18:10 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
115102

Rossiyaning tovush tezligidan tez harakatlanuvchi Kalibr-M raketalarining raqibi “Tomahawk Block V” qanday ustuvorlikka ega?

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik, Andrey Kots. Uzoqroq masofaga uchish, kuchliroq zarba berish va qarshilikni yengib oʻtishga qodir – amerikaliklar Tomahawk — Block V raketalarini sinovdan oʻtkazishdi.

Tinch okanidagi Gavayya orollari yaqinidagi AQSH dengiz poligonida Chafee esminetsi  yangi raketa bilan nishonlarga zarba berdi. Sinov muvaffaqiyatli oʻtdi, deb qisqacha xabar qilishdi AQSH HDF.

Xoʻsh, Block V Rossiyaning "Kalibr" raketalari bilan solishtirganda qanday ustuvorliklarga ega?

Tomogavk raketalarining yangi modifikatsiyasini ishlab chiqarish AQShda ilgʻor qadamlar bilan olib borilmoqda. Buni Pentagon Xitoy harbiy quvvati oshishiga bogʻlamoqda. Haqiqatdan ham Xitoy suv usti va suv osti kemalarini juda tez qurib bitkazmoqda va ularni yashin tezligida yangi tizimlar va qurollar bilan jihozlamoqda. Ekspertlar xulosasiga koʻra Xitoy 2035 yilga kelib 420ta harbiy kemaga ega boʻladi.

Bundan amerikaliklar dengiz okeanida oʻz ustuvorliklarini yoʻqotib quyishdan qoʻrqmoqda.

Shu sababli ham Pentagon 2025 yilga qadar uzoq masofadagi kemalarga zarba beruvchi 850ta raketa buyurtma bergan. Yaqin vaqtga qadar amerikaliklar ixtiyorida 70 yillarda ishlab chiqilgan “Garpun” snaryadlari bor edi xolos. Ularning zarba berish masofasi 280 kmni tashkil qiladi. Lekin 2018 yilda AQSH HDF 900 km masofaga zarba berishga qodir boʻlgan tovush tezligidan tez harakatlanuvchi AGM-158C LRASM raketalariga ega boʻldi.

Lekin ushbu yangi qurolni hali seriyali ishlab chiqrish boshlanmadi, shu sababli tovush tezligigacha boʻlgan tezliklarda harakatlanuvchi "Tomagavk" raketasiga qaytishga qaror qilindi. Maʼlum boʻlishicha amerikaliklar mavjud toʻrtinchi avlod Tomogavklarni Block V raketalariga aylantirishni rejalushtirishgan.

Yangi turkum raketalarning birinchi avlodi Block Va MST (Maritime Strike Tomahawk) deb nomlanadi va suv usti va suv osti kemalaridan suv sathidagi yirik nishonlarga zarba berish uchun foydalaniladi. 

Unda oʻzi nishonga oluvchi aktiv va passiv radiolokatsion va teplovizion kanallar mavjud boʻladi. Shuningdek raketa kuchli protsessor va yangi inertsial nishonga olish blokiga ega boʻladi. Yangi raketa 1600 km masofada harakatlanayotgan yirik nishonlarga zarba berishi mumkin.

Block Vb – bu anʼanaviy "Tomagavk" boʻlib, yer ustidagi nishonlarga zarba berishga moʻljallangan. U yer ustidagi nishonlarga zarba berish uchun yangi jangovar qism bilan jihozlangan. Joint Multiple Effects Warhead System (JMEWS) - kumulyativ zaryad va teshib kiruvchi jangovar qismga ega va koʻp maqsadli dasturlanuvchi portlatish qismiga ega. Raketani havoda portlatib yuborish ham mumkin. Bu raketa mustahkamlangan harbiy obʼyektlar va yer osti bunkerlariga zarba berish uchun moʻljallangan.

Defense News nima sababdan "Tomagavk" raketalari, tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi qurollar yaratilayotgan asrda ham aktual qurol ekanini tushuntirib berishdi. Birinchidan Block V oldingi raketalardan ham ancha aniq zarbaberishi uzoqlikda esa DF-26 va DF-21 raketaariga qarshi turishga qodir ekanini qayd etishdi.

B-52, Amerikanskiy sverxdalniy bombardirovщik v nebe nad Afganistanom, 2006 god
© Commons.wikimedia / Master Sgt. Lance Cheung (U.S. Air Force)

Ikkinchidan, yangilangan “Tomogavk”lar radioaktiv kurash vositalari hujuimidan himoya qilingan va unda kam sezilarli boʻlishi texnologiyalaridan foydalanilgan. Bu raketa hujumlarga samarali dosh berishini taʼminlaydi.

Uchinchidan esa, tovush tezligidan sekin harakatlanish yonilgʻi tezashga va uzoqroq masofaga yetib borishga xizmat qiladi.

Toʻrtinchidan bu raketa nisbatan arzon. Undan bir marotaba foydalanish soliq toʻlovchilarga 1 million dollarga tushadi. Masalan tovush tezligidan tez harakatlanuvchi  “kema-havo” zarba berish tizimiga ega boʻlgan SM-6 raketasi 4 baravar qimmatga tushadi.

Vanihoyat, Block Vning oʻlchami oldingi raketalar bilan bir xil. Bu esa uni eski Mk41ustanovkalarda ishlatishda qoʻl keladi. Bunday ustanovkalar "Arli Berk" va kreyser "Tikonderoga" kemalarida oʻrnatilgan.

Undan tashqari ushbu raketalardan jiddiy oʻzgarishsiz "Los-Andjeles", "Ogayo", "Virdjiniya" va "Sivulf" atom suv osti kemalarida ham foydalanish mumkin.

Tomahawk Block Vni seriyali ishlab chiqarish 2023 yilda boshlash rejalashtirilmoqda.

Amerikaning "Tomagavk" raketalarining rossiyalik raqibi "Kalibr" raketalari hisoblanadi. Ushbu raketalar ilk bor jangovar vaziyatda 2015 yilda sinab koʻrilgan edi.

Oʻshanda Rossiya HDF kemalari Suriyada terrorchilarning 26ta obʼyektiga bir vaqtda muvaffaqiyatli hujum uyushtirishgan edi. Ayni damda ushbu raketalar 22350 va 11356 loyiha fregatlari 20385 loyiha korvetlari, 21631 va 22800 loyiha kichik kemalari hamda 885, 636.3, 677, 971 va 877 loyiha suv osti kemalarida oʻrnatilgan. Yaqin vaqt ichida sovet davrida qurilgan harbiy kemalarning bir nechasi ham “Kalibr” raketalari oʻrnatishga moslashtiriladi.

“Kalibr” raketalarining aniq texnik xarakteristikalari maʼlum emas. Lekin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 oktyabrda Valday klubida soʻzga chiqqanda dengizda joylashtirilgan raketa yer usti nishonigacha 1400 km masofaga yetib borishi mumkin degan edi.

Quruqlikda joylashtirilgan raketa 2600 km masofada joylashgan nishonga zarba berishi mumkin. Lekin bu masofa ham ular uchun chegara emas.

2018 yilning yanvar oyida Mudofaa vazirligidagi manbaalar Kalibr-M raketasi 4,5ming km masofagacha zarba berishi mumkin degan edi. Yangi raketa oldingisidan yirikroq boʻlib uning ogʻirligi 1 tonnaga yaqin. Raketa ham oddiy ham yadroviy jangovar boshga ega boʻlishi mumkin.  

“Kalibr-M” taktik-texnik xarakteristikalar boʻyicha amerikalik raketadan ustun keladi, lekin “Tomogavk”larning bitta ustunligi bor. Ular 100 dan ortiq kemalarga oʻrnatilishi mumkin. Rossiya raketalari esa hozircha faqat 20ta kemaga oʻrnatilishi mumkin.

Asosiy mavzular