09:43 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
109510

Bokuda Togʻli Qorabogʻdagi gʻalabaga bagʻishlangan harbiy paradga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Paradda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning qatnashishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Bokuda 10 dekabr kuni oʻtkaziladigan harbiy parad Togʻli Qorabogʻdagi Ozarbayjon zafari va Turkiyaning mintaqaviy harbiy muvaffaqiyatidan darak beradi. Paradda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning qatnashishi Janubiy Kavkaz va Kaspiyboʻyi mintaqasida  NATO taʼsiri kengashishini ifodalaydi.

Bokuda Togʻli Qorabogʻdagi gʻalabaga bagʻishlangan harbiy paradga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Marosim 10 dekabr kuni 3000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar va 150 donaga yaqin jangovar texnika ishtirokida boʻlib oʻtadi. Shuningdek, paradda “Vatan urushi vaqtida” dushmandan tortib olingan harbiy yutuqlar qismi taqdim etiladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Respublikasida Gʻalaba kunini belgilash toʻgʻrisida farmon berdi. Davlat OAVlari bu gʻalabani koʻp asrli milliy tarixdagi eng muhim voqea deb taʼriflashmoqda. Ozarbayjon davlat axborot agentligi yozmoqda: “Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻanning Gʻalaba Paradidagi minbarda faxriy mehmon sifatida qatnashishi – bu turk birodarligining koʻrinib turgan tasdigʻi”.

Avvalroq Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar harbiylarga taʼlim berish, jumladan, qoʻshma mashgʻulotlar shaklida Ozarbayjonga yordam berish davom ettirilishi haqida gapirgandi.  Shunga qaramasdan Anqaraning arman tomoni bilan qurolli toʻqnashuvdagi qardoshlik koʻmagini unchalik ideallashtirmaslik zarur. Turkiya Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining aʼzosidir. Tashkilotning asosiy vazifasi kuchlarni proyektsiya va sayyoradagi energiya resurslarini nazorat qilishdir, Ozarbayjonning esa juda koʻp neft va gazi bor.

Jangovar birodarlik

Qorabogʻda 44 kun davom etgan jangdan soʻng Ozarbayjon va Armaniston Rossiya vositachiligida oʻt ochishni toʻliq toʻxtatishga kelishib oldi. Mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari ish olib bormoqda, oʻq ovozi eshitilmaydi, lekin vaziyat toʻliq barqarorlashiga qadar ancha vaqt bor.

Parallel ravishda Ozarbayjonda Qorabogʻdagi vaziyatni monitoring qilish uchun rus-turk qoʻshma markazi tashkil etilmoqda. Turk sapyorlari boʻlinmalari ozarbayjonlik hamkasblariga minalardan tozalashda yordamlashmoqda. Umuman olganda Janubiy Kavkazda Turkiyaning harbiy siyosiy taʼsiri sezilarli oshdi. Uni Markaziy Osiyo mamlakatlariga kengaytirishga urinish ehtimoli ham bor.

Avvalroq Sputnik jangovar harakatlarda ishtirok etgan suriyalik turkparast jangari turkomanlar (turklarni xush koʻruvchilar) Togʻli Qorabogʻda joylashishi ehtimoli haqida yozgandi. Ular sulh toʻgʻrisidagi bitim imzolangan soʻng ham vataniga qaytishga shoshmayapti. Bundan tashqari, Turkiyaning “ikki mamlakat – bir xalq” tashqi siyosiy kontseptsiyasi toʻgʻri va mustahkam boʻlsa, “ikki mamlakat – bir armiya” va yagona qoʻmondonlik markazi mantiqli davom boʻladi. Mintaqadagi “katta ogʻasi” Erdogʻanning iqtisodiy va harbiy siyosiy manfaatlarini himoya qilish uchun ozarbayjon tomoni alyansga kirish yuridik rasmiyatchiligiga toʻliq rioya qilish shart emas. Ehtimol, munosabatlarning banday koʻrinishida Ozarbayjon bir oyogʻi bilan allaqachon NATOda turibdi. Anqara oʻtmishdagi Usmoniylar imperiyasi buyukligini qayta tiklashga intilmoqda. Bryussel va Vashington bavosita (Anqara orqali) mushkul va qaynoq mintaqada Ozarbayjon armiyasini “boshqarish” nafsiga dosh bera oladimi?

Iqtisodiy bosim

Turkiya 9 noyabrdagi bitimni rasman maʼqulladi, biroq Rossiya tinchlikparvar kuchlari amaliyoti umidlarini puchga chiqardi. Qorabogʻ ustidan toʻliq nazoratni qaytarish vazifasi hal qilinmagan. Anqari Ozarbayjonga qoʻshin yuborishga hozir. Bu turk parlamenti qarori bilan kelajakda amalga oshirilishi belgilangan. Oʻylaymanki, turk armiyasidagi koʻpchilik Rossiya harbiy xizmatchilari ulardan gʻalabani “oʻgʻirladi” deb hisoblashadi. “National Interest” AQSH nashri yozadi: Ozarbayjonliklar 10 noyabrni Qorabogʻ urushida Armaniston ustidan qozonilgan gʻalaba kuni sifatida nishonlashadi. Biroq zafarning sarxushlik hissi oʻtmishda qoladi, ular bu haqiqiy Ozarbayjon mustaqilligining yakuni boshlanishi ekanini tushunishadi”. Ammo Erdogʻanning “neousmoniylar orzusi” ozarbayjonliklar baxtiga hozircha iqtisodga urilib parcha-parcha boʻlmoqda. Suriya, Liviya, Iroq, Sharqiy Oʻrta Yer dengizi va Janubiy Kavkazdagi harbiy amaliyotlar arzonga tushmayapti.

Turkiyaning tashqi qarzi 421 mlrd dollarga yetdi, shundan 181 milliardi bir yil ichida toʻlanishi lozim. Soʻngi uch oy ichida turk lirasi dunyo valyutalariga nisbatan 15 foizga (yil boshidan buyon 25 foizga) arzonlashdi. Turkiya eksporti koronavirus epidemiyasi sabab birinchi yillikda 26 foizga quladi. Gʻarb tahlilchilari qiyin iqtisodiy vaziyatda Anqara ertagayoq Bokudan Qorabogʻdagi harbiy yordam evaziga arzon energiya resurslari tariqasida tovon talab qilishini istisno qilishmayapti. Bu yerda strategik ziddiyat pinhon, axir Ozarbayjon oldinda turgan 5 yillikda, avvalo, qayta qoʻlga kiritgan yetti tumanlarni qayta tiklashi va obod qilmogʻi zarur (bunga 10 milliard dollarcha mablagʻ kerak boʻladi). Ozarbayjon OAVlari 9 noyabrdan keyin milliy armiyaning mustaqilligi va Bokuning Togʻli Qorabogʻdagi mustaqil harbiy gʻalabasiga eʼtibor qaratayotgani bejiz emas. Boshqa tomondan, Rossiyaning strategik manfaatlarini inobatga olish darkor. Janubiy Kavkazdagi katta oʻyin davom etmoqda.

Teglar:
Armaniston, Ozarbayjon, Togʻli Qorabogʻ, Toyib Erdoʻgʻon

Asosiy mavzular