23:39 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Kolumnistlar
Havola olish
181120

Prezident sifatida oʻz kuni bitganini bilgan Tramp, respublikachi - senatorlarga murojaat qilishi, ularni biroz qoʻrqitishga harakat qilishi mumkin.

TOSHKENT, 29 dek - Sputnik, Mixail Sheynkman. Partiya ichidagi gaplarni ommaga olib chiqish bilan respublikachi senatorlardan biror narsaga erishib boʻlmasligini sezgan Donald Tramp oʻzining soʻnggi rejasini amalga oshirishga kirishdi.

Odatda u Twitter  orqali oddiy amerikaliklarga murojaat qilar edi, lekin bu safar Amerika prezidenti OAV orqali respublikachi senatorlarga ochiq murojaat bilan chiqdi.

Prezident SSHA Donald Tramp
AP Photo / Julio Cortez

“Prezident uchun jon berib kurashish vaqti keldi. Demokratlar ham aslida gʻalaba qozonganda shunday qilgan boʻlardi. Saylovlar qalbakilashtirilgani aniq. Jo Bayden qalbaki prezident!”, - dedi Donald Tramp.  

Albatta, Trampning bu chorasi vazyatni oʻzgartirishga qodir emas, u koʻproq prezidentning “soʻnggi qoʻngʻiroq” huquqidan foydalanishga oʻxshab ketdi.  

Tramp tarafdorlari namoyishlar qilishda davom etmoqda, lekin uning oʻzi hech narsa qilgan  yoʻq. Uning qoʻli smartfon va golf oʻyinidan boʻshagani yoʻq, goʻyoki 20 yanvardan keyin boʻsh vaqti yoʻqdek.

Lekin nima boʻlsa ham Donald Tramp 6 yanvar kuni Vashingtonga kelmoqchi. U yerad katta norozilik namoyishi boʻlishi kutilmoqda.

Aslida Trampning vaziyatida Kapitoliyni egallash uchun faqat bir dona gipotetik imkoniyat bor. Amerika tarixida faqat bir marotaba 1876 yilda Raterfond Xeyz janubiy shtatlardagi konkressmenlar bilan tuzgan bitimidan soʻng ular yordamida prezident boʻlishga muvaffaq boʻlgan edi. Oʻsha saylovlar Amerika tarixida eng nohaq saylovlar sifatida esda qolgan. Janubiy shtatlardan boʻlgan kongressmenlar quldorlik tizimini qaytarishga umid qilgan holda Xeyzni qoʻllab-quvvatlashgan edi, lekin bu amalga oshmaganidan soʻng AQShda fuqarolar urshi boshlanib ketishiga oz qolgan edi.

Hozirgi prezident uchun ham oʻshanda sodir boʻlgan vaziyat ehtimoli juda kam boʻlsada kichik imkoniyat sifatida koʻrilmoqda. Senatda esa aksariyat bunga qarshi.

Jo Bayden bilan esa, boʻlayotgan barcha voqealarga qaramasda, ular doʻst. Nima ham derdik – isteblishment.

Yuqori palata son jihatdan koʻpchillikni tashkil qilayotgan respublikachilar amaldagi prezident roziligi boʻlmasa ayrim tashabbuslarni bekor qilishi mumkin.

Prezident sifatida oʻz kuni bitganini bilgan Tramp oxirgi imkoniyatidan foydalanib qolish maqsadida  respublikachi-partiyadoshlariga murojaat qilishi, ularni biroz qoʻrqitishga harakat qilishi mumkin.

Trampdan har narsa kutsa boʻladi, lekin qoʻmondonlik soati kiritilishiga hech kim ishonmaydi. Agar ana shunday gaplar tasofidan OAVga chiqib ketsa Mudofa vazirligi oʻz navbatida “B” rejaga ega boʻlishi kerak. Ha, aynan “B” rejaga “T” rejaga emas.                                                                               

Asosiy mavzular