17:15 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)
206950

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlat yetakchilari Oʻzbekistonni tashkilotga kuzatuvchi-davlat sifatida qabul qilinishini maʼqulladilar.

Respublikaning strategik hujjatlari shuni koʻrsatadiki, bu - YEOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdagi birinchi qadam. 2021 yil davomida tashkilot bilan imtiyozli (preferentsial) savdo toʻgʻrisida bitim tayyorlash, 2025 yilgacha - toʻlaqonli aʼzolik masalasini hal qilish rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi, YEOII davlatlari bilan "oʻralgan" Tojikiston istiqbollari toʻgʻrisida koʻndalang savol qoʻyiladi. Shu sababli Dushanbe ham kengayib borayotgan integratsiya birlashmasi bilan oʻzaro hamkorlik modelini ishlab chiqishi zarur. Bu bilan oʻz iqtisodiy muammolarini hal qilish yoʻllarini izlashi kerak.

Flagi stran YEAES. Arxivnoye foto
Press-slujba pravitelstva / Sabыr Ailchiyev

Iqtisodiy zichlik

Oʻzbekiston ham, Tojikiston ham demografik muammolarga dosh berolmayapti. Mehnatga layoqatli aholi iqtisodiyotga va ish oʻrinlari soniga nisbatan tezroq oʻsib bormoqda va ikkala davlatni mehnat migratsiyasiga qaram qilib qoʻydi. Bunda, migratsiya asosan YEOII davlatlariga toʻgʻri kelmoqda: Rossiya va Qozogʻiston. Jahon Banki va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining statistika departamenti tomonidan olib borilgan soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, migrantlarning pul oʻtkazmalari Oʻzbekiston YAIMning kamida 13,4 %ini va Tojikiston YAIMning 31 %idan koʻpini tashkil qiladi.

Oʻzbekistonda har yili oʻrtacha mehnatga layoqatli, ammo mamlakatda ish topa olmayotgan 60 ming kishi qoʻshiladi. Ishsizlik muammosini mustaqil ravishda hal qilish uchun Toshkent har kuni 1,5 mingga yaqin ish oʻrni yaratishi kerak edi (!). Buni amalga oshirish mutlaqo imkonsiz, chunki hozirgi ish bilan taʼminlash dasturi ham mavsumiy past stavkalarni hisobga olgan holda 300 tadan kam ish oʻrinni beradi.

Tojikistonda vaziyat biroz yaxshiroq. TR statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2010-2018 yillarda mehnatga layoqatli aholi 925 ming kishiga, ish bilan band boʻlganlar esa 193 ming kishiga oʻsdi. Respublikaning ishsiz mehnatga layoqatli aholisi soni 1,7 million kishini yoki umumiy aholining 18 foizini tashkil etadi. Bu maʼlumotlar pandemiyaga qadar boʻlgan davrga taalluqli, hozir esa ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq vaziyat yomonlashdi.

Faqatgina ishsizlikning oʻsishini sekinlashtirish uchun Tojikiston har kuni 280 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratishi kerak. Xitoyda boʻlgani kabi, aholi sonining oʻsishini mexanik ravishda cheklashga urinish, toʻgʻri kelmaydi. Muammolar hozir dolzarb boʻlib, demografik siyosatdagi oʻzgarishlar kechiktirilgan effektga ega - kamida 10-20 yil. Agar ular umuman samarali boʻlsa.

Demak, Oʻzbekiston va Tojikiston bir xil muammolarga duch kelmoqda, ular uchun tor yechimlar toʻplami mavjud: ishchi kuchini eksport qilish, koʻproq kapital olish va ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun yangi bozorlarga chiqish. YEOII - yagona harakat yoʻnalishi, unda katta kuchlanishsiz, bu barcha imkoniyatlar ochiladi.

Integratsiya nima beradi?

Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishidan kutilgan samarani Bozor integratsiyasi institutidan (Myunxen) iqtisodchi Yuriy Kofner modellashtirdi. Uning hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston YAIM qisqa muddatda ittifoqning boshqa davlatlariga tovarlarni eksport qilish hajmining oʻsishi hisobiga 1,6 %ga oʻsishi va mehnat migratsiyasi hisobiga yana 2,4 %ga (1,2 milliard dollar) oʻsishi kerak. Tojikiston koʻrsatkichlari yanada koʻproq boʻlar edi - YAIMning kamida 6,3 %ga oʻsish. Shuni taʼkidlash kerakki, bu faqat dastlabki 1-2 yil natijalari, keyinchalik esa daromad yanada oʻsishi kerak.

Nima uchun bu qadar tez oʻsmoqda? Bu, masalan, dvornik boʻlib ishlaydigan kishi, kollej yoki universitetda olgan mutaxassisligi boʻyicha ish boshlagani kabi. Men alohida mehnat migrantlarining holati haqida gapirmayapman. Butun davlatlar va milliy iqtisodiyotlar xuddi shunday vaziyatga tushib qolmoqda.

Hozirgi bir qator mustaqil mamlakatlarning sanoatlashuvi va jadal rivojlanishi tarixning soʻngi imperiya va sovet davriga toʻgʻri keldi. Sanoat tarmoqlari - yirik iqtisodiy mexanizmning bir qismi sifatida iqlim, tabiiy resurslar, demografik holat va aholining moyilligini hisobga olgan holda rejalashtirilgan va yaratilgan. Ular aynan birgalikda samarali ishlagan.

Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, alohida respublikalarning iqtisodiyoti butun umr zavodda ishlagan tokarchi yoki frezerchi holatiga tushib qoldi, keyinchalik esa - u barcha tsex va ishchilari bilan birga havoda erib ketdi.

Boshqa ishlab chiqarish yoʻq, va shartli “tokarchi” pensiyaga chiqishdan avval "gruzchik" boʻlish ishlashga yoki mayda remont bilan shugʻullanishga majbur. Biroq ishlab chiqarishni tiklash orqali eski hayotga qaytish mumkin.

Katta hayot

Aniq raqamlarni koʻrib chiqaylik. Rossiyada ishlayotgan tojikistonliklar yiliga 2,6 milliard dollarni (2019 yil maʼlumotlari) uylariga oʻtkazadi. Respublika hukumati rasmiy maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada ularning soni 500 mingdan kam, muqobil hisob-kitoblarga koʻra esa 1,2 million kishi tashkil qiladi.

Oddiy hisob-kitoblar yoʻli bilan biz bir kishi uchun yiliga 2,1-5,3 ming dollar miqdorida pul oʻtkazmalarini olamiz, vatanida bitta tojikistonlik uchun YAIM darajasi 3 ming dollarni tashkil etadi (2018). Agar ish beruvchining daromadi va mehnat migrantining oʻzi hayoti uchun hech boʻlmaganda shu miqdorda yoki yarmini sarflasa, u holda Rossiya iqtisodiyotida, noqulay sharoitlarda ham pul ishlash imkoniyati vatanidan koʻra, ancha yuqori koʻrinadi.

Nima uchun? Bu katta ishda ishtirok etishning samarasi. Masalan, Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar 2018 yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun 10 ta yirik sport obʼyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilishda ishtirok etishdi. YEOII davlatlarida boʻlish hisobiga odamlar bunday keng koʻlamli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi - ulardan foyda koʻradi.

YEOII davlatlariga ketgan va u yerda biznesda katta yutuqlariga erishgan, kapitali 1 milliard dollardan oshadigan kamida uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi Forbes jurnali roʻyxatiga kiritilgan. Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada dollarlik millionerga aylangan respublika 100 nafar fuqarosi haqida maʼlumot toʻpladi. Minglab odamlar karyera qildi va milliy iqtisodiyotda umid qilmagan darajada koʻproq boylikka erishdi.

Hozirda YEOII Singapur, Vyetnam, Eron va Serbiya bilan erkin savdo zonalari toʻgʻrisida shartnomaga ega. Yana 7 ta davlat, shu jumladan Xitoy va Isroil shunday iqtisodiy zonalar tashkil qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Yaponiya, Janubiy Koreya va Chili kabi 50 ta davlat Yevroosiyo ittifoqi bilan hamkorlik formatlarini muhokama qilmoqda.

Loyihaga Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshiladimi - bu ushbu davlat rahbariyatining ishi. Ammo har yili ikki respublikaning millionlab fuqarolari Rossiya va Qozogʻistonga ishlash uchun ketib, YEOIIni tanlamoqda. Ular hozirning oʻzida yangi iqtisodiy reallikka kirishmoqdalar.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (65)

Asosiy mavzular