Boshqa davlat muxolifatchilari AQSh tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIFlag SShA
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Obuna bo‘lish
NYT eksperti xulosasiga ko‘ra, AQSh tashqi siyosati boshqa davlatlardagi norozi va muxolifatchilarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Amerika tashqi siyosati uchun yangi doktrina kerak. AQSh yangi davlat kotibi Entoni Blinken uchun ana shunday doktrinani The New York Times tahlilchisi Bret Stivens taklif qildi.
AQSh Mudofaa vaziri Suriya muxolifat kuchlari uchun 350 million $ ajratishni so‘rayapti
Uning xulosasiga ko‘ra, boshqa davlatlardagi dissidentlar AQSh tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak. Bu uslubdan ayniqsa harbiy kuch yo‘li bilan yengish qiyin bo‘lgan Rossiya, Xitoy va Eron kabi kuchli davlatlar hukumatlarini to‘ntarish uchun foydalanish kerak. Ularning ichki “islohotchi kuchlari” yordamida amerikaga xos demokratiya o‘rnatilishini kutib o‘tirish befoyda, deb yozadi ushbu “genial” g‘oya muallifi.
Shu sababli Rossiya, Xitoy va Eron hukumatlari bilan tuziladigan barcha shartnomalardan oldin ularning ichki muxolifatchilarni ozod qilishni talab qilish kerak. Ana shundagina ushbu kelishuvlar AQSh uchun foydali bo‘ladi, deb hisoblaydi Stivens.
Bularning barchasi nima uchun kerak degan savolga, ekspert Navalniydan boshlab ushbu 3 davlatdagi barcha muxolifatchilarni sanab o‘tgan.
Maqsad odatiy – AQShga nomaqbul bo‘lgan hozirgi hukumatlarni to‘ntarib Amerikaga xayrixoh bo‘lgan ushbu ichki muxolifatchilarni hukumat boshiga olib kelish.
AQSh doktrinasining asl niyatini oshkora aytgani uchun muallifga minnatdorlik bildiramiz, va Uni AQShning Donald Tramp davridagi doktrinasi bilan solishtirishga harakat qilamiz.
Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2020
Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi
O‘z aybini yashirish uchun o‘zgalarni yomonlash – insoniyat tarixida juda ko‘p marotaba qo‘llanilgan uslub. 
Oq Uy sobiq ma’muriyati 4-yil davomida faqat bir narsani ta’kidlab keldi: Amerikaning eng katta dushmani, bu - Xitoy. Xitoy kompaniyalariga qarshi  ulkan sanksiyalar kiritildi, ular Amerika bozoridan deyarli quvildi, Yevropada ham bosim ostida 5G texnologiyalarni tadbiq etish ta’qiqlab qo‘yildi. Koronavirus epidemiyasida ham Xitoyni ayblab, prezident Trampdan boshlab dunyodagi barcha AQShga xayrihox bo‘lgan OAVlarda uni - “Xitoy virusi” deb atashdi.
Xullas, sobiq ma’muriyat oddiy amerikaliklar ko‘z oldida Xitoyni kommunizm va totalitar rejim hukm surayotgan allaqanday “yovuz maxluqqa” aylantirishga harakat qilishdi.
Sobiq  davlat kotibi Maykl Pompeo muddatining so‘nggi haftasida Xitoyga qarshi qaratilgan 30 ta tvit yozgan. Prezident Trampning Tvitterini yopib qo‘yishmaganda balkim bundan ham ko‘p yozgan bo‘lardi...
Nima bo‘lganda ham, ular rejalashtirgan barcha aksil-xitoy tadbirlarini amalga oshirishga ulgurishmadi. AQShning Yevropadaga asl maqsadi esa – Xitoy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan 5G texnologiyalarining tarqalishini oldini olish va umuman Xitoy bilan hamkorlik miqdorini kamaytirish edi. Lekin bu ishlar amalga oshmadi. Maykl Pompeoning Yevropaga tashrifi bekor qilindi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra yevropaliklar tashabbusi bilan.
Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2020
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi
Natijada YeI va XXR 30-dekabr kuni bo‘lajak sarmoyalar to‘risida bitim imzoladi. 2020-yil yakunlariga ko‘ra  YeI va XXR orasida savdo aylanmasi 620 milliard dollarni tashkil qilgani va bu o‘tgan yilga nisbatan 4,7 %ga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. bu esa Xitoyni Yevropaning tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi o‘ringa chiqardi. Bunga hatto pandemiya ham xalal bera olmadi. Kimdir jon-jahdi bilan barbod qilmoqchi bo‘lgan Xitoy iqtisodi esa og‘ir kelgan 2020-yil yakunida 2,3 %ga o‘sish qayd etdi.
Bu jangda AQSh yutqazdi. Birovni qoralash bilan o‘z kamchiligini yashirib bo‘lmaslik yana bir bor tasdig‘ini topdi.
Xo‘sh, AQSh yangi ma’muriyati doktrinasi Tramp davridagi doktrinadan qanchalik farq qiladi?
Asli farqi uncha katta emas. Ikkala doktrinaning ham maqsadi bir xil – AQShga ma’qul bo‘lmagan hukumatlarni ichki muxolifat kuchlariga tayangan holda yo‘q qilish. Buning uchun kimgadir qaratilgan nafrat, yolg‘on xabarlar tarqatish kerak. Xullas  - hammasi odatdagidek.
Yangiliklar lentasi
0