01:47 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Kolumnistlar
Havola olish
147310

Oldin Gʻarb Rossiya vaktsinasini faqat qoralab yozgan boʻlsa, shu kunlarda 180 gradusga oʻzgargan - nufuzli nashrlar vaktsinaning yaxshi tomonlarini sanab oʻtmoqda...

Shu kunlarda juda qiziq voqealar sodir boʻlmoqda: barchaning koʻz oldida Gʻarb Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaktsinasi haqidagi fikrini 180 gradusga oʻzgartirmoqda.

Soʻnggi bir necha kun ichida Gʻarbning yetakchi nashrlarida rus vaktsinasining samaradorligini taʼkidlaydigan maqolalar birin-ketin paydo boʻlmoqda.

Bir necha oy davomida Rossiya vaktsinasini qoralashdan nariga oʻtmagan va “Moskvaning qoʻlidan hech narsa kelmaydi” qabilida masxaranomuz fikrlardan soʻng bunday oʻzgarish, albatta, eʼtiborga molikdir.

Keskin burilish 

Xususan, Bloomberg agentligi jurnalisti Sem Fazeli "Sputniku V" vaktsinasiga ishonish uchun qanday sabablar borligini birma-bir sanab oʻtgan.

New York Times gazetasining Moskvadagi muxbiri Endryu Kramer boʻlsa, Rossiya vaktsinasini maqtash bilan cheklanmasdan, oʻzi ham ushbu vaktsinani qabul qilgan. Jurnalist Rossiyada emlash jarayoni tartibli va yuqori darajada tashkil qilinganini va fuqarolar uchun ushbu vaktsinani olish mushkul emasligini qayd etgan.

Britaniyaning Spectator jurnalida chop etilgan maqolada esa, Angela Merkelning Vladimir Putin bilan Rossiya vaktsinasini Germaniyada ishlab chiqarishga doir suhbati haqida xabar qilingan.

Eng qizigʻi, maqola muallifi ushbu suhbatni bundan 80 yil oldin sodir boʻlgan tarixiy voqeaga oʻxshatgan. Xususan, COVID-19ni - Gitlerga, Merkel bilan Putin suhbatini esa Cherchill va  Ruzveltning Gitlerga qarshi Stalin bilan ittifoq tuzishiga oʻxshatgan.

Shu yerda istehzo qilmasdan ilojimiz yoʻq, chunki Gʻarb matbuoti oʻnlab yillar davomida “Stalinning Gitlerdan farqi yoʻq, Ikkinchi jahon urushida SSSR ham Germaniya kabi aybdor” qabilida gapirib kelgan Gʻarb, kezi kelganda, hammasi aslida qanday boʻlganini darhol esga oldi. Kezi kelganida - yaʼni boshi berk koʻchaga kirib qolganida.

Birovga choh qazib... 

Bir necha kun oldin Britaniyaning AQShdagi elchisi Karen Pirs - koronavirus pandemiyasidan Rossiya va Xitoy  gʻolib boʻlib chimasligi kerak deb ochiqchasiga aytgan edi.

Diplomat nafaqat vaktsina borasida, yaʼni kimning vaktsinasi eng samarali boʻlishi yoki tezroq tayyor boʻlishi haqida, balkim epidemiya sharoitida turmushning barcha jabhalari, iqtisod, davlat va jamiyat boshqaruv tizimlarining samaradorligini ham nazarda tutgan edi.

Har bir davlat pandemiyaga qarshi oʻziga xos uslubda kurashmoqda. Xitoy cheklangan hududda qattiqqoʻl karantin choralari bilan kurashmoqda. Masalan, yaqinda aniqlangan 137 holatdan soʻng umumiy aholisi 18 million boʻlgan 2ta shahar toʻliq lokdaun qilingan edi. Lekin qolgan 1,5 millbard aholi normal hayot kechirmoqda.

Rossiya ham oʻziga xos yoʻl bilan virusga qarshi kurashmoqda. Tibbiyot yangicha uslubda ishlamoqda va oʻz vazifasini bajarmoqda, kasallar uchun oʻrin yetishmovchilik muammosi yoʻq. Vaktsinatsiya qilinganlar soni esa 1 milliondan oshib ketdi. Kasallar soni ham oshmoqda, lekin vaziyat Gʻarbdagidan koʻra bir necha barobar yaxshiroq.

AQShda ichki siyosiy muammolar tufayli epidemiya mutlaq uchinchi oʻringa tushib ketdi. Yevropada ham esa ayni damda epidemiya tufayli kiritilgan cheklovlar - eng ogʻriqli masala boʻlib qolmoqda.

Britaniyada esa vaziyat eng ogʻir – u yerda yaqinda pandemiya boshida kiritilgani kabi eng qattiq lokdaun kuchga kirdi.

Kimning vaktsinasi zoʻr?

Britaniyada vaktsinatsiya esa, kuzda boshlangan boʻlishiga qaramasdan, oʻta sekin kechmoqda. Birinchidan, ishlab chiqarilayotgan vaktsinalar soni juda kam, ikkinchidan esa vaktsinadan qoʻrqish– kuchli. Vaktsina qabul qilganlarni oʻlimi ham jamoatchilikni qoʻrqitib yuborgan. Shu sababli OAVda paydo boʻlgan negativ fon ham emlash jarayoniga xalal bermoqda.

Bugungi kunda Gʻarbdagi asosiy vaktsinalar Pfizer va BioNTec tomonidan ishlab chiqarilgan vaktsina boʻlib, yuqoridagi muammolardan tashqari uning yana bir jiddiy kamchillik tomoni bor. Vaktsina - 70 daraja sovuqdja saqlanishi kerak. Bunday haroratni doimiy saqlab turish uchun maxsus uskunalar kerak. "Sputnika V" boʻlsa – 18, yaʼni oddiy muzlatgichda saqlash mumkin.

Cheklovlardan charchagan Gʻarb 

Germaniya – shu kunga qadar pandemiyaga qarshi kurashni samarali olib borayotgan edi. Uning rivojlangan iqtiodi va tibbiyot tizimi kasalikka qarshi samarali kurashish imkonini yaratdi. Bemorlar uchun yotoq oʻrin yoki sunʼiy nafas oldirish apparatlari yetishmovchiligi kuzatilmadi.

Lekin jamoatchilik davlaning kovid-siyosatidan baribir norozi boʻldi. Koʻpchillik kiritilgan cheklovlardan, uyda oʻtirishdan charchagan, xizmat kuoʻrsatish sohalari jiddiy qiyinchilikka duch kelgan. Ushbu va boshqa sabablar tufayli GFRda soʻnggi vaqtlarda tez tez norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.

Germaniya kantsleri Angela Merkel ham murakkab vaziyatga tushib qolgan: bir tomondan cheklovlarni bekor qilish imkoni yoʻq, kasallar soni oshmoqda. Ikkinchi tomondan esa – uzoq vaqtdan beri uyida oʻtirishga majbur boʻlayotgan, cheklovlardan charchagan fuqarolar.

Umuman cheklovlardan butun Yevropa aholisi charchagan desak xato boʻlmaydi. Shu oʻrinda oʻz oʻzidan qator savollar tugʻiladi.

Gʻarb siyosatchilariga savollar 

Nima sababdan unchalik “erkin boʻlmagan” Rossiya va Xitoy oʻz fuqarolari uchun qattiq cheklov choralari kiritmagan, “demokratiya oʻchogʻi” hisoblangan Gʻarb esa “eshiklarni yopib olishdan” boshqa chora bilmaydi?

Yoki nega Moskva va Pekin oʻz vakitsnalarini yaratib, aholi orasida emlash jarayonini muvaffaqiyatli boshlab yuborgan, Gʻarbda esa har kuni vaktsina oʻrnida janjal boʻlmoqda? Vanihoyat, yevropaliklar toʻlayotgan ulkan soliqlar qayoqqa ketmoqda?

Bunday kayfiyatlar esa Gʻarb uchun xavfli.

Jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish texnologiyalarining ham chegarasi bor. Ustiga ustak bunday uslublar eng nooʻrin vaziyatda ish bermay qolishi va kutilmagan qarama-qarshi natijalarga olib kelishi ham mumkin. Gʻarb siyosatchilari soʻnggi yillardan bir necha bor buning guvohi boʻlishdi.

Soʻnggi vaqtlarda dunyoda sodir boʻlayotgan notinchliklar siyosiy va ijtimoiy tizim ustidan nazoratni saqlab qolish oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlamoqda. Bugungi kunda Germaniya rahbariyati uchun boshqaruvni saqlab qolish navbatdagi saylov natijalaridan koʻra muhimroq ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Ushbu vaziyatda Gʻarb uchun vaktsina ishlab chiqarish borasida Moskva bilan hamkorlik qilish “mutlaq qabul qilib boʻlmaydigan” maqomdan “manfaatli” maqomga oʻtgani aniq.

Asosiy mavzular