14:30 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
114110

Bugungi dunyoda terorchi davlat kim? Nega hech kim uni terrorchilar roʻyxatiga qoʻshmaydi yoki sanktsiyalar kiritmaydi?

Agar biror davlat boshqa davlatlar hududida teraktlar uyushtirsa, unga maʼqul boʻlmagan kishilarni oʻldirsa, uning armiyasi kutilmaganda boshqa davlat hududiga bostirib kirsa, u kim deb ataladi? Terorchi davlat, albatta. Agar uning qoʻlida atom bombasi boʻlsa-chi? Atom bombasi bor terrorchi davlat. Bunday davlatga jazo berish kerakmi? Albatta – toʻgʻridan-toʻgʻri javob berishning iloji boʻlmasa, xalqaro sanktsiyalar bilan, terrorchilar roʻyxatiga qoʻshish bilan. Axir terrorchilik insoniyatning asosiy dushmani-ku. Nima boʻlganda ham bizga salkam 20 yildan buyon (AQSH 09.11 voqealaridan soʻng) shunday deb kelishmoqda.

Lekin biror kim Isroil yoki AQShni terrorchi deb koʻrsinchi, darhol unga “amerikafob va antisemit” tamgʻasi bosiladi. Chunki siz Isroilning “oʻz dushmanlarini qayerda boʻlmasin va qachon boʻlmasin oʻldirish huqiqiga” qarshi chiqmoqdasiz.

Tseremoniya proщaniya s iranskim uchenыm-yaderщikom Moxsenom Faxrizade v Tegerane
REUTERS / WANA/Khodabakhsh Malmir
Yadro-fizikasi olimi Moxsen Faxrizodaning dafn marosimi

Ha. Gap oʻtgan haftada eron yadrochi olimi Muhsin Farizodaning oʻlimi haqida ketmoqda. Uni Tehron yaqinida terakt oqibatida oʻldirishdi. Isroil ushbu voqeaga izoh berishdan bosh tortgan boʻlsa-da, dunyoda ushbu qotillik ortida Isroil maxsus xizmatlari turganiga shubha qilmaydi, chunki ushbu davlat Eronning bir necha yadroviy fizika olimlarini oʻldirgan va Faxrizodaga ham bir necha bor suiqasd uyushtirgan edi.

Lekin Eron ushbu qotillik uchun qasos olishiga hech kim ishonmaydi. Chunki yil boshida amerikaliklar Bogʻdod yaqinida general Qosim Sulaymoniyni oʻldirishganida ham Eronning qasosi unchalik kuchli boʻlmagan edi. Ular Iroqdagi AQSH bazasiga hujum qilishdi, lekin harbiylar uni tark etishgan edi. Buni tushunish uchun Eronga yaxshiroq nazar tashlash kerak.

Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda
© AFP 2018 / TAUSEEF MUSTAFA
Qosim Sulaymoni oʻldirilishiga qarshi namoyish

Bir necha oʻnlab yillar davomida Eron Gʻarb va Isroilga qarshi maʼnaviy kurash olib bormoqda. Islom revolyutsiyasidan soʻng Eronda – saylov demokratiyasiga asoslangan teokratiya tuzimi oʻrnatilgan edi. (teokratiya – dunyoviy va diniy hukumat mujassamlashgan davlat tuzimi).

SSSR va kommunizm tizimi qulaganidan soʻng, dunyoda gʻarb hayot tarzi va isteʼmolchilik roli keskin oshdi. 1990 yillardan soʻng Gʻarbiy globalizm va texnokratiyaga qarshi yagona alternativ mafkura – Eronning islomiy davlat va jamiyat modeli boʻlib qoldi. Albatta. Har qanday buyuk qadimiy xalqlarda boʻlgani kabi, eronliklarda insoniyatni qutqarib qoluvchi “xalaskorlik” hissi bor.

Eronliklar musulmonlikning kam sonli hisoblangan shia mazhabiga mansub boʻlsada – ularning barcha maqsadlari umumislomiydir. Islom dini bugungi kunda dunyoda 1,5 – 2 milliard musulmonlarni birlashtirgan.

Atlantika davlatlari globalistlari uchun islomiy jamiyatlar juda noqulay, chunki ular anʼanaviy qadriyatlarga asoslangan boʻlib, ularni “faqat isteʼmol va hayot zavqlariga” yoʻnaltirishning iloji yoʻq.

Albatta, islom dunyosi koʻplab boʻlaklarga boʻlingan, siyosiy jihatdan islomning ichki mazhablari jihatidan ham. Ularni oʻzaro urishtirib yoki ular orasida boshqarish mumkin boʻlgan kuchlar tarbiyalash yoʻli bilan ularni boshqarish mumkin. Gʻarb soʻnggi bir necha yillar davomida aynan shu ish bilan shugʻullanib kelmoqda, ularning asosiy maqsadi islomiy davlatlar orasida barchani oʻz ortidan boshlashi mumkin boʻlgan yagona lider paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik.  

Eron boʻlsa, nafaqat oʻz mustaqilligi uchun, balkim islomga qarshi uyushtirilayotgan fitnalarga qarshi turish uchun barcha musulmonlarni birlashtirish uchun harakat qilmoqda. Eronning Gʻarbga qarshi kurash timsoli bu – Iyerusalim shahri uchun kurashdir. Gʻarb va Isroil bir necha yil oldin uni musulmonlardan tortib olgan edi. Marhum general Sulaymoniy qoʻmondonlik qilgan harbiy boʻlinma bekorga "Al-Quds" (Quddus) deyilmagan. Bu Iyerusalimning oldingi arabcha nomidir.

Mana 50 yildan ortiq vaqt davomida Isroil Sharqiy Falastinni egallab olgan va uni BMTning har qanday sanktsiyalariga qaramasdan uni boʻshatishdan voz kechmoqda. Agar Isroil “kuch kimda boʻlsa oʻsha haq” degani boʻlsa, unda Isroil raqibning qarshiligiga va hayron boʻlmasligi kerak.

Anglosaks OAVlari Eron “Hizbulloh”ni qoʻllab quvvatlamoqda, deb jar solsa, ularsha bir narsani tayin aytish kerak. Hizbulloh –  bu qurollangan terrorchilar guruhi, yoki partiya emas. Bu qoʻshni Livan davlatining shia musulmonlaridan iborat koʻngillilar tashkiloti. Unga mamlakatning aksariyat aholisi aʼzo boʻlgan. Faqat davlat boshqaruvida ularning vakillari yoʻq. Eron nafaqat Hizbullohdagi shialarni balkim Falastindagi sunniylarni ham qoʻllab quvvatlamoqda. Isroilning bosqinchiligiga bundan boshqa yana qanday javob berish kerak? Musulmonlar Al-Quddus va Al-Aqso masjidlarini shunday berishadi deb oʻylash xato boʻladi.

Bunga javoban AQSH va Isroil har qadamda Eronni yomonlab, uni terrorchiga chiqarishmoqda. Uni terrorchilarni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyishgan, unga qarshi xalqaro sanktsiyalar kiritishmoqda. Nima sababdan xalqaro deysizmi? Chunki ular “Eron atom bombasi yasamoqda”  deb butun dunyoni qoʻrqitib olishgan. Isroil boʻlsa, 2003 yilda AQSH Iroqqa hujum qilganidan soʻng bir necha barobar AQSH-Eron urushini boshlashga, hech boʻlmasa AQSH kuchlari Eronga zarba berishi uchun turli igʻvolar tashkil qilishda charchamayapti.

Eron boʻlsa bir necha yildan buyon butun dunyoga atom bombasi yaratish niyatida emasligini aytib kelmoqda. Ayatolla Homayni 2013 yilda “yadroviy qurol islomga muvofiq emas”, deb fatvo chiqargan edi.  

Lekin Eron baribir sanktsiyalar ostida yashashga majbu boʻlmoqda. Ular nafaqat qurol-yarogʻ balkim neft savdosi va iqtisodning boshqa sohalariga ham taaluqli boʻlib qolmoqda. Lekin cheklovlarga qaramasdan Eron qoʻshni Livanda oʻz pozitsiyalarini kuchaytirib, Suriyaga yordam berish uchun qoʻshinlar yubordi.

2015 yilda Rossiya yordami bilan Eron yadroviy dasturi imzolangan edi. Eron sanktsiyalardan ozod boʻlishiga bir bahya qolgandi, Iroil Trampni gij-gijlab AQShni ushbu shartnomadan chiqarishga muvaffaq boʻldi. Yanvarda era Tramp Sulaymoniyni oʻldirishga buyruq berdi. Ushbu qotillik – aslida butun dunyoga juda qimmatga tushishi mumkin boʻlgan provokatsiya edi.

Eron AQSH va Isroil kabi oʻzini “beaql” tutganida, genreral oʻlimi uchun qasos olishga kirishardi va yangi jahon urushi boshlanishi mumkin edi. Lekin Eronda yuqoridjagi ikki davlat kabi “jazosizlik” hissi yoʻq va asosiysi, unda – uzoq muddatli strategiya bor: Eron kelajakda islom dunyoning yetakchisiga aylanishi mumkin.

Nega deganda, Gʻarb – Yaqin Sharqdan baribir ketadi. Ularga doʻst tutingan badavlat arab davlatlari rahbarlari esa oʻzlarning hayot tarzi, amerikaliklar “nogʻorasi ostida oʻynashi”  bilan – oʻz xalqlari va boshqa musulmonlar orasida hurmatini yoʻqotib boʻlgan. Ulardan hech biri Al-Quddus uchun kurashayotgani yoʻq.

Erondan boshqa faqat Turkiya prezidenti bugungi kunda umumislomiy qadriyatlar haqida gapirmoqda. Lekin Amerika va Gʻarb Turkiyani osongina yengish mumkin deb hisoblaydi. Ularning fikricha u yerda prezidentni almashtirsa – ish bitadi. Shu sababli ular Turkiyada davlat toʻntarish va saylov uyushtirishga harakat qilishmoqda. Eron esa – oʻnta prezident almashsa ham oʻz yoʻlidan qaytmaydi. Shu sabab u yerda Sulaymoni va Faxrizade kabi kishilarni oʻldirishmoqda.

Lekin Faxrizodaning oʻldirilishi ham hech narsani oʻzgartirmaydi. Uning oʻrniga boshqasi keladi va uning ishini davom ettiradi. Eron raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etadi. Demak Eronda bir kun kelib atom bombasi baribir yaratiladi.

Undan ushbu qotillikdan qanday foyda? Aslida bu haqiqiy provokatsiya. Isroil Eron ushbuga javoban biror hujum uyushtirishini juda ham xohlamoqda. Agar shunday boʻlsa AQShning Eronga javob zarbasi oqlangan boʻladi. Netanyaxu mana 15 yildan buyon AQShni ana shunday zarbaga gij-gijlab kelmoqda. Lekin bu safar ham uning rejalari amalga oshmaydi.

Birinchidan, Eron bu igʻvo ekanini juda yaxshi tushunib turibdi. Ikkinchidan, Tramp Yaqin Sharqdan qoʻshinlarni olib chiqishga va umuman AQSH aralash boʻlgan harbiy mojarolar sonini kamaytirishni vaʼda bergan. Undan tashqari AQShning boshqa yirik siyosatchilari, masalan, sobiq vitse-prezident Dik Cheyni, ham Eronga zarba berish – Armageddon boshlanishi ekanini yaxshi tushunishadi.

Eronga hujum – Yaqin Sharqda katta urush boshlanishiga olib keladi va ushbu urushda barcha, jumladan uning boshlanishiga sababchi boʻlganlar ham kuyib kul boʻlishi aniq.

Eron esa oʻz yoʻlidan toʻgʻri ketishda – islom dunyosida Falastin va Al-Quddus uchun kurashayotgan kuchlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Ertami kechmi Isroil okean ortidagi doʻstidan mahrum boʻladi va bu jang uning magʻlubiyati bilan tugaydi.

Uni atom bombasi emas – nohaqlik oʻldiradi.

Asosiy mavzular