqol namoyish qildi.

Vernut bejensev v Siriyu: kak pomogayet Rossiya i pochemu SShA meshayut siriysam vosstanavlivat stranu - Sputnik O‘zbekiston
Suriyaning qayta tiklanishi: AQSh qay tarzda bu davlatga oyoqqa turishga halal bermoqda — video

AQShda g‘aroyib kartinani kuzatish mumkin – bu yerda aholining eng kambag‘al qismiga bir vaqtning o‘zida ham ovqat yetishmaydi ham ular haddan ortiq semiz. Sabab – ularning daromadi faqat eng arzon oziq-ovqatga yetadi. Eng arzon mahsulotlarni yetishtirishda esa – zamonaviy texnologiyalar, GMO, kimoviy qo‘shimchalar, antibiotiklar konservantlar, va raktopomin kabi molni “semirtiradigan” xavfsiz qo‘shimchalardan keng foydalaniladi. Qonun esa asosan faqat badavlat ishlab chiqaruvchilarni himoya qiladi.

AQSh bilan hamkorlikning ijobiy va salbiy tomonlariga kelsak – Tayvan misolida ushbu hamkorlikning barcha tomonlarini yaxshigina kuzatish mumkin. Bir tomondan AQShda yuqori texnologiyalar, va iqtisodiy rivojlanish kelsa, boshqa tomondan raktopomin kabi “foydali” qo‘shimchalarga boy go‘shtni sotib olishga majbur bo‘lishadi.

1980 yillarda Yaponiya iqtisodi o‘z cho‘qqisiga chiqqan edi. Oradan 30-yil o‘tib – o‘sha fantastik miqdordagi kapitalning aksariyati – shamolga uchirligan. Aniqrog‘i AQSh oyog‘i ostiga qurbonlik qilingan. Yaponi Amerika qimmatli qog‘ozlarining eng ko‘p miqdorini sotib olgan. Bugungi kunda Tokio ulardan voz kechishga hatto urinib ham ko‘rmayapti.

KXDRda Kim Ir Senning 105-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan harbiy parad - Sputnik O‘zbekiston
AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa vazirliklari KXDR bo‘yicha majlis o‘tkazdi

Koreya Respublikasi ham vaqti vaqti bilan Amerikaga “tovon” to‘lab turadi. Biroz oldin AQSh sudi Samsung korporatsiyasini Appl foydasiga yarim milliard jarima to‘lashga majbur qilgan edi.

Tayvan bo‘lsa, “Xitoydan himoya” qilinayotgani uchun AQShga “yo‘q” deya olmaydi. Yaxshilab qarasa bu ko‘proq reketga o‘xshaydi. Raktopominli go‘sht bu – Amerikaga to‘lanayotgan “tovon”ning birinchisi ham oxirgisi ham emas.

AQShning “kichik hamkorlariga” nisbatan siyosati ko‘p yillar davomida oddiy va samarali edi: u vassalari orasida semirib “yog‘ to‘plagan”larini tanlab olib ketardi, albatta, ularning milliardli kapitallari bilan birga. Bir kun kelib “Bosh cho‘pon barcha qo‘ylarni qassobga topshirishga” qaror qilsachi? Ayrim davlatlarda sodir bo‘layotgan so‘nggi hodisalar diqqat bilan  kuzatilsya ana shunday “ssenariy” ehtimoli yuqori ekaniga “kichik hamkorlarning” o‘zi ham ishona boshlagan ko‘rinadi.

Yangiliklar lentasi
0