10:23 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
180510

Yevropa Ittifoqi dollarga bogʻliqlikni kamaytirish, Yevropa kompaniyalarini xorijiy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishini – milliy xavfsizlikka tahdid deb baholashni yoʻlga qoʻymoqchi.

TOSHKENT, 1 fev —Sputnik. Yevropa Ittifoqi amerika valyutasiga bogʻliqlikni kamaytirish niyatida yevroda koʻproq shartnomalar imzolash, Yevropa kompaniyalarini xorijiy kompaniyalar tomonidan yutib yuborilishini oldini olish - deb baholashni yoʻlga qoʻymoqchi.  

Ishonchni yoʻqotgan ittifoqchi

Yevro mavqeini kuchaytirish tashabbusini yevrokomissiyaning sobiq raisi Jan-Klod Yunker ilk bor 2018 yilda kun tartibiga kiritgan edi. Oʻshanda Yunker AQSH prezidenti tomonidan boshlangan iqtisodiy urush oqibatida YEI milliardlab zarar koʻrayotganini maʼlum qilgan edi.Shu sababli dollarni yetakchi jahon valyutasi maqomidan mahrum qilish masalasi koʻtarilgan edi.

Dollar tizimini buzish, neftdollardan voz kechishni boshlashga qaror qilingan edi. Yunker Yevropa energetika importining 80%ini dollarda toʻlayotganidan norozilik boʻlgan edi. Shuningdek, Yevropada ishlab chiqarilgan samolyotlar yevroda emas dollarda sotilayotganini – mutlaq bemaʼnilik deb atagan va Vashington koʻp martaba Yevropa kompaniyalariga zarar keltiruvchi bir tomonlama sanktsiyalar kiritayotganini ham salbiy nuqtai nazardan koʻrib chiqqan edi.

Tramp AQShni Eron bilan tuzilgan yadroviy shartnomadan olib chiqqanidan keyin esa – YEIning noroziligi yanada ortdi. Ustiga ustak AQSH Yevropa kompaniyalariga Eron bilan savdo qilishni taʼqiqlab qoʻydi. Aks holda ularga AQSH bozorini yopish bilan poʻpisa qilindi.

Shundan soʻng YEI Eron bilan hisob kitob qilishning aylanma yoʻllarini axtarishga kirishdi. Shu bahonada Frantsiya, Germaniya Britaniya maxsus hisob-kitob mexanizmini yaratishdi. 2019 yilda ishga tushgan INSTEX hisob-kitob tizimi — Yevropa va Eron kompaniyalari orasida qonuniy transaktsiyalarni soddalashtirishga qaratilgan. Keyinchalik ushbu tizimga Belgiya, Daniya, Niderland, Norvegiya, Finlyandiya va Shvetsiya ham qoʻshildi.

Ortiqcha muammolar

INSTEXning asosiy vazifasi – AQSH moliya tizimini chetlab oʻtgan holda yevropa kompaniyalariga Tehron bilan savdo qilishga imkoniyat yaratadi. Real pul almashuvini amalga oshirmaslik qa Vashington qarshiligiga duch kelmaslik uchun, INSTEX kredit ballaridan foydaldanadi.

Eron oʻzining sotilgan mahsulotlari evaziga kredit ballarini toʻplaydi. Keyin ushbu ballar Yevropada tovar va mahsulotlar sotib olishga yoʻnaltiradi.

Amalda ushbu mexanizmni ishlatish juda koʻp murakkabliklarga duch keldi. Boshida neft mahsulotlari sotib olish uchun tashkil qilingan ushbu mexaniz oxir oqibat faqat tibbiy buyumlar va gumanitar yordam uchun foydalanildi.

Soʻnggi tomchi

AQSH Yevropa uchun juda muhim boʻlgan infratuzilma loyihasi “Shimoliy oqim-2”ga sanktsiya kiritganidan soʻng Yevropaning qator kompaniyalari ushbu gaz quvuri loyihasida ishlash huquqidan voz kechdi.

2019 yilda Shveytsariyaning dengiz tubida quvur oʻrnatishga ixtisoslashgan Allseas kompaniyasi loyihadan chiqishga qaror qildi. Undan soʻng loyihadan kema mulkdorlarini sugʻurta qiluvchi xalqaro klub ham loyihadan chiqdi. Yanvar boshida esa Norvegiyaning Det Norske Veritas – sertifikatlash kompaniyasi, Daniyaning Ramboll injiniring kompaniyasi va Germaniyaning Bilfinger SE – qurilish kompaniyasi ham loyihani tark etishdi.

Vashingtonning aniq maqsadi bor – dollar evaziga sotiladigan suyultirilgan gaz eksportini oshirishva Sharqiy Yevropa mamlakatlari orqali (hisob-kitob dollarda amalga oshiriladi) yonilgʻi transferini oshirish.

Ishga oʻtishdi

Financial Times maʼlumotiga koʻra, Yevrokomissiya tuzilayotgan shartnomalar yevroda narxlash va asosiy moliyaviy yoʻnalishni yevro tomonga oʻzgartirishga qartilgan muhim reja tayyorlagan.

Undan tashqari milliy iqtisodiy boshqaruv organlari Yevropa kompaniyalarining xorijiy kompaniyalar tomonidan sotib olinishini bloklash huquqi beriladi. Xususan, kompaniya mulkdori oʻzgarishi oqibatida xorijiy sanktsiyalarga tobe boʻlish ehtimoli tekshiriladi. Buning uchun xorijiy sarmoyalarni qabul qilishning yangi tizimi qoʻllaniladi va bunday “yutish” milliy xavfsizlikka tahdid hisoblanadi.

“Tashqarida joylashgan davlatlar tomonidan sanktsiyalar qoʻllanilishi YEIning xalqaro shartnomalarni bajarish va davlatlararo munosabatlarini boshqarish imkoniyatiga jiddiy putr yetkazdi. Uchinchi davlatlarning bir tomonlama sanktsiyalari YEI korxonalarining qonuniy savdo va sarmoyalarini xavf ostiga qoʻydi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Yana bir muhim jihat – xorijiy, birinchi navbatda Amerika banklaridan mustaqil boʻlish. “Moliyaviy inqiroz vaqtida ular YEIda oʻz  faoliyatini qisqartirishi va asosiy eʼtiborni ichki bozorga qaratishlari mumkin”, - deyilgan hujjatda.

“Yevroning xalqaro mavqei oshishi bizning iqtisod va moliya tizimimizni valyuta xavflaridan himoya qiladi, boshqa valyutalarga tobelikdan saqlaydi i transaktsiyalar boʻyicha xarajatlarni kamaytiradi”, - dedi iqtisodiy masalalar boʻyicha Yevropa komissari Paolo Djentiloni.

Dollar muqobili

Yevropa Markaziy banki maʼlumotiga koʻra, yevro – ommaviylik boʻyicha dunyoda dollardan soʻng ikkinchi valyuta boʻlib qolmoqda.

Umumiy hijmi 750 milliard yevro boʻlgan Pandemiyadan soʻng Yevropani tiklanish fondi ham yevroning jozibadorligini oshiradi. YEI Amerika dollari muqobili sifatida ittifoq obligatsiyalari muomalaga chiqaradi. Yevropaliklar, ayniqsa, ekologiya sohasiga sarmoya jalb qilishga qaratilgan “yashil obligatsiyalardan” katta umid qilishmoqda.  

Belgilangan 750 milliarning uchdan birini ushbu maqsad uchun sarf qilish rejalashtirilgan. Xususan, YEIning barcha moliya markazlarini – global “yashil moliyalash” markazlariga aylantirish rejalashtirilgan. Yevroni mustahkam moliya mahsulotlariga asoslangan valyutaga aylantirish rejalashtirilgan.

Dollarga qarshi yana bir faktor – Yevropa Markaziy Banki moliyaviy xizmatlar sohasida YEIning strategik avtonomiyasini oshirish va oʻz moliya tizimini himoya qilishini taʼminlash maqsadida - raqamli yevro kiritish rejasidir.

Amerika OAVlari taʼkidlashiga koʻra, YEI rejalari amalga oshmaydi. Siyosat yoki qonuniy tashabbuslar borasida – YEI juda zaif. Birinchi navbatda bunga Yevropa davlatlari orasidagi fikrlar xilma-xilligi xalal beradi, deb yozadi Amerikaning Bloomberg tahliliy agentligi.

Yetakchi sarmoya kirituvchi banklar xulosasiga koʻra, dollarning  mavqei avvalgidek mustahkam emas. Bosqichma-bosqich Yevropa Ittifoqining obligatsiyalari ham AQSH davlat obligatsiyalarining muqobiliga aylanishi mumkin. Bu jahon valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi. An shunda jahon iqtisodida dollar miqdori 1990 yillar darajasigacha kamayishi mumkin, deb hisoblaydi JP Morgan.

Asosiy mavzular