23:19 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
1227 0 0

Iqtisodchilar prognozlari quvonarli emas. Demokratlarning hukumat tepasiga kelishi 2021 yilda dollarning 20 foizga pasayish ehtimolini “jiddiy oshirishi" aytilmoqda.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Amerika valyutasi ikki yillik minimumgacha quladi – unga birdaniga bir necha omillar bosim oʻtkazmoqda. Moliyachilar dollar natijada oʻzining yarim qiymatini yoʻqotadi deb hisoblashmoqda. Bunda Amerika Moliya vazirining xizmati bor, uni Federal zaxiraning sobiq rahbari Janet Yellen boshqarishga hozirlik koʻrmoqda. Qulash qanchalik boʻlishi mumkin – batafsil RIA Novosti materialida.

Past daromadlilik

Dekabr oxirida dollar indeksi besh yarim foizga pasaydi. Investorlarni AQSH iqtisodiyotiga yangi chop qilingan va hech narsa bilan taʼminlanmagan dollarning keng koʻlamli kelib qoʻshilishi sergaklantirmoqda.

Bosma mashinalar inflyatsiyani tezlashtirishi muqarrar, ammo Federal zaxira tizimi (FZT) allaqachon maqsadlarini oʻzgartirdi: “oʻrtacha ikki foiz” (avvalgi “ikki foiz” oʻrniga). Bu agar inflyatsiya kutilgandan oshsa, asosiy stavkani koʻtarmaslik uchun qilindi. Yaʼni regulyator foizlar nol atrofidagi darajada saqlab qolish niyatida. Bu iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlaydi, biroq dollarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Investorlar dollarli aktivlarga sarmoya kiritishdan daromadlilikni yoʻqotib, boshqalarini qidirishmoqda, xatarliroq variantlari boʻlsa ham, “Reuters” valyuta strateglari soʻrovi buni koʻrsatdi.

“Dollar avvalgidek barcha koʻrsatgichlar boʻyicha haddan ziyod baholangan, FZT siyosati ham buni bartaraf etadi”, - deydi “Societe Generale” valyuta strategiyasi rahbari Kit Juks.

Ekspertlar noyabrdayoq ogohlantirishgandi: yangi prezident Jo Bayden boshqaruvida Amerika valyutasini oldini olib boʻlmaydigan qulash kutmoqda. Demokratlar rejalarida qoʻshimcha fiksal stimullar va yangi yordam toʻplami bor – qariyb uch trillion. Bu dollarni uzoq muddatga zaiflashtiradi, chunki byudjet taqchilli koʻpayishi va ularni qoplash uchun zaruriy tashqi qarzning oʻsishi tus oladi. Amerika valyutasiga vaktsinaning tarqalishi ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Ellik foizga

Iqtisodchilar prognozlari quvonarli emas. “Citigroup” banki baholariga koʻra, demokratlarning hukumat tepasiga kelishi 2021 yilda dollarning 20 foizga pasayish ehtimolini “jiddiy oshiradi”. “Morgan Stanley Asia” direktorlar kengashi sobiq raisi Stiven Rouch shunga oʻxshash stsenariyni maʼlum qilgandi.

Taniqli moliyachi Jim Rikards yanada noxushroq vaziyatni bashorat qilmoqda. U AQShning natijada qarz muammosi bilan shugʻullanishiga toʻgʻri kelishi, uni hal qilish esa dollarning 50 foiz devalvatsiyasini talab qilishini taʼkidlamoqda.

Iqtisodchi bir paytning oʻzida oltin untsiyasi uchun 15 ming, kumush esa 100 dollarga qimmatlashinini prognoz qilmoqda. U AQSH xalqaro moliya tizimida Amerika ustunligiga qarshi chiqqan qator davlatlar bosimi ostida qolganini tushuntiradi. Gap birinchi galda Rossiya va Xitoy haqida bormoqda. Moskva va Pekin dollarni zaxiralardan siqib chiqarib, koʻp oltin sotib olmoqda.

“Soʻnggi bir necha yil mobaynida Rossiya oltin-valyuta zaxiralarini sezilarli oshirdi. Qolaversa, Moskvaning tashqi qarzi unchalik koʻp emas. Ruslarning qimmatbaho metallarga pul tikishi anchadan buyon sir emas, rubl – dunyoda eng oltin bilan taʼminlangan valyuta”, - deya tushuntiradi tahlilchi.

Oʻz qoʻllari bilan

Bayden jamoasi ishga kirishmoqda. Barcha vazirliklar rahbari oʻzgaradi. Moliya vaziri lavozimini Federal zaxira tizimining sobiq rahbari Janet Yellenga ishonib topshirishmoqda, “Bloomberg” u “Amerika eksporti uchun zaif dollar afzalligini bir necha mart reklama qilganini” eslatmoqda.

Bu iqtisodchilarni hushyorlikka chorlamoqda. Klinton prezidentligi davrida moliya vaziri va Barak Obama maʼmuriyatining Milliy iqtisodiy kengash rahbari boʻlgan Larri Sammersning soʻzlariga qaraganda, “dunyo moliyaviy tizimidagi dollarning ustunlik roli Xazinachilikka majburiyatlarni sinchkovlik bilan ijro etilishi masʼuliyatini yuklaydi”.

Sobiq AQSH moliya vaziri va “Goldman Sachs” sobiq bosh direktori Henk Polson ham Yellenga tavsiyalar berdi. “Foiz stavkalari tarixiy minimumda, federal qarz esa Ikkinchi jahon urushidan keyingiga qaraganda ham koʻproq”, - deya taʼkidlaydi iqtisodchi. – Davlat qarzini birdan oʻsishini toʻxtatish oʻta muhim. Boʻlmasa dollar ertami yoki kech qadrsizlanadi. Vashington oʻz majburiyatlarini bajara olmaydi”.

“Qoʻshma Shtatlar raqobat afzalligini olish maqsadida zaifroq valyutaga intilmayapti, boshqa mamlakatlarning buni amalga oshirishiga qarshi kurashishimiz shart”, - deya ishontirdi moliya vaziri lavozimiga nomzod Senatning moliya qoʻmitasi yigʻilishida.

Shunday boʻlsa ham, boʻlajak moliya vaziri amerika valyutasidan hech qanday yaxshilikni kutib boʻlmaydigan balandparvoz bayonot berib boʻlgandi: iqtisodiyotga likvidlikni keng koʻlamli qoʻshishga chaqirgan edi. “Bloomberg” investorlar uchun bu dollarning uzoq muddatli pastlashish trendiga  signal deb hisoblamoqda.

AQShning har qanday holatda dollarni “tushirib yuborishiga” toʻgʻri keladi: bu savdo taqchilligini qisqartirish uchun muhim. Va bu, ehtimol, Bayden uchun iqtisodiyotni tiklashning yagona yoʻlidir.

Asosiy mavzular