13:08 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
102210

NATOning Qora dengizga kirishdan maqsadi - Rossiyaning Kavkazda roli kuchayishiga va Rossiya-Turkiya hamkorligiga toʻsqinlik qilishmi. Ekspertlar fikri.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik, Galiya Ibragimova. Jo Bayden Oq uyga kelishidan oldin Shimoliy Atlantika alyansida islohotlar boshlanmoqda. Yaqinda aʼzo davlatlar TIVlari ishtirokida boʻlib oʻtgan sammitda tashkilotning asosiy printsiplari va ish tartibi qayta koʻrib chiqildi. Hammasi oʻzgargan boʻsada alyansning asosiy dushmanlari – Rossiya va Xitoy oʻzgarishsiz qoldi.

NATOni yangi inqirozlarga muvofiqlashtirish

Yens Stoltenberg alyans tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik koʻrdi. Bu yangi yil boshida NATO davlat rahbarlari uchrashuvi oldidan boʻlib oʻtadigan soʻnggi va yakuniy ish sammiti boʻldi. Unda ishtirokchilar jamlanib qolgan savollarga javob topish va yangi ishtirokchilarning kutilmagan harakatlariga tayyor turishni anglatadi. Bunday “sovgʻalar” boʻlishiga shubha qilmasa ham boʻladi.

Masalan, oʻtgan yilgi sammit vaqtida Emmanuel Makron NATO bosh miyasi oʻlganini taʼkilagan edi. Bu majlisda diskussiyaning asosiy mavzusiga aylangan va barcha rejalarni chalkashtirib yuborgan edi. Chunki alyans aʼzolari darhol blok ichida hamma ishlar joyida ekanini isbotlashga kirishgan edi.

Transatlantik hamkorligiga ishonmaganlardan biri Donald Tramp edi. Rossiya va Xitoyga qarshi alyansni saqlab qolish kerak degan takliflarga, Tramp dastlab alyansga toʻlanadigan badallarni oshirishni talab qilgan edi. Tashqi xavfga qarshi faqat Amerika kurashayotganini AQSH prezidenti samarasiz deb hisoblashini aytgan edi.

Boʻlajak sammitda esa AQSH nomidan Jo Bayden ishtirok etadi. Stoltenberg xulosasiga koʻra Bayden NATOni avvalgi normal holatiga qaytarishiga va Amerika NATO bilan hamkorligi muhim ekanini qayd etishiga umid bildirmoqda.

Sammit oldidan bosh kotib tahlilchilarga murojaat qilib, tashkilot ichidagi muammolarni oʻrganib, ularni hal qilish uslublarini taklif qilish va yaqin 10 yillik reja tuzishini soʻragan. Bularning hammasi "NATO-2030" deb nomlangan edi.

Gruziyada Munosib sherik - 2020 mashqlari yakunlandi. NATO harbiylari mamlakatda nima qildi?
Ruptly / Associated Press

Alyans muammolarini oʻrganish bilan TIV rahbarlari shugʻullanishdi. Frantsiya va barcha aʼzolar tashkilotning “miyasi oʻlmaganini” lekin islohotlar kerakligini tasdiqlashdi.

“Himoya ittifoqini yangi xalqaro vaziyatga moslashtirish kerak. Mojaroli holatlarda, bu hatto eng asosiy printsiplarga zid boʻlsa ham,  NATO tezkor va birlashgan holda harakat qilishi kerak”, - deyligan yakuniy tahliliy hujjatda.

Hisobot mualliflari taklif qilgan asosiy oʻzgarish – NATOdagi veto huquqini qayta koʻrib chiqishdir. Ayni damda tashkilotning barcha aʼzolari ushbu huquqqa ega. “Agar qarorlarni hamma bir ovozdan maʼqullash talabi cheklansa, alyans ichidagi tanglik yengillashadi”, - deb xulosa qilishgan dokladchilar.

Barcha vazirlar ularning fikriga qoʻshilishdi, lekin  bunday gʻoyalarni novatorlik deb atashdi.

Yana “Moskva qoʻli”

Lekin tashqi xavflar borasida barcha ishtirokchilar yakdillik bildirishdi: transatlantika ittifoqiga eng katta xavf bu - Rossiya va Xitoy tomonidan.

“Moskva oʻz yadroviy arsenalini yangilamoqda va yangi raketalarni Shimoldan Suriyagacha va  Liviyagacha joylashtirmoqda. Togʻli Qorabogʻdagi mojaro oqibatida ham ushbu hududda Rossiya ishtiroki kuchaydi”, - deydi Stoltenberg.

“Kreml sobiq Ittifoq respublikalari ustidan gegemoniyaga erishmoqchi va ularning suverenitetiga putr yetkazmoqda. NATO doimiy agressiv boʻlgan Rossiya bilan raqobat qilish uchun yangi muhitga moslashishi kerak”, - deyilgan bosh kotib hisobotida.

“Rossiya xavfi”ni zararsizlantirish boʻyicha ishlab allaqachon boshlab yuborilgan. Buning dalili sifatida Stoltenberg Gruziya va Ukrainani misol qilib keltirdi. Hozir ikkala davlat ham Alyansning kengaytirilgan imkoniyatli aʼzosiga aylanishgan. Bu Gʻarbning razvedka maʼlumotlari va ilgʻor texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi, lekin blokning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishga imkon bermaydi.

Rossiyani ushlab turish maqsadida Alyans Qora dengizda ishtirokini ham kengaytirmoqchi. Bu “Rossiyaning Qrimda kuch toʻplashiga javob boʻladi”. Tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

“NATOning Qora dengizdagi harakatlari OBSE mazmunini oʻldirmoqda. Ular yagonalik va boʻlinmaslik printsiplariga mensimasliq qilishmoqda”, - dedi Rossiya Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmita raisi Konstantin Kosachev.

Qora dengizdagi ustuvor vazifalar

“Hozir NATOning asosiy vazifasi – AQSH prezidenti almashishiga tayyor boʻlishdir. Blokda Bayden tashkilot jipslashishiga yordam berishiga va Tramp tufayli paydo boʻlgan muammolar yoʻq boʻlishiga ishonishadi. Lekin yangi prezident ham alyan byudjetiga barcha aʼzolar YAIMining 2% ini toʻlashi kerak, deb talab qilishda davom etishi mumkin”, - deydi Rossiya xalqaro ishlar kengashi direktori Andrey Kortunov.

Siyosatchi xulosasiga koʻra, Bayden kelishi NATO va Rossiya munosabatlaridagi taranglikni kamaytirmaydi, lekin Moskva koʻplab xalqro mojarolarga jalb qilinganini hisobga olgan holda, alyans oʻzaro muloqotni inkor qila olmaydi, - hech boʻlmasa harbiylar darajasida.

Rossiyaning Kavkazda taʼsiri ortib borishi bilan, NATO Qora dengizga kelgisi kelib qolgan.

“Togʻli Qorabogʻga Rossiya harbiylarining kirishi Gʻarbning eʼtiboridan chetda qolmadi. Bu hudud Qora dengiz yaqinida joylashgan, NATO uni oʻz manfaatlari hududi deb hisoblaydi. U yera Moskvaning kuchayishi ular uchun navbatdagi chaqiriq. Shuning uchun ham ular Qora dengiz hududiga koʻproq diqqat qilishmoqda”, - deydi Kortunov.

Lekin ushbu dengiz hududida Rossiya NATOning yagona raqibi emas. Bu yerda ularning kuchayishi nafaqat Moskva balkim Anqaraga ham qarshi qaratilgan boʻlishi mumkin. Turkiya blok aʼzosi boʻlishiga qaramasdan, koʻplab maslalar boʻyicha boshqacha fikrga ega. Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Gretsiya, Frantsiya, Germaniya va AQSH bilan ham qarama-qarshiliklari bor. Ularning yana bir maqsadi – kelajakda Rossiya va Turkiya yaqinlashuvini oldini olishdir”.

NATOinng Qora dengizga kelishini Ukraina ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Bunda ular asosiy sabab qilib - Rossiyaning Qrimda harbiy jihatdan kuchayishi koʻrsatilgan.

“Yarim orolda harbiy obʼyektlar qurilishini Kiyev transatlantika uchun navbatdagi xavf deb talqin qilmoqda. Ukraina – Qrimda Rossiya jangovar tizimlarining joylashtirilishini – katta eʼtibor talab qiladigan muammo deb koʻrsatishda davom etadi”, - deydi Kortunov.

Illyuziyalar bilan xayrlashing

NATOning Qora dengiz hududiga boʻlgan eʼtiborini Tbilisi ham qoʻllab quvvatlaydi, deb hisoblaydi Gruziya jamoat ishlari universiteti  professori Tornike Sharashenidze. Bunga sabab - Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiylaridir.

“Gruziya NATOga oʻrta muddatda ham aʼzo boʻla olishiga umid qilmaydi. Lekin  blok bilan hamkorlikni kengaytirish tarafdoridir”, deydi Sharashenidze.

Togʻli Qorabogʻdagi urush Rossiyaning Kavkazdagi rolini kuchaytirdi. Armanistonning ittifoqchisi bor – bu Rossiya. Ozarbayjonda – Turkiya bor. Gruziyada – esa hech qanday ittifoqchi yoʻq, demak u faqat NATOdan umid qilishi mumkin.

Lekin na Gruziya na Qora dengiz hududi NATO uchun hozir usuvor vazifa emas. Eng asosiy muammo – Bayden bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish. Kelgusi yil boshida boʻlib oʻtishi kutilayotgan sammit – birinchi sinov boʻladi.

Asosiy mavzular