Okeandagi qalqon: Rossiya harbiy dengiz-floti 2020-yilda qanday o‘zgardi

© Press-slujba Severnogo flota / Mediabankka o‘tishTajeliy avianesushiy kreyser "Admiral Kuznetsov" i vertolet Ka-29 Voorujennix sil RF v Sredizemnom more
Tajeliy avianesushiy kreyser Admiral Kuznetsov i vertolet Ka-29 Voorujennix sil RF v Sredizemnom more - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy-dengiz floti 2021-yilni sezilarli darajada mustahkamlangan, son va sifat jihatidan o‘sgan holda kutib olmoqda.

Eng zamonaviy qurol-yarog‘, qit’alararo logistika va kosmik razzvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan Rossiya Harbiy-dengiz flotining (HDF) kemalari, dengiz aviatsiyasi hamda qirg‘oq qo‘shinlari mamlakatning suv chegaralarini ishonchli qo‘riqlamoqda.   

Raketalar bilan jihozlangan suv osti atom kreyserlari Jahon okeanlarining belgilangan hududlarida rejaga muvofiq jangovar xizmatni olib bormoqda.

Rossiya qalqoni

Rossiya HDF 2020-yilda 40ga yaqin suv usti va suv osti harbiy kemalari, ta’minlov kemalariga ega bo‘lishdi. Ular orasida "Bulava" nomli qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan "Borey-A" loyihasiga mansub bosh atom suv osti kreyseri  "Knyaz Vladimir" ham bor.

Pusk modernizirovannoy protivoraketi sistemi PRO na poligone Sari-Shagan - Sputnik O‘zbekiston
Himoya qalqon qudrati: Rossiya yangi raketaga qarshi tizimi sinovdan o‘tkazdi

Amerikanining Military Watch tahliliy nashri yozishiga ko‘ra, "Yangi suv osti kemalari 4ta qo‘shimcha raketa bloklariga ega. Shunday qilib ulardagi jami qit’alararo ballistik raketalar soni 16taga yetgan. Har bir raketa 6-10 dona yadroviy jangovar boshga ega ".

Rossiya ko‘plab kichik kemalardan iborat bo‘lgan “moskit floti” emas gipertovushli qurol bilan jihozlangan yirik suv osti va suv usti kemalaridan iborat yadro-raketali flot qurmoqda. 2020-yilda foydalnishga 7 ta yirik jangovar kema hamda 955A va 885M loyihalariga mansub 2ta atom suv osti kemasi foydalanishga topshirilgan. Undan tashqari yana 16ta kema qurilishi va 19 ta kema qayta ta’mirlanishi davom etmoqda. Ular orasida "Borey-A" loyihasiga mansub strategik submarinalar, ko‘p maqsadli atom suv osti kemalari  hamda 636.3. loyihaga mansub dizel-elektrik kichik kemalar bor.

Ayni damda qurilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan uzoq masofaga yurishga mo‘ljallangan kemalar soni 41tani tashkil qiladi. 2021-yilda Rossiya HDF tarkibiga yana 4ta suv osti kemasi qo‘shilishi kutilmoqda. Ular orasida "Borey-A" klassidagi 2ta strategik raketa-tashuvchi – "Knyaz Oleg" va "Generalissimus Suvorov"lar ham bor. Shuningdek 6ta suv usti kemalari va 20dan ortiq turli kater va ta’minlov kemalari hamda o‘nlab yangi uchuvchi apparatlar bor.

Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel  - Sputnik O‘zbekiston
Xrolenko: Yevropa Rossiya bilan kechadan oldin kuni urush boshlashi mumkin edi

Rossiya HDF tarkibila bir yil ichida yangi motog‘o‘qchi diviziya va qirg‘oq raketa brigadasi tashkil qilingan. Ular qirg‘oq raketa majmualari "Bal" va "Bastion" bilan jihozlangan.

Qora dengiz floti infratuzilmasi ham ildam rivojlanib bormoqda. Xususan u eng yangi suv yuzasini avtomatik yoritish uskunalari bilan jihozlangan. Shuningdek, Kaspiyskda yangi baza qurib topshirildi.

Sevastopole va Kaliningradda “Yaxroma” radio lokatsion stansiyalarini qurish boshlangan. Yangi RLSlar gorizont ortidagi havo nishonlarini ham “ko‘rish” qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Munosib javob

2018-2020 yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 551 milliard rubl bo‘lgan qurollanish bo‘yicha davlat dasturi to‘liq bajarildi.

Natijada Rossiya HDFda zamonaviy qurollanish miqdori 63%dan oshib ketdi, umumqo‘shin miqyosida esa zamonaviy qurollanish darajasi 70,1%.

Poseydon na pritsele: rossiyskiy istrebitel perexvatil samolet-razvedchik SShA nad Chernim morem - Sputnik O‘zbekiston
Qonunsizlik: Rossiya ustidan AQSh razvedka parvozlari kimga kerak

Aytish joizki Rossiya Qurollanish poygasida ishtirok etayotgani yo‘q. Bu yil RF harbiy xarajatlar miqdori bo‘yicha 8 o‘rindan 9 o‘ringa o‘tdi. Oldinda odatdagidek AQSh, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya.

Rossiya HDFi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish borasida ham yutuqlarga erishmoqda. Xususan, kemaga o‘rnatilgan  gipertovush tezligida harakatlanuvchi “Sirkon” raketasining bir necha muvafaqiyatli sinovlari o‘tkazildi.

21 dekabr kuni Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan  majlisda prezident Vladimir Putin yaqin vaqt ichida Rossiyaning suv osti va suv usti kemalari “Sirkon” raketalari bilan jihozlanishini ma’lum qildi.

Mudofaa vaziri Sergey Shoygu yil yakunlariga bag‘ishlangan nutqida 2020-yil davomida Rossiya harbiy kemalari Dunyo okeanining barcha strategik hududlariga 140 marotaba safar, 28 davlatning 122 portlariga tashrif buyurganini qayd etdi.

Qo‘shinlararo miqyosda bo‘lib o‘tgan “Okean qalqoni” o‘quv-mashg‘ulotlari natijasida undan ishtirok etgan barcha qo‘shin turlari 3ta okean va 9ta dengiz hududida Rossiya milliy manfaatlarini samarali himoya qilishlari mumkinligini namoyish qilishdi. Jumladan HDF Shimoliy dengiz yo‘lini ham himoya qilishga qodir ekanini namoyish qildi. Bugungi kunda Rossi HDF sun’iy ongli kemalarni o‘zlashtirish arafasida turibdi.

Rossiyskiy Su 30SM perexvatil samoleti razvedchiki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Su-30SM qiruvchisi NATO razvedka-samolyotlarini to‘xtatib qoldi

Rossiya yangi harbiy kemalar qurish va mavjudlarini yangilash bilan majburan shug‘ullanmoqda. Rossiya suvereniteti, Rossiya va ittifoqdoshlar manfaatlari ishonchli va kafolatli himoya talab qiladi.

Sergey Shoygu bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya chegaralari yaqinida Amerika samolyotlari va kemalarining razvedkachilik faolligi 15%ga oshgan… AQSh harbiy bo‘linmalarini Germaniya, Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ko‘chirishni boshladi. Arktika hududida ham AQSh kemalari soni ortib bormoqda.

NATOning Rossiya g‘arbiy, janubiy va sharqiy chegaralari yaqinida bir vaqtda o‘tkazayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari ham tizimli tus oldi. Avgust – sentabrning o‘zida ushbu mashqlarda 55ta jangovar samolyotlar, jumladan strategik bombardimonchilar va 12ta yuqori aniqlik quroli tashuvchisi bo‘lgan harbiy kemalar ishtirok etishdi.

“Biz ushbu harakatlarni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz va ularga nisbatan munosib javob choralari qabul qilmoqdamiz”, - dedi Shoygu.

Albatta, 22-dekabr kuni Tinch okeani ustida Rossiya va Xitoyning 6ta strategik bombardimonchi samolyotlari 10 soat davomida birga patrullik qilgani ham bejiz bo‘lmagan. Bu okean ortidagi “hamkorlar”ning chegaralar yaqinidagi faolligiga o‘ziga xos javob bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0