00:03 01 Mart 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
19210

Ozarbayjonning Agdam tumanida Qorabogʻdagi tinchlikni nazorat qiluvchi rus-turk monitoring markazi ish boshladi. Tegishli kelishuv 2020 yil 11 noyabrda Rossiya va Turkiya Mudofaa vazirliklari rahbarlari tomonidan imzolangan edi.

Janubiy Kavkazdagi vaziyat harbiy-siyosiy keskinlik saqlanib qolayotgani, militarizatsiya, milliy armiyalarni qayta qurollantirish, tashqi harbiy kuchlarni jalb qilish asosida barqarorlikka zid intilishi bilan ajralib turadi. Ozarbayjonning Agdam tumanidagi Rossiya va Turkiyaning qoʻshma monitoring markazi mintaqaviy barqarorlikni mustahakamlash uchun tashkil etilgan.

Qorabogʻdagi tinchlikni nazorat qiluvchi rus-turk monitoring markazi shanba kuni Ozarbayjonning Agdam tumanida ish boshladi – 2020 yil 11 noyabrda Rossiya va Turkiya Mudofaa vazirliklari rahbarlari tomonidan imzolangan kelishuvga muvofiq. Ozarbayjon va Rossiya prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Putin 30 yanvar kungi telefon suhbatida markaz “mintaqada uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilishiga” ishonch bildirishdi. Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdogʻan avvalroq uning mamlakati Togʻli Qorabogʻdagi barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun kerakli hissani qoʻshishini maʼlum qilgandi. Ozarbayjon va Turkiya mudofaa vazirlari Zakir Gasanov va Hulusi Akar 29 yanvar kuni “ikki davlatning bir millati” kontseptsiyasi doirasida hamkorlikning istiqbollariga ijobiy baho berishdi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Turkiyaning Janubiy Kavkazda boʻlishiga munosabat bildirayotib taʼkidladi: “Turkiya – qoʻshnimiz va juda muhim hamkorimiz. Ozarbayjon uchun ham juda yaqin mamlakat. Bu omilni inobatga olmaslikning iloji yoʻq”. Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatni nazorat qiladigan rus-turk qoʻshma markazi – umumiy barqarorlikning elementi, mintaqadagi uzoq muddatli siyosat emas. Moskva turk sheriklari bu yerda hamisha emasligiga ishora qilyaptimi?

Nima boʻlganda ham qoʻshma markaz shtabi paritet asosda shakllantirilgan, unda har bir tomondan teng miqdordagi vakillar soni keltirilgan. Anqara maʼlumotlariga koʻra, bugun Markazda 39 nafar turk harbiy xizmatchilari faoliyat yuritmoqda. Rossiya mutaxassislariga general-mayor Viktor Fyodorenko, turklarga general-mayor Abdulla Gatirchi qoʻmondonlik qilmoqda. Markaz oʻt ochmaslik rejimiga rioya qilish va kelishuvlarning buzilish holatlari haqidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, tekshiradi va umumlashtiradi. Nazorat uchuvchisiz uchadigan qurilmalar va boshqa texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi.

Oddiy boʻlmagan joylashuv

OAV maʼlumotlariga qaraganda, avvaliga markazni Ganja yoki Bardada joylashtirish variantlari muhokama qilingan, lekin turk tomonini bu nuqtalarning Rossiya tinchlikparvar amaliyotlari hududidan olisligi qoniqtirmagan. Rossiya vakillari qoʻshma markazni u yerda turk tinchlikparvar kuchlari boʻlishi nazarda tutilmagan Togʻli Qorabogʻ hududida ochishga qarshi chiqishgan. Natijada Ozarbayjonning Agdam tumanidagi Marzili qishlogʻi tanlangan.

Joylashuv nuqtasi tomonlar tutashuv chizigʻidan 8 kilometr va tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi (TQR) poytaxti Stepanokert (Xankendi)dan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Marzili qishlogʻi 1990 yil oʻrtalaridan oʻtgan yilning kuziga qadar TQR hukumati tomonidan nazorat qilingan. Oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi uch tomonlama bitimga muvofiq Agdam hududi va boshqa toʻrtta tuman Ozarbayjonga berilgan.

Rus-turk markazining xizmat va maishiy xonalari ochiq maydonda modul koʻrinishida qurilgan va barcha kerakli jihozlar bilan taʼminlangan. Obʼyekt hududini (toʻrt gektar atrofida) Ozarbayjon armiyasi qoʻriqlaydi. Tomonlar kelishuviga binoan qoʻshma markazdagi turk harbiy mutaxassislari patrullik qilishga chiqishmaydi. Bu arman aholisini gʻashiga tegadigan qoʻshma tadbir Marzili qishlogʻidagi uzluksiz havo va radiotexnika razvedkasiga qaraganda ham oʻta samarasiz boʻlgan boʻlardi deb oʻylayman.

Markazning ochilish marosimida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov Rossiya va Turkiya harbiy xizmatchilari oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatilishiga ishonch bildirdi. Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin harbiylarga muvaffaqiyat tiladi. Ozarbayjonning koʻp vektorlik va Qorabogʻ yoʻnalishidagi noilojlik rus-turk hamkorligi naqadar samarali va konstruktiv ekanini vaqt koʻrsatadi. Qoʻshma markazning mutaxassislari tomonidan majburiyat va kompetentsiyalar taqsimlanishi toʻgʻrisidagi tamoyillar haqida hozircha gapirish qiyin. Suriya shimolidagi jangovar muhitda toblangan oʻzaro murosalar algoritmi Janubiy Kavkazda kutilayotgan natijalarni bermasligi mumkin.

Nazorat tizimi

Rus-turk markazining joylashuvi va vazifalari aslida mintaqada barcha kerakli nazorat texnika vositalari (jumladan, dronlar) va 27 ta kuzatish postlaridan tarmoqlar bilan taʼminlangan Rossiya tinchlikparvar kuchlari guruhini takrorlaydi. Markazning ochilishi Ozarbayjonda Turkiyaning harbiy boʻlishi oʻsganini anglatadi.

Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov 30 yanvar kuni Turkiya mudofaa vazirining oʻrinbosari Yunus Emre Qorausmon oʻgʻli bilan uchrashuvda Turkiya bilan harbiy hamkorlikning muvaffaqiyatli rivoji va mustahkamlanishini muhokama qildi. Buning ustiga tomonlar harbiy texnika hamkorlik va qoʻshma mashgʻulotlar oʻtkazishda saʼy-harakatlarni kuchaytirish lozimligini taʼkidladi. Goʻyoki ular mintaqadagi tinchlik, xavfsizli va barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Ozarbayjondagi mashgʻulotlarda turk boʻlinmalarining doimo ishtiroki qoʻshnilarni sergaklantiradi, Turkiya NATO aʼzosi axir. Xuddi oʻsha kuni Zakir Gasanov ustomonlik bilan Boku va Moskva oʻrtasida barcha sohalarda, jumladan, harbiy va harbiy texnik hamkorlikning izchil rivojlanayotganini qayd etganiga qaramasdan tashvishli dogʻ qoldi.

Turkiya mudofaa vaziri oʻrinbosari Yunus Emre Qorausmon oʻgʻli qoʻshma markazning ochilish marosimida uning vazifalariga aniqlik kiritib oʻtdi: “Oʻt ochmaslik rejimiga rioya etilishini nazorat qilish, sulh buzilishi holatlarini qayd etish,... buzilishlarning oldini olish chorasini koʻrish”. Biroq turk harbiy boshligʻi Qorabogʻdagi shubhali obʼyektlarga “Bayraktar TB2” uchuvchisiz qurilmalar zarbasi qoʻllanishini istisno qilmaydimi? Masalan, Suriyada turk hamkorlar bunga oʻxshash holatlarda oʻzlarining xatti-harakatlari yoki niyatlari haqida Rossiya tomonini hamisha xabardor qilmaydi.

Agdamdagi rus-turk markazi “yumshoq kuchning” samarali vositasi va mintaqa barqarorligining qoʻshimcha kafolati boʻlib koʻrinishi mumkin. Ozarbayjonda turk qoʻshinlarining doimiy boʻlishi, NATO girdobli harakati va keyingi tarqalishi rivojlanishining asosi ham boʻlishi mumkin. Turkiyaning Janubiy Kavkazdagi sulhparvarligi, vazifa va maqsadlariga hushyorlik bilan baho bermoq lozim.

Teglar:
Togʻli Qorabogʻ, Turkiya, Rossiya

Asosiy mavzular